O‘zbekiston respublikasi qishloq xo‘jalik vazirligi


rasm. Sut tashish uchun mo‘ljallangan flyaga sxemasi



Download 11,87 Mb.
bet67/206
Sana16.04.2022
Hajmi11,87 Mb.
#556846
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   206
Bog'liq
2 5345798815255368373

rasm. Sut tashish uchun mo‘ljallangan flyaga sxemasi:

1 – korpus; 2 – tub; 3 – tayanch gardish; 4


– og‘iz; 5 – qopqoq; 6 – dastak; 7 – qopqoq va dastakni tutib turuvchi gardish (FA tipidagi flyaga uchun); 8 – orqa kronshteyn; 9 – zatvor; 10 – oldi kronshteyn; 11 – qisqich.
mustahkamligi bo‘yicha po‘latdan qolishmaydi.
Flyaga tubi va og‘zi sharsimonssilindrsimon korpusli, og‘zi qo‘qoq bilan yo‘iladigan idish hisoblanadi (2-rasm).
Flyaganing qo‘qog‘i og‘izga qiygizilgan tutib turuvchi gardishga sharnir yordamida biriktirilgan. Oziq-ovqat rezinasidan tayyorlangan prokladka qo‘qoqdagi doira shaklidagi ariqchaga joylashtiriladi va flyaganing zarur germetikligini ta’minlaydi. Flyagani ko‘chirishda xizmat qiluvchi dastaklar og‘izga kiydirilgan maxsus manjetlarga ‘ayvadlangan. Flyaga tubiga o‘rnatilgan gardish uni foydalanishda mexanik shikastlanishlardan saqlash bilan tik turishini ta’minlaydi.
Flyagalar zanglamaydigan po‘lat, alyuminiy yoki qalaylab oqartirilgan maxsus po‘lat listdan tayyorlanadi. Alyuminiydan tayyorlangan FA-38 va po‘latdan tayyorlangan FL-38 flyagalar bir xil sig‘imga 36 dm3, o‘lchamga ichki diametri 340 mm, balandligi
580 mm ega bo‘lishiga qaramasdan, boshqa ko‘rsatkichlariga ko‘ra farqlanadi: tegishlicha og‘zining diametri 170 va 220 mm; qalinligi 1,25 va 3,0 mm; massasi 8,5 va 11 kg. Alyumindan tayyorlangan flyaga arzon, gigiena talablariga javob beradigan va engil bo‘lib,

Baklar sutni qabul qilish va qayta ishlashdan oldin vaqtincha yigpish uchun xizmat qiladi. Ular turli sig‘imli qilib, oziq-ovqatga mo‘ljallangan alyuminiy, zanglamaydigan yoki 01, 02 markali qalay bilan oqartirilgan po‘latdan tayyorlanadi.
To‘g‘ri burchakli baklarning og‘zi olinuvchi qopqoq bilan mahkamlanadi. Sutni to‘kib olish uchun gaykali shtutser mavjud bo‘lib unga oraliq kran biriktirilgan. Bakning tubi sutni to‘kib olishga qulay bo‘lishi uchun kranga nisbatan 1,5...3,0° qiyalatilgan, burchaklari esa qayirilgan. Bakni o‘zini tayanch oyoqlar ushlab turadi.
Vakuumlashtirilgan sut sisternasi silindrsimon korpus, ikki nafar sharsimon tubli seksiya, qo‘qoq va to‘kib olish kranidan iborat.
Qopqoq atrofida sisternani germetik yopishda xizmat qiladigan rezina prokladka uchun ariqcha mavjud.
Sisterna alyuminiy qotishmasidan ko‘chma yoki statsionar holda 0,6 m3 sig‘imli qilib tayyorlanadi.
Sutni qabul qilish va saqlash uchun mo‘ljallangan termos – rezervuarlar (tanklar) ikki turda tayyorlanadi: gorizontal va vertikal (4.1-rasm).

Termos – rezervuarlar silindrsimon idish bo‘lib, ularning korpusi alyumin listdan, kojuxi esa po‘lat listdan tayyorlanadi. Ular orasidagi bo‘shliq issiqlik izolyasiya vazifasini o‘tovchi fenolformaldegidli plastik bilan to‘ldiriladi.
Rezervuarning yuqori qismida kuzatish oynasi, yoritgich, yuqish qurilmasi, yuqori sath datchigi va havo kla’ani joylashtirilgan. Kuzatish oynasi va yoritgich rezervuarning ichki bo‘shlig‘ini kuzatib borish uchun mo‘ljallangan.
Yuvish qurilmasi ikki nafar quvurdan yarim oy shaklida yasalgan bo‘lib, yuvish eritmasini ‘urkovchi tirqishlari mavjud. Quruv tirqishlaridan yuvish eritmasi purkalganda hosil bo‘ladigan reaktiv kuch ta’sirida yuvish qurilmasi aylanadi va rezervuarning ichki sirtini to‘liq qamrab olish imkoniyati yaratiladi.
Sath datchigi rezervuarning ishchi hajmini to‘lganligi to‘g‘risida signal bersa, havo kla’ani rezervuarni sut bilan to‘ldirish yoki bo‘shatishda havoni chiqib ketishi va kirishi uchun xizmat qiladi.ma’lumotni
Lyuk, termometr, namunalar olish uchun jo‘mrak, sut sathini nazorat qiluvchi asbob va rezervuarning ustki qismiga chiquvchi norvon o‘rta qismda joylashtirilgan.
Aralashtirish qurilmasi, pastki sath datchigi va tayanch oyoqlar rezervuarning pastki qismida joylashtirilgan.
Aralashtirish qurilmasi markazdan qochma nasos, ejektor, kranlar va ularni birlashtiruvchi quvurlardan tashkil to‘gan. Termos – rezervuar pastda joylashtirilgan ‘atrubka orqali to‘ldiriladi, xuddi shu ‘atrubka sutni to‘kib olish uchun ham xizmat qiladi.

      1. rasm. Sut uchun termos – rezervuarlar:

a – gorizontal; b – vertikal:
1 – elektrodvigatel; 2 – reduktor; 3 –silindrsimon rezervuar;
4 – yoritgich; 5 – kojux; 6 – sutni quyish uchun shtutser; 7 – aralashtirgich; 8 – sut sathini ko‘rsatish asbobi; 9 – yuvish qurilmasi; 10 – issiqlik izolyasiyasi; 11 – tayanch oyoqlar; 12 – namunalar olish uchun jo‘mrak; 13 – sutni to‘kib olish uchun shtutser; 14 – termometr; 15 – kuzatish oynasi; 16 – elektr simlari; 17 – lyuk

Rezervuarning sut bilan to‘lishi yoki bo‘shashi yorug‘lik yoki ovozli signal bilan ma’lum qilinadi.


Saqlanadigan sut harorati termometr yordamida nazorat qilinadi, tahlillar uchun namunalar esa maxsus kran orqali olinadi.
Gorizontal termos – rezervuarlar 10 va 20 m3 sig‘imli qilib tayyorlanadi. Sut saqlanadigan idishning o‘zi yon tomonlari sharsimon shaklda yasalganssilindr ko‘rinishida bo‘lib, alyumin listdan tayyorlanadi. Idish tashqi tomondan issiqlik izolyasiyasi 10 bilan qo‘langan va metal himoya kojuxiga joylashtirilgan. Yon tomonida lyuk 17 mavjud bo‘lib, uning qo‘qog‘iga elektrodvigatel 1 bilan ta’minlangan aralashtirgich 7 o‘rnatilgan. Bundan tashqari rezervuarda sath ko‘rsatkich 8, kuzatish oynasi 15, termometr 14, kran bilan ta’minlangan to‘kib olish quvuri, yoritgich 4, sut sathi bo‘yicha ma’lumotni signal tarzida beruvchi moslama, yuvish qurilmasi 9 mavjud. Rezervuar to‘qib olish kraniga qiyalikni 2° ga ta’minlovchi rostlanuvchi tayanch oyoqlarga o‘rnatilgan.
Vertikal termos – rezervuarlarning sig‘imi 2 va 6 m3 bo‘ladi. Idish ikki tomoni sharsimon shakldagi silindr ko‘rinishida, alyumin listdan tayyorlanib, yuqori tomoni qavariq, pastkisi esa botiq ko‘rinishda bo‘ladi. Rezervuar tashqi tomondan izolyasion material 10 bilan o‘ralgan va listli po‘latdan tayyorlangan kojux bilan himoyalangan. Vertikal rezervuardagi jihozlar gorizontal rezervuar singari joylashtirilgan.
Vertikal termos – rezervuarlar gorizontallarga nisbatan bino balandligidan unumli foydalanadi va tezroq bo‘shaydi.
Gorizontal termos – rezervuarlar esa vertikalga nisbatan tayanch sirtka kamroq kuchlanish beradi. Bundan tashqari gorizontal rezervuarlarni ishlab chiqarishsexining foydali maydonini iqtisod qilish maqsadida devor ichiga joylashtirsa ham bo‘ladi. Bunday holatda bino ichida faqatgina rezervuarning sutni qabul qilish va to‘kib oluvchi ‘atrubkalari, lyuk va nazorat asboblari o‘rnatilgan old qismi joylashadi. Qolgan qism bino tashqarisida bo‘lib uning ustiga quyosh nuri va yog‘ingarchilikdan himoya qilish maqsadida bostirma o‘rnatiladi.
Yirik sutni qayta ishlash korxonalarida sig‘imi 25, 50 va 100 m3 bo‘lgan G6-OGM-25, V2- OXR-50 va V2-OXR-100 markali sutni saqlash idishlaridan foydalaniladi. Odatda V2-OXR-50 va V2-OXR-100 markali idishlar binodan tashqarida o‘rnatiladi.
Bunday idishlarda sutni tashqi muhit va sutning harorati turlicha bo‘lgan muhitda 24 soat davomida saqlashda ham sutning haroratida 2°S dan ortiq o‘zgarish kuzatilmaydi.


    1. Maxsus maqsadli rezervuarlar

Maxsus maqsadli rezervuarlarga sutning sifat ko‘rsatkichini o‘zgartirish va turli sut mahsulotlari olish uchun mo‘ljallangan issiqlik almashinuvchi apparatli sig‘imlar kiradi.
Bunday apparatlar guruhi quyidagilardan iborat: sutni sovutishga mo‘ljallangan rezervuarlar, uzoq pasterizatsiyalash uchun mo‘ljallangan vannalar, universal rezervuarlar, qaymoq va bijg‘itilgan sut mahsulotlari tayyorlash uchun mo‘ljallangan rezervuarlar, hamda asosiy ishchi organi idish – sig‘im hisoblangan boshqa texnologik uskunalar.
Maxsus maqsadli rezervuarlar konstruktiv tuzilishiga ko‘ra xuddi umumiy maqsadli rezervuarlar singani gorizontal yoki vertikal bo‘ladi.

Download 11,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   206




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish