X. Vaxobov, A. A. Abdulqosimov, N. R. Alimkulov



Download 15,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet205/310
Sana19.02.2022
Hajmi15,35 Mb.
#457795
1   ...   201   202   203   204   205   206   207   208   ...   310
Bog'liq
МАТЕРИКЛАР ВА ОКЕАНЛАР ТАБИИЙ ГЕОГРАФИЯСИ ЎҚУВ ҚЎЛЛАНМА охирги1

Kichik Osiyo tog’ligi. 
Kichik Osiyo tog’ligi hududiy jihatdan Osiyoning 
g’arbiy qismida joylashgan Kichik Osiyo yarim oroliga to’g’ri keladi. U shimolda 
Qora, g’arbda Marmar va Egey, janubda O’rta dengizlari bilan, sharqda Armaniston 
tog’ligi bilan chegaralangan. Kipr, Rodos, Lesbos va boshqa orollar ham shu o’lka 
tarkibiga kiradi. O’lkaning shimoliy va janubiy chekkalari uchun tizma tog’lar, 
markaziy qismi uchun keng yassi tog’lik rel’ef tiplari xarakterli. Sharq tomonda 
chekka tog’ tizmalari bir-biriga yaqinlashib, ularni daryo vodiylari ajratib turadi, 
yassi tog’lik esa bir necha qismlarga bo’linadi. Rel’efining asosiy qiyofasi neogen 
va antropogenda shakllangan. Kichik Osiyo tog’ligining shimoliy chekkasidagi tog’ 
tizmalari Pontiya tog’lari deb ataladi. Bu tog’larning shimoliy yon bag’irlari Qora 
dengiz tomon tik tushgan. Pontiya tog’lari bo’ylama botiqlar va vodiylar bilan 
ajralib turgan ikkita parallel tizmadan - shimolda Kyure, janubda Ilgaz va Ko’ro’g’li 
tizmalaridan iborat. Pontiya tog’lari kembriydan oldingi va paleozoyning kristall 
jinslaridan tarkib topgan, vulkanik jinslar sharq tomonda ko’p uchraydi. 
Pontiya tog’lari orografik tuzilishi va rel’ef xususiyatlariga ko’ra G’arbiy, O’rta 
va Sharqiy qismlarga bo’linadi. G’arbiy Pontiya kuchli parchalangan o’rtacha 
balandlikdagi tog’lardir. Ayrim baland cho’qqilari 2000 m dan oshadi. Jumladan, 
Ulug’tog’ cho’qqisi dengiz sathidan 2543 m, Ko’ro’g’li tog’i 2378 m baland. Tog’ 
oraligi botiqlari va daryo vodiylari maksimal darajada o’zlashtirilgan. O’rta Pontiya 


282 
kuchli parchalangan va eng past tog’lardan tashkil topgan. U Qizil Irmoq va Yashil 
Irmoq daryo vodiylari oralig’ida joylashgan bo’lib, shimolda tog’ etaklari 
botqoqlangan del’ta tekisliklari bilan tutashgan. Sharqiy Pontiya tog’lari G’arbiy va 
O’rta Pontiyaga nisbatan balandligi va kam parchalanganligi bilan farq qiladi. Bu 
yerda ayrim tog’larning balandligi 3000 m dan oshadi, cho’qqilarda Al’p tipidagi 
rel’ef shakllari va kichik-kichik muzliklar uchraydi. Eng baland nuqtasi Laziston 
tizmasidagi Kachkar (3937 m) cho’qqisidir. 
Kichik Osiyo tog’ligining janubiy chekkasida yoysimon shaklda cho’zilgan 
tizmalar Tavr tog’lari deb ataladi. Ularning janubiy yon bag’iri O’rta dengizga tik 
tushgan. Uzunligi 1500 km, maksimal balandligi Kaldidog’ massivida 3726 m ga 
yetadi. Bu yerda 2000-3000 m balandlikdagi tog’lar ko’pchilikni tashkil etadi. Faqat 
Jayxon daryosining Iskandaron qo’ltig’iga, Sayxon daryosining Mersin qo’ltig’iga, 
Oqsuv va Kyopryu daryolarining Antalya qo’ltig’iga qo’yilish joylarida hosil 
bo’lgan pastekisliklar tog’ ichki qismiga bir oz kirib boradi. Tavr tog’lari Al’p 
orogenezida burmalangan, asosan mezozoy ohaktoshlaridan, qisman metamorfik va 
kristall jinslardan tarkib topgan. Ohaktoshli tog’larda karst jarayonlari va
karst rel’ef 
shakllari keng tarqalgan. Tavr tog’lari G’arbiy, Markaziy va Sharqiy Tavrga 
bo’linada. Uning eng baland joylari Taxtali tog’idagi Bey (3054 m), Tejer tog’idagi
Bey (2792 m ), Munzur tog’idagi Oqbobo (3449 m), Temirqoziq (3726 m), 
Madadsiz (3585 m), Oqtog’ (3086 m) cho’qqilaridir. Pontiya va Tavr tog’ tizmalari 
oralig’ida Anatoliya yassi tog’ligi joylashgan. Uning balandligi g’arbda 800 m dan 
sharqda 1500 m gacha oshib boradi. Yassi tog’lik yuzasidan ayrim palaxsali tog’lar 
va vulkanlarning cho’qqilari 2500-3000 m gacha ko’tarilib turadi. Jumladan, 
Nurxok tog’i dengiz sathidan 3090 m, Toprak tog’i 2531 m, Erjiyos vulkani 3916 m 
baland. Yassi tog’likdagi botiqlar sho’r ko’llar va sho’rxoklar bilan band. G’arbda 
dengiz sohillari, tog’ tizmalari va yassi tog’lik massivlari kuchli parchalangan. 
O’lkaning’ iqlimi tipik O’rta dengiz subtropik iqlim. Yanvarning o’rtacha 
harorati g’arbda +5°S, janubda +10°S. Yoz issiq, iyulning o’rtacha harorati 
+25°+30°S ga teng. Sharqda qish ancha sovuq, yanvarning o’rtacha harorati -16°S 
gacha pasayadi. Yozda botiqlarda va yassi platolarda harorat +30°S gacha 
ko’tariladi. Tog’larda harorat +15°+20°S dan oshmaydi, yog’inlar notekis 
taqsimlangan. Anatoliya yassi tog’ligida yillik yog’in 200 mm, Pontiya tog’larining 
shimoliy yonbag’irida 3000 mm gacha yog’in tushadi. Tavriya tog’larining janubiy 
yonbag’irlari ham yiliga 1000 mm dan 3000 mm gacha yog’in oladi. O’lkaning 
g’arbiy qismidagi havo oqimiga ro’para joylashgan tog’ yonbag’irlarida yog’in 
miqdori 1000 mm dan oshadi. Ichki hududlarda va baland tog’larda qishda yog’in 
qor tarzida tushadi. 
Kichik Osiyo tog’ligida gidrografik to’r kam rivojlangan. Uning hududidan 
boshlanuvchi daryolar Qora, Marmar, Egey, O’rta dengizlarga va Fors qo’ltig’iga 
quyiladi. Eng yirik daryolari Qizil Irmoq (950 km), Yashil Irmoq, Sayxon, Jayxon, 
Katta Menderes va boshqalar. Dajla va Frot daryolari ham Kichik Osiyoning sharqiy 
qismidagi tog’lardan boshlanuvchi yirik daryolardandir. Ularning suv rejimi 
fasllarga qarab keskin o’zgarib turadi, ko’llar kam tarqalgan. Ular kelib chiqishiga 
ko’ra tektonik va karst ko’llar tipiga kiradi. Eng katta ko’li Anatoliya yassi tog’ligida 


283 
joylashgan Tuz tektonik ko’lidir. Uning suvi sho’r, atrofi botqoq tekislik bilan 
o’ralgan. Tektonik ko’llar G’arbiy Tavrda ko’p uchraydi. Ohaktoshli tog’larda karst 
ko’llari keng tarqalgan. 
Kichik Osiyo o’lkasida o’rmonlar unchalik ko’p emas. Pontiya tog’larining 
yog’in ko’p bo’ladigan shimoliy yonbag’irlarida namlikni sevadigan Kolxida 
tipidagi doimiy yashil o’rmonlar o’sadi. O’rmonlar tagida qizil tuproqlar 
rivojlangan. 600-700 m dan yuqorida tog’ qo’ng’ir tuproqlari O’rta dengiz tipidagi 
o’rmon va butazorlar bilan qoplangan. Tavrning janubiy yonbag’irlarida Livan 
kedridan iborat o’rmon massivlari uchraydi. Baland tog’larda subtropik o’simliklar 
bargini to’kadigan keng bargli (buk, grab, kashtan, jo’ka) o’rmonlar bilan, undan 
yuqorida aralash o’rmonlar, igna bargli o’rmonlar, subal’p butazorlari va tog’ 
o’tloqlari bilan almashinadi. Ichki qurg’oqchil yassi tog’liklarda o’rmonlar 
o’smaydi. Bu yerda o’simlik qoplami siyrak holda o’sadigan qarag’ay butalaridan, 
past bo’yli yostiqsimon butalardan, shuvoqlardan va turli boshoqli o’tlardan iborat. 
Och tusli qo’ng’ir va sho’rxok tuproqlar ko’p uchraydi. Hayvonot olami Yevropa va 
Osiyoga xos turlardan tarkib topgan. Pontiya o’rmonlarida asl zotli bug’u, qo’ng’ir 
ayiq, kosulya, yovvoyi cho’chqa, bo’ri va tulkilar yashaydi. Ichki tog’li hududlarda 
muflon va yovvoyi echkilarni uchratish mumkin. Dasht va o’rmonlarda 
kemiruvchilar keng tarqalgan. 

Download 15,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   201   202   203   204   205   206   207   208   ...   310




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish