O‘zbekiston respublikasi qishloq xo‘jalik vazirligi



Download 11,87 Mb.
bet76/206
Sana16.04.2022
Hajmi11,87 Mb.
#556846
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   206
Bog'liq
2 5345798815255368373

Gazogeneratorlar. Saqlash omborlarining germetik kameralarda boshqariladigan gaz tarkibini yaratishda URGS-2B maxsus gazogeneratorlaridan keng qo‘llaniladi va uning ishchi prinsipial sxemasi 6-rasmda keltirilgan.
Gazogeneratorning ishi ‘ro‘an yoki boshqa yonuvchi gazlarni havo bilan aralashtirib yoqishga asoslangan. ‘ro‘an maxsus katalizatorlar ishtirokida olovsiz yoqiladi. Bunday holda havodagi kislorod asosan yonish jarayonida sarf bo‘ladi va N2CO2, oz miqdorda O2 va suv bug‘laridan iborat aralashma hosil bo‘ladi. Hosil bo‘lgan aralashma maxsus qurilmada keraksiz aralashmalardan tozalanib, ortiqcha CO2 xolos qilinib sovutiladi. Natijada kerakli tarkibdagi gazli muhitga ega bo‘linadi va u saqlash kamerasiga yuboriladi.
URGS-2B gazogenerator qurilmasi GNS-2B generatoridan va AO-2B tozalash apparatidan (skrubber) iborat. URGS-2B gazogenerator qurilmasidan yaxlit, generator yoki tozalash apparatidan alohida foydalanish mumkin. Generatordan zarurat bo‘lganda kislorod konsentratsiyasini pasaytirish, karbonad angidrid konsentratsiyasi oshirishda, tozalash apparatidan (skrubber) esa teskari jarayonda, ya’ni karbonad angidrid konsentratsiya oshib ketganda uni pasaytirish va kislorod konsentratsiyasi pasayganda uni oshirishda foydalaniladi.

6-rasm. Gazogeneratorli qurilma:

1 – ventilyator; 2 – gaz grelkasi; 3 – yonish kamerasi; 4 – suvli sovutgich; 5 – kran; 6 – skrubber; 7 – saqlash kamerasi; 8 – kondensat to‘‘lagich;
9 – gazli ballonlar; 10 – kla’an; 11 – gaz uzatishni rostlagich; I – suvni uzatish; II – suvni chiqarish
GNS-2B generatorining gazli muhit bo‘yicha ish unumdorligi – 60...120 m2/soat, va u quyidagi gaz muhiti tarkibini ta’minlay oladi(%): kislorod – 0,4...08, karbonad angidrid – 11,2...13,8, azot –qolgan miqdorni. Yoqilgi sarfi va boshqalar: tabiiy gaz – 6,7...13,4 m3/soat, suyultirilgan gaz – 2,4...4,8 m3/soat, suv sarfi, gradirnyadan foydalanib – 0,3...0,6, gradirnyasiz – 1,5...3,0 m3/soat.
AO-2B tozalash apparatining gazli muhit bo‘yicha ish unumdorligi – 60...190 m3/soat, gaz muhitining apparatdan chiqishdagi tarkibi: kislorod – 0,4...0,3 %, karbonad angidrid – yo‘q, qolganlari azot.
Skrubberlar konstruksiyasi va yutuvchi moddasiga ko‘ra farqlanadi, va ulardan eng ko‘p foydalaniladiganlari ish jarayonida adsorbentni (kaliy karbonad, faollashtirilgan ko‘mir va etanolamin) regeneratsiyalash imkoniga ega bo‘lganlaridir.
Rossiyaning “GAZTO‘” ilmiy ishlab chiqarish korxonasi tomonidan gaz muhitini boshqarish uchun URGS-120GT qurilmasi ishlab chiqilgan bo‘lib, u saqlash kamerasi havosidagi karbonad angidrid gazi miqdorini kamaytiruvchi generator, va mahsulotni saqlash davrida CO2 miqdorini boshqaruvchi tozalash apparatidan iboratdir.
Generatorda boshqariladigan gaz muhitini hosil qilish tabiiy yoki suyultirilgan gazni yoqishga asoslangan bo‘lsa, gaz muhitini ortiqcha CO2 dan tozalash faollashtirilgan ko‘mir yordamida amalga oshiriladi.
Bir nafar URGS-120GT qurilmasi 2000 tonnagacha mevani va 1300 tonnagacha sabzavotni saqlash uchun etarli bo‘lgan gazli muhitni hosil qila oladi. Gazli muhit bo‘yicha ish unumdorligi – 120...135 m3/soat, CO2 miqdori 3% bo‘lganda adsorbsiyalanish unumdorligi – 11,9 kg/soatni tashkil etadi. Qurilma quyidagi gazli muhitni ta’minlay oladi: O2 – 0,4...0,8 %, CO2 – 0,13 %, qolgani azot.
Boshqariladigan gaz muhitli sovutish kameralari muhitdagi gaz tarkibini, hamda harorat va namlikni doimiy nazorat qiluvchi asboblar bilan jihozlangan bo‘lishi lozim.
Sig‘imi unchalik katta bo‘lmagan sovutish kameralarida boshqariladigan gazli muhit mahsus qurilmalar yordamida emas, balki ishlab chiqarish yo‘li bilan olingan, tayyor gaz aralashmasini kiritish bilan hosil qilinadi.
Sanoat tomonidan po‘lat ballonlarda siqilgan holda tayyorlangan CO2, O2 va N2 bo‘sh ballonda zarur bo‘lgan ‘ro‘orsiyalarda aralashtirib so‘ngra mahsulot saqlanayotgan sovutish kamerasiga kiritiladi.
Boshqariladigan gaz muhitidan foydalanishning istiqbolli usullaridan biri mahsulot saqlanayotgan kameraga siqilgan texnik azotni kiritishdir hisoblanib, u asta – sekin havoni siqib chiqaradi va O2 konsentratsiyasini kerakli darajaga tushiradi. Boshqariladigan gaz muhitini hosil qilishda rangsiz, hidsiz va inson uchun xavfsiz bo‘lgan suyuq azotdan foydalanish texnologiyasi ishlab chiqilgan. Bu maqsadlar uchun suyuq azotdan foydalanishning samaradorligi shundagi azotning qaynash harorati –195,8 °S bo‘lib undan yuqori haroratlarda u bug‘lanadi va hajmi 700 baravarga ortadi. Ba’zi hollarda suyuq azotdan bir vaqtning o‘zida saqlash kamerasidagi haroratni sovutish va belgilangan gaz muhitini hosil qilishda uchun foydalaniladi. Shunday qilib sovutilmaydigan saqlash kameralarda suyuq azotdan foydalanib zarur gaz muhitini va optimal haroratni hosil qilish mumkin bo‘ladi.
Meva va sabzavotlarni uzoq masafaga tashishda ham suyuq azotdan keng foydalaniladi. Buning uchun ishonchli izolyasiyalangan avtomashina kuzovi yoki temir yo‘l vagoniga suyuq azot solingan sig‘im o‘rnatiladi, va ma’lum vaqt oralig‘ida mahsulot yuklangan sig‘imning yuqori qismidan maxsus tirqish orqali kiritilgan mis quvur yordamida suyuq azot ‘urkaladi. Bug‘lanish oqibatiga hajmi kengaygan azot butun muhitni egallaydi va mahsulotni sovutadi.
Sovutilayotgan hajmdagi harorat xavfli chegaragacha tushishini oldini olish uchun, ‘urkaladigan suyuq azot miqdori magnitli ventir yordamida myorlanadi. Gazga aylangan azot avtomashina kuzovi yoki temir yo‘l vagonidagi atmosfera havosi tarkibidagi kislorod miqdorini kamaytirib gazli muhitning optimal tarkibini hosil qiladi. Bunday sovutgichli refrijeratorlarda optimal haroratdan 1,5°C dan ko‘p bo‘lmagan farq bilan belgilangan haroratni ta’minlash mumkin.
7-rasmda azot yordamida sovutish tizimi bilan jihozlangan yirik tonnajli avtorefrijeratorning sxemasi ko‘rsatilgan.
Bunday avtorefrijerator tez buziluvchi danakli mevalar va uzumni uzoq masofalarga tashish uchun mo‘ljallangan. Haydovchi kabinasidagi ‘ultda refrejiratorga tarqatiladigan gazsimon azotning haroratini va idishdagi suyuq azot miqdorini nazorat qiluvchi asboblar o‘rnatilgan.
7-rasm. Azot yordamida sovutish tizimi bilan jihozlangan avtorefrijerator sxemasi:

1 – suyuq azot solingan idish; 2 – boshqarish ‘ulti; 3 – ventil;
4 – suyuq azot sathini ko‘rsatuvchi datchik; 5 – ventilyator; 6 – forsunka; 7 – quvurlar; 8 – harorat datchigi; 9 – mahsulot

Gaz muhiti boshqariladigan sovutish kamerasi oddiy sovutgichga nisbatan mahsulot bilan maksimal darajada to‘ldirilishi kerak, chunki bunday holda kameradagi belgilangan gaz muhitiga tezroq erishiladi va uni boshqarish osonlashadi, hamda maxsus uskunalarni ishlatishga sarflanadigan xarajatlar kamayadi. Bunda kameraga mahsulot yo‘’asiga shtabellanib, faqatgina texnologik oraliqlar qoldirilib taxlanadi (sm): shtabel bilan devor oralig‘i – 20...30; eng yuqori shtabeldan shiftgacha bo‘lgan oraliq – 30; konteyner yoki ‘aketlangan yashiklar oralig‘i – 10;


Boshqariladigan gaz muhitli sovutish kameralaridan foydalanish maxsus xavfsizlik qoidalariga rioya qilishni talab etadi:

  • saqlash kamerasi eshigida quyidagi yozuv bo‘lishi shart “Maxsus gazniqobsiz kameraga kirish qat’iyan man qilinadiyu Hayot uchun xavfli”;

  • saqlash kamerasi eshigida boshqariladigan gaz muhitli kamerada ishlash bo‘yicha texnika xavfsizligi yo‘riqnomasi ilib qo‘yilisha kerak;

  • kamerada ishlashga texnika xavfsizligi bo‘yicha maxsus yo‘riqnomadan o‘tgan va KI’-5, KI’-7 gazniqobidan foydalanishga o‘rgatilgan shaxslar ruxsat etiladi;

  • kamerada ishlaydigan guruhdagi ishchilar soni uch kishidan kam bo‘lmasligi lozim;

  • kamerada ishlash uchun bir kishini kiritish qat’iyan man qilinadi;

  • kamerada ishlash vaqtida oddiy nazniqob va res’iratorlardan foydalanish qat’iyan man qilinadi;

Kameraga kirishda eshikdagi maxsus lyuklardan foydalaniladi. Ishchilarning kameraga kirganidan so‘ng lyuk yo‘iladi lekin zarurat tug‘ilganda ishchilarni zudlik bilan chiqarib olish uchun maxkamlanmaydi. Ishchilarning kamerada bo‘lish vaqti 30 minutdan ormasligi lozim. Agarda bajarilayotgan ish ko‘p vaqtni talab qilsa ishchilar 30 minutdan so‘ng kameradan chiqib 15 minut davomida dam olishlari zarur.


Nazorat savollari

Boshqariladigan gazli muhit deganda nimani tushunasiz? Boshqariladigan gazli muhitli omborxonalarning tuzilishini ayting?
Mahsulotni germetik kameralarda saqlashda gazli muhitning belgilangan tarkibini hosil qilish qanday bo‘ladi?
Gazli muhitda saqlashda azotning ahamiyati nimada?
23-ma’ruza: Jadal muzlatish tizimiga ega saqlash kameralari Reja:


    1. Download 11,87 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   206




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish