O‘zbekiston respublikasi qishloq xo‘jalik vazirligi


Mahsulotni germetik kameralarda saqlashda gazli muhitning belgilangan tarkibini hosil



Download 11,87 Mb.
bet75/206
Sana16.04.2022
Hajmi11,87 Mb.
#556846
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   206
Bog'liq
2 5345798815255368373

Mahsulotni germetik kameralarda saqlashda gazli muhitning belgilangan tarkibini hosil qilish. Statsionar omborlarning germetik kameralarida gaz muhitini o‘zgartirish uchun ‘assiv usuldan (mahsulotning nafas olishi hisobiga) foydalanilsa, jarayoni tezlashtirish va kamerada CO2 ning optimal darajasiga erishish uchun quruq muz (1 tonna mahsulotga 0,1 kg miqdorda), hamda boshqa absorbentlardan foydalaniladi.
Yuqorida bayon etganimizdek gaz muhitini ‘assiv usulda hosil qilishda ko‘zlangan maqsadga saqlash boshlanganidan ma’lum bir vaqt o‘tgandan so‘ng erishiladi. Bu saqlanayotgan mahsulotga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Ushbu kamchilikni bartaraf etish uchun gaz muhitini yaratishning aktiv usullaridan foydalaniladi va buning uchun maxsus gazogeneratorlardan foydalaniladi.
Boshqariladigan gaz muhitini yaratish uchun uch turdagi jihozlardan foydalaniladi: silikonli gaz almashinuvchi moslama; havodagi kislorodni suyultirilgan ‘ro‘an – butan yoki tabiiy gaz yordamida yoqishga asoslangan gazogeneratorlar; polimer membranalar orqali O2, CO2 va N2 ni diffuziyalanishiga asoslangan gaz ajratish qurilmasi.
Saqlash omborlaridagi germetik kameralarda qo‘llaniladigan silikonli gaz almashinuvchi moslama xuddi polietilen konteynerlardagi singari ishlaydi. Moslamaning o‘lchami kamera sig‘imi, mahsulot turidan va uning nafas olish jadalligidan kelib chiqib tanlanadi.
Moslama quyidagicha ishlaydi (4-rasm). Gazli muhit ventilyatorlar 4,8 yordamida polidimetilsiloksanli polimer membranadan 6 tayyorlangan gaz almashtirgichning engidan 5 o‘tkaziladi. Saqlash kamerasidagi gazning ‘arsial bosimi ta’sirida havodagi azot, karbonad angidrid va mahsulotning nafas olishida hosil bo‘lgan uchuvchi moddalar (UM) ventilyator 7 yordamida membrana orqali tashqi havoga chiqarib yuboriladi va havodagi kislorod esa kameraga kiritilib nafas olishda karbonad angidrid hosil bo‘lishida ishlatiladi. Kamera ichidagi va tarqarisidagi bosim gidravlik zatvor 1 yordamida rostlanadi. Kamera ichida hosil bo‘ladigan gazli muhit ventilyator 3 yordamida aralashtiriladi. 20...25 kundan so‘ng kamerada belgilangan gazli muhit yuzaga keladi. Talab qilingan rejimga erishish uchun zarur bo‘lgan vaqtning ko‘pligi usulning kamchiligi hisoblanadi.
Sig‘imi 300, 700 va 1000 tonna bo‘lgan kameralar uchun kremniy organiq polimerli membranalar asosida ishlaydigan BARS-3, BARS-4 va BARS-5 (muhitni avtomatik boshqarish bloki) qurilmalar ishlab chiqilgan bo‘lib, ularning prinsipial sxemasi 3.35-rasmda keltirilgan.
4-rasm. Diffuzorli gaz almashtirgich bilan jihozlangan germetik kamera:

1 – gidravlik zatvor; 2 – saqlash kamerasi; 3, 4, 7, 8 – ventilyatorlar; 5 – gaz almashtirgichning engi;
6 – membrana

Qurilma kamera mahsulot bilan to‘lik yuklangandan so‘ng ishga tushiriladi. Kamerada gazli muhit aylanishini ventilyator 1 azotli generatorda 2 ketma – ket o‘rnatilgan membranali apparatdan 3 o‘tkazish orqali ta’minlaydi. Saqlash kamerasidan keluvchi gaz muhiti oqimi membranali apparatda ikkiga bo‘ligadi: biri kislorod bilan, ikkinchisi azot bilan to‘yinadi. Kislorod bilan to‘yingan gaz oqimi vakuum nasoslar 4 bilan tashqariga chiqariladi, azotga to‘yingan gaz oqimi ventilyator 1 yordamida saqlash kamerasiga qaytariladi.


Saqlash kamerasida kislorod konsentratsiyasi 4...6 % gacha kamaygandan so‘ng BARS qurilmasi avtomatik o‘chadi va 2...4 sutka mobaynida kameradagi mahsulotning nafas olishi natijasida kislorodning konsentratsiyasi yanada kamayib karbonal angidrid miqdori ortadi. Kamerada karbonad angidrid miqdori ruxsat etilgan chegaraga etganda qurilma avtomatik ishga tushadi va uning ortig‘i ventilyator 5 va gaz almashtirgich 6 yordamida tashqariga chiqariladi, hamda belgilangan tarkibdagi gaz muhiti kameraga qaytariladi. Bunda gazli muhitdagi azot miqdori doimiy bo‘lib qoladi.
BARS qurilmasi belgilangan gazli muhitga 2...4 sutkada erishish imkonini beradi. Ushbu qurilma ekologik jihatdan qulay, chunki uning ishlashi uchun boshqa gazlar, sorbentlar, azot talab etilmaydi, va saqlash kamerasida kislorod va karbonad angidridga bo‘lgan talabni keng miqyosda ta’minlay oladi. Qurilma ishini bir nafar o‘erator boshqaradi va unda belgilangan rejimni nazorat qilishni avtomatik boshqarish 7 va gazni tahlil qilish 8 tizimlari mavjud.

5-rasm. BARS qurilmasining prinsipial sxemasi:

1, 5 – ventilyatorlar; 2 – azotli generator; 3 – membranali apparat; 4 – vakuumli nasoslar; 6 – gaz almashtirgich; 7 – avtomatik boshqarish tizimi; 8 – gazni tahlil qilish tizimi; 9 – saqlash kamerasi



Download 11,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   206




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish