O‘zbekiston respublikasi qishloq xo‘jalik vazirligi



Download 11,87 Mb.
bet71/206
Sana16.04.2022
Hajmi11,87 Mb.
#556846
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   206
Bog'liq
2 5345798815255368373

Havo muhiti boshqariladigan (RGS) sovutgichlarda meva va sabzavot mahsulotlarni saqlashda qo‘llaniladigan jihozlarning o‘ziga xos xususiyati
  • Belgilangan gaz muhiti tarkibini tashkil etish ‘rinsiplari va gaz muhitlarining tavsifi



    Adabiyotlar: 1, 2, 3, 5, 7, 8, 9, 10


    Tayanch iboralar: ‘enopolistiroldan tayyorlangan g‘ovakli plastikli panel., poliuretan izolyasiyasi asosida gofroklangan alyuminiy bilan qo‘langan panellar, Mahsulotni polietilan yo‘inchiqlar ostida saqlash orqali gazli muhitning belgilangan tarkibini hosil qilish, Mahsulotni germetik kameralarda saqlashda gazli muhitning belgilangan tarkibini hosil qilish, Gazogeneratorlar


      1. Havo muhiti boshqariladigan (RGS) sovutgichlarda meva va sabzavot mahsulotlarni saqlashda qo‘llaniladigan jihozlarning o‘ziga xos xususiyati

    Umuman olganda RGS bilan ishlaydigan sovutgichlarning jihozlari odatdagi sovutgichlardan farq qilmaydi, va o‘zida kamerani havo yoki batareyali sovitishli kom’ression qurilmani mujassam etadi.


    Biroq, RGS bilan ishlaydigan sovutgichlarning eng muhim xususiyatlaridan biri kamerada gaz uchun germetik muhitni yaratishdir, chunki ishonchli germetikliksiz gazli muhitning muayyan tarkibini yaratish va saqlab turish mumkin emas.
    Kameralar germetikligini ta’minlash uchun turli usul va materiallardan foydalaniladi.
    Gaz o‘tkazmaydigan materiallarga quyidagi talablar qo‘yiladi: karbonad angidrid va kislorodni o‘tkazmaslik; karroziyaga, mikroorganizmlarga, mexanik shikastlanishlarga bardoshli bo‘lishi; tan narxining arzon bo‘lishi; hid chiqarmaslik; foydalanishda qulay bo‘lishi.
    Germetizatsiyalashning keng tarqalgan usullaridan biri saqlash kamerasini ichidan qalinligi 1,0...1,5 mm li ruxlangan metall list bilan yaxlit kavsharlab qo‘lash hisoblanadi. Bunda list bilan kameraning devorlari, poli va shifti yaxlit qo‘lanadi. Bu holda metall listni korroziyadan asrash uchun uning har ikki tomoniga bitum surtiladi. Ushbu gaz izolyasiyasi ishonchli, lekin qimmat.
    Kamerada gaz izolsiyasi uchun turli materiallardan tayyorlangan panellardan ham foydalaniladi.
    enopolistiroldan tayyorlangan g‘ovakli plastikli panel. panelning tashqi tarafiga sirti karroziyaga bardoshli lak bilan ishlov berilgan, qalinligi 80 mkm bo‘lgan gofrlangan alyumin list issiq ‘resslash yo‘li bilan qo‘lanadi. panellarning birikish joyi montajdan so‘ng gaz o‘tkazmaydigan mastika bilan surtiladi. Xuddi shu vazifa uchun e’oksidli mum va mumli-lateksli emulsiya asosidagi maxsus aralashmadan ham foydalansa bo‘ladi.
    poliuretan izolyasiyasi asosida gofroklangan alyuminiy bilan qo‘langan panellar.So‘nggi yillarda to‘liq gaz o‘tkazmaslikni ta’minlash va kamera devorlari, hamda shiftida kondensatlar hosil bo‘lishini oldini olish maqsadida alyuminiy o‘rniga panellar sirtiga sintetik jelatin surtilgan poliefir plastik qatlami bilan qo‘lanmoqda. Gaz izolyasiya materiallari sifatida e’oksidli elim, gaz o‘tkazmaydigan bo‘yoqlar, kauchukli bitum mastikalardan foydalaniladi.
    Kameraning “devor – shift” va “devor – pol” birikish joylarida gazni izolyasiyalash ishlari alohida e’tibor bilan amalga oshiriladi. Kameraning “devor – pol” birikishida ishonchli gaz izolyasiyasini amalga oshirish uchun butun ‘eremetr bo‘ylab chuqurligi 29 sm li nov hosil qilinadi. Hosil qilingan nov gaz o‘tkazmaydigan qayishqoq asfaltsimon mastika bilan to‘ldiriladi. Barcha birikishlar, tirqishlar va shiftning burchaklari, hamda texnologik va nazorat quvurlarning kirish, chiqish joylari gaz o‘tkazmaydigan mastika va o‘zi yopishuvchi lenta bilan berkitiladi.
    Saqlash kamerasi polining germetikligini ta’minlashga alohida etibor qaratiladi, chunki mahsulotni joylashtirishda polga eng ko‘p Yuklanish tushadi. Bu ish quyidagicha amalga oshiriladi: birinchi beton asosga qalinligi 200 mm li asfalt yotqiziladi, so‘ngra sirti yu’qa alyumin list bilan qo‘langan armaturalangan bitum yotqiziladi. Listlarning birikish joylariga mastika surtilib ustidan
    yopishqoq lenta yopishtiriladi. Alyumin listlarni mexanik shikastlardan asrash maqsadida unga kigizli qatlam to‘shaladi, uning ustidan esa qalinligi 80 mm li armaturalangan beton plita yotqiziladi. Kameraga mahsulotni Yuklash va tushirishda devorlarni shikastlamaslik uchun kamera ‘erimetriga beton bo‘rtiqlar o‘rnatiladi.
    Kameradagi eshik va eshik ‘erimetrini germetiklash ular uchun rezina bilan qo‘lanadi. Eshik yopilganda rezinalar vintli yoki richagli moslamalar yordamida bir biriga birikadi.
    Amera eshigini ochmasdan mahsulotni vizual nazorat qilish uchun eshikda kuzatish oynasi tashkil etiladi. RGSli sovutish kameralarida bir tomonga surib ochiladigan eshik konstruksiyasi keng qo‘llaniladi.
    RGSli sovutish kameralarining ishonchli germetikligi bir necha usullar bilan tekshiriladi:

    • sovutish mashinasini o‘chirgan holda kameraga nasos yordamida ortiqcha bosim hosil qilinadi, va 20...30 minut davomida hosil qilingan bosimning o‘zgarishi kuzatiladi;

    • kamerada CO2 konsentratsiyasi 5% gacha etkaziladi va har kuni kameradagi gaz muhiti tekshirib borilib karbonad angidrid gazi miqdorining kamayishi kuzatiladi (bunda gaz konsentratsiyasi miqdorining kamayishi kuniga 0,15% dan oshmasligi lozim; )

    • kameraning tashqi birikish joylari sovunli eritma bilan namlanadi, gazning sirqib chiqish joylarida ‘ufakchalar paydo bo‘ladi;

    • kamera ichida tutunli bosim hosil qilinadi va tashqi tomondan chiqadigan tutun yoki uning hidi orqali sirqib chiqish joylari aniqlanadi;

    • kameraga past bosimda oz miqdorda freon gazi kiritiladi va gazning sirqib chiqish joylari maxsus indikator – galoidli lam’a yordamida aniqlanadi.

    Kamera germetikligini aniqlash bo‘yicha ko‘rsatib o‘tilgan usullardan eng oxirgisi eng sezilarlisi hisoblanadi, chunki bu usulda kamerada mavjud bo‘lgan ahamiyatsiz defektlarni ham aniqlash mumkin.
    RGSda meva va sabzavotlarni saqlash uchun mo‘ljallangan germetik kameralar tez sovutilganda tashqi va ichki bosim o‘rtasida katta farq yuzaga keladi, hamda bu holat kamera germetikligiga shikast etkazishi mumkin. Bunday holatni yuz berishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun tashqi va ichki bosimlarni rostlash uchun kameraga suvli kla’an o‘rnatiladi.


      1. Belgilangan gaz muhiti tarkibini tashkil etish ‘rinsiplari va gaz muhitlarining tavsifi

    Meva va sabzavotlarni saqlashda quyidagi uch guruhdagi gaz muhitidan foydalaniladi:



    • normal, qachon O2 va CO2 konsentratsiya miqdori xuddi oddiy havodagi singari 21 % ga teng bo‘lib, lekin gazlarning nisbati CO2 hisobiga o‘zgartirilgan bo‘ladi, ya’ni CO2 – 5...10 %, O2 11...16 %, qolganini azot tashkil etadi;

    • subnormal, qachon O2 va CO2 konsentratsiya miqdori 21 % dan kam bo‘lib, gazlar nisbati har bir mahsulot turi, navi va etishtirish joyiga qarab aniqlanadi;

    • tarkibidan CO2 butunlay bartaraf etilgan va O2 miqdori kamaytirilgan (2...3 % gacha) gazli muhit. Bunday turdagi gazli muhit o‘zida asosan azot va meva va sabzavotlarni normal nafas olishi uchun minimal miqdorda O2 ni tashkil etadi.

    Meva va sabzavotlarni saqlash uchun gazli muhit yaratishda ikki usuldan foydalaniladi:

    • ‘assiv – gazli muhit yaratishda yo‘iq hududda meva va sabzavotlarning nafas olish jarayonidan foydalanish;

    • aktiv – yo‘iq hududga joylashtirilgan meva va sabzavotlarni saqlash uchun belgilangan tarkibdagi gazni maxsus agregat va moslamalar yordamida kiritish.

    ‘assiv usulda gaz muhitining kerakli tarkibi 15...30 kunda, saqlashga joylashtirilgandan so‘ng meva va sabzavotlarning nafas olish jadalligidan kelib chiqib hosil bo‘ladi. Aktiv usulda esa zarur gaz muhitiga tez va qisqa muddatda erishish mumkin, lekin bunda maxsus uskunalardan foydalaniladi.

    Download 11,87 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   206




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling

    kiriting | ro'yxatdan o'tish
        Bosh sahifa
    юртда тантана
    Боғда битган
    Бугун юртда
    Эшитганлар жилманглар
    Эшитмадим деманглар
    битган бодомлар
    Yangiariq tumani
    qitish marakazi
    Raqamli texnologiyalar
    ilishida muhokamadan
    tasdiqqa tavsiya
    tavsiya etilgan
    iqtisodiyot kafedrasi
    steiermarkischen landesregierung
    asarlaringizni yuboring
    o'zingizning asarlaringizni
    Iltimos faqat
    faqat o'zingizning
    steierm rkischen
    landesregierung fachabteilung
    rkischen landesregierung
    hamshira loyihasi
    loyihasi mavsum
    faolyatining oqibatlari
    asosiy adabiyotlar
    fakulteti ahborot
    ahborot havfsizligi
    havfsizligi kafedrasi
    fanidan bo’yicha
    fakulteti iqtisodiyot
    boshqaruv fakulteti
    chiqarishda boshqaruv
    ishlab chiqarishda
    iqtisodiyot fakultet
    multiservis tarmoqlari
    fanidan asosiy
    Uzbek fanidan
    mavzulari potok
    asosidagi multiservis
    'aliyyil a'ziym
    billahil 'aliyyil
    illaa billahil
    quvvata illaa
    falah' deganida
    Kompyuter savodxonligi
    bo’yicha mustaqil
    'alal falah'
    Hayya 'alal
    'alas soloh
    Hayya 'alas
    mavsum boyicha


    yuklab olish