X. Vaxobov, A. A. Abdulqosimov, N. R. Alimkulov



Download 15,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet188/310
Sana19.02.2022
Hajmi15,35 Mb.
#457795
1   ...   184   185   186   187   188   189   190   191   ...   310
Bog'liq
МАТЕРИКЛАР ВА ОКЕАНЛАР ТАБИИЙ ГЕОГРАФИЯСИ ЎҚУВ ҚЎЛЛАНМА охирги1

Nazorat savollari: 
1.
Arktika mintaqasining o’ziga xos tomonlarini ko’rsating?
 
2.
Arktika mintaqasidagi arxipelag orollarga tavsif bering?
 
3.
O’lkalarda tabiiy sharoitning o’zgarishi qaysi omillar bilan belgilanadi?
 
4.
O’lkalar tabiiy resurslaridan foydalanish darajasi va antropogen 
omillarning roli qanday? 
6.7.2.
 
SHIMOLIY YEVROPA
 
Tayanch so’z va iboralar:
arxipelag, fordlar, landshaft komplekslari, 
transformasiya, yer usti suvlari, materik muzliklari, hozirgi zamon muzliklari, 
dengiz transgressiyalari, sinkliza, antikliza, platforma qolqonlari, tundra, o’rmon, 
o’rmon-dasht, dasht, cho’l va chala cho’l. 


250 
Fenoskandiya. 
O’lka Yevropaning eng shimolida joylashgan tabiiy geografik 
o’lka bo’lib, u Skandinaviya va Kola yarim orollaridan, Finlandiya va Kareliyadan 
tarkib topgan. Fenoskandiya o’lkasining katta qismini Yevropada eng yirik bo’lgan 
Skandinaviya yarim oroli tashkil etadi. O’lka hududi 71° va 55° sh.k. lar oralig’ida 
shimoli-sharqdan janubi-g’arbga tomon cho’zilgan, maydoni 1,5 mln km
2

Fenoskandiya sohillarida orollar va arxipelaglar keng tarqalgan. Shulardan eng 
yiriklari janubi-sharqda Gotland, Eland va Bornxolm orollari hamda shimoli-
g’arbdagi Vesterolen va Lofoten arxipelaglaridir. O’lkaning g’arbiy sohillarida 
ko’plab mayda orollar joylashgan bo’lib, shimoliy va shimoli-g’arbiy qirg’oqlari 
fordlar bilan kuchli parchalangan bo’lsa, shimoli-sharqiy qismidagi Kola yarim 
orolining qirg’oqlari esa aksincha kam parchalangan. O’lkaning qirg’oqlarini 
Atlantika okeanining Boltiq va Shimoliy dengizlari, Shimoliy Muz okeanining 
Norvegiya, Barens va Oq dengizlari o’rab turadi. Fenoskandiya o’lkasi hududi 
uchun tabiiy sharoitining qattiqligi, qadimgi kristall jinslarning keng tarqalganligi 
va ularning yer yuziga chiqib qolganligi, oxirgi materik muzligi izlarining yaxshi 
saqlanganligi, landshaft komplekslari tarkibida tayga o’rmon landshaftlarining va 
tog’ tundra landshaftlarining hukmronlik qilishi xarakterlidir. Skandinaviya 
tog’larining eng baland nuqtasi uning janubiy qismida joylashgan Yutinxeymen 
(Galxyopiggen, 2468 m) massivi bo’lib, butun Fenoskandiya o’lkasining eng baland 
nuqtasi hisoblanadi. Skandinaviya yarim orolining shimoliy chekka qismida tog’lar 
pasayib Finmarken (1000m) yassi tog’ligi bilan tugaydi. Yassi tog’likning o’rtacha 
balandligi 300-400 m ni tashkil etadi. Kola yarim orolida Xibin tog’i (1191 m), 
Lavozero tog’i (1120 m) joylashgan. Fenoskandiyaning g’arbiy qirg’oqlari kuchli 
parchalangan, uning asosiy sababi yangi tektonik harakatlar va materik 
muzliklarining ta’siridir. Daryolar ham o’z vodiylariga shu yoriqlarda asos solgan. 
Natijada Skandinaviya va Kola yarim orollari uchun xarakterli bo’lgan tor, uzun, tik 
yon bag’irli qo’ltiqlar - 
fordlar
hosil bo’lgan. Eng yirik fordlar g’arbiy sohillarning 
janubiy qismida joylashgan Sochne-ford (220 km), Xardanger-ford (185 km), 
Tronxeyms-ford (180 km) va boshqalar. Fenoskandiya iqlim sharoitining xilma-xil 
bo’lishi uning shimoldan janubga, g’arbdan sharqqa tomon uzoq masofaga 
cho’zilganligiga, Skandinaviya tog’larini Atlantika okeanidan keladigan havo 
massalari harakatiga to’sqinlik qilishiga, Arktika havo massasining kirib kelishiga 
bog’liq. O’lkaning g’arbiy va janubiy qismlari bevosita g’arbdan keladigan havo 
massalari ta’sirida bo’ladi. Yanvarning o’rtacha harorati shimolda -4°S dan 0
0

gacha, janubida 0°S dan +2°S gacha bo’ladi. O’lkaning shimoliy qismida qish 6-7 
oy davom etadi, havo sovuq, shimolda yanvarning o’rtacha harorati -14°-16°S, 
iyulning o’rtacha harorati +10°+12°S atrofida bo’lsa, janubi-sharqda +16°+17°S 
gacha ko’tariladi. Skandinaviya yarim orolining g’arbiy sohillarida 2000 mm yog’in 
yog’adi. Fenoskandiyaning rel’ef va iqlim sharoiti yer usti suvlarining keng 
tarqalishiga va sersuv bo’lishiga imkon yaratgan. Shuning uchun o’lka hududi 
daryolarga va ko’llarga juda boy, daryolari o’z suvini ko’llarga, dengizlarga hamda 
ko’rfazlarga quyiladi. Skandinaviyaning eng yirik daryosi bo’lgan Glomma (587 
km), Finlyandiyadagi Kemiyoki daryosi (550 km) da yirik sharsharalari bor. 


251 
Fenoskandiya landshaftlarining xarakterli xususiyatlaridan biri, ko’llarning 
nihoyat darajada ko’pligidir. Finlyandiyada 60 mingga yaqin ko’l bo’lib, ko’llar 
ko’p bo’lganligi uchun ham uni 
“ko’llar o’lkasi”
deb ataydi. Eng katta ko’llari 
Venern (5546 km
2
), Vettern (1900 km
2
), Sayma (1800 km
2
), Payyanne (1065 km
2
), 
Inari (1000 km
2
), Melaren, Yelmaren, Imandra, Pyaozero, Topozero, Vigozero, 
Segozerolar hisoblanadi. Skandinaviya tog’larida hozirgi zamon muzliklarining 
markazi joylashgan. Muzliklarning umumiy maydoni 5000 km
2
, ular Skandinaviya 
tog’larining g’arbiy polosasida, atmosfera yog’inlari ko’p yog’adigan massivlarda 
joylashgan bo’lib, uning maydoni 850 km
2
ga yaqin. Qor chiziqlarining balandlik 
chegarasi janubda 1200 m ni, shimolda 400-500 m ni tashkil etadi. Vodiy muzliklari 
dengiz sathidan 100-200 m balandlikkacha tushib keladi. 
Fenoskandiyaning o’simlik dunyosi xilma-xil. Ularning orasida igna bargli 
o’rmonlar hukmronlik qiladi. Igna barglilardan Yevropa yeli va oddiy qarag’ay ko’p 
tarqalgan. Tayga o’rmonlari uchun podzol, gleyli-podzol va botqoq tuproqlar 
xarakterli. Skandinaviya yarim orolining janubida igna bargli o’rmonlar aralash 
o’rmonlar bilan almashinadi. Aralash o’rmonlarda yel va qarag’aydan tashqari 
zarang, jo’ka, eman daraxtining bir necha turi o’sadi. O’rmonlar Fenoskandiya 
mamlakatlarining asosiy tabiiy boyligi hisoblanadi. Finlyandiyaning 75% maydoni, 
Shvesiyaning 50% maydoni, Kareliyaning katta qismi o’rmonlar bilan band. 
Fenoskandiya hayvonot olamiga uncha boy emas. U yerda eng ko’p tarqalgan 
turlari o’rmonlarda yashaydigan hayvonlardir. Ularning ham juda katta qismi qirib 
tashlangan. Ayniqsa, yirtqich hayvonlar qo’ng’ir ayiqlar, bo’rilar va tulkilar 
butunlay yo’qolib ketish arafasida. O’rmonlarda olmaxon, asl zotli bug’u, kosulya, 
turli xil o’rmon qushlari - qarqurlar, chiplar, qurlar yashaydi.

Download 15,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   184   185   186   187   188   189   190   191   ...   310




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish