O‘zbekiston respublikasi qishloq xo‘jalik vazirligi



Download 11,87 Mb.
bet63/206
Sana16.04.2022
Hajmi11,87 Mb.
#556846
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   206
Bog'liq
2 5345798815255368373

2-

asm.

ompres

orlarn

ng tavsi

Porshenli

O’ chiziqli

Markazdan qochma

Bir rotorli

Ikki rotorli

Dumalovchi rotorli

Rotorli – porshenli

Plastinali

Spiralli
r fi.

Chunonchi kompressor sezilarli darajada sovutish mashinasining samaradorligini belgilaydi.
Ishlash prinsipiga ko‘ra kompressorlar ikki sinfga ajratiladi (2-rasm): hajmli ‘rinsi’da ishlovchi kompressorlar (hajmli kompressorlar) va dinamik ‘rinsi’da ishlovchi kompressorlar (dinamik kompressorlar).
Bundan tashqari kompressorlar turbokompressorlarga (markazdan qochma), ‘orshenli, membranali, rotatsion (‘lastinali va dumalovchi rotorli) va vintlilarga ajratiladi.
Kondensatorlar. Konstruktiv belgilariga ko‘ra kondensatorlar qobiq quvurli, elementli, suv bilan sovitiluvchi, bug‘latgichli bo‘ladi.



3-rasm. Kondensatorlar:

a – ammiak elementli: 1, 4, 5 – kollektorlar; 2 – quvurli elementlar;
3 – quvurlar; 6 – shtutser; b – freonli qobiq quvurli: 1 – choksiz quvur; 2 – quvurli panjara; 3
– to‘siq; 4 – qurg‘alar

        1. rasmda ko‘p qo‘llaniladigan kondensatorlarning sxemasi keltirilagan. Ammiak elementli kondensator (4.17-rasm, a) bir necha bir xil elementlardan 2 tashkil to‘gan bo‘lib, o‘zida soni ko‘p bo‘lmagan quvurlardan 3 iborat qobiq quvurli kondensatorni namoyon etadi.

Suv kollektor 1 orqali barcha quvurli elementga 2 kirib, so‘ngra boshqa kollektordan 5 chiqadi. Ammiak kollektordan 4 kirib teskari yo‘nalishda quvurlar 3 bo‘ylab harakatlanadi, kondensatsiyalanadi va shtutser 6 orqali chiqarib yuboriladi.
Freonli gorizontal qobiq quvurli kondensator (4.17-rasm, b) katta diametrli choqsiz quvur ko‘rinishida bo‘lib, quvur so‘ngida qovurg‘a ko‘rinishidagi silliq po‘latdan tayyorlangan quvurli panjara ‘ayvandlangan. Kondensator oqar suvning bir necha aylanishi hosil bo‘lishi uchun cho‘yan qo‘qoqli to‘siq bilan berkitilgan.
Bug‘latgich – sovitilayotgan muhitdan issiqlik qabul qilish hisobiga qaynovchi sovitish agentlari uchun mo‘ljallangan issiqlik almashinish apparatidir. 4.18-rasmda bug‘latgich sxemasi keltirilgan.
Sovitiluvchi muhitga ko‘ra bug‘latkichlar quyidagi turlarga bo‘linadi: suyuq sovuqlik tashuvchilarni – suv, namakob yoki boshqa muzlamaydigan suyuqliklarni sovitish uchun mo‘ljallangan bug‘latkichlar va kamera havosini bevosita sovitish uchun batareyalar (havo erkin harakatlanuvchi) hamda havo sovitkichlar (havo majburiy harakatlanuvchi).
Sovitish agenti bilan to‘ldirilish darajasiga ko‘ra bug‘latkichlar quyidagi turlarga bo‘linadi: sovitish agentining ma’lum bir sathi ushlab turiluvchi “cho‘ktirilgan bug‘latkichlar” va bu sath mavjud bo‘lmagan “cho‘ktirilmagan” yoki “quruq” bug‘latkichlar.
Bug‘latkichdagi sovitish agenti sovitiluvchi muhitdan issiqlikni issiqlik almashinish yuzasi orqali qabul qiladi.
Sovuqlik tashuvchini to‘ldirilishiga ko‘ra ochiq va yo‘iq turdagi bug‘latkichlar mavjud.
Ochiq turdagi bug‘latkichlarda namakob havo bilan tutashadi, kontaktda bo‘ladi. Ochiq turdagi bug‘latkichdan namakob nasos bilan so‘rilib, bosim ostida kamera batareyalariga (yoki havo sovitkichlarga) uzatiladi, ulardan yana bug‘latkichlarga keladi. Bu turdagi bug‘latkichlarga panelli apparatlar misol bo‘ladi.
Yo‘iq turdagi bug‘latkichlarda sovuqlik tashuvchi havo bilan tutashmaydi, kontaktda bo‘lmaydi. Suyuqlik bug‘latkichga nasos yordamida uzatiladi. Bug‘latkichlardan sovitilgan suyuqlik kameralardagi sovitish jihozlariga boradi. Bu turdagi bug‘latkichlarga qobiq quvurli, qobiq-zmeevikli va zmeevikli apparatlar kiradi.
Qobiq quvurli yo‘iq turdagi bug‘latgich: sovutiladigan suyuqlik unda nasos yordamida hosil qilinadigan bosim ostida o‘tadi. Qobiq quvurli bug‘latgichlarning boshqa apparatlar bilan taqqoslagandagi ustunligi:

  • sovuqlik tashuvchini yo‘iq tizimda aylanishi uskunani korroziyaga ta’sirini kamaytiradi;

  • ixchamligi;

  • nisbatan yuqori issiqlik samaradorligi.

“Cho‘ktirilgan” turdagi qobiq quvurli bug‘latgichlarning kamchiliklariga quyidagilar kiradi: aylanish to‘xtab qolgan taqdirda sovuqlik tashuvchining muzlab qolish xavfi, bu holat quvurlarning yorilishiga olib keladi.
Ochiq turdagi bug‘latkichlarda namakob havo bilan tutashadi, kontaktda bo‘ladi. Ochiq turdagi bug‘latkichdan namakob nasos bilan so‘rilib, bosim ostida kamera batareyalariga (yoki havo sovitkichlarga) uzatiladi, ulardan yana bug‘latkichlarga keladi. Bu turdagi bug‘latkichlarga panelli apparatlar misol bo‘ladi.

        1. rasmda sovutish agenti quvur ichida qaynovchi qobiq quvurli bug‘latgich sxemasi keltirilgan. Ushbu tu’dagi bug‘latgichlarda sovutish agenti quvur ichida qaynaydi, sovuqlik tashuvchi

esa quvurlar oralig‘idagi muhitda harakatlanadi. Kojuxda to‘siqlar joylashtirilgan bo‘lib, bu sovuqlik tashuvchini quvurlar o‘ramini ko‘ndalang qamrab olish tezligini oshiradi.
Sovutish agenti quvur ichida qaynovchi bug‘latgichlar past haroratli sovuqlik tashuvchiga, uning muzlab qolishi va qurlarni ishdan chiqarishidan cho‘chimasdan erishish imkonini beradi. Bunday apparatlar suvni 1...2°S gacha sovutishda foydalaniladigan agregatlarda qo‘llaniladi.
4-rasm. Sovutish agenti quvur ichida qaynovchi qobiq quvurli bug‘latgich sxemasi:

1 – sovutish agentini kiritish uchun ‘atrubka; 2 – qo‘qoq; 3 – tuzli suvni chiqarish ‘atrubkasi; 4 – to‘siq; 5 – qaynatish quvurlari; 6 – ‘roduvka ventili; 7 – tuzli suvni kiritish ‘atrubkasi; 8 – quvurli panjara; 9 – tuzli suv uchun ventil; 10 – sovutish agentini kiritish chiqarish ‘atrubkalari

Vertikal – quvurli seksiyali bug‘latgich ammiakli sharoitlarda foydalaniladi. U quyidagi tarkibdan iborat: tuzli suv uchun bak va unga o‘rnatilgan ikki yoki bir necha seksiyali bug‘latgichlar. Bug‘latgich seksiyalarining har biri vertikal qisqa quvurlardan tashkil to‘gan. Bug‘latgich seksiyalari suyuq ammiakni uzatish, bug‘ va moyni so‘rib olish uchun mo‘ljallangan kollektorlar bilan biriktirilgan. Suyuq ammiak rostlovchi stansiyadan bug‘latgichning tarqatuvchi kollektoriga kelib tushadi, undan esa seksiyaga. Kollektorlar orasida vertikal joylashgan stoyalar orqali ammiak pastki kollektorni to‘ldiradi va deyarli to‘liq uchi qayrilgan vertikal quvurlarni ham to‘ldiradi. Sovutish kamerasi batareyasidagi isigan tuzli suv bakga kelib tushadi, va u erda parrakli aralashtirgich yordamida bug‘latish seksiyasi bo‘ylab haydaladi.


Tuzli suv o‘z issiqligini seksiya quvurlarining sovuq sirtiga berib sovuydi va nasos yordamida sovutish kamerasi batareyasiga qaytarib yuboriladi.
Bug‘latgichdagi ammiakning qaynashi natijasida hosil bo‘lgan bug‘ yuqori gorizontal kollektorlar va suyuqlikni ajratuvchi orqali kompressorga so‘rib olinadi.
Oziq-ovqat mahsulotlarini sovutish uchun bevosita sovutishli, tuzli suvli, havoli yoki kombinatsiyalangan batareyalar qo‘llaniladi.
Oziq-ovqat mahsulotlari saqlanadigan kameradagi havoni sovutish uchun “quruq”, “ho‘l” va aralash havo sovutgichlardan foydalaniladi.
Ventilyatorli majburiy havo aylantirishga o‘tilganida bug‘latkichning unumdorligi keskin ortadi. Havo tezligining ortishi bilan, havo va bug‘latkich quvurlari o‘rtasidagi issiqlik almashinuvi ham ortadi va apparat havo batareyasiga nisbatan kom’akt bo‘ladi.
Jadal havo sovitishni amalga oshiruvchi bunday bug‘latkichlar havo sovitkichlar deb ataladi.
    1. past haroratni konservalovchi ta’siri.

Go‘sht va go‘sht mahsulotlarini buzilishini oldini olishda yoki uni sekinlashtirishda past haroratda sovuqlik bilan ishlov berish eng mukammal usullardan biri hisoblanadi. Sovuqlik bilan ishlov berilganda go‘sht va go‘sht mahsulotlaridagi barcha boshlang‘ich tabiiy xususiyatlari to‘la saqlanib qoladi. Mahsulotni sovuqda saqlashda go‘shtni ta’m ko‘rsatkichlari va oziqaviy qiymati minimal o‘zgarishgacha ta’minlanadi. Sovuqlik bilan ishlov berishda mikroorganizmlarni hayot faoliyati to‘xtatadi, o‘zini fermentlari havo kislorodi, issiqlik, yorug‘lik ta’siri ostida bo‘ladigan kimyoviy va biokimyoviy jarayonlarni sekinlashtiradi.
Sanoat amaliyotida go‘sht va submahsulotlariga sovuqlik ishlov berishning quyidagi usullari qo‘llaniladi:

  • to‘qima suyuqligini muzlash nuqtasi 1-40S haroratdan yuqori bo‘lsa, sovutish va sovutilgan go‘shtni saqlash;

  • to‘qima suyuqligini muzlash nuqtasi 1-20C haroratda past bo‘lgan;

  • biroz muzlatish va biroz muzlatilgan go‘shtni saqlash;

  • to‘qima suyuqligini muzlash nuqtasi aytarli darajada past bo‘lsa, bunday go‘shtni muzlatilgan va muzlatilgan go‘shtni saqlash deyiladi.

Sovutilgan go‘shtda uning boshlang‘ich tabiiy xususiyatlari to‘la saqlanib qoladi, sifati jihatidan biroz muzlatilgan va to‘la muzlatilgan go‘shtlardan ustun turadi.
So‘yilgan sog‘lom hayvonot muskullarida ma’lum darajada mikroorganizmlar bo‘ladi. Go‘sht va go‘sht mahsulot va submahsulotlar mikroblarni (mog‘or, drojji) rivojlanishi uchun yaxshi oziqaviy muhit hisoblanadi.
Go‘shtlarni to‘qima suyuqligini muzlash nuqtasigacha sovitishda mikroorganizmmlar hayot faoliyatini sekinlashtiradi, hamda mikrofloralar guruhiga sifatini o‘zgarishlar kiritadi. Termofil va mezofillar 2-5%gacha kamayadi. Muzlatishda suv moddasi kristallarga aylanishi mikroorganizmlaarni hayot faoliyatini to‘xtatadi. ‘sixrofil bakteriyalar 50C past haroratda, ‘sixrofil drojjilar 100Cda ko‘payish xususiyatini yo‘qotadi. -180C va undan past haroratda muzlatilgan go‘sht mikroorganizmlarni rivojlanishi natijasida buzilmaydi. Harorat -100C bo‘lganda ‘sixrofil mikroorganizmlari bo‘lmaydi. Biroq ayrim mikroorganizmlar manfiy haroratlarda ham rivojlanishi mumkin. Masalan, Achromobacter va ‘seudomanas -3÷-50C haroratlarda ham rivojlanadi.
Buzilishning turli qo‘zg‘atuvchilari, mog‘or gribkisi, drojjilar -100C haroratda o‘zini hayot faoliyatini tugatadi. past haroratga mog‘orlar chidamli hisoblanib, ular go‘shtni ustki qismida shilimshiq hosil qiladi. Ulardan ayrimlari -9 va -120C haroratda ham rivojlanadi.
Go‘sht va submahsulotlarini muzlatishda to‘qima suyuqligi muzga aylanadi. Go‘shtni tarkibidagi suvni to‘la muzga aylanishi -55÷-650Cda yuz beradi. Yetarli darajada past bo‘lmagan harorat sharoitida muzlatilgan go‘shtda mikroorganizmlarni hayot faoliyatini rivojlantirishi uchun yaxshi muhit yaratiladi. Muzlatishda mikroorganizmlarni tugatilishida undagi suv moddalarini muzlashi va moddalar almashinuvi buzilishi va hujayra strukturasini shikastlanishi bilan bog‘liq. Mikroblar hujayrasini maksimal shikastlanish darajasi -60Cdan -120C haroratda sekin muzlatishda belgilanadi. Tez muzlatishda esa 10% atrofida hujayralar tirik holda qoladi.


    1. Go‘shtni sovitish va uni sovitilgan holda saqlash

Sovuqlik ishov berish havo va suyuqlik muhitida olib borilishi mumkin. Suyuqlik sovitish muhitida go‘sht va submahsulotlari suvda eruvchan oqssillarining bir qismini yo‘qotadi va rangsizlanadi.
Ko‘p vaqtdan buyon go‘shtlarni sovitilgan holda realizatsiya qilish ulushi ortib bormoqda.
Maxsus sovitish kameralarida tana va yarim tanani sovitishda ular bir-biri bilan tegmagan holda bo‘lishi mumkin. Osma yo‘lni bir ‘ogonometrida 2-3 ta mol yoki 3-4 ta cho‘chqa yarim tanasi joylashadi.
Yangi so‘yilgan hayvonot go‘shtini sovitish jarayoni bir yoki ikki bosqichli, sekin yoki tez usullardan tashkil to‘gan. Sekin sovitish bir qator kamchiliklarga ega. Bu usulda sovitilgan tanani ustki qismi keragidan ortiq quritilgan qalin qobiq bilan yo‘iladi va massa yo‘qotiladi. Havoni namligi ta’sirida bo‘kish holati kuzatiladi, bu esa go‘shtni chidamliligini pasaytirib, mikrorganizmlarni rivojlanishi uchun sharoit yaratadi va sovitilgan go‘shtni saqlashga chidamliligini pasaytiradi.
Go‘shtni tez sovitish usuli bir qator ustunliklarga ega: yaxshi ko‘rinishni (jumladan, rangi) ta’minlaydi, yaxshi ko‘rish qobig‘ini hosil qiladi, go‘sht massasini tez kamayishini va saqlashda chidamliligini oshiradi. Unda tanani ustki qismida qurish qobig‘i katta bo‘lmaydi, kislorod yutishini ta’minlaydi, bu esa qizil go‘sht rangini uzoq muddat ichida stabil ushlaydi. Bu usulda (2 stadiyali) jarayon davomiyligi kamayadi va sovitish kamerasini aylanmasi tezlashadi.
So‘yilgandan so‘ng tanani sovitish tezligi go‘shtdan ajralayotgan sharbat miqdoriga ta’sir qiladi. Tez sovitish sharbatni yo‘qqotishni kamaytirishini ta’minlaydi. Tez sivitilgan tanadan olingan bo‘laklarda sekin sovitilganga qaraganda sharatni ajralishi sekin boradi.
Bir stadiyali usulda (sekin) sovitish kamerasida go‘shtni muskullari ichida 40C haroratni ta’minlaydi. Bunda kamera ichida harorat -1÷-20C va nisbiy namlik 90-92% ushlab turiladi. Jarayonni tezlashtrish katta bo‘lmagan havo tsirkulyatsiyasi 0,5-1 m/s va harorati 30C haroratgacha sovitish evaziga erishiladi.
Go‘shtni sovitishning 2 stadiyali usulining birinchi stadiyasida intensiv -4÷-120C haroratda 6- 10 soat davomida go‘shtni ustki qismida harorat -10Cga yetguncha sovitiladi. Bu vaqtda go‘shtdagi harorat 10-200C tashkil etadi. Ikkinchi stadiyasi esa go‘shtni saqlash kamerasida -1 dan -1,50C haroratda amalga oshiriladi. Bu yerda go‘sht yarim tanansini butun hajmi ichki qismlari bo‘yicha 40C gacha sovitiladi.
Submahsulotlarni sovitish alohida kameralarda amalga oshiriladi. Submahsulotlar tog‘oralarga yoki ‘rotivnilarga bir qator qilib solinadi va ularni stellajlarga joylashtiriladi.
Sovitishda go‘shtda fizikaviy, kimyoviy va biokimyoviy o‘zgarishlar yuz beradi. Go‘shtdagi fizikaviy o‘zgarishlarga konsistentsiya, rang va massasini o‘zgarishlarini olish mumkin. Go‘shtni konsistentsiya o‘zgarishi uni qotishi va yetilish jarayonlarini boshlanishi bilan bog‘liq. Go‘shtni ustki qismini rangi to‘qimtir rangga kirishi, uning qurishi rang beruvchi moddalarning kontsentratsiyasini oshishi va qon Nv va muskul Mv ni MetNv va MetNv ga o‘tishi natijasida ro‘y beradi. Qoramtir rang olishi birinchi navbatda yetilmagan yarim tanalarda qonni to‘’lanishi biilan izohlanadi.
Soviitishda go‘sht massasini yo‘qqotilishi tanani ustki qismida yog‘ qatlam bo‘lmaganligi natijasida ro‘y beradi. Bu qo‘yotishlarni qisqartirish maqsadida o‘ta to‘yingan havoni qo‘llash tavsiya etilgan. Biroq bu usul ijobiy natijalar bermadi.
Go‘shtni sovitishda kimyoviy o‘zgarishlar asosan Mv va Nv ni havo kislorodi ta’sirida oksidlanishi natijasida bo‘ladi.
Sovitilgan go‘shtlar sovitish kameralarida 00Cdan -20Cgacha haroratda va 85% nisbiy namlikda saqlanadi. Bunday sharoitlarda sovitilgan mol go‘shti 10-16 kun; cho‘chqa va qo‘y go‘shti 7-14 kun, submahsulotlar 3 kungacha saqlanadi.
Go‘shtni sovitilgan holda saqlash vaqtida fizikaviy, kimyoviy, biokimyoviy, gistologik va mikrobiologik o‘zgarishlar sodir bo‘ladi. Go‘shtning konsistentsiyasini ta’mini va hidini yaxshilanishi ro‘y beradi.
Saqlash jarayonida go‘shtdagi qurish holati hayvonotni turiga, yetilganligiga va saqlash davomiyligiga bog‘liq. Sovitilgan go‘shtni saqlashda xonani barcha joylarida optimal haroratni va havoni nisbiy namligini har doim bir xilda ushlab turish darkor. Sovitilgan va muzlatilgan go‘shtni saqlashda uning ustki qismida ‘sixrometrik bug‘lanish qonuniga asosan ro‘y beradi.
Go‘shtning turiga, yetilganlik kategoriyasiga va saqlash sharoitlariga qarab qurish darajasi o‘zgarib boradi. Mol va qo‘y go‘shti,ni 3 kun saqlaganda 0,7-0,9%, cho‘chqa go‘shti 0,5-0,8% va submahsulotlar 0,7-1,1%gacha quriydi.
Mikroorganizmlar faoliyati 00C haroratga yaqin haroratda sekinlashadi, lekin tugatilmaydi. Shuning uchun ma’lum bir muddat ichida va har qanday sharoitda go‘shtni saqlaganda u buzilishi mumkin. Go‘sht va submahsulotlarni 0C atrofida yoki undan yuqori haroratda saqlaganda mikrobiologik jarayonlar davom etadi va go‘shtni sifatiga yoki buzilishiga olib keladi.
Go‘shtni sovitilgan holda saqlashda uning mikroflorasi ayrim vaqtgacha miqdor va sifat jihatidan o‘zgarmayydi. Bunga uning ustida hosil bo‘lgan qurish qobig‘i va go‘shtning pH muhitini nordon tomonga kamayishi sabab bo‘ladi. Sovitilgan go‘sht va submahsulotlarda saqlashda hal qiluvchi rolni harorat va nisbiy namlik o‘ynaydi. Sovitilgan mahsulotlarni past haroratda va yuqori nisbiy namlikda saqlash talab etiladi (1-jadval).
1-jadval

Saqlash harorati, 0C

2

15

10

5

0

Go‘shtni saqlash, kun

2

3

5

8

15

Sovitilgan go‘shtlarga talab yuqori bo‘lganligi, hamda xom ashyo rayonlarini markazdan uzoqda joylashganligi sababli go‘shtni sifatini buzmagan holda ularni saqlash muddatini uzaytirish vazifasi turadi. Bu masalani go‘shtni kombiniatsiyalashgan sovitish usuli, ya’ni mikrofloralarga ta’sir etuvchi ishlov berishni talab etadi.
Bunday usullarga uglekisliy gaz, antibiotik, ulg‘trabinafsha nurlar, azon, havo muhitini gazsimon azot bilan almashtirish kiradi.

Download 11,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   206




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish