X. Vaxobov, A. A. Abdulqosimov, N. R. Alimkulov



Download 15,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet185/310
Sana19.02.2022
Hajmi15,35 Mb.
#457795
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   310
Bog'liq
МАТЕРИКЛАР ВА ОКЕАНЛАР ТАБИИЙ ГЕОГРАФИЯСИ ЎҚУВ ҚЎЛЛАНМА охирги1

 
Nazorat savollari: 
1. Materikda tuproq turlarining tarqalishi haqida ma’lumot bering? 
2. O’simlik dunyosining o’ziga xos tomonlarini ayting? 
3. Yevrosiyo tabiat zonalari shakllanishi to’g’risida ma’lumot bering? 
4. Materik faunasining rivojlanishi va ularning tavsifini ayting?
 
5. Antropogen landshaftlarning paydo bo’lishida qaysi komponentlar ishtirok 
etadi? 
6. Materikda tashkil qilingan milliy bog’ va qo’riqxonalarningo’rni qanday? 
7. Yevrosiyo tabiatini muhofaza qilishda qanday chora-tadbirlar amalga 
oshirilgan? 
8. Materik tabiati ifloslanishining asosiy sabablari nimalardan iborat? 
6.7. YEVROSIYO MATERIGINI TABIIY GEOGRAFIK 
RAYONLASHTIRISH
Yevrosiyo maydonining kattaligi, geologik-tektonik va orografik tuzilishining 
murakkabligi, okeanlarning doimiy va mavsumiy ta’siri, Shimoliy yarim shardagi 
barcha geografik va iqlim mintaqalarida joylashganligi materik landshaftlarining 
makonda murakkab strukturaga ega bo’lgan zonal-regional differentsiatsiyalanish
imkonini yaratadi. 
Materik landshaft komplekslarining hozirgi shakllardagi ko’rinishi, turli xil 
taksonomik birliklar o’lchovi tizimida namoyon bo’lishi xilma-xil geografik 
jarayonlarning, tabiiy geografik sharoitning, uzoq davom etgan geologik va tektonik 


247 
rivojlanish tarixining hamda inson xo’jalik faoliyatining natijasidir. Yevrosiyo 
g’arbiy qismi tabiatining shakllanishida mo’tadil dengiz iqlimini vujudga keltirgan 
Atlantika okeanining ta’siri kuchli. Materikning O’rta dengiz suvi bilan kuchli 
parchalangan janubi-g’arbiy qismi o’ziga xos morfostruktura tiplaridan tarkib 
topgan. Yevrosiyoning shimoliy qismidagi tabiiy landshaftlarning shaklanishida 
Shimoliy Muz okeanidan keladigan sovuq Arktika havo massasining roli katta. 
Materikning Sharqiy va janubi-Sharqiy regionlarida mo’tadil subtropik va tropik 
mintaqalarining musson iqlimi ta’sirida vujudga kelgan landshaftlar hukmronlik 
qiladi. Janubda esa subekvatorial va ekvatorial iqlim mintaqalariga qarashli 
hududlarda ekvatorial havo massalari ta’siri natijasida o’ziga xos tabiiy sharoit va 
landshaft zonalari shaklangan. Materik ichkarisida arid iqlim sharoitida hosil 
bo’lgan cho’l, chala cho’l va dasht landshaftlari hukmronlik qiladi. Bularning 
hammasi Yevrosiyo hududida bir-biridan farq qiluvchi yirik regionlarni va tabiiy 
geografik o’lkalarni vujudga keltiradi. 
Tabiiy geografik rayon tabiiy geografik hududlashtirishning eng yuqori 
taksonomik birliklaridan biri hisoblanadi. Tabiiy geografik rayon materikning katta 
qismi bo’lib, geostruktura jihatdan hududining umumiyligi, geografik o’rni va 
atmosfera sirkulyasiyasiga bog’liq bo’lgan makroiqlim rejimining o’ziga xosligi 
hamda landshaft komplekslarining tekisliklarda kenglik zonallik, tog’larda balandlik 
mintaqaliliq bo’ylab taqsimlanish xususiyatlari bilan ajralib turadi. Materikning 
tabiiy geografik joylashgan o’rni, shimoldan janubga va g’arbdan Sharqqa tomon 
uzoq masofaga cho’zilganligi, tabiiy sharoiti va rel’efining murakkab tuzilganligi, 
okeanlarning turli darajada ta’sir etganligi sababli materikda 12 ta tabiiy geografik 
rayon (TGR) va ular doirasida 42 ta tabiiy geografik o’lka (TGO’) ajratiladi. 
Yevrosiyo hududini quyidagi yirik rayonlarga bo’lish mumkin; Arktikaning 
Yevrosiyo sektori, Shimoliy Yevropa, G’arbiy Yevropa, O’rta dengiz sohili, Old 
Osiyo tog’ligi va Kavkaz, Janubi-g’arbiy Osiyo, Shimoliy Osiyo, Markaziy Osiyo, 
Baland Osiyo, Sharqiy Osiyo, Janubiy Osiyo va Janubi-Sharqiy Osiyo. 

Download 15,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   310




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish