X. Vaxobov, A. A. Abdulqosimov, N. R. Alimkulov



Download 15,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet186/310
Sana19.02.2022
Hajmi15,35 Mb.
#457795
1   ...   182   183   184   185   186   187   188   189   ...   310
Bog'liq
МАТЕРИКЛАР ВА ОКЕАНЛАР ТАБИИЙ ГЕОГРАФИЯСИ ЎҚУВ ҚЎЛЛАНМА охирги1

6.7.1.
 
ARKTIKANING YEVROSIYO SEKTORI
 
Tayanch so’z va iboralar:
 arktika va subarktika, yillik radiasiya balansi, ko’p 
yillik muzloqlar, muzlik vodiylari, vulqonlar, vulqon mahsulotlari, issiq buloq va 
geyzerlar, tektonik yoriqlar.
 
Shimoliy Muz okeanining Yevrosiyodan shimoli-g’arbda va shimolida 
joylashgan orollari tabiati bir qancha umumiy belgilarga ega bo’lib, bu umumiylik 
ularning arktika va subarktika iqlim mintaqalarida joylashganligi bilan bog’liq. 
Bu hudud tabiatining tafovutlari esa ularning paydo bo’lishi, tarkibi va rel’efi, 
shuningdek, qaysi sektorda joylashganligi bilan bog’liq holda yuzaga kelgan. 
Arktikaning Atlantika sektori Shimoliy Atlantika oqimi tarmog’ining ta’siri tufayli 
iqlimning nisbatan yumshoq ekanligi bilan ajralib turadi. Sharqqa tomon iqlimning 
kontinentalligi va arktika tabiiy sharoitining og’irligi (qahraton sovuqligi) orta 
boradi. Arktikaning Yevrosiyo sektorining g’arbiy qismiga Islandiya, Novaya 


248 
Zemlya, Shpitsbergen va Frants Iosif yeri orollari kiritilsa, sharqiy qismiga 
Severnaya Zemlya, Novacibirsk va Vrangel orollari kiritiladi (Ilova, 22-rasm).
Shpitsbergen arxipelagi. 
Arxipelag 76,5° va 80,5° sh.k.lar orasida 
joylashgan orollar to’plamidan iborat bo’lib, maydoni 62 ming km
2
ni tashkil 
qiladi, u asosan G’arbiy Shpitsbergen oroli, Shimoli-Sharqiy yer oroli va bir qancha 
kichik bir-biriga yaqin joylashgan orollardan iborat, tor bo’g’izlar orqali ajralib 
turadi. Ularning hammasi paydo bo’lishiga ko’ra materik orollari bo’lib, 
kaynozoy erasining ikkinchi yarmiga qadar Yevropani Grenlandiya bilan 
tutashtirib turgan quruqlikning qoldiqlaridan iborat. Arxipelagning 80

sh.k. 
parallel yaqinida joylashganligi, yillik radiasiya balansining iyulga yaqinligi, qutb 
kechasining uzoq davom etishi bu yerda qoplama muzliklarning, muzdan holi 
yerlarda ko’p yillik muzloqlarning hosil bo’lishiga, sohillar yaqinida tundra 
o’simliklari, tog’larda esa sovuq sahrolar o’simliklarining tarqalishiga sharoit 
tug’diradi. 
Orollar rel’efi qadimgi qoplama muzlanishlar ta’siri, sovuqdan nurashning 
keng tarqalganligi, katta yer yoriqlarining mavjudligi va muzlanishdan keyingi 
vaqtlarda ro’y bergan ko’tarilishlar bilan bog’liq. Arxipelagning shimoli-g’arbi va 
shimoli-sharqida tog’ tizmalarining o’tkir cho’qqilari hamda qirralari 1500-1700 
m gacha balandlikka ko’tarilgan, muzlik vodiylari bilan bo’lingan va nurash 
natijasida uyilgan platolar ustun turadi. Shimol va g’arbda sohilni yer po’sti 
yoriqlari bo’yicha o’tgan fordlar parchalagan. Arxipelagning 1/2 qismiga yaqini 
muzlar bilan qoplangan, muzlarning qalinligi ba’zan 700 m ga yetadi. 
Shpitsbergenning iqlim sharoiti qahraton sovuqligi va g’arbi hamda sharqi bir-
biridan farq qilishi bilan ajralib turadi. Bu farq mavjudligining sababi, 
Shpitsbergen orollarining g’arbidan iliq dengiz oqimi o’tadi. Qutb tuni 
oktyabrdan fevralgacha davom etadi. Havo harorati yil davomida past, 
yanvarning o’rtacha harorati sharqda -18°S, g’arbda -12°S, iyulning o’rtacha 
harorati +3
0
dan +5°S gacha, maksimal

Download 15,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   182   183   184   185   186   187   188   189   ...   310




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish