Nazorat savollari:
1. Materik gidrografik to’rining shakllanishining o’ziga xosligi nimada?
2. Yevrosiyoda daryolarining tarqalish geografiyasi va daryolar to’yinish manbalari
tavsifini bering?
3. Materikda ko’llarning kelib chiqishi va shakllanishi haqida ma’lumot bering?
4. Materikda muzliklar qanday tarqalgan?
6.6. YEVROSIYO MATERIGINING TABIAT MINTAQALARI
Tayanch ibora va atamalar:
tuproq turlari, Arktika sahrolari,
tundra, o’rmon-
tundra, tayga, dasht va o’rmon dasht, cho’l va chala cho’l, aralash o’rmon, keng
bargli o’rmon, savanna va siyrak o’rmonlar, fasliy nam o’rmonlar, ekvotorial nam
o’rmonlar, zoogegrafik rayonlar, Arktika, Yevropa-Sibir, O’rta dengiz, Markaziy
Osiyo va Xitoy-Himolay, Golarktika, Hind-Malay, Efiopiya zoogeografik oblasti,
tabiiy landshaft, antropogen landshaft, milliy bog’, qo’riqxona, plantasiya,
Pol'derlar.
Tuproq qoplamining hosil bo’lishiga va rivojlanishiga landshaft
komponentlarining birortasi ham ta’sir etmay qolmaydi. Ayniqsa, tuproqlar
o’simliklar, ona jinslar va iqlim bilan uzviy bog’langan. Shuning uchun
V.V.Dokuchaev ilmiy genetik tuproqshunoslik fanini yaratish bilan birgalikda
landshaftshunoslik to’g’risidagi fanga ham asos solgani tasodif emas. Yevrosiyo
tuproqlarini va landshaftlarini o’rganishga S.S.Neustruev, L.I.Prosolov,
B.B.Polinov,
M.A.Glazovskaya
va boshqalar katta hissa qo’shganlar.
Yevrosiyoning tuproq qoplamining geografik tarqalishidagi eng umumiy
qonuniyatlar - tekisliklarda kenglik zonallik, provintsiallik va tog’larda balandlik
mintaqalarining
mavjudligidir.
Tuproq
qoplamining
kenglik
zonaligi
materikning g’arbiy tekislik qismida yaxshi ifodalangan. Yenisey daryosidan
sharqda tog’li rel’ef hukmronlik qilganligi tufayli tuproqlarning kenglik
bo’ylab zonal joylashishi buziladi. Umuman Yevrosiyoning tekisliklarida asosiy
tuproq tiplari zonalar bo’yicha shimoldan janubga qarab quyidagicha
almashinadi (Ilova, 17-rasm).
233
Arktikaning yuqori kengliklarida, orollarning tekislik qismida juda yupqa
arktika tuproqlari uchraydi. Bu tuproqlar nihoyat darajada skeletli, gleylanish
xususiyatiga ega emas, oz miqdorda ishqorsizlangan, qisman sho’rlangan.
Arktika tuproqlari sovuq nurash natijasida vujudga kelgan poligonal tuproqlar
bilan almashinib turadi. Arktika tuproqlari janubroqda tundra tuproqlari bilan
almashinadi. Tundra tipidagi tuproqlar materikning eng yuqori kengliklarida va
Arktika orollarining janubida tarqalgan. Ular arktika tundrasi va tundra-gleyli
tuproqlarga bo’linadi. Arktika tundrasidagi tuproqlar orasida oddiy poligonal
tuproqlar keng tarqalgan. Bu tuproqlar ayniqsa, Yamal, Gidan yarim orollarida va
Taymirda ko’pchilikni tashkil etadi. Tundra tuproqlarining hosildorligi past,
O’rta va Sharqiy Sibirda, Baykal tog’li o’lkasining yuqori mintaqalarida sovuq
nurash kuchli bo’lganligi sababli oddiy toshloq tog’-tundra tuproqlari hosil
bo’lgan.
Yevrosiyo tayga zonasining asosiy tuproq tipi tekisliklarda podzol tuproqlar,
tog’li o’lkalarda tog’ podzol tuproqlaridir. Ular eng keng tarqalgan tuproq tipi
bo’lib, materik maydonining 20% ini, dunyodagi quruqlik maydonining qariyb
15% ini egallaydi. Botqoq tuproqlar ayniqsa G’arbiy Sibir pastekisligida, Sharqiy
Yevropa tekisligining shimoliy va shimoli-g’arbiy provintsiyalarida, Amurbo’yi va
Primore o’lkalarida keng tarqalgan bo’lsa, chimli tuproqilar kam uchraydi. Chimli
va chirindili karbonit tuproqlar, karbonatli jinslar ustida vujudga keladi.
Podzol tuproqlar shimoldan janubga tomon zonal farqlariga ko’ra uchta
tipchaga bo’linadi: 1) Shimoliy tayganing gleyli-podzol tuproqlari; 2) o’rta
tayganing tipik podzol tuproqlari; 3) janubiy tayga va aralash o’rmonlarning chimli
podzol tuproqlari. Podzol tuproqlar zonasida keng tarqalgan botqoq tuproqlardan
tashqari muzloq tayga tuproqlari ham uchraydi. Ular muzloq yerlar rivojlangan
Sharqiy Sibir o’lkalari uchun xarakterli. O’rta Sibir yassi tog’ligida, Sharqiy Sibir
va Baykal tog’li o’lkalarida tog’ podzol tuproqlari ko’p tarqalgan.
G’arbiy Yevropaning katta qismida Zakarpatening Tisabo’yi allyuvial
pastekisligi, Boltiqbo’yi, Uzoq Sharqning O’rta Amurbo’yi va Primore o’lkalari va
Sharqiy Osiyoda o’rmon-qo’ng’ir tuproqlari ko’pchilikni tashkil qiladi. O’rmon-
qo’ng’ir tuproq tipi nam, keng bargli va qisman aralash o’rmonlar tagida vujudga
keladi. Ular kam podzollashgan, donador strukturaga ega. O’rmon tuproqlari orasida
eng hosildori chimli va ko’ng’ir tuproqlar hisoblanadi. Podzol tuproqlar bilan qora
tuproqlar oralig’ida o’rmon bo’z tuproqlari joylashgan. Bu tuproq tipi o’rmon-dasht
zonasining o’rmonlari tagida lyossimon jinslarda hosil bo’lgan. O’rmon bo’z
tuproqlari och tusli bo’z, tipik bo’z va qoramtir bo’z tuproqlarga bo’linadi. Och tusli
o’rmon bo’z tuproqlari morfologik belgilariga ko’ra chimli-podzol tuproqlarni
eslatadi.
O’rmon bo’z tuproqlaridan janubda qora tuproqlar zonasi joylashgan. Qora
tuproqlar g’arbda Karpat etaklaridan sharqda Oltoy tog’ining etaklarigacha keng
polosa hosil qilib cho’zilgan. Oltoydan sharqda ular orollar shaklida Minusinsk va
Tuva botiqlarida, Selenga va Sharqiy Zaybaykale dashtlarida uchraydi.
V.V.Dokuchaev fikricha, qora tuproqlar chirindiga, turli xil moddalarga juda boy,
gumus qatlami qalin (150-180 sm gacha yetadi), mustahkam donodor strukturaga
234
ega. Shuning uchun ham ular boshqa tuproq tiplaridan yuqori hosildorligi bilan farq
qiladi. Qora tuproqlar o’tli dashtlarning tipik zonal, tuprog’idir.
Qora tuproqlarning zonal, xususiyatlari shimoldan janubga qarab
o’zgaradi, Qora tuproq zonasining Shimoliy qismida podzollashgan va ishqori
yuvilgan qora tuproqlar uchraydi. Zonaning markaziy qismida tipik qalin qora
tuproqlar keng tarqalgan. Bu qora tuproqlarning eng unumdor tipchasi bo’lib,
unda gumus gorizontining qalinligi, chirindi miqdori (10-15%) va ko’l
elementlari o’zining maksimal darajasiga yetgan. Janubroqda oddiy va janubiy
qora tuproqlar tarqalgan. Bu tipChada gumus qoplamining qalinligi, miqdori bir oz
kamayadi.
Quruq dasht va chala cho’llarning zonal tuproq qoplami kashtan
tuproqlaridan tashkil topgan. Bu tuproqlar namlik balansi manfiy bo’lgan
boshoqli va shuvoq-boshoqli o’tlar siyrak o’sadigan sharoitda shakllangan.
Qora tuproqlarga nisbatan chirindiga kambag’al, gumus qatlami yupqa va ko’p
joylarda sho’rlangan. Kashtan tuproqlar shimoldan janubga tomon qoramtir, tipik
va och tusli kashtan tuproq tipchalariga bo’linadi. Shulardan qora tuproqlar bilan
chegaradosh bo’lgan qoramtir kashtan tuproqlar ko’proq hosildor hisoblanadi.
Janubga borgan sari kashtan tuproqlar tarkibida chirindi miqdori kamayib
boradi. Och tusli kashtan tuproqlar chala Cho’llarda yaxshi rivojlangan bo’lib,
chirindiga kambag’al. Qo’ng’ir, och qo’ng’ir va bo’z tuproqlar asosan O’rta va
Markaziy Osiyoning tekisliklari hamda tog’oldi lyossli tekisliklarida ko’p
tarqalgan.
Cho’l zonasida taqir va taqirli tuproq turlari ko’p uchraydi. Ular asosan
allyuvial va prolyuvial yotqiziqlardan tashkil topgan, tarkibida gilli jinslar ko’p
bo’lgan yassi pastliklarda, qadimiy del’talarda vujudga keladi. Cho’lning taqirli
tuproq turi tarkibida chirindi 0,4-0,8%, gumusli qatlam 10-12 sm atrofida bo’ladi.
Taqirlar yuzasi bahorda yomg’ir suvlari bilan to’lib, yozda bug’lanib, qurib
qoladi va qotib qolgan yuzalar jazirama issiq ta’sirida yorilib-yorilib ketadi.
Nam subtropiklar zonasi uchun qizil va sariq tuproqlar xarakterli. Ular
Kavkaz o’lkasining Kolxida va Lenkoran rayonlarida, Sharqiy Osiyoning janubiy
qismida, Yanszi va Sitszyan daryolari havzalarida, Himolayning janubiy yon
bag’iridagi tog’ etaklarida keng tarqalgan. Qizil tuproqlar nam subtropik
o’rmonlarning tipik zonal tuprog’i hisoblanadi. Ularning gumus qatlami qalin,
tarkibida temir va alyumin oksidlari juda ko’p. Shuning uchun ham bu tuproqlarning
rangi qizil bo’ladi. Qizil tuproqlar eng qadimiy tuproqlar bo’lib, ular neogen
davridan boshlab to hozirgi kungacha rivojlanib kelmoqda. Bu tuproq tipi turli xil
subtropik o’simliklar uchun eng qulay hisoblanadi. Jigar rang tuproqlar Pireney
yarim orolining Sharqiy qismida, Apennin va Bolqon yarim orollarida, O’rta
dengizdagi Sitsiliya, Sardiniya, Korsika orollarida, Old Osiyo tog’liklarida, Kavkaz
va O’rta Osiyo tog’larining quyi qismidagi past bo’yli, keng bargli va siyrak
o’rmonlar hamda butazorlar tagida uchraydi. Hindistonning Sharqiy va Hindixitoy
yarim orolining o’rta qismlaridagi savannalarda qizil laterit tuproqlar keng
tarqalgan. Qizg’ish-sariq laterit tuproqlar nam tropik o’rmonlar uchun xarakterli
235
bo’lib, ular Hindistonning g’arbiy qismida, Xindixitoy va Malakka yarim orollarida,
Malay va Filippin arxipelaglarida ko’pchilikni tashkil etadi.
Tog’larda tuproq qoplamining tarqalishi alohida qonuniyatga - balandlik
zonallikka (mintaqalikka) bo’ysunadi. Biroq tog’larda tuproqlarning balandlik
zonalligining namoyon bo’lishi geografik kenglikka ham bog’liq. Chunonchi, tundra
yoki o’rmon-tundra zonalaridagi tog’lar qanchalik baland bo’lmasin, ularda atigi
ikkita yoki uchta tuproq tipini uchratish mumkin. Quyi geografik kengliklarda
joylashgan tog’lar yetarli darajada baland bo’lsa, tuproqlarning balandlik
mintaqalari shunchalik to’laroq va xilma-xil bo’ladi. Masalan, Kavkaz tog’ida
asosiy tuproq tiplari 10 ta dan kam emas. Bu yerda qizil va sariq tuproqlardan
boshlab, tog’ o’tloq tuproqlarigacha keng tarqalgan. Tuproqlarning balandlik
zonalligi Karpat, Tyanshan, Oltoy, Himolay tog’larida ham yaxshi ifodalangan.
Daryo qayirlaridagi allyuvial tuproqlar va arid iqlimli o’lkalardagi ko’chma
qumlar alohida azonal tuproqlar guruhini tashkil etadi. Qayir tuproqlari yosh va
ularning shakllanishi hozir ham davom etmoqda. Ko’chma qumlar esa rivojlangan
tuproq qoplamiga ega emas va ularni o’zlashtirish nihoyatda qiyin. Ko’chma
qumlarning asosiy qismi cho’l va chala cho’l zonalarida, kamroq qismi dasht va
o’rmon dashtlardagi daryolarning quyi terrasalarida uchraydi. Bu qumlarning
aksariyati tabiiy holda o’simlik bilan mustahkamlangan. Ularning ko’chma
qumlarga aylanishiga sabab insonning xo’jalik faoliyatini salbiy oqibatlaridir.
Do'stlaringiz bilan baham: |