257
to’plangan. Neogenning oxirida kontinental rejimga o’tgan. To’rtlamchi davrda
rel’efining shakllanishiga materik muzliklari ta’sir ko’rsatgan. Eng so’nggi muzlik
tekislikning shimoli-sharqiy qismini qoplagan. Hozirgi rel’ef shakllarida bu
muzlikning izlari yaxshi saqlangan. Materik muzligidan keyin yangi tektonik
harakatlar natijasida yer yuzasining qaytadan pasayishi
va transgressiyalar sodir
bo’lgan, natijada Shimoliy hamda Boltiq dengizlari vujudga kelgan.
Shimoliy dengiz sohillarida parallel ravishda G’arbiy va Sharqiy Friz orollar
tizmasi, Yutlandiya yarim orolining g’arbiy sohiliga yaqin hududlarda Shimoliy Friz
orollar tizmasi cho’zilgan. Materik qirg’oqlari bilan orollar tizmasi oralig’ida
suvning ko’tarilishi paytida suv bosadigan o’ziga xos sersuv landshaft polosasi
(vattlar) shaklangan. Friz orollari dyunalar gryadasidan tashkil topgan bo’lib, ular
yaqindagina quruqlikning cho’kishi natijasida materikdan ajralgan. Dollart va
Zeyder-Ze ko’rfazlarining hosil bo’lishi ham yangi tektonik harakatlar bilan bog’liq.
Tekislikning g’arbiy qismi bir xil ko’rinishdagi yassi pastekislik bo’lib, uning
balandliga 100 m ga ham yetmaydi. Qirg’oq bo’ylarining aksariyat maydoni dengiz
sathidan ham pastda yotadi. Reyn daryosi o’z del’tasida bir necha tarmoqlarga
bo’linib juda ko’p orollar hosil qilgan. Bu orollarning yuzasi ham dengiz sathidan
pastda joylashgan. Tekislikning dengiz sohillarida polderlar va marshlar barpo
etilgan. Ular maksimal darajada madaniylashtirilib rang-barang agrolandshaftlarga
aylantirilgan. Polderlar va marshlar polosasidan janubda,
Shimoliy German
pastekisligining shimoli-g’arbida zandra qumoq yotqiziqlardan tarkib topgan
nisbatan balandroq yerlar (gorstlar) joylashgan. Gorstlar kam hosildor, ba’zan
botqoqlangan yerlar bo’lib, undan janubda, tog’ etaklari yonida lyossli jinslar ustida
vujudga kelgan hosildor yerlar keng tarqalgan.
Vezer va uning irmog’i Aller daryolaridan sharq tomonda Shimoliy German
pastekisligi kengayib, rel’ef shakllari o’zgarib boradi. Tekislikning muz bosgan
shimoli-sharqiy qismi g’arbiga nisbatan tepalik rel’ef shakllari va bir oz balandligi
bilan farq qiladi. Bu yerda oxirgi morenalar to’plangan joylarda tepalik gryadalar va
ular oralig’idagi pastqamliklarda ko’plab sayoz ko’llar hosil bo’lgan. Morena
gryadalari oraliqlarida vujudga kelgan ko’llar genetik jihatdan morena ko’llari tipiga
kiradi. Tekislikning ko’llar keng tarqalgan bunday joylari ko’llarbo’yi mintaqasi deb
ataladi. Shimoliy German pastekisligidagi Meklenburg ko’llarbo’yi
mintaqasi,
Buyuk Polsha pastekisligidagi Pomore va Mazur ko’llarbo’yi mintaqalari shular
jumlasidandir. Ko’llarbo’yi mintaqalaridagi eng baland nuqta Gdansk shahri
yaqinida 337 m ni tashkil etadi. Oxirgi morena gryadalari Yutlandiya yarim orolida
meridional yo’nalishda joylashgan. Shimoliy German va Buyuk Polsha
tekisliklarida oxirgi morenalar kenglik bo’ylab cho’zilib, ko’llarbo’yi mintaqalari
bilan birgalikda Boltiq ko’llar gryadasini hosil qiladi. Shimoldagi Yutlandiya yarim
orolining yer yuzasi yassi tekislikdan iborat. Eng
baland nuqtasi Iding-Skov
tepaligida 173 m ga yetadi. Yutlandiya janubda Kil kanali o’tkazilgan hududda
maydoni 40 ming km
2
ni tashkil qiladigan Shimoliy German pastekisligi bilan
tutashgan.
Yarim orolning iqlimi mo’tadil dengiz iqlim xarakteriga ega. Yillik
yog’in miqdori g’arbida 800 mm dan sharqida 600 mm gacha o’zgaradi.
Maydonining 90% i yem-xashak o’tlar, qand lavlagi va don ekinlari bilan, 9% i
258
o’rmonlar bilan band. O’rmonlar asosan g’arbda qarag’aylardan,
sharqda buk va
emanlardan tarkib topgan.
O’rta Yevropa tekisligining iqlimi mo’tadil xarakterga ega bo’lib, g’arbdan
sharqqa tomon o’zgarib boradi. Iqlimning uzoqlik bo’ylab o’zgarishiga sabab
dengiz havo massasini materik ichkarisiga kirib borgan sari transformasiyalanish
jarayonining kuchayishi bilan bog’liq. Shimoliy German pastekisligining g’arbiy
qismida yillik yog’in miqdori 700-800 mm dan Buyuk Polsha pastekisligining
Sharqiy qismida, Varshava atrofida 500 mm gacha kamayadi. G’arbda qishi ancha
yumshoq bo’ladi, sovuqli kunlar deyarli bo’lmaydi. Yanvarning o’rtacha harorati
+1°- 1°S ga, minimal harorat Amsterdamda -27°S kuzatilgan. Yozi salqin, bulutli
kunlar ko’p bo’ladi. Iyulning o’rtacha harorati +17°+18°S. Sharqqa borgan sari
yog’in miqdorining kamayishi bilan birga qishi sovuqroq va yozi nisbatan issiqroq
bo’la boradi. Buyuk Polsha pastekisligining sharqiy qismida yanvarning o’rtacha
harorati -4°S ni, iyulniki +18°+19°S ni tashkil etadi. Qishda sovuqli kunlar soni
ko’payadi , daryo suvlari muzlaydi, qor qoplami hosil bo’ladi.
O’rta Yevropa tekisligida gidrografik to’r yaxshi rivojlangan. Barcha daryolar
uning hududini janubdan shimolga qarab kesib o’tib Shimoliy va Boltiq dengizlariga
quyiladi. Shimoliy dengizga quyiladigan daryolar
estuariylar hosil qiladi, Boltiq
dengizi havzasiga qaraydigan daryolar lagunalarga quyiladi. Tekislikning eng yirik
daryolari Ems (371 km), Vezer (724 km), Elba (1165 km), Oder (907 km), Visla
(1092 km) hisoblanadi. Visla daryosi havzasining maydoni 198,5 ming km
2
.
O’rtacha yillik suv sarfi quyi oqimida 1100-1200 m
3
/sek ni tashkil etadi. U G’arbiy
Karpat tog’laridan boshlanib, Boltiq dengizining Gdansk qo’ltig’iga quyiladi. Elba
daryosi o’lka hududida emas, balki G’arbiy Yevropada ham eng uzun daryolardan
biri hisoblanadi. Havzasining maydoni 148 ming km
2
, o’rtacha yillik suv sarfi 694
m
3
/sek. Bu daryolar asosan yomg’ir suvlaridan va qisman tog’lardagi qorlarning
erishidan to’yinadi. Barcha daryolar bir-biri bilan kanallar orqali tutashtirilib yagona
gidrografik to’r tizimini hosil qilgan. O’rta German, Kil, Vidgosh va boshqa kanallar
bunga misol bo’la oladi. Daryolar va kanallar juda katta transport ahamiyatiga ega.
Tekislikning tabiiy zonal landshaftlari chimli-podzol tuproqli aralash
o’rmonlardan va qo’ng’ir tuproqli keng bargli o’rmonlardan tarkib topgan. Biroq
hozirgi vaqtda bunday o’rmonlar juda kam qolgan. Ularning o’rnini
madaniy
o’tloqzorlar, qishloq xo’jalik ekinlari, sun’iy daraxtzorlar egallagan. Keng bargli
o’rmonlarga xos bo’lgan buk, eman, qayrag’och
daraxtlari kamdan-kam uchraydi.
Ikkilamchi antropogen o’rmonlarda igna bargli daraxtlar ko’pchilikni tashkil etadi.
Gollandiya, Yutlandiya va Shimoliy German pastekisligining g’arbiy qismida
antropogen o’tloqzorlar ko’p, sharqqa borgan sari madaniy o’tloqzorlar maydoni
kamayib, o’rmon landshaftlarining maydoni orta boradi. Ko’llarbo’yi mintaqalarida
o’rmon massivlari yaxshi saqlangan. Ayniqsa, Buyuk Polsha pastekisligida hozir
ham inson xo’jalik faoliyati ta’sirida kam o’zgargan o’rmonlar kengroq maydonlarni
egallab olgan. Boltiq dengizi sohilidagi va tekislik
ichkarisidagi zandra qumoq
dalalarida qarag’ay o’rmonlari uchraydi. Qolgan joylarda aralash o’rmonlar yetakchi
rol o’ynaydi. Bu o’rmonlarda Yevropa yeli, karag’aylar bilan birga buk, zarang,
jo’ka kabi keng bargli daraxtlar ham uchraydi. Aralash o’rmonlarning o’zgarmagan
259
qadimgi holatdagi etaloni Yevropaning eng yirik qo’riqxonalaridan biri Belovej
pushasida yaxshi saqlangan. Bu o’lka hududida o’rmonlarning kesilib ketishi va
yerlarning maksimal darajada haydalishi yovvoyi hayvonlar sonining keskin
kamayishiga va ayrim turlarini yo’qolib ketishiga sabab bo’lgan. Dashtlarga
o’xshash ochiq yerlarda esa kemiruvchi mayda cho’l hayvonlarining soni ko’payadi.
Hozirgi paytda yovvoyi hayvonlarning ko’plab turlari
va ularning vakilliri
qo’riqxonalarda va milliy parklarda muhofaza qilinmoqda. Jumladan, Belovej
pushasida zubrlar, asl zotli bug’ular, loslar, kosulyalar, yovvoyi cho’chqalar,
olmaxonlar, bo’rsiqlar muhofaza qilinib, ularning soni tiklanmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: