Pireney yarim oroli.
Pireney yarim oroli tabiatining o’ziga xos regional
xususiyatlari Yevropaning janubi-g’arbida, O’rta dengiz bilan Atlantika okeani
270
o’rtasida va Afrikaga yaqin joylashganligi bilan hamda yer yuzasining tuzilishi bilan
bog’liq. Maydoni 582 ming km
2
. O’rta Yevropadan Pireney tog’lari orqali va
Afrikadan Gibraltar bo’g’izi orqali ajralib turadi. Uning shimoli-g’arbiy qirg’oqlari
Atlantika okeani suvlari bilan, janubi-sharqiy qirg’oqlari O’rta dengiz suvlari bilan
yuvilib turadi. Qirg’oq chiziqlari Fenoskandiya qirg’oqlariga nisbatan ancha tekis
va mayda orollar juda kam uchraydi. Pireney yarim orolining asosiy qismi
yemirilgan qadimiy kristall jinslardan tarkib topgan Meseta yassi tog’ligi tashkil
etadi. Bu massiv shimol va janub tomonlardan Al’p burmalanishidan hosil bo’lgan
yosh tog’ tizmalari bilan o’ralgan. Mesetaning ichki qismida kristall jinslar ancha
cho’kkan va ularning yuzasi cho’kindi jinslar bilan qoplangan. Mesetaning shimoliy
yarmida Eski Kastiliya platosi va janubiy yarmida Yangi Kastiliya platosi
joylashgan. Ularning okean sathidan balandligi 400-500 m dan 600-800 m gacha
o’zgaradi. Tizmaning eng baland nuqtasi Serra-de-Gredos massividagi Almanov
(2592 m) cho’qqisidir. Mesetaning janubiy chekkasida maksimal balanddigi 1323 m
bo’lgan Serra-Morena palaxsali tog’i qad ko’tarilgan. Yarim orolning shimoli-
sharqqa, Mesetaning ko’tarilgan qismida o’rtacha balandlikdagi palaxsali Iberiya va
Kataloniya tog’lari joylashgan.
Pireney yarim orolining shimoliy qismida Kantabriy va Pireney tog’lari
kenglik bo’ylab cho’zilgan. Pireney tog’lari balandligi jihatidan Al’pdan keyingi
ikkinchi o’rinda turadi. Uning eng baland nuqtasi Maladetta massividagi Aneto
(3404 m) cho’qqisidir. Undan g’arb tomonda Poze (3375 m) va Vinmal (3298 m)
cho’qqilari bor. Pireney tog’larining markaziy qismi baland ko’tarilgan bo’lib,
undagi cho’qqilar o’tkir qirrali, yon bag’irlari tik qoyali, daralari tor va chuqur,
dovonlar deyarli uchramaydi. Markaziy Pireneydan g’arbga va sharqqa tomon
tog’lar pasayib boradi. Pireney bilan Kontabriy o’rtasida joylashgan Biskay tog’i
ham Kontabriyga o’xshash tektonik, orografik va geologik jihatdan Pireney
tog’lariniig g’arbiy davomi hisoblanadi. Kontabriy tizmasining eng baland joyi
Torre-de-Serredo (2648 m) tog’idir. Kontabriyning g’arbiy qismidagi Asturiya tog’i
( 2500 m) Biskay tog’lariga nisbatan oldinroq burmalangan. Pireney yarim orolining
janubiy qismidagi tog’lar o’zining geologik tuzilishi va strukturasiga ko’ra Al’p
tog’lariga o’xshash. Bu Gibraltar bug’ozi sohilidan shimoli-sharqqa tomon
cho’zilgan Andalusiya tog’alaridir. Uning va Pireney yarim orolining eng baland
joyi Serra-Nevada (Qorli tog’lar) tizmasidagi Mulasen (3478 m) cho’qqisidir.
Andalusiya tog’larida kristall jinslar va ohaktoshlar keng tarqalgan. Andalusiya
tog’laridan shimoli-g’arbda Kordilera-Betiko tog’i joylashgan. Uning maksimal
balanddigi La-Sagra cho’qqisida 2381 m ga teng. Yarim orolning janubi-Sharqiy
chekkasida balandligi 1500 ga yetadigan Kordilera Subbetiko tog’i Qirg’oq bo’ylab
cho’zilgan. Bu o’lkada tog’ tizmalari, yassi tog’liklar, platolardan tashqari tekisliklar
va pastekisliklar ham bor. Pireney, Iberiya va Kataloniya tog’lari oralig’idagi yirik
tektonik cho’kmada Aragon tekisligi joylashgan. Tekislikning katta qismi shu
hududdan oqib o’tadigan Ebro daryosining suvi bilan sug’oriladi. Aragonning yuza
qatlami to’rtlamchi davr kontinental yotqiziqlaridan iborat. Dengiz sathidan
o’rtacha balandligi 250 m. Tekislik rel’efi tepalik xarakterga ega, yassi yuzali
suvayrg’ichlarning yon bag’irlari daryo vodiylari va jarliklar bilan kuchli kesilgan.
271
Ebro vodiysi yaxshi ishlangan akkumulyativ terrasalardan va keng qayirlardan
tashkil topgan.
Andalusiya tog’lari bilan Serra Morena tizmasi oralig’idagi tektonik
bukilmada Andalusiya pastekisligi shakllangan. Keng g’arbiy qismi yassi allyuvial
tekislik bo’lib, Gvadalkvivir daryosi va uning irmoqlari oqizib kelgan yotqiziqlardan
tarkib topgan. Toraygan sharqiy qismi paleogen va neogenning mergel, gil, qumtosh
va ohaktoshlaridan tashkil topgan. Andalusiya pastekisligi shimoli-sharqdan janubi-
g’arbga Kadis qo’ltig’i tomon pasayib boradi. Uning barcha yer yuzasi okean
sathidan 100 m pastda yotadi. Yarim orolning g’arbiy qismida Meseta yassi tog’ligi
etaklarida Atlantika okeani sohili bo’ylab cho’zilib yotgan Portugaliya pastekisligi
bor. Uning lagunali qirg’og’iga Lissabon va Setubal qo’ltiqlari o’yib kirgan.
Pastekislik hududidan Teju (Taxo) daryosi oqib o’tadi. Maydon jihatidan uncha
katta bo’lmagan sertepa pastekisliklar yarim orolning Sharqiy qismida ham
uchraydi. Bular O’rta dengiz sohilidagi Valensiya va Mursiya pastekisliklari bo’lib
Ispaniya Levanti deb yuritiladi.
Pireney yarim oroli subtropik mintaqada joylashganligi tufayli uning barcha
hududi O’rta dengiz subtropik iqlim oblastiga qaraydi. Lekin yarim orolning yer
yuzasini murakkab tuzilishi iqlimining ichki farqlarini vujudga keltiradi. Bunday
farqldarni havo haroratida, yillik yog’in miqdorida, yog’in rejimida ko’rish mumkin.
Yarim orolning shimoli-g’arbiy va shimoliy qismlarida - Galisiya, Asturiya
massivlarida, Kantabriy va Pireney tog’larining yon bag’irlarida iqlim yumshoq va
nam. Yil davomida harorat keskin o’zgarmaydi, yog’in ko’p bo’ladi. Atlantika
okeani tomonidan esadigan doimiy shamollar katta miqdorda namlik keltiradi.
Qishda tumanli va bulutli kunlar uzoq davom etadi. Yozi salqin va nam bo’lib,
iyulning o’rtacha harorati +18°+20°S, yanvarniki +6°+8°S atrofida. Yillik yog’in
miqdori 1000-2000 mm. Bu o’lka uchun dengiz iqlimi xarakterli bo’lib, u nam
Ispaniya deb ataladi va subtropik mintaqadan mo’tadil mintaqaga o’tkinchi polosa
hisoblanadi. Pireney yarim orolining g’arbiy qismi O’rta dengiz iqlim tipining
okean iqlim turi xarakteriga ega. Bu yerda yoz issiq va qish iliq bo’ladi. Iyulning
o’rtacha harorati +21°+24°S ni, yanvarniki +8°+11°S ni tashkil etadi. Yiliga 600-
1000 mm atrofida yomg’ir yog’adi. Biroq yozda havoning nisbiy namligi 80%
gacha, yog’in kam bo’ladi. Uning janubiy va Sharqiy hududlari uchun kontinental
O’rta dengiz iqlim tipi xarakterli. Bu joylarda yumshoq yomg’irli qish tezda uzoq
davom etadigan issiq va quruq yoz fasli bilan almashinadi. Iyulning o’rtacha harorati
+25°+28°S ga teng. Yillik yog’in miqdori 500 mm dan oshmaydi. Valensiya va
Mursiya tekisliklarida yog’in 300 mm gacha kamayadi. Yoz oylarida Afrika
tomonidan quruq Levere garmsel shamoli tez-tez esib turadi.
Yarim orolning ichki hududlarida - Eski va Yangi Kastiliyada, Aragon
tekisligida iqlim sharoiti umuman boshqacha. Bu regionlar Atlantika okeani va O’rta
dengizdan o’rtacha balandlikdagi tog’lar bilan to’silgan. Meseta yassi tog’ligi va
Aragon tekisligining morfologik tuzilishi botiq shaklida bo’lganligi sababli mahalliy
kontinental havo vujudg keladi. Natijada havo harorati fasllarga qarab keskin
o’zgaradi, yog’in kam bo’ladi. Yozi issiq va qishi sovuq. Yanvarning o’rtacha
harorati +4°+5°S. Yiliga o’rtacha 400-500 mm yomg’ir yog’adi. Bu hududlar quruq
272
Ispaniya deb yuritiladi. Yarim orolning markaziy qismidagi Markaziy Kordilera
tog’lariga atmosfera yog’inlari atrofdagi platolarga nisbatan ko’proq tushadi.
Andalusiya pastekisligida tipik O’rta dengiz iqlimi hukmronlik qiladi. Bu yerda
namgarchiliq bir oz ko’proq. Eng sovuq oyning o’rtacha harorati +12°+13°S ga va
eng issiq oyning o’rtacha harorati +27°+28°S ga teng. Yillik yog’in miqdori 500-
700 mm atrofida bo’lib, subtropik ekinlarni yetishtirish uchun juda qulaydir.
Daryo tarmoqlari va ko’llar Yevropaning shimoliy o’lkalariga nisbatan
Pireney yarim orolida uncha ko’p rivojlanmagan. Daryolarning aksariyat qismi
yomg’ir suvlaridan, kam qismi esa yomg’ir va qor suvlaridan to’yinadi. Yarim
orolning eng uzun daryosi Taxo (Teju) hisoblanadi. Uning uzunligi 1010 km,
havzasining maydoni 81 000 km
2
, o’rtacha yillik suv sarfi 360 m
3
/sek. Taxo daryosi
Iberiya tizmasidagi Universales tog’idan 1600 m balandlikdan boshlanadi. Uning
irmoqlari boshlanish tog’li qismida tor va chuqur vodiylardan oqib o’tadi, Atlantika
okeaniga quyiladi. Uzunligi jihatidan Ebro daryosi ikkinchi o’rinda turadi. Uning
uzunliga 928 km, havzasining maydoni 87 000 km
2
ga yaqin, o’rtacha yillik suv sarfi
615 m
3
sek. Ebro Kantabriy tog’ining janubiy yonbag’irlaridan boshlanib, O’rta
dengiz havzasiga quyiladi. To’yinishi aralash xarakterga ega. Gvadalkvivir (arabcha
Vodiy al-Kabir-azim daryo) daryosi Ispaniyaning janubidagi Andalusiya
botiqligidan oqib o’tadi. U Andalusiya tog’larining shimoliy yon bag’iridan
boshlanib, Atlntika okeanining Kadis qo’ltig’iga quyiladi. Daryoning uzunligi
560 km, havzasining maydoni 57 000 km
2
, o’rtacha yillik suv sarfi 164 m
3
/sek. ga
teng. Atmosfera yog’inlaridan to’yinib yil bo’yi to’lib oqadigan daryolar Pireney
yarim orolining shimoli-g’arbiy qismida joylashgan va ular o’z suvlarini Biskay
qo’ltig’iga va Atlantika okeaniga quyadi. Shuningdek, sersuv daryolardan biri -
Mino hisoblanadi. Ko’pchilik daryolarda suv omborlari va kanallar qurilgan.
Kemalar faqatgina Gvadalkvivir daryolaridagina qatnay oladi. Duero daryosining
200 km masofadagi quyi qismida uncha katta bo’lmagan kemalar qatnaydi.
Pireney landshaft oblastining geografik o’rni, yer usti tuzilishi va iqlim
sharoiti tuproq-o’simlik qoplamining xilma-xil bo’lishiga qulaylik yaratgan. Nam
iqlimli shimoliy va shimoli-g’arbiy hududlarda turli darajada podzollashgan
o’rmon-qo’ng’ir va qo’ng’ir-jigar rang ishqori vujudga kelgan. Meseta yassi
tog’ligining katta qismida tuproqlar yuvilgan jigar rang tuproqlar, yarim orolning
janubiy va Sharqiy hududlarida tipik jigar rang tuproqlar keng tarqalgan. Pireney
yarim orolining florasi nixoyatda turlarga va endemiklarga boy. Uning hududida
6000 turdan ortiq yuksak o’simliklar mavjud bo’lib, shundan 950 turi daraxt
o’simliklardir. Flora tarkibida 1500 tur endemiklar bor. Yarim orolning shimoliy
subtropik iqlimidan mo’tadil iqlimga o’tish qismida keng bargli o’rmonlar
hukmronlik qiladi. O’rmonlarda asl kashtan, yoz emani, qish emani, shumtol,
zarang, jo’ka va boshqa daraxtlar ko’pchilikni tashkil etadi. Galisiya o’rmonlarida
muzlik davrining relikt
daraxtalaridan qayin, tosheman, dengizbo’yi qarag’ayi
uchraydi. Keng bargli o’rmonlarning ikkinchi yarusida doimiy yashil daraxtlar
aralash xolda o’sadi. Pireney va Kontabriy tog’larining shimoliy yon
bag’larida
o’rmonlar yaxshi rivojlangan. Ularning katta maydoni bargini to’kadigan eman,
kashtan, buk, shumtollardan iborat keng bargli o’rmonlar bilan band. Tog’larning
273
baland qismlarida keng bargli o’rmonlar qayin daraxtlari, qarag’ay, archa va pixtalar
bilan almashinadi. Iberiya va Markaziy Kordilera tog’larida o’rmonlar massivi bir
oz kamayadi.
Pireney yarim orolining g’arbiy O’rta dengiz iqlimli qismi uchun tipik dag’al
bargli doimiy yashil o’rmonlar va makvis butazorlari xarakterli. Bu yerdagi
o’rmonlar asosan xilma-xil emanlardan (Portugaliya emani, tosh eman, po’kak
emani, g’arb emani, namat bargli eman) tarkib topgan. Portugaliyada 750 ming ga
maydonda po’kak emani plantasiyasi barpo etilgan. Butazorli formasiyalar ladannik,
drok, filliren, daraxtsimon mojjevelnik, janub erigi, soyabon erik va makvislardan
iborat. Mazkur landshaft oblastining hayvonot olamida hayvonlarning yevropa va
afrika turlari uchraydi. Masalan, bu yerda yashaydigan bo’ri, tulki, lan, yovvoyi
quyon hayvonlarning yevropa turiga kirsa, genetta yirtqich hayvoni afrika turiga
kiradi. Hayvonlardan Pireney vixuxoli, qushlardan zangori zag’izg’on endemik
hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |