Tayanch iboralar: Uglekisliy gazni qo‘llash, Ultrabinafsha nurlarini qo‘llash, Ozonni qo‘llash, Gazsimon azot muhitida go‘shtlarni transportirovka qilish va saqlash, Go‘sht va submahsulotlarni muzlatib saqlash va ularni muzdan tushirish
Go‘sht – sut mahsulotlarini saqlash uchun sovutish qurilmalari
Sovutish deb – materiallar haroratini ulardagi issiqlikni chiqarib yuborish bilan (sovutish, bir oz muzlatish va muzlatish) pasaytirish jarayoniga aytiladi.
Ushbu turdagi texnologik jarayonlarni ma’lum bir mahsulot turiga nisbatan qo‘llash aniq harorat rejimi va maqsadiga ega. Masalan go‘shtni sovutish – demak uning haroratini 4°C gacha etkazish, bir oz muzlatish – haroratni –2°C ga va muzlatish esa –20°C tushirish demakdir.
Oziq-ovqat texnologiyasida gaz, bug‘ va suyuqlikni sovutish uchun suv va havodan foydalaniladi. Agarda mahsulotni past haroratlargacha sovutish talab etilsa bunda past haroratli sovutish agentlaridan – tuzli eritmalar, freonlar, ammiak, oltingugurt dioksidi, suyuq azot va boshqalardan foydalaniladi.
Suv yordamida sovutish issiqlik almashinuvchi moslamalar orqali amalga oshiriladi, bunda issiqlik tashuvchilar devor bilan ajratilgan bo‘ladi yoki harorat almashinish ularni aralashtirish bilan (masalan gazlar ularga suv ‘urkash bilan sovutiladi) amalga oshiriladi.
Muz yordamida sovutish usulidan ba’zi bir mahsulotlarni sovutishda (masalan muzqaymoq), ya’ni haroratni nolga yaqin tushirishda foydalaniladi.
O‘z haroratini mahsulotga bergan muz 0°S gacha qiziydi va eriydi, natijada mahsulotni sovutadi.
Havo bilan sovutish tabiiy yoki sun’iy usulda amalga oshiriladi. Tabiiy sovutishda mahsulot atrof muhitdagi havo haroratining sarflanishi hisobiga sovuydi; bu usul qish vaqtida ko‘proq samaralidir.
Havo yordamida sun’iy sovutish suvni gradirnyalarda (issiq suvni sovutadigan minorasimon qurilma) sovutish uchun qo‘llanilishi mumkin. Bunda sovutilishi lozim bo‘lgan suv yuqoridan pastga, sovituvchi havo esa unga qarshi pastdan yuqoriga yo‘naltiriladi.
Issiqlik almashinuvchi (sovituvchi) jihoz sifatida kondensatorlar, bug‘latgichlar, saqlagichlar, sovutish batareyalari, sovutish shkaflari, kameralari va boshqalardan foydalaniladi.
Go‘sht – sut mahsulotlarini saqlash uchun sovutish qurilmalarining tasnifi
Sovutish qurilmalarini qo‘llanilish vazifasiga ko‘ra ikki guruhga ajratishimiz mumkin: universal va maxsus.
Universal sovutish qurilmalari mahsulotni sovuqlik bilan ishlov berish bilan birgalikda ularni saqlash vazifasini ham bajaradi (sovutish shkaflari va kameralari).
Maxsus sovutish qurilmalari faqatgina mahsulotni sovutish uchun (havo yordamida tez muzlatish apparatlari, plitali muzlatish apparatlari, kriogen muzlatish agregatlari va boshqalar) mo‘ljallangan.
Sovutish usuliga ko‘ra sovutish qurilmalarini uch sinfga ajratishimiz mumkin: sovutish agenti yordamida sovituvchi; suyuqlik yordamida sovituvchi; havo yordamida sovituvchi.
Shu bilan birgalikda mahsulot bilan sovituvchi muhit o‘rtasida oraliq issiqlik o‘tkazuvchi mavjudligiga bog‘liq holda yuqorida bayon etilgan har bir sinfni kencha sinflarga ajratishimiz mumkin: kontaktli va kontaksiz sovutish (muzlatish).
Sovutish qurilmalarini sovutish usuliga ko‘ra ajratishda ularning sovuqlik bilan ishlov berishdagi issiqlik – fizikaviy, texnologik va texnik jihatlari inobatga olinadi va bu jihatlar qurilmani universal yoki maxsus qurilma sifatida konstruksiyalashda qo‘l keladi.
SOVUTISH QURILMALARI
Agrosanoat kompleksining qayta ishlash tarmog‘ida ammiakli va freonli sovutish mashinali bug‘li kom’ression qurilmalar keng tarqalgan bo‘lib, ular o‘lchami bo‘yicha kichik va foydalanishga qulaydir.
Do'stlaringiz bilan baham: |