X. Vaxobov, A. A. Abdulqosimov, N. R. Alimkulov



Download 15,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet218/310
Sana19.02.2022
Hajmi15,35 Mb.
#457795
1   ...   214   215   216   217   218   219   220   221   ...   310
Bog'liq
МАТЕРИКЛАР ВА ОКЕАНЛАР ТАБИИЙ ГЕОГРАФИЯСИ ЎҚУВ ҚЎЛЛАНМА охирги1

Janubiy Sibir tog’lari.
Janubiy Sibir tog’lari Yevrosiyoning eng yirik tog’li 
o’lkalaridan biri. Maydoni 1,5 mln. km
2
dan ziyod. G’arbda G’arbiy Sibir 
pastekisligidan sharqda Tinch okean qirg’oqlaridagi tog’ tizmalarigacha 4500 km 
masofaga cho’zilgan. Janubiy Sibir tog’lari Shimoliy Muz okeaniga quyiladigan 


307 
buyuk Sibir daryolari bilan o’z suvini Markaziy Osiyo berk havzasiga va sharqda 
Amurga oqadigan daryolar o’rtasida asosiy suvayirg’ich vazifasini bajaradi. O’lka 
landshaftlarining shakllanishida uning geografik o’rni, rel’efining xilma-xilligi va 
iqlimining kontinentalligi katta rol o’ynagan. Shuning uchun Oltoy tog’oldi dashtlari
G’arbiy Sibir dashtlariga, Shimoliy Zabaykale o’rmonlari Janubiy Yoqutiston 
taygasiga, Tuva va Sharqiy Zabaykale tog’oralig’i botiqlaridagi dasht landshaftlari 
Mongoliya dashtlariga o’xshash. 
Janubiy Sibir tog’li o’lkasi murakkab strukturalar majmuasi bo’lib, Oltoy, 
Kuznesk-Salair, Sayan, Tuva, Baykalbo’yi, Zabaykale va Baykal-Stanovoy kabi 
kichik landshaft oblastlaridan tarkib topgan. Ayrim hollarda o’lkaning g’arbiy qismi 
bilan sharqiy qismi tabiati o’rtasidagi tafovutlarni hisobga olib, Janubiy Sibir 
landshaft oblastlarini ikki guruhga - Oltoy-Sayan va Baykalbo’yi-Zabaykalega 
birlashtirishadi. Bir xil manbalarda Janubiy Sibir tog’lari Sayan-Oltoy tog’li o’lkasi 
va Baykal tog’li o’lkasi deb ham qaraladi. Bular o’rtasidagi chegara Baykal ko’lidan 
bir oz janubi-g’arbdan o’tadi. Janubiy Sibirda tog’ hosil bo’lish jarayoni bir vaqtning 
o’zida sodir bo’lgan emas. Birinchi intensiv burmali tektonik ko’tarilishlar 
Baykalbo’yi, G’arbiy Zabaykale va Sharqiy Sayanda yuz bergan. Ular kembriydan 
oldin va quyi paleozoyda vujudga kelgan. Paleozoyning turli bosqichlarida Oltoy, 
G’arbiy Sayan, Kuznesk Olatovi, Salair kryaji, Tuva tog’ligi hosil bo’lgan. 
Paleozoyning so’nggi bosqichida va mezozoy burmalanishida Sharqiy Zabaykale 
tog’lari qad ko’taradi. 
O’lkaning barcha tog’lari mezozoy va paleogen davomida ekzogen kuchlar 
ta’sirida yemirilib, denudasion tepaliklarga aylangan. Neogenda va to’rtlamchi 
davrning boshlarida yemirilgan qadimgi tog’li oblastlar yangi tektonik harakatlar 
natijasida qaytadan ko’tarilib baland tog’ tizmalarini, cho’kkan joylarda yirik 
tog’orolig’i botiqlari vujudga kelgan. Qadimgi burmalangan tog’larning ko’pchiligi 
baland ko’tarilgan tekis yuzali tik yon bag’irli yassi tog’liklarga aylangan. O’lka 
rel’efining shakllanishida to’rtlamchi davr muzliklarining ham roli katta. Janubiy 
Sibir tog’larining hozirgi rel’efi to’rtlamchi davrda yangi tektonik harakatlar va 
erozion parchalanishlar natijasida shakllangan. Al’p orogenezi o’lkaning qadimiy 
peneplenlarini ancha baland ko’tarib, zinapoyasimon rel’ef hosil qilgan. Shunga
ko’ra Janubiy Sibir tog’larida asosiy rel’ef tiplari geomorfologik mintaqalar yoki 
yaruslar ko’rinishida tarqalgan. 
Al’p tipidagi baland tog’ rel’ef shakllari to’rtlamchi davrda ko’tarilgan va 
balandligi 2500 m dan yuksak bo’lgan Oltoy, Sayan, Tuva, Barguzin tizmalarida va 
Stanovoy tog’ligida vujudga kelgan. Al’p tipidagi cho’qqilar qiyin yemiriladigan 
jinslardan tarkib topgan, o’tkir qirrali, tik yon bag’irli, chuqur daryo vodiylari bilan 
kesilgan. 
Keng 
tarqalgan 
tor 
grabenlar 
al’p 
rel’efini yanada ham 
murakkablashtirgan. Janubiy Sibirning eng baland nuqtalari Oltoy tog’larining 
Katun tizmasidagi Beluxa (4506 m), Saylyugem tizmasidagi Tavan-Bogdo-Ula 
(4082 m), Sharqiy Sayandagi Munku-Sardik (3491 m) cho’qqilaridir. Stanovoy 
tog’ining baland nuqtasi Kodar tizmasida 2999 m ga yetadi. Bu cho’qqilar qor va 
muzliklar bilan qoplangan. O’lkaning 6% maydoni al’p tipidagi rel’ef shakllari bilan 
band. Bu yarusda qattiq iqlim sharoiti hukmronlik qiladi. 


308 
Janubiy Sibir uchun balandligi 800 m dan 2200 m gacha bo’lgan o’rtacha 
baland tog’ rel’efi xarakterli. Bu tipdagi rel’ef shakllari o’lkaning 60% maydonini 
ishg’ol etadi. O’rtacha baland tog’ rel’efi qadimgi denudasion yuzalarning erozion 
parchalanishi natijasida vujudga kelgan. Tektonik ko’tarilishlar va rivojlangan yosh 
daryo vodiylarining qalin to’ri sababli o’rtacha tog’ massivlarining nisbiy 
balandliklari 200 m dan 800 m gacha, vodiylar yonbag’irlarining qiyaligi 10° dan 
50° gacha o’zgaradi. Bu yarus intensiv yuvilish zonasi bo’lganligi tufayli yumshoq 
yotqiziqlarning qalinligi katta emas. Daryo vodiylarida sharsharalar va tosh 
ostonalar juda ko’p. Past tog’ rel’efi o’lkaning chekka hududlarida, kam ko’tarilgan 
joylarda rivojlangan va dengiz sathidan 300-800 m balandlikda joylashgan. Past tog’ 
rel’efining yon bag’iri qiya, delyuvial yotqiziqlar qoplab olgan. Bu tipdagi rel’ef 
tog’oralig’i botiqlarini o’rab turgan tog’ etaklarida ham uchraydi. Quray, Chuya, 
Tuva, Minusinsk, Kuznetsk botiqlari atrofida joylashgan past tog’ rel’efining 
balandligi 800-1000 m atrofida. Past tog’ rel’efi ayniqsa Sharqiy Zabaykale 
tog’oralig’i botiqlari uchun juda xarakterli. Tog’oralig’i botiqlari Janubiy Sibir 
tog’larining ajralmas tarkibiy qismi hisoblanadi. Uning aksariyati 400-500 m dan 
1200-1300 m gacha balandlikda joylashgan. 
Janubiy Sibirda foydali qazilmalarning rang-barangligi tog’ jinslarining turli-
tumanligiga bog’liq. Tog’li Shoriyada temir, Kuznesk Olatovida marganes, Tuvada 
polimetallar, Sayan, Tuva tizmalarida, Tog’li Oltoyda oltin rudasi konlari juda ko’p. 
Birgina Oltoy tog’lari uchun oltin, volfram konlari, polimetallar, volfram-molibden 
va simob mintaqalari xarakterli. Kuznesk, Minusinsk, Chulim-Enisey botiqlarida 
toshko’mir, Tuva botig’ida qo’ng’ir ko’mir konlari joylashgan. Kuznesk va 
Minusinsk botiqlarida neft va tabiiy gazning katta zahirasi borligi aniqlangan. 
O’lkaning geografik o’rni okeanlardan uzoqligi, materik ichkarisida 
joylashganligi uning iqlim xususiyatlarini belgilaydi. Faqat Arktika havo massalari 
o’zgargan holda tog’ etaklariga yetib keladi. Qishda o’lka hududi ustida baland 
atmosfera bosimi vujudga keladi. Antisiklonlarning tarkib topishi bilan harorat 
inversiyasi rivojlanadi. Natijada yuqoriga ko’tarilgan sari havo harorati ko’tarilib, 
tog’oralig’i botiqlari juda sovib ketadi. Yozda materikning ichki qismi kuchli qiziydi 
va past atmosfera bosimi hosil bo’ladi. Natijada Janubiy Sibir tog’lari ustida 
kontinental havo shakllanadi. O’rtacha yillik harorat o’lkaning hamma qismida 
manfiy, baland tog’ zonasida -6°-10°S ni tashkil etadi. Yanvarning o’rtacha harorati 
-20°S dan -27°S gacha o’zgaradi. Faqat Oltoyning g’arbiy tog’ etaklarida va Baykal 
sohillarida -15°S ga ko’tariladi. Shimoliy Zabaykaleda va tog’oralig’i botiqlarida -
32°-35°S ga teng. Yozda o’lkaning eng issiq hududlari hisoblangan botiqlarda 
o’rtacha harorat +20°+22°S gacha yetadi. Tuva botig’ida mutloq minimum -58°S 
gacha tushgan bo’lsa, mutloq maksimum +38°S gacha ko’tarilgan. Atmosfera 
yog’in miqdori turli xil hududlarda 100 mm dan 2500 mm gacha o’zgaradi. Ularning 
taqsimlanishiga tog’ rel’efi kuchli ta’sir etadi. Masalan, Oltoy tog’larida yiliga 800-
1000 mm, Minusinsk botig’ida 300 mm, Tuva botig’ida 200 mm dan ham kam 
yog’in tushadi. Janubiy Sibir tog’larining ko’pchiligini balandligi qor chizig’idan 
yuqori ko’tarilmaydi. Faqat Oltoy, Sharqiy Sayan tog’larida va Stanovoy tog’ligida 
firn qorlari va muzliklar uchraydi. Ular unchalik katta muzliklar emas. 


309 
Muzliklarning maydoni Oltoyda 900 km
2
dan ortiq, Sharqiy Sayanda 25 km
2
ga 
yaqin, Stanovoy tog’ligining Kodar tizmasida 19 km
2
ga teng. 
Janubiy Sibir tog’larida Shimoliy Osiyoning Ob, Irtish, Yenisey, Lena va Uzoq 
Sharqning Amur singari yirik daryo tizimlarining manbalari joylashgan. Ko’pchilik 
daryolar tog’ xarakteriga ega, tik yon bag’irli tor vodiydan oqib o’tadi. Ular asosan 
bahorda erigan qor suvlaridan va yozgi-kuzgi yomg’ir suvlaridan to’yinadi. Katta 
balandliklardan boshlanuvchi daryolar yozning ikkinchi yarmida ko’p yillik qor va 
muzliklar suvidan ham to’yinadi. Daryolarning o’rtacha oqim moduli 15-20 
l/sek.km
2
ga teng. Janubiy Sibir tog’larida ko’llar ko’p. Ular kelib chiqishiga ko’ra 
tektonik, kar, morena, morena-to’g’on ko’llariga bo’linadi. Eng yiriklari Baykal, 
Xubsigul, Ubsu-Nur, Teles, Markakol, Ulug’-Xol, Katta Tiberko’l, Mojar 
ko’llaridir. Baykal faqat Yevrosiyo materigida emas, balki butun dunyodagi eng 
chuqur ko’ldir. Uning maydoni 31500 km
2
, maksimal chuqurligi 1620 m, uzunligi 
636 m va eng keng joyi 80 km ga yaqin. Ko’lga 336 ta daryo quyiladi va undan 
Angara daryosi oqib chiqadi. Baykalning organik dunyosi juda qadimiy va 
nihoyatda o’ziga xosdir. Bu yerda 600 turga yaqin o’simliklar o’sadi, 1200 dan ziyod 
hayvon turlari yashaydi. 
Janubiy Sibir tog’larida tuproq-o’simlik qoplamining asosiy tarqalish 
qonuniyati balandlik zonallikdir. O’lkaning florasi rang-barang bo’lib, birgina 
Oltoyda 1850 turga yaqin o’simliklar bor. Bu G’arbiy Sibir pasttekiligidagi zonalar 
o’simlik turidan 2,5 marta ko’pdir. Mazkur o’lkada tuproq-o’simlik qoplamining 
quyidagi balandlik zonalari mavjud: 

Download 15,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   214   215   216   217   218   219   220   221   ...   310




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish