X. Vaxobov, A. A. Abdulqosimov, N. R. Alimkulov



Download 15,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet195/310
Sana19.02.2022
Hajmi15,35 Mb.
#457795
1   ...   191   192   193   194   195   196   197   198   ...   310
Bog'liq
МАТЕРИКЛАР ВА ОКЕАНЛАР ТАБИИЙ ГЕОГРАФИЯСИ ЎҚУВ ҚЎЛЛАНМА охирги1

Al’p tog’lari
. O’lka tarkibiga Al’p tog’lari, undan shimolroqda joylashgan 
Yura tog’lari, Al’pning janubidagi tektonik cho’kmada hosil bo’lgan Padana 
pastekisligi kiradi. Al’p tog’lari yoy shaklida 1200 km masofaga cho’zilgan va 
murakkab orografik tuzilishga ega bo’lgan yirik tog’ tizimidir. G’arbda O’rta dengiz 
qirg’oqlaridagi Dengizbo’yi Al’pidan boshlanib, sharqda O’rta Dunay 
pastekisligigacha davom etadi. Uning kengligi 135 km dan 260 km gacha yetadi. 
Al’p tog’lari g’arbdan sharqqa tomon bir necha davlatlar hududini kesib o’tgan. 
Shuning uchun bu tog’ tizimini ayrim hollarda uning qaysi davlatlar hududida 
joylashganligiga qarab Fransiya Al’pi, Italiya Al’pi, Shveysariya Al’pi, Avstriya 
Al’pi, Germaniya Al’pi, Vengriya Al’pi, Sloveniya Al’pi deb ham ataladi. Al’p 
tog’larining geologik, orografik va geomorfologik tuzilishi nixoyatda xilma-xil. 
Uning tarkibi bir qator tizmalardan tarkib topgan bo’lib, g’arbdan Sharqqa tomon 
asta-sekin pasayib boradi. Al’p tog’larini o’rta qismidan chuqur tektonik vodiy kesib 
o’tib, uni ikki qismga G’arbiy va Sharqiy Al’pga bo’lgan. Bu tektonik cho’kma 
shimolda Boden ko’lidan boshlanib, janubda Komo ko’ligacha davom etadi va 
muhim orografik hamda geografik chegara bo’lib xizmat qiladi. 
G’arbiy Al’p yoysimon va asimmetrik rel’ef shakllari, tik qoyalari, o’tkir qirrali 
cho’qqilari bilan xarakterlanadi. Uning tashqi Fransiyaga qaragan yon bag’iri keng 
va nisbatan qiya, ichki Padana pastekisligiga qaragan yon bag’iri tog’ etagisiz tik 
tushgan va bahaybat ko’rinadi. G’arbiy Al’p Sharqiy Al’pga nisbatan ancha baland. 
U meridional va submeridional yo’nalgan bir guruh tog’ tizmalaridan tarkib topgan. 
Bular Dengizbo’yi, Kot, Gray, Pennin, Bern, Lepontin, Glarn Al’plaridir. Al’pning 
eng baland cho’qqilari ham shu tizmalarda joylashgan. Masalan, Monblan (4810 m), 
Monta-Roza massividagi Dyufur (4634 m), Dom (4545 m), Finsterarxorn (4274 m), 
Yungfrau (4158 m), Gray massividagi Gran-Paradizo (4061 m) va boshqa 
cho’qqilardir. G’arbiy Al’pda tog’ muzliklari ham yaxshi rivojlangan. Sharqiy Al’p 
G’arbiy Al’pga nisbatan past, Sharqiy qismida kengayib yelpig’ichsimon bo’lib 
tarqalgan. Bu region Retiy, Bergom, Dolomit, Karniy, Yuliy, Etstal, TSillertal, 
Gurktal Al’plaridan hamda Baland va Past Tauernlardan iborat. Bu tizmalarning eng 
baland nuqtalari Bernina massivida 4049 m ga, Baland Tauerning Grosglokner 
cho’qqisida 3797 m ga, Etstal Al’pida 3774 m ga va Past Tauernda 2863 m ga yetadi. 
Baland tog’lar va ularning suvayirg’ich qismlari kristall jinslardan, past tog’lar 
ohaktoshlardan, dolomitlardan va flishlardan tuzilgan. Sharqiy Al’pda temir va mis 
ruda konlari, magnezit koni, tog’oralig’i cho’kmalarida qo’ng’ir ko’mir va tuz 
konlari bor. 
Al’p tog’larining orografik tuzilishida va rel’ef shakllarining xilma-xil 
bo’lishida mezozoyda va paleogenda yuz bergan burmalanishlar, ko’tarilishlardan 


264 
tashaqari neogenda hamda antropogenning boshlarida sodir bo’lgan kuchli vertikal 
tektonik harakatlar yetakchi rol o’ynagan. Rel’efining shakllanishiga suv eroziyasi 
va to’rtlamchi davr muzliklari ham ta’sir ko’rsatgan. Al’p tog’larining shimoliy 
qismida Yura tog’i bilan Dunay daryolarining yuqori oqimi o’rtaligida balandligi 
400-600 m keladigan tog’oldi platolari joylashgan. Al’p tog’oldi platolari 
Shveysariya va Germaniya hududlarida mavjud bo’lib, ular Shveysariya va 
Bovariya yassi tog’lari deb ataladi. Al’p va Apenin tog’lari oralig’ida Padana 
(Venesiya-Padana) pastekisligi joylashgan. U kaynozoyning Al’p burmalanishida 
vujudga kelgan tektonik cho’kmada shakllangan va genetik jihatdan juda yosh 
hisoblanadi. Dastlabbu tektonik cho’kma Adriatika dengizining ko’rfazi bo’lgan. 
Keyinchalik ko’rfaz dengiz, daryo va tog’ muzliklari yotqiziqlari bilan to’lib, 
neogenning oxirida Padana pastekisligi hosil bo’lgan. Uning katta qismi dengiz 
sathidan 100 m pastda yotadi. Tog’oldi etaklariga yaqin chekka polosalarda 300-500 
m gacha ko’tariladi. Padanada hozirgi paytda yangi tektonik harakatlar natijasida 
yer yuzasining asta-sekin cho’kish jarayoni davom etmoqda.
Padana pastekisligining eng sharqiy chekka qismi Adriatika dengizi bilan 
chegaralangan joyda lagunali sohilni tashkil etadi. Lagunali sohil qum tillaridan va 
orollardan tarkib topgan. Ana shunday lagunalardan birida tarixiy obidalarga boy 
shahar Venetsiyaning o’zi 118 ta orollarda joylashgan bo’lib, ular 150 ta kanallar 
orqali ajralib turadi. Bu kanallarga 400 dan ortiq ko’priklar qurilgan. Kanallardan 
eng kattasi Kanal-Grande hisoblanadi, uning uzunligi 3,8 km. Venesiyadagi barcha 
bo’g’izlar va kanallar ko’cha vazifasini bajaradi. Adriatika dengizi tomonidan 
qarasangiz Venesiya xuddi suv akvatoriyasi ustida suzib yurgan shahardek tuyuladi. 
Bu shaharga har yili 6 mln 200 mingdan ortiq turistlar tashrif buyurishadi. 
Venesiyaning materikka eng yaqin oroli temir va avtomobil yo’l ko’prigi orqali 
Padana pastekisligi bilan tutashib turadi. 
Al’p lanshaft oblastining shimoliy katta tog’li qismi mo’tadil iqlim mintaqaga 
va janubiy tekislik Padana qismi subtropk iqlim mintaqaga qaraydi. Al’pning 
shimoliy va g’arbiy qismlari Atlantika havo massasi oqimiga ro’para turganligi 
sababli qishi yumshoq, yozi salqin bo’ladi. Yiliga 2000-3000 mm atrofida yog’in 
tushadi. Tumanli va bulutli kunlar ko’p takrorlanadi. Sharqqa borgan sari iqlimning 
kontinentalligi ortib, yog’in miqdori kamayadi, ichki tizmalarda, berk vodiylarda va 
botiqlarda yillik yog’in miqdori 500-800 mm ni tashkil etadi. Padana pastekisligida 
bu ko’rsatgich 800-1200 mm ga teng. Al’p tog’larining 2000 m dan baland 
qismlarida yog’in miqdori ancha kamayadi. Havo harorati shimoldan janubga qarab 
ko’tarila boradi. O’rtacha yillik 0°S li harorat shimolda Al’p oldi tizmalarida 2000 
m balandlikka to’g’ri kelsa, janubda Dengizyoni va Kot Al’plarida 2600-2700 m 
balandlikka to’g’ri keladi. Padana pastekisligida yanvarning o’rtacha harorati 
0°+4°S ga, iyulniki +22°+24°S ga teng. Bu yerda atmosfera yog’inlarining aksariyat 
qismi yoz va kuz oylariga to’g’ri keladi. 
Al’p tog’larida yog’inlarning qor shaklida yog’ish miqdori balandlikka 
ko’tarilgan sari orta boradi. Masalan, Fransiya Al’pining 700-800 m balandligida 
yillik yog’in miqdorining 20% i, 2000 m balandlikda 80% i qor shaklida yog’adi. 
Boshqa regionlarda 2000 m balandlikda 60% i, 2800 m da 86% i va 3600 m da 100% 


265 
i qor shaklida yog’adi. Natijada nival mintaqada katta qor massasi to’planib 
muzliklar hosil qiladi. Al’p tog’larida 1200 ga yaqin muzliklar bo’lib, ularning 
umumiy maydoni 4140 km
2
. SHundan 2690 km
2
i G’arbiy Al’pga va 1450 km
2

Sharqiy Al’pga to’g’ri keladi. Ulardan eng kattalari Bern Al’pidagi Alech muzligi 
(uzunligi 26,8 km, maydoni 160 km
2
), Monblan massividagi Mer-de-Glas (uzunligi 
15 km) va Pennin Al’pidagi Gorner muzliklaridir. Al’p tog’larida suv zahirasining 
ko’pligi gidrografik to’rni yaxshi rivojlanishiga qo’laylik yaratgan. Shuning uchun 
Al’p Yevropaning muhim gidrografik tuguni hisoblanadi. Uning hududida paydo 
bo’lgan daryolar Shimoliy, Qora, Adriatika va Tirren dengizlariga quyiladi. Al’p 
tog’laridan Rona, Reyn, Adije, Drava daryolari va Po daryosining ko’plab irmoqlari 
boshlanadi. Yirik daryolaridan Rona va Reyn Gotard massividagi muzlikdan o’z 
suvini olib, birinchisi Jeneva ko’li va ikkinchisi Boden ko’li tomon oqadi. Al’pning 
shimoliy yon bag’irlaridan Dunayning bir necha irmoqlari ham boshlanadi. 
Tog’likning janubidagi Padana tekisligidan Po daryosi oqib o’tadi. Uning 
uzunligi 652 km, havzasining maydoni 75 ming km
2
, o’rtacha yillik suv sarfi quyi 
qismida 1460 m
3
/sek. Po daryosining Dora-Ripariya, Dora-Beltea, Tichino, Adda, 
Olo, Mincho va boshqa irmoqlari o’z suvini Al’pning janubiy yon bag’irlaridan 
oladi. Po daryosi del’ta qismida uchta yirik (Po-di-Goro, Po-della-Dontsella va Po-
di-Tolle) tarmoqlarga bo’linib dengizga quyiladi. Ular Adriatika dengiziga quyilish 
joyida maydoni 1,5 ming km
2
ga teng bo’lgan botqoqli del’ta landshaftini hosil 
qiladi. Daryoning 540 km masofadagi qismida kemalar bemalol qatnay oladi. Al’p 
landshaft oblastida ko’llar ham keng tarqalgan. Ular asosan Al’pning shimoliy va 
janubiy tog’ etaklarida joylashgan. Bular shimolda Jeneva (maydoni 581 km
2
), 
Boden (538 km
2
), Nevshatel, Syurix, Firvaldshtet va janubda Lago-Madjore, Komo, 
Izeo va Garda ko’llaridir. Garda ko’lining maydoni 370 km
2
, maksimal chuqurligi 
346 m, Komoning maksimal chuqurligi 410 m ga teng bo’lib, Yevropadagi eng 
chuqur ko’l hisoblanadi.
Al’p landshaftlari uchun vertikal va gorizontal farqlanishlar xarakterli. Ikki 
yo’nalishdagi tafovutlar balandlik mintaqalik va kenglik zonallik qonuniyatlar 
asosida vujudga kelgan. Zonal farqlar ayniqsa quyi tog’oldi mintaqaning 800-1000 
m balandlikkacha bo’lgan qismida yaxshi ifodalangan. Quyi mintaqadagi landshaft 
komplekslari shimolda mo’tadil xususiyatlarga, janubda Padana tekisligini o’rab 
turgan Dengizbo’yi, Kot va Gray Al’plarining tog’ etaklarida subtropik 
xususiyatlarga ega. Bu mintaqada o’rmonlar juda siyrak qolgan. Uning g’arbiy 
qismida qo’ng’ir o’rmon tuproqlari keng tarqalgan, buk, eman va kashtanlar o’sadi. 
Shimoliy qismida podzol tuproqlar aralash o’rmonlar bilan qoplangan. Sharqda 
O’rta Dunay tekisligi bilan tutashgan joyda o’rmon-dasht landshaftlari mavjud. 
Janubda buk va eman o’rmonlari o’sadi. Quyi mintaqada aholi zich joylashganligi 
tufayli tabiiy o’simliklar o’rnini bog’lar, uzumzorlar, manzarali daraxtlar, 
agrolandshaftlar egallagan. Shuning uchun bu mintaqani Al’pning madaniy 
landshaftlar mintaqasi deyiladi. 
Al’pning ikkinchi landshaft mintaqasi tog’-o’rmonlari bo’lib, uning yuqori 
chegarasi 1800 m gacha ko’tarilgan. Bu mintaqaning 1200 m balandligigacha keng 
bargli o’rmonlar, 1800 m gacha igna bargli o’rmonlar joylashgan. Mintaqaning 


266 
iqlimi mo’tadil nam va mo’tadil sovuq bo’lib, iyulning o’rtacha harorati +10° +15°S, 
yanvarniki -4°-8°S atrofida bo’ladi. O’rmonlarda buk va emanlardan tashqari 
Yevropa yeli, Yevropa qarag’ayi, Yevropa tilog’ochi, Yevropa pixtasi o’sadi. 
Yovvoyi hayvonlardan olmaxon, rus quyoni, o’rmon sonyasi, yovvoyi mushuk, 
O’rta Yevropa bug’usi yaxshi saqlangan. Qo’riqxonalarda qo’ng’ir ayiq va yovvoyi 
cho’chqalar uchraydi. Al’p tog’larining o’rmonlar mintaqasidan yuqoridagi 2300 m 
balandlikkacha bo’lgan qismida butazorli subal’p mintaqasi, 2500-3000 m gacha 
Al’p o’tloqzorlari va undan yuqorda nival mintaqa joylashgan. O’tloqzorlar yozda 
yaylov sifatida foydalaniladi. 
Al’pning tabiiy landshaftlarini muhofaza qilish maksadida ko’plab milliy 
bog’lar, qo’riqxonalar va buyurtmalar tashkil etilgan. Shveysariya, Vanuaz, Gran-
Paradizo milliy bog’lari, Bavariya O’rmoni, Yuqori Bavariya O’rmoni tabiat 
bog’lari, Keyra regional tabiat bog’i, Tyuringen O’rmoni landshaft buyurtmasi, 
Shumava landshaft oblasti shular jumlasidandir. 

Download 15,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   191   192   193   194   195   196   197   198   ...   310




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish