255
qolgan tog’ massivlari ustun turadi, bu tog’ massivlari sertepa suv osti soyliklari
hamda platolari bilan almashinadi. Eng baland yeri 1300 m dan oshadi.
Orollarning qirg’oq chizig’i tektonik yoriqlar, ko’tarilish va cho’kishlar
natijasida juda parchalangan. Yirik qo’ltiqlar Buyuk Britaniya bilan
Irlandiyaning yer yuzasi tekislikdan iborat sohillariga kirib boradi,
yarimorollarda tog’ massivlari qad ko’targan. Buyuk Britaniyaning shimolida
Shimoliy Shotlandiya tog’ligi joylashgan bo’lib, Glenmor chuqur tektonik yorig’i
tog’likni ikki qismga: Shimoliy tog’lik va Grampian tog’liklariga
ajratadi,
Grampian tog’larida orollarning eng baland cho’qqisi Ben-Nevis (1343 m)
massivi joylashgan. Tog’likning chekka shimoliy qismi yer po’stining yaqin
geologik vaqtda ro’y bergan yorilishlari va parchalanishlari natijasida Buyuk
Britaniya orolidan ajralib chiqqan hamda Ichki va Tashqi Gebrid orollarnni hosil
qilgan.
Shotlandiyaning janubiy qismida Janubiy Shotlandiya qirlari joylashgan,
ular tepasi to’lqinsimon va balandligi 500-600 m li platodan iborat. Janubiy
Shotlandiya qirlarining g’arbiy qismi sharqiy qismiga nisbatan baland va ko’p
parchalangan; unda kar ko’llari, xarsang toshlar hamda morenalar uchraydi.
Grampian tog’lari bilan Janubiy Shotlandiya qirlari orasidagi graben (cho’kma)da
O’rta Shotlandiya tekisligi joylashgan. Shimoliy Angliyada Janubiy Shotlandiya
qirlaridan janubda sohil bo’ylab ketgan qirlar va sertepa tekisliklar ajralib turadi.
Bristol qo’ltig’i grabeni Uels yarimorolini Kornuel yarimorolidan ajratib turadi;
Kornuell yarimoroli Buyuk Britaniyaning janubi-g’arbiy chekka qismidir. Bu
yarimorol yosh cho’kindi jinslar qatlamlari orasidan qad ko’targan
peneplenlashgan qirlar bilan band. Dartmur-Forest va Eksmur-Forest kristalli
massivlari Kornuel yarimorolidagi eng baland (500-600 m) joylar hisoblanadi.
Orolning janubida depressiya (soylik)lar kuesta platosi rel’efida
yaqqol ajralib
turuvchi Chiltern-Xils qirlaridan iborat, balandligi 250 m ga yetadi. Bu qirlar
janubga Temza havzasi botig’iga yoki London havzasiga tomon qiya tushib
keladi.
Irlandiya orolining butun ichki qismini Markaziy Irlandiya pastekisligi band
etgan. Uning yuzasi karbon davrining ohaktoshlaridan tarkib topgan. Markaziy
Irlandiya tekisligi hamma tomondan kuchli parchalangan va balandligi 1000 m dan
oshmaydigan tog’ massivlari bilan o’ralgan. Shimolda Donegol massivi, shimoli-
Sharqiy sohil yaqinida Antrim tog’lari joylashgan. Irlandiya sohilining shimoli-
g’arbida Konnaut tog’lari, janubi-sharqda sohil bo’ylab Unklou tog’lari
cho’zilgan, janubi-g’arbda Irlandiyaning eng baland qismi Kerri tog’lari va undagi
Karrantuil cho’qqisining balandligi 1041 m ni tashkil qiladi.
Britaniya orollari iqlimi ko’p jihatdan g’arbiy havo massalari bilan bog’liq
bo’lib, kuchli va nam g’arbiy shamollar yil bo’yi orollarga ko’p miqdorda yog’in
keltiradi. Orollarning g’arbiy chekkalari va tog’larning g’arbiy yonbag’irlariga
yog’in ayniqsa ko’p tushadi; bu yerda yillik yog’in miqdori 1500 mm dan ayrim
joylarda esa hatto 2000 mm dan ham ortadi. Janubi-G’arbiy Irlandiya va
Kornuell yarim oroliga butun qish bo’yi qor yog’maydi, boshqa joylarda esa
qishda atigi 10-20 kun qor yog’adi. Sharqiy va janubi-sharqiy qismlarga
yiliga
256
700-800 mm yog’in tushadi. Bu yerlarda havoda bulut kamroq, shamollar ham
uncha tez esmaydi.
Britaniya orollari, ayniqsa ularning g’arbiy va janubi-g’arbiy hududlari
haroratning yillik tebranishi kichikligi bilan xarakterlanadi. Yillik amplituda
Irlandiyaning janubi-g’arbida taxminan +7
0
+8°S ni, Irlandiyaning sharqida
+10
0
+11
0
S, Angliyaning janubi-sharqida +14°S ni tashkil etadi va qishda deyarli
sovuq bo’lmasligi hamda yozning salqin kelishi bilan xarakterlanadi,
yozda
+30°C gacha ko’tariladi. Shotlandiyaning shimolida yozda harorat +20°S gacha
ko’tariladi. Quyoshli kunlar janubi-sharqda 40% ga, g’arbda u 17-29% ni tashkil
etadi. Britaniya orollari tabiatining o’ziga xos tomonlaridan biri-uning juda
sertuman ekanligidir. Tuman asosan qishda tez-tez tushib turadi, tumanlar
tushishining sababi nisbatan sovuq suvning Shimoliy Atlantika oqimining bir
oz iliq suvlari bilan qo’shilishi va buning natijasida havo haroratidagi
tafovutning vujudga kelishidir.
Rel’ef va iqlim xususiyatlariga qarab orollarning daryo tarmoqlari juda
zich. O’lkaning yirik daryolari Severn (355 km), Temza (332 km),
Shannon
(36 km) uzunligi jihatidan materikdagi ko’pgina daryolardan orqada turadi,
biroq ular yil bo’yi sersuv bo’ladi va muzlamaydi, kema qatnovi uchun qulay.
Daryolar chuqur va keng estuariylar bilan tugaydi, suv qalqib ko’tarilganda
estuariylarga yirik okean kemalari bemalol kirib kela oladi.
Britaniya orollarida yirik ko’llar yo’q, kichik ko’llar esa juda ko’p va
go’zaldir. Eng katta Lox-Ney ko’li Irlandiyada joylashgan bo’lib, uning maydoni
400 km
2
ga yaqin. Shotlandiyaning tog’li hududlarida, Kamberlend massivida va
Uelsda muzlik ko’llari juda ko’p. Irlandiya ko’llarining ko’pi karst ko’llaridir.
Buyuk Britaniyaning shimolida podzol tuproqlarda qarag’ay va qayin
o’rmonlari, janubda o’rmon qo’ng’ir tuproqlarida dub, ayrim joylarda esa buk-
grab o’rmonlari eng ko’p tarqalgan. Hozirgi vaqtda o’rmonlar barcha orollar
maydonining atigi 4-5% ini egallaydi. Katta maydonlarni o’tzorlar, doimiy yashil
butazorlar va botqoqliklar egallaydi. O’rmon o’simliklarining yuqori chegarasi
200-300 m dan o’tadi va 600 m dan yuqoriga chiqmaydi. Britaniya orollarining
hayvonot dunyosi kambag’al, hozirgi paytda yirik
hayvonlar tabiiy holatda
uchramaydi. Faqat ayrim joylarda Shotlandiya bug’usi va bug’uning yana bir turi
(lan) alohida qo’riqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: