X. Vaxobov, A. A. Abdulqosimov, N. R. Alimkulov



Download 15,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet202/310
Sana19.02.2022
Hajmi15,35 Mb.
#457795
1   ...   198   199   200   201   202   203   204   205   ...   310
Bog'liq
МАТЕРИКЛАР ВА ОКЕАНЛАР ТАБИИЙ ГЕОГРАФИЯСИ ЎҚУВ ҚЎЛЛАНМА охирги1

Bolqon yarim oroli.
O’lka O’rta dengiz Yevropasining sharqiy qismida 
joylashgan. Bu o’lka Bolqon yarim oroli, Krit oroli va Egey dengizidagi bir qancha 
orollardan tarkib topgan. Shimoliy chegarasi Sava daryosi, Sredna-Gora tog’i va 
Bolqonorti tektonik cho’kmalardan o’tadi. Kichik Osiyodan Marmar dengizi, Bosfor 
va Dardanel bo’g’izlari bilan ajralib turadi. Bolqon yarim oroli shimoldan janubga 
tomon torayib kelgan va uch tomondan Adriatika, Ioniya, O’rta, Egey, Marmar va 
Qora dengizlari bilan o’ralgan. G’arbdan sharqqa 1260 km va shimoldan janubga 
950 km masofaga cho’zilgan. Maydoni 505 ming km
2
. Barcha qirg’oqlari kuchli 
parchalangan. 
Bolqon yarim orolining katta qismi past va o’rtacha balandlikdagi tog’lardan 
iborat. Bularning mutloq balandligi Pireney va Apenin yarim orollaridagi 
tog’larning balandligidan keyin turadi. Eng baland nuqtasi Rila massividagi Musala 
cho’qqisi 2925 m. G’arbiy va janubiy tomonlarda tog’lar dengiz qirg’oqlariga juda 
yaqin joylashgan. Yarim orolda tekisliklar maydon jihatidan kamchilikni tashkil 
etadi. Bular chekkalarda joylashgan Frakiya, Albaniya, Soloniki pastekisliklaridan 
va ichki tektonik botiq tekisliklaridan iborat. 


277 
Bolqon yarim orolidagi tog’lar genetik va geomorfologik xususiyatlariga ko’ra 
ikki tizimga bo’linadi: 1) Al’p burmalanishida vujudga kelgan tizmalar va yassi 
tog’liklar tizimi, 2) gertsin orogenezi barpo etgan burmali-palaxsali tog’lar tizimi. 
Birinchi tizim yarim orolning g’arbiy va janubiy qismlarida joylashgan Dinara 
tog’ligi, Shimoliy Albaniya Al’pi, Pind, Epir va Krit orolidagi tog’lardan tarkib 
topgan. Bu hudud katta tog’ massivi nomi bilan Dinara g’arbi deb ataladi. Ikkinchi 
tizim yarim orolning sharqiy qismida joylashgan Pirin, Rila, Rodopi, Olimp va 
G’arbiy Makedoniya tog’laridan tarkib topgan bo’lib, Frakiya-Makedoniya sharqi 
deb ataladi. Dinara g’arbida meridianal yo’nalgan ikki xil strukturali morfologik 
mintaqa mavjud. Bular mezozoy ohaktoshlaridan tuzilgan Adriatika-Ioniya 
mintaqasi va paleogen-neogenning qumtosh, gilli slaneslaridan tuzilgan ichki, yoki 
sharqiy mintaqa. Karst rel’ef shakllari birinchi mintaqadagi ohaktoshli Karet, 
Dinara, Durmitor yassi tog’liklarida yaxshi rivojlangan. Ayniqsa bu mintaqa 
bo’ylab O’rta dengiz tipidagi karstlar keng tarqalgan. 
Dinara tog’ligi shimoli-g’arbda Karst platosidan boshlanib, janubi-sharqqa 
Shimoliy Albaniya Al’pigacha yoki Prokletie (2692 m) tizmasigacha davom etadi. 
Uning g’arbiy Adriatika qirg’og’i bo’ylab cho’zilgan qismida Karst, Snejnik (1796 
m), Dinara (1913 m), Velebit (1758 m), Durmitor (2522 m) tizmalari va sharqiy 
qismida Romaniya (1629 m), Yavor (1537 m), Zlatibor (1496 m) tizmalari bor. 
Dinara g’arbining sharqiy mintaqasi Bosniya Rudali tog’larini, Pinda va Otris 
tizmalarini, Evbeya orolini, Attika yarim oroli va Peloponnes yarim orolining 
shimoli-sharqiy qismini o’z ichiga oladi. Bu mintaqadagi tog’larning kristall 
yadrolari ko’pchilik hududlarda yuzaga chiqib qolgan, ayrim qismlarda slaneslar, 
flishlar va qisman ohaktoshlarning yupqa qatlamlari bilan qoplangan. Shuning 
uchun karst rel’ef shakllari Dinara g’arbiga nisbatan kam uchraydi. O’rtacha 
balandlikdagi tog’lar va yassi tog’liklar katta maydonni egallaydi. Ular oralig’ida 
keng tektonik botiqlar (Saraevo, Kosovo-Metoxiya va boshqalar) joylashgan. 
Frakiya-Makedoniya sharqining g’arbiy chegarasi Morava daryosi, Prespa 
ko’li, Alyakmon vodiysidan o’tib Evbeya oroligacha davom etadi. Bu massiv kuchli 
tektonik parchalanishga duch kelgan. Natijada yaxlit massiv o’rnida burmali-
palaxsali tog’lar va ko’plab tog’oralig’i botiqlari vujudga kelgan. Bu botiqlar 
Salonika, Fessaliya, Yuqori Frakiya, Quyi Frakiya pastekisliklari deb yuritiladi. 
Tog’oralig’i botiqlari qadimdan dehqonchiliq madaniyatining markazi bo’lib 
kelgan. Hozirgi paytda ularning hududi shahar seliteb va agrolandshaftlar bilan 
band. Massivning baland tog’lari Serbiya tog’ligi (2017 m), Pirin, Rila (2925 m), 
Rodopi, Olimp (2917 m) va boshqalardir. Pirin va Rila tog’ cho’qqilarida tog’ 
muzligining izlari yaxshi saqlangan. 
Bolqon yarim orolining yer bag’ri turli xil metalli rudalarga boy. Serbiya 
tog’ligidagi vulkanik jinslarda mis rudasi, qadimiy kristall massivlarda temir, 
xromit, marganes, qo’rg’oshin-rux ruda konlari bor. Albaniya tog’larida xromit va 
mis rudalarining katta zahirasi joylashgan. Yarim orolning eng janubiy qismida nikel 
va alyuminiy rudalari qazib olinadi. Albaniya tog’oldi bukilmasida neft va 
dunyodagi eng yirik tabiiy asfalt konlari bor. Marmar va ohaktoshlar qurilish 
materiallari sifatida ishlatiladi. 


278 
Bolqon yarim orolining shimoliy qismida va ichki hududlarida mo’tadil 
kontinental iqlim, g’arbiy va janubiy dengiz sohillarida O’rta dengiz iqlimi, tog’lik 
qismida balandlik iqlim mintaqalari hosil bo’lgan. Yarim orolning shimoliy qismida 
orografik to’siqlar bo’lmaganligi sababli mo’tadil havo massalari yil davomida 
bemalol kirib kelib, uning ichki hududlariga ta’sir ko’rsatadi. Dengiz sohillari esa 
mo’tadil kontinental havo massalaridan qirg’oq bo’ylab cho’zilgan tizmalar bilan 
to’silgan. Bolqon iqlimining ichki xususiyatlarining shakllanishida tog’-botiq rel’ef 
shakllari yetakchi rol o’ynaydi. Masalan, tizmalar, yassi tog’liklar, ayniqsa Dinara 
va Rodopi tog’lari muhim iqlimiy chegara vazifasini o’taydi. Rodopi tog’alarining 
shimoliy yon bag’iri va etaklari uchun mo’tadil iqlim xarakterli bo’lsa, janubiy yon 
bag’iri va etaklari uchun O’rta dengiz iqlimi xarakterli. 
Bolqon yarim orolining mo’tadil va subtropik iqlimlari o’rtasidagi farqlar havo 
haroratida aniq seziladi. Shimoliy va shimoli-sharqiy hududlarda qish ancha uzoq 
davom etadi, havo harorati bir oz past bo’ladi. Yanvarning o’rtacha harorati +2°-2°S 
ni tashkil etadi. Botiqlarda qishda harorat inversiyasi vujudga kelib, sovuq -8°-10°S 
gacha boradi. O’rta dengiz iqlim tipi xos bo’lgan hududlarda qish yumshoq va qisqa 
bo’ladi. Yanvarning o’rtacha harorati yarim orolning dengiz iqlimli shimolida +4° 
+5°S ga va janubida Peloponnes yarim orolida hamda Krit orolida +10°+12°S ga 
teng. Mo’tadil va subtropik hududlarda yozgi havo haroratining farqlari unchalik 
katta emas. Iyulning o’rtacha harorati shimolda +21°+23°S dan, janubda +26°+28°S 
gacha o’zgaradi. 
Tabiiy geografik o’lka uchun yog’in miqdorining shimoldan janubga va 
g’arbdan sharqqa tomon kamayib borish xususiyati xarakterli. Eng ko’p yog’in 
Adriatika sohillarining shimoliy hududlarida bo’lib, o’rtacha 1000-1500 mm ni 
tashkil etadi. Bu ko’rsatkichlar Dinara tog’larining g’arbiy yon bag’irlarida 4500 
mm ni, Kotor qo’ltig’i atrofida 500 mm. ni tashkil etadi. Eng kam yog’in 
Gretsiyaning janubida, Egey dengizining shimoliy sohillarida va Frakiya 
pastekisliklarida kuzatiladi. Bu hududlarda yillik yog’in miqdori 400-600 mm ga 
teng. Yog’inning asosiy qismi O’rta dengiz iqlimli hududlarda qish oylariga, 
mo’tadil iqlimli hududlarda bahor va yoz oylariga to’g’ri keladi. 
Yirik daryolar juda kam, maydalari esa nihoyatda ko’p. Yirik daryolaridan 
Sava, Morava Dunay havzasiga qaraydi. O’rtacha kattalikdagi Maritsa, Nestos, 
Struma, Vardar daryolari Egey dengiziga quyiladi. Adriatika dengizi havzasiga Una, 
Nerstva, Drin, Shkumbini daryolari qaraydi. Daryolarning ko’pchiligi yomg’ir, qor-
yomg’ir suvlaridan to’yinadi. Dinara, Rodopi va Rila tog’laridan boshlanuvchi 
daryolar grunt suvlaridan ham to’yinadi. Daryo suvlaridan qishloq xo’jalik 
ekinlarini sug’orishda foydalaniladi. Bolqonning yirik ko’llari tektonik 
cho’kmalarda hosil bo’lgan. Bular dengiz sathidan 853 m balandda joylashgan 
Prespa, 695 m balandlikdagi Oxrid (-285 m) va Skadar ko’llaridir. Frakiya-
Makedoniya massivida Volvi, Vivis va boshqa mayda ko’llar bor. O’lkaning 
ohaktoshli g’arbiy va janubiy hududlarida karst ko’llari keng tarqalgan. Baland 
tog’larda tog’-muzlik ko’llari uchraydi. 
Bolqon yarim oroli hududida tog’ rel’efiniig ustunligi va iqlim sharoitining 
xilma-xilligi tuproq-o’simlik qoplamining rang-barang bo’lshpiga imkon yaratgan. 


279 
Jumladan, iqlimning O’rta dengiz, mo’tadil va o’tkinchi subtropik dengiz tiplari 
o’simliklar guruhining uch xil formasiyasini shakllantirgan. O’simliklarning O’rta 
dengiz formasiyasiga mansub bo’lgan o’rmonlar va makvis tipidagi butazorlar 
Bolqon yarim orolining g’arbida va janubida keng tarqalgan. Bu tipdagi 
o’simliklarning yuqori chegarasi shimolda 200-300 m dan, janubda 700-800 m 
balandlikkacha ko’tarilgan. Quyi mintaqada tosh va valon emanlari, Al’p va Italiya
qarag’aylari, kashtanlar, gorizontal kiparislar o’sadi. Butazorli yarusi mirta, 
daraxtsimon veresk, Ispaniya droki, yovvoyi pistalardan iborat. O’rmonlar 
tagida qizil va jigar rang tuproqlar shakllangan. Qurg’oqchil sharqiy hududlarda va 
botiqlarda butazorlar frigana tipidagi o’simliklar bilan almashinadi. Bu yerlarda 
serhosil, gumus qatlami 80-120 sm gacha boradigan chimli qora tuproqlar 
rivojlangan. Tog’larning 1000-1200 m balandliklarida bargini to’kadigan keng 
bargli o’rmonlar joylashgan. Mintaqa uchun tog’-o’rmon qo’ng’ir tuprog’i 
xarakterli. 
Levant.
O’lka O’rta dengizning sharqiy sohili bo’ylab shimoldan janubga 
cho’zilgan. Uning shimoliy chegarasi qisman Turkiya hududigacha kirib borgan, 
janubi-g’arbiy chegarasi Sinay yarim orolining sharqiy chekkasidan o’tgan. Levant 
hududiga Suriya, Livan, Isroil va qisman Iordaniya tog’larining g’arbiy chekka 
qismi ham kiradi. Suriya cho’li va Arabiston yarim oroli bilan bo’lgan sharqiy 
chegarasi aniq ifodalanmagan. Levant tektonik jihatdan Arabiston-Suriya kristall 
massivining burmalangan va ko’tarilgan chekka qismi hisoblanadi. Kristall 
poydevor bo’r va paleogen yotqiziqlari bilan qoplangan. 
Levantning g’arbiy qismi tor pastekislikdan va sharqiy qismi tog’likdan iborat. 
Qirg’oqbo’yi pastekisligi kam parchalangan. U shimolda va janubda 30-50 km 
gacha kengayadi, o’rta qismida 1,5-3 km gacha torayadi. Pastekislik Levantning 
aholi eng zich joylashgan va maksimal o’zlashtirilgan hududi hisoblanadi. 
Pastekisliklardan sharqda tog’ massivlari va platolar meridional yo’nalishda 
cho’zilgan. Tog’larning eng baland joylari o’lkaning markaziy qismida joylashgan 
Livan tizmasiga to’g’ri keladi. Bu massivdagi Kurnet-es-Sauda tog’i dengiz sathidan 
3088

Download 15,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   198   199   200   201   202   203   204   205   ...   310




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish