piyoz va sarimsoqni saqlash
Sabzavotlardan piyoz va sarimsoq alohida o‘rinni egallaydi. Ularning tarkibida uglevodlar, mineral tuzlar, C vitamini va turli xil efir moddalar mavjud.
piyozni saqlash xususiyatlaridan biri uning yuqori havo namligiga chidamsizligidir. Havoning namligi 75% dan yuqori bo‘lganda piyozning tinim davri buziladi va piyoz o‘sa boshlaydi. Bundan tashqari piyozda chirish kasalligi avj oladi. Bu kasallikning oldini olishning muhim tadbiri uni quritishdir. Quritilgan piyoz omborlarda yaxshi saqlanadi. O‘zbekiston sharoitida yigpishtirilgan piyoz dalada bir necha kun yoyib qo‘yib quritiladi. Quritish uchun piyozlar tozalangan joyga 30-40 sm qalinlikda joylanadi. Quritish 15-20 kun davom etadi. Bunda har 2-3 kunda ular ohista ag‘dariladi. Ag‘darish vaqtida piyoz io‘stini to‘kmaslikka harakat qilish lozim.
Sabzavot mahsulotlari ichida piyoz havo haroratining past bo‘lishiga juda bardosh beruvchi mahsulot hisoblanadi. piyozni havo harorati -3°C bo‘lganda ham saqlash mumkin.
piyozning yana bir xususiyati shundan iboratki, u yaxlab qolganda ham tovarlik va unuvchanlik xususiyatlarini yo‘qotmaydi. Yaxlab qolgan piyozlar asta-sekinlik bilan tevarak muhit haroratiga ko‘nikkuncha tutib turiladi. Havo haroratining birdaniga o‘zgarishi uning sifatining buzilishiga olib keladi. Ko‘pincha bunday piyozlarda turli xil mikroorganizmlar tez rivojlanadi.
Saqlash mobaynida piyozning o‘sib ketishi, ya’ni ko‘rtakdan yangi piyozbosh hosil bo‘lishiyoki gul’oya chiqishi piyozboshning saqlanish haroratiga bog‘liq. piyozbosh’ast haroratda (- 10°C) saqlansa, piyozdagi ko‘rtaklardan gul navdalar hosil bo‘ladi. Bu haroratdan yuqori (18-20°C) yoki aksincha, past (0°C dan past) haroratda saqlanganda ko‘rtak o‘sib ketadi. piyozning ana shubiologik xususiyati uni saqlashda hisobga olinadi. piyozbosh shu sababli yuqori (18-20°C dan ortiq) haroratda yoki aksincha, past (0°C dan past) haroratda saqlanadi. Bunday haroratda piyoz o‘sib ketmaydi. Urug‘lik uchun mo‘ljallangan piyozboshni 2 dan 10°C gacha haroratda saqlash tavsiya etiladi. piyozni saqlashda havoning namligi 70-75% bo‘lishi kerak. Lekin havo namligi sovitiladigan omborlarda 80-90% bo‘lishi mumkin. Bunda piyozning terlashiga yo‘l qo‘ymaslik lozim.
Sovitilmaydigan sabzavot omborlarida saqlash davrida (oktyabrdan-aprelgacha) vazni kamayishidan 7-10% gacha, shuningdek, chirish va haddan tashqari o‘sib ketishida saqlash tartibiga va saqlash oldidan piyozlar holatiga qarab 3-4% dan 20% gacha nobud bo‘ladi. Bundan tashqari, quruq qobiq xolidagi chiqindilar 0,05-5% gacha chiqishi mumkin. piyoz va sarimsoqning tabiiy kamayish me’yorlari jadvalda keltirilgan.
Saqlashda piyoz va sarimsoqning tabiiy kamayish me’yorlari
Oylar
|
piyoz
|
Sarimsoq
|
Oylar
|
piyoz
|
Sarimsoq
|
Sentyabr Oktyabr Noyabr Dekabr Yanvar Fevral
|
2,0
1,5
1,3
0,7
0,7
0,7
|
3,5
2,1
1.5
1,1
1,1
1,2
|
Mart Aprel May Iyun Iyo‘l
Avgust
|
1,5
1,9
2,4
-
-
3,0
|
2,0
2,4
-
-
-
-
|
Vaqtinchalik omborlarda kartoshka saqlash. O‘rta Osiyoda etishtirilgan kartoshkaning asosiy qismi o‘ra va handaqlarda, qisman esa uyumlab burtlarda saqlanadi. Saqlashning bu usullari juda arzon, kam xarajat bo‘lishi bilan birga, bir qator kamchiliklarga ega. Jumladan, havo harorati,
namligi hamda saqlanadigan kartoshkani muntazam nazorat qilib bo‘lmaydi. Natijada ko‘pgina kartoshka chirib nobud bo‘ladi.
Kartoshkani qo‘lda yoki eksqavator yordamida qazilgan eni 2 m, chuqurligi 0,6 m o‘lchamli handaqlarda saqlash mumkin. Handaqning o‘rtasidan havo almashinishi uchun 30x30 sm ko‘ndalang ariqcha qilinib, unga panjara qo‘yiladi. Har 5 m da esa quvurlar o‘rnatiladi.
Kartoshkani eni 0,6-0,7 m, chuqurligi 0,7-0,8 m, uzunligi ixtiyoriy bo‘lgan o‘ra qazib ham saqlash mumkin. Bunda har 3-4 oralatib yerdan uvatlar qoldiriladi. Handaq va o‘ralar MTZ-5 traktoriga tirkalgan E-153 markali eksqavator yordamida qaziladi. O‘ra va handaqlarga kartoshka ertalab joylangani ma’qul, chunki kartoshka kechasi ancha sovigan bo‘ladi. Kartoshka joylangandan so‘ng usti 30-35 sm qalinlikda ikki muddatda bajariladi: dastlab kuzda 10-25 sm qalinlikda tuproq tortiladi; sovuq tushishi oldidan esa uni 30-35 sm ga yetkazildi.
Nazorat savollari
Sabzavotlarni saqlashga mo‘ljallangan zamonaviy omborlar turlarini sanab bering
Ildizmevalarni saqlashning o‘ziga xos xususiyatlari qaysilar?
piyozni saqlashning innovatsion texnologiyalari qaysilar?
19-mavzu: Go'sht mahsulotlarini saqlash omborlari Reja:
Go‘sht – sut mahsulotlarini saqlash uchun sovutish qurilmalari
Go‘sht – sut mahsulotlarini saqlash uchun sovutish qurilmalarining tasnifi
past haroratni konservalovchi ta’siri
Go‘shtni sovitish va uni sovitilgan holda saqlash
Sovitilgan go‘shtni saqlash muddatini uzaytirish usullari.
Adabiyotlar: 1, 2, 3, 5, 6, 8, 10, 12
Do'stlaringiz bilan baham: |