X. Vaxobov, A. A. Abdulqosimov, N. R. Alimkulov


Yevrosiyo antropogen landshaftlari va tabiatini muhofaza qilish



Download 15,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet184/310
Sana19.02.2022
Hajmi15,35 Mb.
#457795
1   ...   180   181   182   183   184   185   186   187   ...   310
Bog'liq
МАТЕРИКЛАР ВА ОКЕАНЛАР ТАБИИЙ ГЕОГРАФИЯСИ ЎҚУВ ҚЎЛЛАНМА охирги1

Yevrosiyo antropogen landshaftlari va tabiatini muhofaza qilish. 
Yevrosiyo materiklar orasida aholining soni jihatidan eng ko’p va birinchi o’rinda 
turadi. Uning hududida Yer shari aholisining 75% ga yaqini yashaydi. Materik 
aholisining soni 5 mlrd. kishini tashkil etadi. Yevrosiyoda turli xalqlar - slavyanlar, 
turkiylar, germanlar, romanlar, hindlar, xitoylar va boshqalar yashaydi. Materikning 
shimoldan janubga, g’arbdan sharqqa tomon uzoq masofaga cho’zilgan va rang-
barang tabiatga ega bo’lgan hududida aholi nihoyatda notekis joylashgan. 
Yevrosiyoda aholisining soni jihatdan dunyoda birinchi o’rinda turadigan xitoy va 
ikkinchi o’rinda turadigan hind xalqlari istiqomat qiladi. Dunyo bo’yicha aholisi eng 
zich joylashgan hududlar ham shu materikdadir. Yevrosiyo hududida aholining eng 
zich joylashgan regionlari Sharqiy Osiyo, Janubi-Sharqiy Osiyo va Janubiy Osiyo 
hisoblanadi. Bu o’lkalarning ba’zi bir joylarida aholisining zichligi har 1 km
2
maydonga 1000-1500 kishidan to’g’ri keladi. Binobarin, aholining zich 
joylashganligi sabablaridan biri uning juda qadimdan kelib o’rnashib qolganligi 
bo’lsa, ikkinchisi bu o’lkalarning tabiiy sharoitini, ayniqsa iqlim xususiyatlarini 
inson salomatligi uchun qulayligi hamda unumdor yerlarga va suv resurslariga boy 
bo’lganligidir. G’arbiy Yevropada ham aholining geografik tarqalishi bir muncha 
zichligi bilan farq qiladi. Ayniqsa, Atlantika okeani, Shimoliy dengiz va O’rta 
dengiz sohillari bo’ylab aholi zich joylashgan. Ammo Yevrosiyoning bu hududlari 
materik ichkarisidagi regionlardan shahar aholisi sonining ko’pligi bilan ajralib 
turadi. 
Materikning iqlim sharoiti og’ir, suv resurslari yetishmaydigan anchagina 
qismida aholi nihoyatda siyrak o’rnashgan. Shimoliy Osiyoda, O’rta Osiyoning 
Qizilqum va Qoraqum sho’llarida, Markaziy Osiyodagi Taklamakon va Gobi 
sho’llarida, Arabiston va Hindiston yarim orollarining jazirama sho’llarida aholining 
soni nihoyatda kam. Bu o’lkalarda tabiiy boyliklarning o’zlashtirilishi, tog’-kon 
sanoatlarining barpo etilishi, mehnat resurslarining ishlab chiqarishga keng jalb 
qilinishi aholi sonining asta-sekin ko’payishiga va zichligining bir oz bo’lsada 
oshishiga sabab bo’lmokda. Materikning Sharqiy Osiyo, Janubiy Osiyo, Old Osiyo, 
O’rta Osiyo, Kavkaz va Janubiy Yevropa o’lkalarida bundan 38-40 ming yil avval 
yuqori paleolitda qadimiy odamlar istiqomat qilishgan. Ular o’zlari yashagan 
joylarning tabiatiga o’sha davrdan har tomonlama ta’sir ko’rsata boshlashgan. 
Keyinchalik odamlar Yevropa va Osiyoning Shimoliy qismlariga borib o’rnashib, 


244 
bu regionlarning ham tabiatini asta-sekin o’zlashtira boshlagan. Odamlarning 
tabiatga bo’lgan ta’siri mezolit, neolit, bronza asrlarida, ayniqsa so’nggi temir asrida 
nihoyat darajada kuchayib ketgan. Natijada aholining qadimdan zich joylashgan 
o’lkalarida tabiiy landshaftlarning dastlabki qiyofasi butunlay o’zgargan, ular 
yangidan vujudga kelgan ikkilamchi antropogen landshaftlar qiyofasiga ega bo’lgan.
Masalan, O’rta dengiz sohillarida joylashgan Pireney, Apennin va Bolqon 
yarim orollaridagi qadimiy subtropik o’rmonlar inson xo’jalik faoliyati tufayli kesib 
yuborilgan. Ularning o’rnida rang-barang madaniy agrolandshaftlar - bog’lar, 
uzumzorlar, sitrus plantasiyalari, ekin maydonlari hamda ikkilamchi antropogen 
landshaftlar - siyrak past bo’yli o’rmonlar va doimiy yashil butazorlar vujudga 
kelgan. Hozirgi vaqtda Sharqiy Yevropa tekisligidagi o’rmon-dasht va dasht 
zonalarining 80% maydoni o’zlashtirilgan. Ularning o’rnida qishloq xo’jalik 
antropogen komplekslari va shahar seliteb landshaftlari barpo etilgan. 
Mesopotamiya va Buyuk Xitoy tekisliklari, Hind va Gang vodiylari unumdor yerlar 
bo’lganligi sababli bir necha ming yillar avval madaniylashtirilgan. Ularning tabiiy 
landshaftlari o’rnida tropik madaniy ekinlardan tarkib topgan qishloq xo’jalik 
antropogen komplekslari, irrigatsion inshootlar, shahar va qishloq seliteb 
landshaftlar vujudga kelgan. G’arbiy Kavkazda, Xitoyning janubi-sharqida, 
Hindiston va Shri-Lanka tog’ yon bag’irlarida sun’iy terrasa hosil qilib choy 
plantasiyalari barpo etilgan. 
Inson o’zining xo’jalik faoliyati natijasida Yevrosiyo daryo vodiylarida va 
dengiz sohillarida yangi antropogen tabiat komplekslarini ham yaratgan. Bular 
birinchidan Volga, Dnepr, Yenisey, Ili, Kura va boshqa daryolarda bunyod etilgan 
antropogen suv landshaftlari, ya’ni suv omborlari bo’lsa, ikkinchidan Shimoliy 
Yevropada Shimoliy dengiz sohillarida barpo etilgan pol’derlar va marshlar 
antropogen landshaft komplekslaridir. O’rta Osiyo daryolarida ham suv tanqisligini 
hisobga olib ko’plab antropogen suv landshaftlari - suv omborlari qurilgan. Masalan, 
Qayroqqum, Andijon, Tuyamo’yin, Chordara, Janubiy Surxon, Chimqo’rg’on, 
Kattaqo’rg’on suv omborlari shular jumlasidandir. O’rta Osiyo tog’oldi rayonlarida, 
daryo vodiylarida, tog’oralig’i botiqlarida inson xo’jalik faoliyati ta’sirida tabiiy 
komplekslardan tubdan farq qiluvchi voha antropogen landshaftlari tarkib topgan. 
Ular 
sug’oriladigan 
paxta 
plantasiyalaridan, 
bog’lardan, 
tutzorlardan, 
uzumzorlardan, sug’orish inshootlaridan, qishloq va shahar voha seliteb antropogen 
landshaftlaridan hamda dam olish zonalaridan iborat. 
Pol'derlar gollandiyalik dehqonlarning ko’p yillik mehnati tufayli dengiz 
tasarrufidan ajratib olingan yerlardir. Ular o’zining shakllanish vaqtiga ko’ra juda 
yosh va tabiiy xususiyatlariga ko’ra noyob antropogen landshaftlar hisoblanadi. Bu 
tipdagi yangi shakllangan antropogen landshaftlar asosan Shimoliy dengiz 
sohillarida keng tarqalgan bo’lib, ularning yuzasi dengiz sathidan ham pastda yotadi. 
Gollandiyaliklar pol’derlardan qishloq xo’jaligi maqsadlarida keng foydalanadilar. 
Dunyoga mashhur bo’lgan Gollandiya chinni gullari ana shunday yerlarda 
yetkaziladi. Gollandlar pol’derlarni dengiz suvini bostirib kelishidan himoya qilish 
uchun qirg’oq bo’ylab bir necha kilometr masofaga cho’zilgan sun’iy dambalar 
barpo etgan. Pol’derlarning xarakterli xususiyatlari shundan iboratki, ularning yer 


245 
yuzasi juda tekis, tuprog’ining mexanik tarkibi mayda zarrachali, chirindiga boy, yer 
osti suvlari yer yuzasiga yaqin yotadi. Grunt suvlari yuzasini pasaytirish uchun 
ko’plab quritish kanallari qazilgan.
O’rta Osiyo, jumladan O’zbekiston vohalarini barpo etishda mahalliy xalqlar 
qancha mehnat sarf qilishgan bo’lsa, gollandiyaliklar ham pol’derlarni yaratishda 
shuncha mehnat sarf qilishgan. Ammo voha landshaftlari bilan pol’der 
landshaftlarini bunyod etishda inson o’z xususiyatlari bilan bir-biriga qarama-qarshi 
bo’lgan ikki xil zonal-regional uslub tizimlaridan foydalangan. Chunonchi, arid 
iqlimli O’rta Osiyo sharoitida inson jazirama issiq va suvsizlikdan chanqab yotgan 
Cho’l bag’ridan tortib olgan yerlarni haydash, kanallar qazib suv keltirib sug’orish, 
o’g’itlash va madaniy ekinlarni ekish yo’li bilan murakkab strukturali voha 
landshaftlarini yaratgan bo’lsa, nam iqlimli Yevropa sharoitida pol’derlarni dengiz 
sayozligidan tortib olib, ularni quritish va madaniylashtirish yo’li bilan pol’der 
agrolandshaftlarni vujudga keltirgan. Yevrosiyoda o’rmonlarning va dashtlarning 
maydonining qisqarishi uzoq yillardan beri davom etib kelmoqda. Hindiston va 
Hindixitoydagi subekvatorial va ekvatorial o’rmonlarning ko’plab kesib yuborilishi 
natijasida ularning o’rnida savannalar, g’arov (bambuk) zorlar vujudga kelgan. 
Bular ham o’z navbatida antropogen landshaft komplekslari hisoblanadi. Al’p, 
Karpat va Kavkaz tog’larining etaklaridagi o’rmonlar bog’lar, uzumzorlar, 
ekinzorlar bilan almashtirilgan. Materikning ichkari qismlarida, ayniqsa O’rta va 
Markaziy Osiyoda, Arabiston yarim orolida ko’pgina yerlar yaylov sifatida 
foydalanib, ularning biologik mahsuldorligi keskin kamayib ketgan. 
Materikning hayvonot olamiga insonning salbiy ta’siri juda sezilarli. 
Odamlarning ovchilik bilan shug’ullanishi natijasida qimmatbaho mo’yna va go’sht 
beruvchi hayvonlarning soni keskin kamaygan, ayrim hayvon turlari umuman qirilib 
ketgan. Hozirgi vaqtda eng kam qolgan turlari - Buxoro bug’usi (xongul), zubr, 
daryo qunduzi, jayron, Zarafshon tustovug’i kabilar faqat qo’riqxonalarda uchraydi. 
Bunday o’zgarishlarni materikning deyarli hamma tabiat zonalarida va balandlik 
mintaqalarida ko’rish mumkin. Binobarin, tabiatda inson xo’jalik faoliyati ta’sirida 
sodir bo’layotgan barcha o’zgarishlar va ularning salbiy oqibatlari kamalak singari 
rang-barang bo’lgan Yevrosiyo tabiatini har tomonlama muhofaza qilishni taqozo 
etadi. Shuning uchun Yevrosiyo tabiatini muhofaza qilish maqsadida tabiat 
zonalarida va tog’li o’lkalarda qo’riqxonalar, milliy va xalq bog’lari, buyurtmalar 
barpo etilgan. Qo’riqxonalarning asosiy maqsadi, tabiatning betakror joylarini, 
uning komponentlarini, ajoyib rel’ef shakllarini, serjilo ma’danlarini, turli-tuman 
o’simlik va hayvonot olamini, tabiat go’zallik baxsh etgan g’orlarni, buloqlarni, 
geyzerlarni, tabiat obidalarini, har bir zonaga va o’lkaga xos landshaft 
komplekslarini tabiiy holda saqlab qolishdir. Masalan, Ural tog’larining janubiy 
qismidagi Ilmen qo’riqxonasida 150 ga yaqin ajoyib ma’danlar va asl toshlar 
saqlanib kelinmoqda. Oltoy qo’riqxonasida balandlik landshaft mintaqalari - 
o’rmon-dasht, tog’ o’rmoni, tog’ o’tlog’i va tog’ tundrasi tabiiy holda saqlanadi. 
Askaniya-Nova qo’riqxonasida betaga-chalov dashtining tabiiy landshafti muhofaza 
qilinadi.


246 
Yevrosiyoning barcha mamlakatlarida va o’lkalarida tabiatni muhofaza qilish 
qonunlariga asoslanib ko’plab qo’riqxonalar, milliy bog’lar tashkil etilgan va ular 
doimiy ravishda davlat organlari tomonidan muhofaza qilinadi. Bular 
Fenoskandiyadagi Kandalaksha, Lemmenyoki, Evre-Dividalen, Sarek milliy 
bog’lari, Germaniyadagi Korin, Oberlauzitser-Bergland landshaft buyurtmalari, 
Fransiyadagi Loren, Keyra, Kamarg regional tabiiy bog’lari, Ispaniyadagi 
Kovadonga, Don’yana milliy bog’lari, Italiyadagi Abrutstso, Gran-Paradizo milliy 
bog’lari, Bolgariyadagi Pirin, Vitosha xalq bog’lari, Vengriyadagi Xortobad, 
Kishkunshax milliy bog’lari, Sharqiy Yevropadagi Astraxan, Xopyor, Darvin, 
Belovej pushasi qo’riqxonalari, Kavkazdagi Ritsa, Teberda, Borjomi qo’riqxonalari, 
Sibirdagi Barguzin, Sayan-Shushen, Oltoy qo’riqxonalari, Uzoq Sharqdagi Xingan, 
Sixote-Alin, Ussuri qo’riqxonalari, Janubi-Sharqiy Osiyodagi Doyintxanon milliy 
bog’i, Malakka yarim orolidagi Taman-Megara milliy bog’i va boshqalardir. 
G’arbiy Yevropada sanoatning jadal rivojlanishi sababli materik tabiati 
muntazam ifloslanib, ekologik sharoiti buzilib, atmosferaga sanoat korxonalaridan 
turli xil zaharli moddalar - azot birikmalari, oltingugurt, gazlar ko’tariladi. Ularni 
havo massalari yuzlab va minglab kilometr masofaga olib ketib tarqatadi va yomg’ir 
bilan yerga tushadi. Natijada o’rmonlar, daryolar, ko’llar, tuproqlar zararlanmoqda. 
Atmosferaning ifloslanishi inson salomatligiga ham ta’sir etmoqda. O’rta Osiyoning 
markaziy qismida vujudga kelgan Orol ekologik tanazzuli ham Markaziy Osiyo 
davlatlarini va bu regionda yashaydigan barcha xalqlarni tashvishga solmoqda. 

Download 15,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   180   181   182   183   184   185   186   187   ...   310




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish