sp3d—gibridlanish: s+3p+d=5 ta sp3d orbital hosil bo’ladi. Valent burchak bog’ 3 tasida 120o ga, 2 tasida 900 ni tashkil qiladi.
M: PCl5, Fe(CO)5, SbF5, XeO3F2.
sp3d2—gibridlanish: s+3p+2d=6 ta sp3d2 orbital hosil bo’ladi. Valent burchak bog’ 900 ni tashkil qiladi.
M: [Cr(NH3)6]3+ , [Fe(H2O)6]3+, [CoF6]3- ,[AlF6]3-, [PF6]- , [Al(H2O)6]3+, SF6, [Al(OH)6]3+. [Fe(CN)6]4-.
IF7 --sp3d3
Kimyoviy reaksiyalarning issiqlik
effekti.
Kimyoviy reaksiyalarda turli energiyalar chiqadi yoki yutiladi. Reaksiyalarda issiqlik ajralib chiqsa- ekzotermik, issiqlik yutilsa –endotermik jarayon deyiladi.
Ekzotermik reaksiyalar: Endotermik reaksiyalar:
2H2+O2=2H2O+Q (-∆H) 1) CaCO3=CaO+CO2-Q(∆H)
C+O2=CO2+Q (-∆H) 2) N2+O2=2NO-Q(∆H)
CH4+2O2 = CO2+2HOH+Q (-∆H) 3) 2H2O =2H2+O2 -Q(∆H)
Q—issiqlik miqdori.[kJ, kkal]. 4,18J= 1kall
O’zgarmas bosimdagi reaksiyaning issiqlik miqdorining manfiy qiymatiga (-Q) reaksiya entalpiyasi deyiladi.
Odatda hisoblash standart sharoitda olib boriladi. ( 1atm=101.325 kPa 298◦K).
Oddiy moddalarning standart hosil bo’lish issiqligi nolga teng.
Oddiy moddalardan 1 mol murakkab modda hosil bo’lganda ajraladigan issiqlik—moddalarning hosil bo’lish issiqligi deyiladi.
2N2+5O2= 2N2O5 +22kJ
1 mol N2O5 ning hosil bo’lish issiqligi 22/2= 11kJ ga teng.
Kimyoviy reaksiya entalpiyasini hisoblash uchun quyidagi formuladan foydalanamiz:
aA+bB=cC+dD+∆Q
∆Q= (cQC+dQD)-(aQA+bQB).
Kimyoviy reaksiya tezligi.
Vaqt birligi ichida reaksiyada ishtirok etayot modda konsentrasiyasini o’zgarishiga reaksiya tezligi deyiladi.
A+B=C A modda konsentrasiyasi dastlab C1, reaksiya bo’lib t-vaqtdan so’ng C2 bo’ldi. Reaksiya tezligi
υ=∆C/t
∆C= C1- C2
C=n/v
C—konsentrasiya n—modda miqdori v—idish hajmi
Kimyoviy reaksiya tezligiga ta’sir qiluvchi omillar quyidagilar:
konsentrasiya
temperatura
Moddalarning maydalanganlik darajasi
Bosim (gazlar uchun)
Katalizator
I. Konsentrasiya ta’sirini 1867-yilda Norvegiyalik ikki olim Guldberg va Vaage kashf qilishgan. Bu ta’sir massalar ta’siri qonuni nomi bilan ma’lum.
Kimyoviy reaksiya tezligi reaksiyaga kirishyotgan moddalar konsentrasiyasiga to’g’ri proporsional.
aA+bB=cC+dD
υ=k•[A]a•[B]b
[A]-[B]-konsentrasiyalar k—reaksiya tezlik konstantasi. a va b reaksiya koeffisientlari
II. Bosim gaz fazada boruvchi reaksion aralashlarmalarga ta’sir etadi.
υ=k•[PA]a•[PB]b
Bosim oshishi bilan reaksiya tezligi oshadi.
Misol: 2CO+O2= 2CO2 sistemasida bosim 3 marta oshirilsa reaksiya necha marta oshadi.
Yechim: υ=k•[CO]2•[O2] υ= 32•3=27 marta oshadi.
III. Maydalanganlik darajasi ham reaksiya tezligini oshishiga yordam beradi. Agar 1massa Zn xlorid kislota bilan reaksiyasida tezlik 1ga teng bo’lsa, Zn ni 100 bo’lakga bo’lib eritilganda reaksiya tezligi 100 ga teng bo’ladi. Modda qanchalik maydalansa, reaksiya tezligi shuncha marta oshadi.
IV. Temperatura ta’siri ni Vant-Goff 1884-yilda o’rgangan. Reaksiyalarda temperatura har 10oC ga oshirilganda reaksiya tezligi 2—4 marta ortadi, bu Vant-Goff qoidasidir.
n= Vt2/Vt1 n=τ1/ τ2
n—reaksiyani marta ortishi. γ— temperatura koeffisiyenti. (γ=2—4)
V. Katalizator ta’siri:
Katalizator --kimyoviy reaksiyalarni tezlashtirib, o’z ta’rkibini saqlab qoluvchi moddalar.
Misol: 2H2O2=2H2O+ O2 reaksiyasi uchun katalizator MnO2, Cu2+ ioni tutuvchi moddalar.
4NH3+5O2=4NO+6HOH uchun Pt, Cr2O3, Fe.
2SO2+O2=2SO3 uchun Fe2O3, Pt, V2O5.
2KClO3=2KCl+ 3O2 uchun MnO2
N2 + 3H2= 2NH3 uchun Pt, Fe.
CO + H2 = CH4 + H2O uchun Ni.
CO + 2H2 = CH3OH uchun CuO/Cr2O3 yoki ZnO.
Ingibitorlar-reaksiya tezligini pasaytiruvchi moddalar hisoblanadi. H2SO3 ni oksidlanib H2SO4 ga aylanishini glitserin sekinlashtirib ingibitorlik qiladi. Oz miqdordagi (0,0001 mas.) H2SO4 eritmasi vodorod peroksidni parchalanishini sekinlashtiradi.
Biologik katalizatorlar –fermentlar bo’lib, oqsil tabiatga ega. Ular biokimyoviy jarayonlarni tezligini o’zgarishiga ta’sir qiladi.
Kimyoviy muvozanat.
Bir vaqtni o’zida qarma—qarshi yo’nalishda boruvchi reaksiyalar qaytar reaksiyalar deyiladi.
2SO2+O2↔2SO3
Vto’g’ri=k1*[SO2]2*[ O2]
Vteskari=k2[SO3]2
Muvozanat konstantasi--o’zgarmas temperaturadagi teskari va to’g’ri reaksiyalari nisbati.
K—muvozanat konstantasi, [SO3], [SO2],[O2] –muvozanat vaqtidagi konsentrasiyalari (mol/l).
Kimyoviy muvozanatga quyidagi omillar ta’sir ko’rsatadi.
--Bosim --Temperatura --Konsentrasiya
Bu omillardan bittasi o’zgarsa, muvozanat siljiydi.
Bosim ta’siri. Sistemaga bosim berilsa, sistemadagi reaksiya bosim kamatirish tomonga boradi.
2SO2+O2 2SO3
3 hajm 2 hajm
N2+3H22NH3
4 hajm 2 hajm
Sistema bosimi kamaytirilsa sistema bosimni oshirishga intiladi.
2SO2+O2 2SO3
3 hajm 2 hajm
N2+3H22NH3
4 hajm 2 hajm
Temperatura ta’siri. Sistemaga temperatura berilsa, sistema temperaturani kamaytirish tomonga siljiydi va aksincha.
Temperatura berilganda N2+O22NO-Q
Temperatura olinganda N2+O2 2NO
Konsentrasiya ta’siri. Muvozanat sistemaning qaysi moddasini konsentrasiyasini oshirsak, osha modda reaksiyaga kirishadi. Konsentrasiyasi oshirilgan modda sistemada kamayishga intiladi.
VII. E R I T M A L A R.
VII.1. Dispers sistemalar.
Kolloid eritmalarni olish.
VII.2. Erigan moddaning massa ulushi
VII.3. Erigan moddaning hajmiy ulushi.
Molyar va normal konsentrasiya. Titr.
Molyar konsentrasiya
a—erigan modda massasi b—erituvchi (suv) massasi M—erigan modda molyar massasi(g/mol)
Titr konsentrasiya
Titr—1 ml eritmada erigan moddaning grammlar soni.
m-erigan modda massasi v-eritma hajmi E- erigan modda ekvivalenti
CN—normal konsentrasiya
CN—normal konsentrasiya E— erigan modda ekvivalenti V—eritma hajmi
m— erigan modda massasi
VII.4. Eruvchanlik
Ayni temperaturada 100 g erituvchida moddaning eriy oladigan grammlar soniga eruvchanlik koeffitsiyenti deyiladi.
Eruvchanlik modda tabiatiga, temperaturaga, bosimga bog’liq.
Qutbli moddalar qutbli erituvchida(suv, spirt) eriydi. Qutbsiz moddalar qutbsiz erituvchida(CCl4, CHCl3, C6H6—benzol, geksan) eriydi.
1M: Suvda tuzlar, kislotalar, asoslar eriydi.
2M: CCl4, CS2 da yod—I2, eriydi.
Temperatura oshirilsa qattiq moddaning eruvchaligi ortadi. Gazlarniki kamayadi. Temperatura pasaytirilsa, gazlaarni eruvchanligi ortadi.
Bosim ortsa, gazlar eruvchaligi ortadi.
Ko’pchilik hollarda erituvchi sifatida suv ishlatiladi. Moddalarning eruvchanlik koeffitsiyentiga qarab 3 guruhga bo’lish mumkin.
1) S>1 g yaxshi eriydi.
2) S=0,001—1 g oz eriydi.
3) S<0,001 g erimaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |