Lishayniklar



Download 93,7 Kb.
bet1/2
Sana30.06.2022
Hajmi93,7 Kb.
#718721
  1   2
Bog'liq
Lishayniklar





Lishayniklar


Lishayniklar (lotincha: Lichenes) zamburugʻlar va suvoʻtlari va/yoki sianobakteriyalarning simbiotik majmualari boʻlmish organizmlardir.[1] Biroq lishayniklar morfologiyasi, fiziologiyasi va biokimyosi zamburugʻ va suvoʻtlarnikidan farq qiladi. Lishayniklar tarqalish areali nihoyatda xilma-xil, ularni sovuq, nam iqlimda ham, issiq, choʻl sharoitida ham uchratish mumkin,[2] shu bilan birga ular atrof-muhit oʻzgarishiga sezgirdir.[3][4][5] Lishayniklar_______Biolo'>Lishayniklardan boʻyoq,

atir-upa ishlab chiqarishda hamda tabobatda foydalaniladi.

Lishayniklar





Biologik klassifikatsiya

Olam: Nabotot
Tip: Zamburugʻlar Sinf: Lichenes

Lishayniklar (Lichenes) - zamburugʻlarning maxsus bir guruhi; suv oʻtlari va zamburuglardan tarkib topgan tirik organizmlar kompleksi. Ayrim botaniklar L.ga tuban oʻsimliklarning alohida bir guruhi sifatida qarashadi. L. haqidagi fan lixenologiya deb ataladi.
400 turkumga mansub 26000 turi bor.
Jinssiz spora hosil qili-shiga binoan, ikki sinf: xaltachali L. (maʼlum boʻlgan deyarli hamma L.) va bazidiyali L.ga (bir necha oʻnlab tur) ajratiladi. Koʻk-yashil, sariq- yashil yoki yashil suvoʻtlar L.ning doimiy komponenti hisoblanadi. Odatda, L.ning har bir turiga maʼlum bir suvoʻt turi toʻgʻri keladi.
L.ning poʻstloqsimon, bargsimon va butasimon shakllari boʻladi.
Poʻstloqsimon L. sodda tuzilgan; donador, guborsimon yoki poʻstloq shaklida. Bargsimon L. birmuncha murakkab tuzilgan, plastinkalar koʻrinishida. Butasimon L. ancha murakkab tuzilgan boʻlib, shoxlari osilib tushgan yoki tik oʻsadigan oʻsimlik tupini eslatadi. L. anatomik tuzilishiga koʻra gome-omer (suvoʻtlar L. tanasi boʻylab tekis tarqalgan) va geteromer (suvoʻtlar
L. tanasining faqat ustki poʻstlogʻi ostida
joylashgan) boʻladi.

L. jinsiy, jinssiz vegetativ koʻpayadi. Jinssiz koʻpayishda L. zamburugʻi


sporalari xaltachalarda (xaltachali L.) yoki baʼzan, bazidiyalarda (bazidiyali L.) hosil boʻladi. Jinssiz koʻpayishda konidiyalar va piknosporalar vujudga keladi. Zamburugʻ sporalari usadi va oʻziga mos suvoʻt turi bilan birlashib, yangi L. tallomi — vegetativ tana hosil qiladi, L. tallomning kichik qismi orqali vegetativ koʻpayadi. L.dagi suvoʻtlar boʻlinib, yashil suvoʻtlar esa avtosporalar hosil qilib koʻpayadi. Jinsiy koʻpayishda L. tanasidagi suvoʻtlar va zamburugʻlar alohida koʻpayadi.
L.ning suv shimadigan maxsus organi yoʻq; suvni ular tallomining butun yuzasi orqali shimadi. Suvoʻtlardagi fotosintez
tezligi L. tallomidagi suvning miqdoriga bogʻliq; L. kurib qolsa, fotosintez sekinlashadi yoki toʻxtaydi.
Poʻstloqsimon L. butasimon L.ga nisbatan sekin usadi. L. yiliga oʻrtacha 0,01 mm dan 100 mm gacha usadi.
Haroratning koʻtarilishi yoki pasayishi L.ga uncha taʼsir qilmaydi. L. yaxshi yoritilgan turli xil substratlarda — daraxtlar, togʻ jinslari, tuproq va yashil oʻsimliklar barglarida, teri, suyak, qogʻoz, shisha, temir va boshqa buyumlar sirtida uchraydi. L. hamma materiklarda mavjud. Tropik va subtropik mintaqalarda, ayniqsa, tundra va baland togʻlarda keng tarqalgan. Yaqingacha L. tanasidagi zamburugʻlar bilan suv oʻtlari orasidagi
oʻzaro munosabat simbioz sifatida tushuntirib kelingan edi. Haqiqatda esa ular orasidagi munosabat paratizmta asoslangan boʻlib, ayniqsa, zamburugʻning parazitlik xususiyati yaqqol koʻzga tashlanadi. L. unumsiz joylarda oʻsishi tufayli boshqa oʻsimliklar uchun zamin tayyorlaydi. Baʼzi butasimon
L. esa bugʻularning asosiy ozigʻi
hisoblanadi. Dorivor (ichni krtiradigan, yumshatadigan, kon bosimini oshiradigan, vitaminli, antibiotikli) L. ham bor. L.dan mik-roblarga qarshi dorivor preparatlar ham olingan. Ayrim L.dan parfyumeriya sanoatida, lakmus va boʻyoq tayyor-lashda foydalaniladi.
Daraxtlar tanasida oʻsadigan poʻstloq L.i
zararkunanda hasharotlar uchun pana joy boʻlganligi sababli salbiy ahamiyatga ega.[6]



Download 93,7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish