X. Vaxobov, A. A. Abdulqosimov, N. R. Alimkulov



Download 15,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet206/310
Sana19.02.2022
Hajmi15,35 Mb.
#457795
1   ...   202   203   204   205   206   207   208   209   ...   310
Bog'liq
МАТЕРИКЛАР ВА ОКЕАНЛАР ТАБИИЙ ГЕОГРАФИЯСИ ЎҚУВ ҚЎЛЛАНМА охирги1

Armaniston tog’ligi. 
Armaniston tog’ligi g’arbda Kichik Osiyo, sharqda Eron 
tog’liklari, shimolda Katta Kavkaz, janubda Mesopotamiya pastekisliklari bilan 
chegaralangan. Maydoni 400 ming km
2
atrofida. Tog’lik tektonik tuzilishi, rel’ef 
xususiyatlari, iqlimining kontinentalligi bilan Kichik Osiyodan farq qiladi. 
Armaniston tog’ligida Kichik Osiyo va Eron tog’liklaridagiga nisbatan burmali 
tog’lar bir-biriga yaqin joylashgan va o’zaro tutashgan. Kars yassi tog’ligidan 
boshqa keng ichki yassi tog’liklar yo’q. Qadimgi burmalar paleozoyda sodir 
bo’lgan. Kaynozoyda qaytadan burmalanib, tizmalar va bukilmalar hosil qilgan. 
Asosiy rel’ef tiplari neogen va antropogenning lava-tuf jinslaridan tuzilgan tizmalar, 
tog’liklar, platolar, vulkan konuslari va tektonik botiqlardan iborat. Botiqlar 
burmali-palaxsali tizmalar bilan o’ralgan. Tizmalarning ko’pchiligi qator so’ngan 
vulkanlardan tashkil topgan. Eng yirik vulkanlari va baland cho’qqilari Katta Ararat 
(5165 m), Sebelan (4821 m), Syupxan (4434 m), Jilo (4168 m), Aragas (4090 m), 
Kichik Ararat (3925 m), Kaputjux (3904 m) va boshqalar. 
Tog’likning shimolida balandligi 3000-4000 m dan oshadigan Kichik Kavkaz 
(Mesxet, Trialit, Shoxdog’, Qorabog’, Vardenin, Zangezur tizmalari), Tolish 
tog’lari, janubida balandligi 2500-3500 m ga yetadigan Sharqiy yoki Armaniston 
Tavr tog’lari, Kurdiston tizmalari joylashgan. Tog’ tepaliklarida Al’p rel’ef shakllari 
keng tarqalgan. Tog’oralig’i botiqlari orasida eng yiriklari Kolxida, Kura, Ararat, 
Arzirub, Tabriz va boshqalar dengiz sathidan 100 m dan 2000 m gacha balandlikda 
joylashgan. Barcha botiqlar aholining zichligi tufayli kuchli o’zlashtirilgan, 
ayrimlari ko’llar bilan band. 
Armaniston tog’ligining iqlimi subtropik, kontinental. Yer yuzasining katta 
qismi baland bo’lganligi va tog’lik ustida antisiklon sharoiti vujudga kelganligi 
tufayli qish sovuq bo’ladi va uzoq davom etadi. Yanvarning o’rtacha harorati -15°S 


284 
gacha tushadi. Yozi jazirama issiq, botiqlarda iyulning o’rtacha harorati +24°+30°S 
ni tashkil etadi. Tog’ yonbag’irlarida va platolarida yozda mo’tadil issiq bo’lib, 
o’rtacha harorat +20°S dan oshmaydi. Kolxida va Kura botiqlarida, Lenkoran 
pastekisligida qish oylarining harorati 0°S dan yuqori. Kura-Araks pastekisligida 
yanvarning o’rtacha harorati +1°+3°S ga, Kolxida pastekisligida +4°+6°S ga teng. 
Tog’larning baland cho’qqilarida harorat yil davomida 0°S dan past bo’ladi. Tog’ 
tizmalarining tashqi yon bag’irlarida yog’in miqdori 1000 mm gacha yetadi. 
Lenkoran pastekisligi va Tolish tog’ etaklarida bu ko’rsatkich 1200-1700 mm ni, 
Kolxidada 1500-1800 mm ni tashkil etadi. Ichki hududlarning g’arbida yillik yog’in 
miqdori 500-700 mm ga, sharqida 300-500 mm ga teng. Qor chizig’i 4200-4300 m 
balandlikdan o’tadi. 
O’lkaning shimol tomonga oqadigan daryolari Kaspiy va Qora dengiz 
havzalariga, janub tomon oqadigan daryolari Fors qo’ltig’i havzasiga qaraydi. 
Armaniston tog’ligidan Kura, Araks, Dajla, Frot kabi yirik daryolar boshlanadi. Ular 
qorlar, muzliklar va yomg’ir suvlaridan to’yinib, bahorda va yozda to’lib oqadi. 
Daryo suvlari qishloq xo’jalik ekin maydonlarini sug’orishda foydalaniladi. 
Armaniston tog’ligida uchraydigan tektonik ko’llar turli balandliklarda joylashgan. 
Ular orasida eng kattasi bo’lgan Urmiya (Rezaye) ko’li dengiz sathidan 1275 m 
balandda joylashgan. Maydoni 5800 km
2
, chuqurligi 15 m. Suvining sho’rligi 15
0
/
00
dan 23°/
00 
gacha ko’tariladi. Bahorda yog’in ko’p paytida ko’lning suv sathi 
ko’tarilib, qirg’oq chizig’i o’zgaradi, qirg’oqdagi pastqam yerlarni suv bosadi. 
Kattaligi jihatidan ikkinchi o’rinda Van ko’li turadi. Uning balandligi 1720 m, 
maydoni 3764 km
2
, chuqurligi 25 m, suvining sho’rligi 20°/
00
. Sevan ko’lining 
balandligi 1900 m, maydoni 1400 km
2
, chuqurligi 86 m. Sevanga 30 ga yaqin kichik 
daryolar kelib quyiladi va undan Razdan daryosi oqib chiqadi. Kolxida 
pastekisligida qadimgi lagunaning qoldig’i bo’lgan Paleostomi ko’li bor.
O’lka iqlimi quruq kontinental bo’lganligi sababli tog’, dasht va chala cho’l 
landshaftlari keng tarqalgan. Katta-katta maydonlarni qoplagan och tusli kashtan, 
qo’ng’ir, och tusli qo’ng’ir tuproqlarda dasht, chala cho’l o’simliklari, kserofit 
butalar o’sadi. Daryo vodiylarida butazorlar, o’tloqzorlar va qamishzorlar mavjud. 
O’rmonlar tog’ tizmalarining yog’in ko’proq tushadigan tog’ yonbag’irida o’sadi. 
Tog’ etaklari, botiqlar va pastekisliklarda paxta, sholi, tamaki, bug’doy, 
makkajo’hori ekiladi, sitrus plantasiyalari, turli xil mevali bog’lar va tokzorlar barpo 
etilgan. 

Download 15,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   202   203   204   205   206   207   208   209   ...   310




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish