O‘zbekiston respublikasi qishloq xo‘jalik vazirligi



Download 11,87 Mb.
bet66/206
Sana16.04.2022
Hajmi11,87 Mb.
#556846
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   206
Bog'liq
2 5345798815255368373

Tayanch iboralar: Flyagalar, termos – rezervuar, Termos, Gorizontal termos, Vertikal termos, Universal rezervuarlar


    1. Sutni saqlash uchun mo‘ljallangan umumiy va maxsus maqsadli rezervuarlar

Sutni dastlabki ishlash va saqlash sutchilik fermasining o‘zida amalga oshirilib, u erda sog‘ilgan sutning miqdori hisobga olinib, mexanik aralashmalardan tozalash uchun filtrlanadi, so‘ngra sutning bakteritsid fazasini uzaytirish maqsadida sovutiladi. Sutda bakteriyalarning rivojlanishini to‘xtatib turuvchi modda – laktenin mavjud bo‘lib, u yuqori haroratga ta’sirchan bo‘lganligi uchun sut sog‘ib olinganidan so‘ng sovutilishi lozim. Sutni bakteritsid fazasining davomiyligi uning haroratiga bog‘liq: 37°S da – 2, 10°C da – 24, 0°C – 48 soatni tashkil etadi. Ko‘pgina mikroorganizmlarning rivojlanishi sutni 10°C past haroratda sovutishda keskin sekinlashadi, va 2...4°C esa to‘liq to‘xtaydi, shuning uchun belgilangan haroratda sutni sovutish va saqlash jarayoniga katta ahamiyat qaratiladi.
Sogpish fermalarida sutni sovutish uchun muz yoki maxsus sovutish qurilmalaridan foydalaniladi. Muzdan foydalanishda sutli flyagalar oqar suv va muz bilan to‘ldirilgan hovuzga joylashtiriladi (1 m2 – 4 ta flyaga). Sutli flyagalarni hovuzga joylash va olish qulayligi uchun hovuzning yuqori qirg‘oqlari poldan 30...40 sm chiqib turishi kerak. Hovuzdagi suv sathi flyagadagi sut sathidan baland bo‘lishi kerak.
Maxsus sovutish rezervuarlar – vannalar – yirik sut sogpish fermalarida foydalaniladi. Odatda ular oralig‘ida sovutish agenti aylanadigan ikki devorli qilib yasaladi va aralashtirgich bilan jihozlanadi.
Sut sig‘imi 36...40 litrli flyagalarda yoki sutssisternalarida barcha turdagi transport vositalarida, tez buziladigan mahsulotlarni tashish qoidalariga rioya qilgan holda tashiladi.
Sogpish fermasining joylashishi qayta ishlash korxonasidan uzoq bo‘lmasa sutni tashishda quvurlar tizimidan foydalanish mumkin. Bu usuldan Evro‘a mamlakatlarida keng qo‘llaniladi. Bu usuldan birinchi marotaba 1961 yili Gollandiyada foydalanilgan bo‘lib, unda sut uzunligi 1600 metr bo‘lgan quvur orqali qayta ishlash korxonasiga jo‘natilgan.


REZERVUARLARNING TASNIFI

Sutni saqlashda foydalaniladigan rezervuarlar bir necha belgilariga ko‘ra tavsiflanadi.
Qo‘llanilishiga ko‘ra rezervuarlar tashish va saqlash uchun foydalanish mumkin. O‘z navbatida sutni tashishda foydalaniladigan rezervuarlar harakatlanuvchi – bular aravalar (suriladigan yoki o‘zi harakatlanadigan) vassisternalarga (avtomobil yoki temir yo‘l) va statsionar – sutni tashish uchun quvurlar (o‘zi oqar, bosim yoki vakuum hosil qilinadigan) va transportyorlarga ajratiladi.
Sutni saqlash uchun mo‘ljallangan rezervuarlar sutni qabul qilish, qisqa yoki davomli saqlash uchun mo‘ljallangan bo‘lib, umumiy va maxsus maqsadli flyaga va rezervuarlarga ajratiladi


    1. Sutni tashish uskunalari

Sutni qayta ishlash korxonalarida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning yuqori sifatini ta’minlash bo‘yicha amalga oshiriladigan kompleks chora-tadbirlar majmuida sutni qayta ishlash uchastkasiga olib borish jarayoni muhim o‘rin tutadi.
Suriladigan va o‘zi harakatlanadigan aravalar, qisqa quvurlar tarmog‘i, turli transportyorlar va boshqa sodda mexanizatsiya vositalaridan sut va uni qayta ishlash mahsulotlarini ishlab
chiqarishsexlari hududida foydalaniladi. Sutni sogpish fermalaridan qayta ishlash korxonalariga tashishda flyaga, avtomobilssisternalari va quvurlardan foydalaniladi. Temir yo‘l sisternalaridan katta hajmdagi sutni tashishda foydalaniladi.
Flyagalarda faqatgina ko‘p bo‘lmagan miqdordagi sutni tashish tavsiya qilinadi, chunki tashishning bunday usulidan foydalanish yuklash – tushirish ishlarida ko‘p mehnat sarflanishi va sutni yo‘qotishlar bilan bog‘liqdir. Bundan tashqari bunday tashish sharoitlari sanitar – gigienik talablarga javob bermaydi. Sut tashish uchun mo‘ljallangan flyaganing sig‘imi 36...40 litr bo‘lib albatda maxkam yo‘iladigan qo‘qog‘i bo‘lishi shart. Qo‘qoq va flyaga orasida halqasimon rezina ‘rokladka mavjud bo‘lib, u sutni tashishda oqib ketishdan asraydi.
Agarda tashiladigan sutning miqdori 1000 litrdan ko‘p bo‘lsa unda tashish uchun avtotsisternadan foydalanish maqsadga muvofiq, chunki bu mehnat samaradorligini 2 barobar oshirish bilan birgalikda transport xarajatlarini 30...35% ga kamaytiradi.
Sutni tashish uchun turli tuman o‘lchamli avtotsisternalar mavjud bo‘lib, umuman olganda ularning tuzilishi juda ko‘p umumiyliklarga ega (1-rasm).
Avtosisterna sharsimon tubli elli’tik shakldagi bir yoki bir necha seksiyadan iborat bo‘ladi. Seksiyalar tashqi tomondan issiqlik izolyasiyalovchi material, yog‘och jild va ‘ergament bilan qo‘lanib, uning ustidan yu’qa listli uglerodli (karbonli) po‘latdan tayyorlangan himoyalovchi kojux o‘rnatiladi. Yog‘och jild issiqlik izolyasiyalovchi materialni (penoplast yoki boshqa) mexanik shikastlanishdan, kojux esa namdan himoya qiladi. Seksiyalarga qo‘langan izolyasion material tufaydi tashilayotgan sut qizishdan yoki muzlashdan saqlanadi. Seksiyalarni tayyorlashda oksidlanishga chidamli va sut kislotalari ta’sirida zaharli tuzlar hosil qilmaydigan oziq-ovqatlar uchun mo‘ljallangan alyumin listdan yoki boshqa konstruksion materialdan (zanglamaydigan po‘lat, ‘lasmassa yoki boshqa) foydalaniladi.
Sisternaning avtomobil shassisi bilan biriktiriladigan joyi bir biriga biriktirilgan yog‘och bruslar bilan ta’minlangan.
Halqasimon rezina ‘rokladkali germetik yo‘iluvchi lyuk ssisterna ishchi seksiyasini yuvish va ko‘zdan kechirish uchun xizmat qiladi. Lyuk og‘zining ichki sirtida ishchi seksiyaga to‘ldiriladigan sut sathini aniqlash uchun aylanma belgi qo‘yiladi. Sutni to‘ldirish va to‘kib olish uchun har bir seksiyaga bittadan kla’an o‘rnatiladi.
Seksiyalar dvigatel kollektori yoki nasos yordamida hosil qilinadigan vakuum hisobiga to‘ldiriladi. To‘ldirishda sutning ko‘piklanishi yuz bermaydi, chunki sut seksiyaga kla’anga biriktirilgan quvur orqali quyiladi, to‘kib olish esa oqizish orqali yoki nasos yordamida amalga oshiriladi.
Seksiyadagi sut sathini avtomatik nazorat qilish uchun ko‘pchilik avtotsisternalar elektrik signal berish tizimi bilan jihozlangan. Seksiyani sutga to‘lishida ‘o‘kakli mexanizm elektr zanjirini birlashtirib ovozli signalni chaldiradi.


1-rasm. Sut tashish uchun mo‘ljallangan avtotsisterna sxemasi:

1 – avtomobil dvigateli; 2 – kran; 3 – sutni orqaga qaytishini himoyalovchi kla’an; 4 – sut ko‘pigi tutib qoluvchi moslama; 5 – saqlagichli kla’an; 6 – vakuummetr; 7 – quyish quvuri; 8 – rezervuar krani; 9 – tovush signali; 10 – sut tashiladigan seksiya; 11 – issiqlik izolyasiyasi; 12 – havo kla’ani; 13 – lyuk; 14 – ‘o‘kakli mexanzm; 15 – sutni bo‘shatib olish quvuri; 16 – seksiya ostidagi kla’an;

Avtosisternani yuvish bu undan foydalanishning asosiy muammolaridan biridir. Kichik sig‘imli avtosisternalar sut korxonasining tashqi quvurlari yordamida yuviladi. Sig‘imi 10 m3 bo‘lgan avtosisternalarning har bir seksiyasida sharsimon shakldagi, ish vaqtida aylanuvchi va o‘erator xizmatisiz sifatli yuvishni ta’minlovchi samarali yuvish moslamasi bilan jihozlangan.


Sutni sogpish fermasidan qayta ishlash korxonasiga tashishda foydalaniladigan quvurlar boshqa transport vositalari oldida bir qancha ustunliklarga ega, va bu ustunliklar ferma qayta ishlash korxonsidan uncha uzoq bo‘lmaganda yaqqol nomoyon bo‘ladi.
Sutni tashishda qo‘llaniladigan quvurlar quyidagi afzalliklarga ega: foydalanishda yuqori ishonchlilik koeffitsientiga egaligi; foydalanishda sodda va qulayligi; yo‘lsizlikda foydalanish imkoniyatining yuqoriligi; sutni tashish vaqtining qisqaligi.
Sutni o‘z oqimi bo‘yicha oqizib tashish tog‘li hududlarda o‘ta iqtisodiy ahamiyatga ega. Sutni tashish uchun bunday quvurlar tizimi odatda diametri 16, 20 yoki 25 mm polietilen quvurlardan tashkil etiladi. O‘tish mumkin bo‘lgan joylarda quvurlar erga 40...70 sm chuqurlikda yotqiziladi, dara, qiyaliklar, suvli to‘siqlarda oraliq ustunlarga biriktiriladi yoki tarang tortilgan simga ilinadi. Bunday usulda tashilayotgan sutning oqim tezligi o‘tkazilgan quvurning qiyalik burchagiga bog‘liq. Tashilayotgan sut oqimi tezligi yuqori bo‘lganda tezlik sun’iy ravishda hosil qilingan buramalar yoki halqalar yordamida so‘ndiriladi.
Bosim yordamida sut tashiladigan quvuralar tizimi past tekisliklarda tashkil etilib, ulardan yillar davomida foydalanish mumkin.
Bunday quvurlar tizimi er ostida ikki parallel yotqizilgan quvurlardan tashkil to‘gan bo‘lib biridan sut harakatlansa ikkinchisidan siqilgan havo yuboriladi. Quvurlartizimi tarkibi quyidagi jihozlardan tarkib to‘gan: termos – rezervuar, nasos, yuborilgan sut miqdorini qayod etuvchi hisoblagich, tarozi va qabul qilish rezervuari. Siqilgan havo kompressor yordamida hosil qilinib, havo yuboriladigan quvur havoni sovutish tizimi, filtr, moy ajratgich bilan ta’minlanadi.
Er ostida yotqizilgan bosim ostida ishlaydigan sut tashish quvuri quyidagicha ishlaydi. Sut quvurlarga markazdan qochma nasoslar yordamida hisoblagich orqali haydaladi. Quvurdagi sutni bo‘shatib olish uchun unga g‘ovakli oziq-ovqat rezinasidan tayyorlangan tiqin joylashtiriladi. So‘ngra kranni ochish orqali kompressordan quvurga siqilgan havo beriladi va u tiqinni surib sutni quvur bo‘ylab qayta ishlash korxonasi tomon harakatga keltiradi.
Quvurlarni yuvishda ularda harakatlanadigan suyuqlikning tezligi 2 m/sek.dan oshmasligi kerak. Odatda yuvush ikki bosqichda amalga oshiriladi. Birinchi navbatda sutni qayta ishlash korxonasi tomon quvur bo‘ylab yuvuvchi eritma yuboriladi, so‘ngra quvurga rezina tiqin joylashtirib siqilgan havo yordamida harakatga keltiriladi. Foydalanib bo‘lingan yuvish eritmasi kanalizatsiyaga to‘kiladi. Bundan so‘ng quvurga toza iliq suv quyiladi va u ya’ni rezina tiqin va siqilgan havo yordamida harakatga keltirilib kanalizatsiyaga to‘kib tashlanadi.
Sutni qayta ishlash korxonasidagi turli texnologik uskunalarni bir biri bilan bog‘lovchi quvurlar magistrali bosim ostida harakatlanuvchi sut quvurlarining bir turi hisoblanib ulardan masofasi va ko‘p miqdordagi mavjud burilishlar, ko‘tarilishlar, tushishlar va kranlar bilan farq qiladi.
Bularda ham sut nasoslar yordamida hosil qilinadigan bosim yordamida tashiladi.
Uzoq masofali sut tashish quvurlari odatda polietilen quvurlardan tayyorlanib, ulat metall quvurlar oldida quyidagi afzalliklarga ega: sovuqga chidamli; –30 dan –60°C gacha egiluvchanligini saqlab qoladi; unda tashiladigan suyuqlik metalga nisbatan 3...4 marotaba sekin muzlaydi; unda tashilgan suyuqlikning muzlab qolishi oqibatida buzilmaydi, aksincha o‘zining elastiklik xususiyatiga ko‘ra diametrini o‘zgartiradi.
Sutni tashishda qo‘llaniladigan quvurlar diametri 15...50 mm holda sanoat tomonidan ishlab chiqarilib, maxsus g‘altakga o‘ralgan holda etkaziladi. G‘altakdagi quvurlarning uzunligi 250 metrgacha bo‘lib yotqiziladigan magistralni minimal sondagi ulashlar va to‘liq mexanizatsiyalash
bilan amalga oshirish imkonini beradi. polietilen quvurlar bir biriga kontakt (payvadlash) usuli yoki biriktiruvchi qismlar bilan ulanadi.
Yuk oqimi yuqori bo‘lmagan kichik va o‘rta quvvatli sutni qayta ishlash korxonalarida xom ashyo, yarim tayyor va tayyor mahsulotlarni ko‘chirishda turli xildagi transportyorlardan (rolikli, zanjirli va bosh.) foydalaniladi.


    1. Umumiy maqsadli rezervuarlar

Umumiy maqsadli rezervuarlarga flyagalar, qabul qiluvchi baklar va sutni saqlovchi sig‘imlar
kiradi.





Download 11,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   206




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish