X. Vaxobov, A. A. Abdulqosimov, N. R. Alimkulov



Download 15,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet210/310
Sana19.02.2022
Hajmi15,35 Mb.
#457795
1   ...   206   207   208   209   210   211   212   213   ...   310
Bog'liq
МАТЕРИКЛАР ВА ОКЕАНЛАР ТАБИИЙ ГЕОГРАФИЯСИ ЎҚУВ ҚЎЛЛАНМА охирги1

Arabiston yarim oroli. 
Arabiston yarim oroli Yevrosiyoning eng katta va arid 
iqlimli tabiiy geografik o’lkalaridan biri bo’lib, uning cho’l landshaftlari shimolda 
Suriya cho’li va u Sinay yarim oroligacha kirib boradi. Bu yerdagi cho’llar Afrika 
tropik cho’llarining davomi hisoblanadi. Arabiston yarim orolining maydoni 3 mln 
km
2
dan ziyod. Uning katta qismi Saudiya Arabistoniga, qolgan qismi Yaman Arab 
Respublikasi, Omon, Birlashgan Arab Amirliklari, Quvayt, Iordaniya, Iroq va 
Suriyaga qaraydi. Yarim orol janubi-g’arbda Qizil dengiz, janubi-sharqda Adan 
qo’ltig’i va Arabiston dengizi, shimoli-sharqda Mesopotamiya pastekisligi, Fors va 
Omon qo’ltiqlari va g’arbda O’rta dengiz bilan chegaralanadi. 
O’lkaning Omon qo’ltig’iga yaqin qismidan boshqa barcha qismi Afrika 
platformasidan ajralgan qadimiy kristall massivda shakllangan. Arxey kristall 
jinslari yarim orolning g’arbiy va janubi-g’arbiy qismida yer yuzasiga chiqib yotadi. 
Qolgan hududlarda ular yura, bo’r va paleogen dengiz yotqiziqlari tagida qolgan. 
Yer yuzasining hozirgi tuzilishi neogenda yuz bergan vertikal tektonik harakatlar va 
vulkanizmning mahsulidir. 
Tog’lar Arabiston yarim orolining Qizil dengiz sohili bo’ylab tik yon bag’ir 
hosil qilib ko’tarilgan. Ularning platosimon tekislangan tepalari chuqur 
pastqamliklar bilan alohida massivlarga bo’lingan. Massivlarning balandligi 
shimolda 2000-2500 m dan janubda 2700-2800 m gacha ko’tariladi. Makkaning 
janubida joylashgan Hijoz tog’larining maksimal balandligi Daka cho’qqisida 3353 
m ga yetadi. O’lkaning janubi-g’arbiy chekkasidagi tizmalarning eng baland joyi 
Xisha tog’ida 3268 m ga, En-Nabishaib tog’ida 3600 m ga teng. Tog’li rel’ef yarim 
orolning sharqiy chekkasi uchun ham xarakterli. Bu yerdagi Omon tog’lari kelib 
chiqishiga ko’ra, Al’p burmalanish zonasiga qaraydi va tektonik jihatdan Zagros 
tog’larining davomi hisoblanadi. Omon tizmasining eng baland nuqtasi Sham 
tog’ida 3353 m ga teng. 
Arabiston yarim orolining ichki qismi turli xil balandliklardagi plato va 
tekisliklardan tarkib topgan. Ularning geologik tuzilishi va rel’ef shakllari ham 
xilma-xil. Rel’efining shakllanishida sahroviy nurash va eol jarayonlar yetakchi rol 
o’ynagan. Ichki Arabistonning eng baland ko’tarilgan qismi O’rta Arabiston 
platosidir. U Hijoz va Al-Asir tog’laridan sharq tomonda joylashgan va qadimiy 
kristall jinslardan tuzilgan. Bu jinslar ayrim joylarda lavalar bilan qoplangan. O’rta 
Arabiston platosi rel’efida orollar shaklida 1000-1500 m gacha ko’tarilib turgan 
balandliklar ko’p uchraydi. Laxu (1574 m), Tuvayk (1143 m), Ibn-Axmar (1371 m) 
kabi tog’lar shular jumlasidandir. O’rta Arabiston platosidan shimolda Katta Nefud
va sharqda Kichik Nefud (Daxna) cho’li joylashgan. Bu cho’llarda sochma qumlar, 
balandligi 80-100 m gacha yetadigan qum gryadalari va qum tepaliklari keng 
tarqalgan. 


291 
Yarim orolning janubiy qismida maydoni 650 ming km
2
atrofida bo’lgan Rub-
ul-Xoli cho’li joylashgan. Qumli cho’l g’arbda Jihoz va Sirot tog’ etaklaridan 
sharqda Omon tog’ etaklarigacha cho’zilgan. Yer yuzasi g’arbda 500-1000 m dan 
sharqda 100-200 m gacha pasayib boradi. Uzoq masofalarga cho’zilib yotgan 
ko’chma qum barxanlari va qum gryadalarining balandligi 100-200 m gacha yetadi. 
Cho’llarning yer yuzasi ueddalar-quruq o’zanlar bilan kesilgan. Katta Nefud 
cho’lidan shimol tomonda Shimoliy Arabiston va Suriya cho’li joylashgan, ularning 
poydevori kristall jinslardan iborat. Ustki qatlami bo’r va paleogen cho’kindi jinslari 
bilan qoplangan. Shimoliy Arabiston platosining o’rtacha balandligi 400-500 m, eng 
baland nuqtalari Al-Garais ko’tarilmasida 1182 m ga, Katob-esh-Shama 
ko’tarilmasida 1010 m ga yetadi. Suriya cho’lida qum gryadalari, dyunalardan 
tashqari keng pastqam joylar ham uchraydi. Atrofdagi ko’p tarqalgan quruq 
o’zanlar-ueddalar berk botiqlarda tugaydi. Arabiston yarim orolining yer bag’ri neft 
konlariga, ayniqsa Qatar, Quvayt, Saudiya Arabistoni, Dammam hududlari neftga 
nihoyatda boy. Bu hududdagi neftlar yura davrining ohaktoshlaridan, Baxreyn 
orollaridagi neft bo’r yotqiziqlaridan qazib olinadi. 
Yarim orolning katta qismi tropik cho’llar zonasida joylashganligi tufayli yil 
bo’yi kontinental tropik havo massasi hukmronlik qiladi, atmosfera yog’inlari 
nihoyatda kam tushadi. O’lkaning ichki hududlarida va g’arbiy sohillarida yillik 
yog’in miqdori 30-50 mm ga ham yetmaydi. Yil bo’yi quruq davr davom etib, 
harorat yuqori bo’ladi. Arabistonning faqat shimoliy qismi subtropik mintaqaga 
qaraydi. O’lkaning tekisliklari va platolarida yoz oylarining o’rtacha harorati 
+25°+30°S ni tashkil etadi. Maksimal harorat Arabistonning markaziy hududlarida 
+55°S gacha etadi. Tog’ massivlarida harorat bir oz pasayadi. Yarim orolning 
shimoliy qismiga va Suriya cho’liga sovuq havo to’lqini kirib kelgan paytlarda eng 
sovuq oyning harorati +10°+15°S gacha tushadi. O’lkaning yog’in ko’p bo’ladigan 
joylari Omon va Yaman tog’laridadir. Yillik yog’in miqdori Omon tog’ 
yonbagrlarida 750 mm ni tashkil etadi. 
Arabiston yarim orolining hozirgi iqlim sharoiti daryo to’rlarining 
rivojlanishiga imkon bermaydi. Shu sababdan uning katta qismida oqar suvlar 
uchramaydi. Keng tarqalgan quruq daryo o’zanlari qadimda nam iqlim davri 
bo’lganligidan dalolat beradi. Bu o’zanlardan ahyon-ahyonda bo’lib turadigan 
yomg’irlar vaqtidagina suv oqadi. Arabistonni suv bilan ta’minlashning asosiy 
manbai yer osti suvlari hisoblanadi. Voha landshaftlarining mavjudligi ham bevosita 
grunt suvlari bilan bog’liq. 
Arabistonning asosiy qismini tropik cho’l va chala cho’l landshaftlari 
egallagan. Bunday joylarda tuproq-o’simlik qoplami kam rivojlangan. O’simliklari 
sukkulentlardan (aloy, sutqon), butalardan va tomiri yaxshi rivojlangan astragal, 
shuvoq, aristidalardan iborat. Yaman tog’larining mussonlarga ro’para bo’lgan yon 
bag’irlari tabiiy va madaniy o’simliklarga boy. O’rmonlar ko’pincha 1000-2000 m 
balandliklar oralig’ida tarqalgan. Ular akasiya, mimoza, daraxtsimon sutqon, o’lkan 
ajdar daraxti kabilardan iborat. O’rmonlar mintaqasidan pastda o’simlik qoplami 
cho’l qiyofasiga, yuqorida esa cho’l-dasht xarakteriga ega. Vohalarda finik palmasi, 
ayrim sug’oriladigan sohillarda kokos palmasi o’sadi. 


292 
Arabiston faunasi G’arbiy Osiyo, O’rta dengiz Yevropasi va Afrika faunasiga 
o’xshash. Cho’llarda antilopa, g’izol, yovvoyi eshak-onagr, katta quloqli tulki - 
fenek, ola sirtlon va chiyabo’rilar yashaydi. Tog’larda daman, qoplon, gamadrillar 
uchraydi. Cho’llarda sudralib yuruvchilardan zaharli qora ilon, kobra yoki 
ko’zoynakli ilon, ko’k ilon (gurza), agama va kaltakesaklar ko’p tarqalgan. Cho’l 
parrandalaridan to’rg’aylar, chillar, kakliklar xarakterli. Tropik savannalarda deyarli 
qirilib ketgan va hozirgi vaqtda juda kam qolgan tuyaqushlar uchrab turadi. 

Download 15,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   206   207   208   209   210   211   212   213   ...   310




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish