X. Vaxobov, A. A. Abdulqosimov, N. R. Alimkulov



Download 15,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet182/310
Sana19.02.2022
Hajmi15,35 Mb.
#457795
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   310
Bog'liq
МАТЕРИКЛАР ВА ОКЕАНЛАР ТАБИИЙ ГЕОГРАФИЯСИ ЎҚУВ ҚЎЛЛАНМА охирги1

Subtropik o’simliklar. 
Subtropik o’simliklar Pireney, Apennin va Bolqon 
yarim orollarida, Kichik Osiyo va Eronda, Qrimning janubiy sohilida, 
Zakavkazening Qora dengiz qirg’oqlarida, Tolish tog’lari va Lenkoran 
pastekisligida, Sharqiy Osiyoning janubiy qismida, O’rta dengizdagi orollarda keng 
tarqalgan. Bu regionlarning iqlimi doimiy yashil nam o’rmonlar va O’rta dengiz 
kserofil florasining o’sishi uchun juda qulay. Subtropik o’simliklar O’rta dengiz 
o’simliklari tipidan va doimiy yashil nam subtropik o’rmon o’simlik tipidan tashkil 
topgan. Subtropiklarda boshqa materik va qit’alardan keltirilgan, iqlimga 
moslashtirilgan o’simliklar ham ko’p.
Nam tropik o’rmonlar. 
Hindixitoy yarim orolida, Himolay va G’arbiy Gat 
tog’larining sernam yonbag’irlarida, Malakka yarim orolida, Shri-Lankaning janubi-
g’arbida, Zond orollari va Filippin arxipelagida nam tropik o’rmonlar yaxshi 
rivojlangan. Ayniqsa, Janubi-Sharqiy Osiyoning nam tropik o’rmonlari o’simlik 
turlariga nihoyatda boy. Birgina pal’malarning 300 ga yaqin turi uchraydi. Bu yerda 
baland tanali pal’malardan tortib, uzunligi 300 m gacha yetadigan chirmashib 
o’sadigan palma-lianalargacha (rotang palmasi) mavjud (Ilova, 17-rasm).
Hayvonot dunyosi. 
Hayvonot dunyo geografik mihitning harakatchan 
komponenti hisoblanadi. Lekin hayvonlarning harakatchanligi nihoyatda shartli 
bo’lib, uning geografik tarqalishi muayyan tabiiy sharoit, landshaft zonalari va 
o’lkalari bilan chambarchas bog’liq. Shuning uchun ham Yevrosiyoning fauna 
kompleksi hududi flora kompleksiga o’xshash shimoldan janubga va tekisliklardan 
tog’larga qarab boyib boradi. Hayvonlarning relikt va endemik turlari ham 
tekisliklarga nisbatan tog’li o’lkalarda ko’p uchraydi. 
Yer sharining zoogegrafik rayonlashtirish sxemasiga ko’ra, Yevrosiyo 
hududining Shimoliy katta qismi Golarktika zoogeografik oblastiga, janubiy 
kichikroq qismi Hind-Malay va Efiopiya zoogeografik oblastiga qaraydi. Golarktika 
zoogeografik oblastining turli qismlarida tabiiyki, hayvonot olami bir xil emas. 
Shuning uchun bu oblast landshaft-faunistik printsipga asosan quyidagi kichik 
zoogeografik oblastlarga bo’lingan: Arktika, Yevropa-Sibir, O’rta dengiz, Markaziy 


239 
Osiyo va Xitoy-Himolay. Hind-Malay zoogeografik oblastiga materikning 
Hindiston va Hindixitoy yarim orollari hamda Tayvan, Filippin, Zond orollari 
qaraydi. Bu oblast ikkita kichik zoogeografik oblastga bo’linadi: Hind-Xitoy va 
Malay. Efiopiya zoogeografik oblastiga Arabiston yarim orolining janubiy qismi 
kiradi va Afrikaning katta qismi bilan birgalikda Sharqiy Afrika kichik zoogeografik 
oblastini tashkil etadi. 
Mezozoyning oxirida Yevrosiyoning barcha regionlari turli xil faunalarning 
shakllanish markazi bo’lib, xaltali sutemizuvchilar, ilonlar, toshbaqalar keng 
tarqalgan. Platsentar sut emizuvchilarning, ayniqsa yirtqich hayvonlrning paydo 
bo’lishi bilan quyi sut emizuvchilar janubga, Afrika va Avstraliya tomon 
chekinishadi. Ularning o’rnini xartumlilar, yovvoyi tuyalar, yovvoyi otlar, 
karkidonlar egallaydi. Bu turdagi hayvonlar kaynozoyda Yevrosiyoning katta 
qismida ko’pchilikni tashkil etgan. Yevrosiyo materigining hozirgi fauna kompleksi 
kaynozoy erasining paleogen va neogen davrlaridan boshlab xilma-xil tabiiy 
geografik sharoitga ega bo’lgan landshaft zonalarining rivojlanishi bilan vujudga 
kela boshlagan. Neogenning oxiriga kelib materikning o’simlik va hayvonot 
dunyosida katta o’zgarishlar sodir bo’lgan. Iqlimning sovushi va muz qoplamining 
hosil bo’lishi geografik muhitni, tabiiy sharoitni va hayvonlar ekologiyasini keskin 
o’zgartirib yuborgan. Tropik va subtropik iqlimga moslashgan ko’pgina hayvonlar 
qirilib ketib, ularning o’rnini sovuqqa chidamli hayvonlar egallay boshlagan. 
Neogenga qadar va hatto neogen davrida ham materikning arktika va mo’tadil 
kengliklarida tropik va subtropiklarga xos hayvonlar - gipparionlar, tapirlar, 
jirafalar, qilich tishli yo’lbarslar yashagan. Ammo materik muzligi Yevrosiyoning 
hayvonot olamiga kuchli talofat keltirgan deb qarash kerak emas. Chunki, fauna 
kompleksining taraqqiyot tarixidagi o’zgarishi ozmi-ko’pmi asta-sekinlik bilan bitta 
fauna kompleksi ikkinchi fauna kompleksi bilan almashinib borgan. V.I.Gromov 
hayvonot olamining antropogen davridagi rivojlanish tarixini tahlil qilib, Rossiya 
hududida va unga qo’shni bo’lgan o’lkalarda fauna kompleksi quyidagi tartibda 
birin-ketin almashingan degan xulosaga keladi. 

Download 15,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   310




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish