X. Vaxobov, A. A. Abdulqosimov, N. R. Alimkulov


O’rtacha balandlikdagi tog’lar (Markaziy Yevropa)



Download 15,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet193/310
Sana19.02.2022
Hajmi15,35 Mb.
#457795
1   ...   189   190   191   192   193   194   195   196   ...   310
Bog'liq
МАТЕРИКЛАР ВА ОКЕАНЛАР ТАБИИЙ ГЕОГРАФИЯСИ ЎҚУВ ҚЎЛЛАНМА охирги1

O’rtacha balandlikdagi tog’lar (Markaziy Yevropa).
O’lka g’arbda 
Atlantika okeani sohillaridan boshlanib, sharqda Oder va Visla daryolarining suv 
ayirg’ichigacha davom etadi. Bu o’lka tarkibiga Fransiyaning Parij Havzasi, 
Garonna pastekisligi, Armorikon va Markaziy massivlari, Belgiya va 
Germaniyaning janubiy qismlari, Chexiya massivi va O’rta Polsha kiradi. Markaziy 
Yevropa O’rta Yevropa tekisligidan farq qilib, uning hududi tekisliklardan, 
botiqlardan, tog’ massivlaridan, platformalardan va qirlardan tarkib topgan. Shuning 
uchun u Markaziy Yevropa tog’-tekislik o’lkasi yoki Gertsin Yevropasi deb ham 
ataladi. Markaziy Yevropaning g’arbiy qismida Fransiya hududida bir-biridan botiq 
orqali ajralib turgan, kuchli peneplenlashgan qadimgi massiv - Armorikon va 
Markaziy massivlar joylashgan. Armorikon massivi Fransiyaning shimoli-g’arbiy 
qismida gertsin burmalanishi natijasida vujudga kelgan. Bu massivda Markaziy 
massivga nisbatan neogen davrida ko’tarilma tektonik harakatlar kuchli bo’lmagan. 
Lekin cho’kish jarayonining bir necha marta takrorlanishi uning yuzasini botiqlar 
bilan ajralib turgan alohida-alohida balandliklarga bo’lib yuborgan. Bretan yarim 
orolidagi Arre tog’i, Normandiya va Gatin qirlari qadimgi yaxlit massivning 
qismlari hisoblanadi. Bular to’lqinsimon yuzali ko’tarilmalar bo’lib, kristall 
jinslardan tarkib topgan. Ularning dengiz sathidan balandligi 400 m ga yetadi. 
Markaziy massiv Markaziy Yevropaning gertsin burmalanishida vujudga 
kelgan eng yirik va gumbazsimon baland ko’tarilma hisoblandi. Uning asosini 
burmalangan qadimiy kristall va vulkanik jinslar tashkil etadi. Neogenda massivning 
o’rta qismida tektonik harakatlar kuchli bo’lib, uning hududini parchalagan, turli xil 
yo’nalishda chuqur yoriqlar hosil qilgan. Bu yoriqlardan vulqonlar otilib chiqqan. 
Vulqonlar antropogenning boshlariga qadar harakatda bo’lib, bir qator vulkanik 
massivlarni vujudga keltirgan. Shulardan eng kattasi Mon-Dor vulkanik massivining 
baland nuqtasi Pyui-de-Sansi cho’qqisi 1886 m ga yetadi va o’lkaning ham eng 
baland nuqtasi hisoblanadi. Bundan tashqari Kantal (1858 m), Mezenk (1754 m) va 
boshqa massivlar ham bor. Markaziy massivning janubiy qismidagi kristall jinslar 
yura davrining ohaktoshlari bilan qoplangan va Gran-Kos platosi deb ataladi. Bu 
platoda karst rel’ef shakllari yaxshi rivojlangan. Massivning 1700 m balandlikkacha 
ko’tarilgan sharqiy va janubi-sharqiy qismlari Sevenni deb ataladi. Uning sharqiy 
yonbag’iri zinapoyasimon tik, daryo vodiylari chuqur kesilgan. Massivning shimoli-
g’arbida Limuzen platosi joylashgan. 
Biskay qo’ltig’i bilan Markaziy massiv oralig’ida Goronna pastekisligi yoki 
Akvitaniya havzasi joylashgan, janub tomondan Pireney tog’ etaklari bilan 


260 
chegaralangan. Akvitaniya havzasi tektonik botiqda vujudga kelgan. Uning 
poydevorini gertsenoidlar tashkil etib, yuza qismi paleogen, neogen va antropogen 
davrlarida Pireney tog’laridan oqizib keltirilgan yotqiziqlar bilan qoplangan. 
Pastekislikning balandroq janubiy qismida daryo irmoqlari bilan kuchli 
parchalangan bir qancha asimmetrik platolar hosil bo’lgan. Qolgan katta qismi 
shimolga va g’arbga tomon pasayib borgan bir xil yassi tog’likdir. Biskay qo’ltig’i 
sohili bo’ylab qum dyunalari cho’zilgan, ular Landalar deb atalib, uzunligi 150-200 
km ni, kengligi 7-8 km ni va balandligi 70-100 m ni tashkil etadi. Fransiyaning 
shimoli-g’arbiy qismini Parij havzasi yoki Shimoliy Fransiya pastekisligi egallagan. 
Parij havzasi yirik botiq shaklida bo’lib, markaziy qismidan chekka tomonlarga asta-
sekin ko’tarilib boradi. O’rta qismi bo’r va paleogen dengiz yotqiziqlari bilan 
to’lgan. Chekkalarida esa qadimgi jinslar yuzaga chiqib qolgan. Parij havzasidan 
Sena daryosi va uning ko’plab irmoqlari oqib o’tadi. Havzaning sharqiy qismida 
kuest rel’ef shakllari, janubiy va g’arbiy qismlarida tepalik rel’ef shakllari keng 
tarqalgan. Kuest gryadalari yura, bo’r va paleogenning karbonatli jinslaridan- 
ohaktosh, bo’r va qumtoshlardan tarkib topgan. Parij havzasidan sharqda Shampani,
Argonn, Lotaringiya kuest gryadalari cho’zilgan. Lotaringiya kuest platosi Reyn, 
Mozel va Maas daryolarining vodiylari bilan kesilgan. Reyn daryosining janubiy 
oqimi bo’ylab cho’zilgan polosada yer yuzasi kuchli parchalangan. Janubda Reyn 
daryosi lyossimon va allyuvial cho’kindi jinslar bilan qoplangan Yuqori Reyn 
tekisligidan oqib o’tadi. Tekislikning g’arbiy tomonida Vogezi (1423 m) va sharqiy 
tomonida Shvarsvald (1493 m) massivlari ko’tarilgan. Bu tog’ massivlari shimol 
tomon pasayib borib, g’arbda qumtoshli Xardt va sharqda Odenvald platolari bilan 
tugaydi. Yuqori Reyn tekisligidan shimolda Reyn daryosi Reyn Slanes massivi 
hududidan oqib o’tib, uni ikki qismga bo’ladi. Shvarsvald tog’idan sharqda trias, 
yura davrlarining dengiz yotqiziqlaridan tarkib topgan Shvab-Frankon kuest tipik 
platosi joylashgan bo’lib, uning janubi-g’arbiy ohaktoshli qismi Shvab Albi yoki 
Shvab Yurasi, shimoli-sharqiy kuchli parchalangan qismi Frankon Albi yoki 
Frankon Yurasi deb ataladi. Kuestli hududda karst rel’ef shakllari keng tarqalgan. 
Frankon Albidan shimolda daryo eroziyasi bilan kuchli parchalangan, tik yon 
bag’irli gorst tog’ massivlari Tyuriyagen O’rmoni (982 m), Frankon O’rmoni va 
Garts massivi joylashgan. Garts tog’ining Brokken cho’qqisi dengiz sathidan 1142 
m baland. 
O’lkadagi Chexiya massivi gertsin epoxasida burmalangan va keyin 
peneplenlashgan va baland ko’tarilgan gorst tog’lar bilan o’ralgan. Massivning 
shimoli-g’arbida Rudali tog’lar (1244 m), janubi-sharqida Chexiya O’rmoni va 
SHumava tog’lari qad ko’tarilgan. Shumava tog’ining eng baland joyi Groser-Raxel 
cho’qqisi 1453 m ga yetadi. Chexiya massivining shimoli-sharqiy qismini Sudet 
tog’lari (Snejka,1602 m) tog’i joylashgan. Bu tog’larning geologik strukturasi 
qadimgi burmalangan tog’ jinslaridan va yosh vulkanik jinslardan tuzilgan. Chexiya
massivining janubi-Sharqiy qismini balandligi 800 m atrofida bo’lgai Chexiya-
Moraviya qirlari egallagan. Uning katta qismi kembriydan oldingi kristall jinslardan 
tuzilgan. Sharqiy qismidagi mezozoy oxaktoshlarida karst rel’ef shakllari, g’orlar 
keng tarqalgan. Pragadan janubda balandligi 700-800 m bo’lgan Brdi tepaligi 


261 
ko’tarilgan. Chexiya massivining eng past joyi Laba daryosi vodiysidagi Polaba 
tekisligida 200 m ni tashkil etadi. O’lkaning sharqiy qismi Oder va Visla 
daryolarining suvayirg’ichida maksimal balandligi Lisitsa tog’i 611 m gacha 
ko’tarilgan.
O’lka iqlimining shakllanishida Atlantika havo massasining roli katta. Nam 
dengiz havo massasi materik ichkarisiga kirib borgan sari transformasiyalashib, 
g’arbdan Sharqqa qarab kontinentallik darajasi orta boradi. Bu yerning iqlim sharoiti 
uzoqlik bo’ylab o’zgarishdan tashqari rel’ef ta’sirida ham o’zgaradi. Jumladan, 
botiqlarning iqlimi tog’ yon bag’irlariga nisbatan ancha kontinentalligi bilan farq 
qiladi. Bu o’z navbatida yillik havo haroratidagi amplitudaning katta bo’lishiga, 
yog’in miqdorining kamayishiga olib keladi. O’lkaning g’arbiy okeanbo’yi 
qismlarida qish iliq, yoz salqin, namgarchiliq ko’p bo’ladi. Bretan yarim orolida 
yanvarniig o’rtacha harorati +6°+7°S ga, iyulniki +17°S ga teng. Yillik yog’in 
miqdori 1500 mm ni tashkil etadi. Janubda Akvitaniya pastekisligida iyulning 
o’rtacha harorati +21°+22°S gacha ko’tariladi, yillik yog’in miqdori 800 mm gacha 
kamayadi. Markaziy massivning g’arbiy yon bag’irlarida atmosfera yog’inlarining 
miqdori yana ortadi. Yog’in yil bo’yi asosan yomg’ir shaklida tushadi. Qor kamdan-
kam yog’adi. Iqlim sharoitini sharqqa tomon o’zgarib borishi Parij havzasidan 
boshlab yaqqol seziladi. Bu yerda eng sovuq oyniig o’rtacha harorati +2
0
+3
0
S ga, 
issiq oyniki esa +19°S ga teng. Yiliga o’rtacha 700 mm atrofida yog’in tushadi. 
Lotaringiya platosida qishning o’rtacha harorati 0°S ga yaqin
 
bo’ladi. Markaziy 
massivda qish sovuqroq va qorli bo’ladi. Bu fasl to’liq uch oy davom etadi. Yozi iliq 
va yomg’irli. 
O’lkadagi barcha tog’larning g’arbiy yon bag’irlariga 1000 mm dan ziyod 
yog’in tushadi, Sharqiy havo oqimiga teskari bo’lgan yon bag’irlarda bu ko’rsatgich 
500-600 mm gacha kamayadi. Tog’larda qish va yoz oylarining harorati ham tekislik 
va botiqlardagi havo haroratiga nisbatan pastroq. Masalan, Garts tog’larida 
yanvarning o’rtacha harorati - 3,5°S ga va iyulniki +10°+11°S ga teng. Qish oylarida 
g’arbiy nam shamollar esib turadi, tumanli va bulutli kunlar ko’p bo’ladi, qor 
koplami qalin bo’lib, besh-olti oygacha saqlanadi. 
O’lka hududida yil bo’yi to’lib oqadigan daryolar va ularning irmoqlari zich 
joylashgan. Eng yirik daryolari Reyn (1320 km), Sena (780 km), Luara (1010 km), 
Garonna (650 km), Rona (812 km) va boshqalardir. Bu daryolarning gidrologik 
rejimi bevosita shu joyning iqlim sharoitiga va rel’efiga bog’liq. G’arbiy 
hududlardagi daryolarning suv sarfi yil bo’yi deyarli bir tekisda taqsimlangan. 
Sharqiy hududlarda aksincha, daryolarning suv sarfi tog’ massivlaridagi qorlarning 
erishi tufayli bir muncha murakkablashadi. Reyn va Rona daryolari Al’p tog’laridan 
boshlanib, birinchisi Shimoliy dengizga va ikkinchisi O’rta dengizning Leon 
qo’ltig’iga quyiladi. Sena daryosi Langr platosidan boshlanib, Parij havzasini va 
Parij shahrini o’rtasidan kesib o’tib La-Mansh bo’g’iziga quyiladi. Luara daryosi 
Sevenni tog’laridan va Garonna daryosi Markaziy Pireney tog’laridan boshlanib, 
Atlantika okeanining Biskay qo’ltig’iga quyiladi. Markaziy Yevropaning sharqiy 
qismidan O’rta Yevropa tekisligining bir qator daryolari boshlanadi. Jumladan, 
Tyuringen O’rmoni tog’idan Vezer, Chexiya massividan Vltava, Sudet tog’laridan 


262 
Oder va Laba, Shvab-Frankam Albidan Nekkar va Mayn daryolari hamda 
Dunayning yuqori irmoqlari, O’rta Polsha qirlaridan Varta daryosi boshlanadi. Bu 
daryolarning hammasi yomg’ir suvlaridan, Al’p va Pireney tog’laridan 
boshlanadiganlar qor suvndan ham to’yinadi. Markaziy Yevropaning barcha yirik 
daryo tizimlari - Reyn, Sena, Luara, Garonna, Sona, Mayn va boshqalar bir-biri bilan 
Janubiy kanal, Rona-Reyn kanali, Marna-Reyn kanali, Burundi kanali va boshqa 
kanallar orqali tutashgan. Bu tabiiy va sun’iy suv tizimlar magistralli kemalarning 
qatnovi uchun juda qulay. 
Hozirgi vaqtda o’rmonlar o’lkaning Sudet tog’larida, Chexiya O’rmonida, 
Bovariya O’rmonida, Frankon O’rmonida, Tyuringen O’rmonida, Ardennida, 
Shumavada va Reyn Slanes tog’larida yaxshi saqlangan. Tog’larning baland 
cho’qqilarida yel-pixta o’rmonlari uchraydi. Rona pastekisligida va Sevenni tog’lari 
yon bag’irlarining quyi qismida tuproq va o’simliklarning O’rta dengiz tipi uchraydi, 
Ayniqsa bu yerlarga lavanda, ladannik va timyan butalaridan tarkib topgan gariga 
tipidagi butazorlar xarakterli. Doimiy yashil bo’lib o’sadigan eman butazorlari ham 
uchraydi. O’rmonlarning ko’plab kesilib ketishi yovvoyi hayvonlarning tarqalishiga 
va ularning areallariga kuchli ta’sir etgan. Ilgari keng tarqalgan silovsin, bo’ri, 
o’rmon mushugi va boshqalar hozir deyarli uchramaydi. Tekislik o’rmonlariga xos 
bo’lgan hayvonlar faqat tog’ o’rmonlaridagina saqlanib qolgan. Qo’riqhonalarda va 
milliy parklarda asl zotli bug’u, kosulya, lan (bug’u) muhofaza qilinadi. Yovvoyi 
hayvonlardan tulkilar va bo’rsiqlar, ochiq yerlarda dasht faunasining kemiruvchi 
turlari ko’pchilikni tashkil etadi. Ornitofaunasida Yevropa o’rmonlariga xos bo’lgan 
barcha qushlar uchraydi. Ayniqsa kakliklar, chillar va suvda suzuvchi qushlar keng 
tarqalgan. Janubiy qismida O’rta dengiz faunasiga xos bo’lgan turlar - genettalar, 
sudralib yuruvchilar, ham yerda ham suvda yashovchi hayvonlar tarqalgan.

Download 15,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   189   190   191   192   193   194   195   196   ...   310




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish