O‘zbekiston respublikasi qishloq xo‘jalik vazirligi


Havoli tez muzlatish apparatlari



Download 11,87 Mb.
bet77/206
Sana16.04.2022
Hajmi11,87 Mb.
#556846
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   206
Bog'liq
2 5345798815255368373

Muzxonalar
  • Havoli tez muzlatish apparatlari



    Adabiyotlar: 2, 3, 5, 6, 8, 9, 10, 11


    Tayanch iboralar: Muzxonalar, Havo qovurg‘ali, Konveyer turidagi tez muzlatish apparat
      1. Muzxonalar

    Muzxonalar – oziq-ovqat mahsulotlarini muz yordamida qisqa muddatli sovutish uchun keng qo‘llaniladigan oddiy sovutish inshootlari hisoblanadi. Muzxonalarning bir necha konstruksiyalari mavjud (4.2-rasm): muzi yon xona joylashtirilgan muzxona; M.M.Krilov tizimidagi muzxonali ombor; muz va tuz aralashmasi bilan to‘ldirilgan “panjarali cho‘ntakli” muzxona va boshqalar.
    Muzi yon xonada joylashtirilgan muzxona sxemasi 4.2-rasmning, a qismida keltirilgan. Bunday muzxonalarda mahsulotni saqlaydigan bir yoki bin necha kameralar va ularni sovutish uchun muz saqlaydigan bo‘lim tashkil etiladi. Muzning erishi hisobiga havoning harorati 4...5°C gacha sovuydi. Mahsulot saqlanadigan kamera va muz joylashtirilgan bo‘linma o‘rtasidagi devorning pasti va yuqorisida 400x200 mm o‘lchamli darchalar mavjud bo‘lib, ular sovugan va issiq havo zichligi o‘rtasidagi farq hisobiga tabiiy havo almashinishini ta’minlaydi. Muz joylashtirilgan bo‘limning o‘lchamini shunday loyihalash lozimki joylashtiriladigan muz zahirasi saqlanayotgan mahsulot butun mavsum davomida sovutishga etishi lozim. Muzxonani tashkil etishda mahsulotni sovutishda foydalanilgan muzning erishi natijasida hosil bo‘lgan suvni yig‘ilishi uchun o‘ralar tashkil etilib, suv zarur bo‘lganda nasos bilan tortib olishini kerak. Muzning erishidan hosil bo‘lgan suvni chiqarib yuborish er ustida qurilgan muzxonalarda oson tashkil etiladi.
    Ushbu muzxonalarning kamchiliklari shundaki sovutishda foydalaniladigan muzni saqlash uchun bo‘linma sig‘imi hajmi mahsulot saqlanadigan kamera sig‘imidan 3...4 martaba katta qilib loyihalash zarur bo‘ladi.




    1-rasm. Muzxonalar:

    a – muzi yon xonada joylashtirilgan muzxona: A – daxliz; B – saqlash kamerasi; V – muz saqlash bo‘limi; 1 – sovuq havo uchun darcha; 2 – issiq havo uchun darcha; 3 – muzni yuldash uchun lyuk; 4
    – suv uchun quvur;
    b – M.M.Krilov konstruksiyasidagi muzli ombor sxemasi: 1 – muz; 2 – daxliz;
    3 – izolyasiya; 4 – muz-tuzli aralashmani sovutish asboblari; 5 – saqlash kamerasi; 6 – yo‘lak.

    Muzxonaning devorlari gpisht yoki shlakbetondan, oraliq masofasi 200...300 mm qilib, izolyasion material (mineral paxta, shlak va h.k.) bilan to‘ldirilib bajariladi. Uncha katta bo‘lmagan muzxonalar uchun oralig‘i izolyasion material bilan to‘ldiriladigan karkasli devorlardan foydalaniladi. Muz joylashtirilgan bo‘lim bilan mahsulot saqlanadigan kamerani ajratib turuvchi


    devorlar kondensatsiyalangan namlik hosil bo‘lmasligi uchun izolyasiya materiallari bilan qo‘lanadi. Odatda muzxona poli beton bilan qo‘lanadi, tomi esa temir – betonli konstruksiya bilan yo‘iladi.
    1-rasmning, b qismida M.M. Krilov tizimidagi muzxonali ombor sxemasi keltirilgan bo‘lib, u baliq, sut va boshqa chorvachilik mahsulotlarini saqlash uchun loyihalangan. Bunday omborlar asosan sovuq iqlim zonalarida yog‘och o‘alubkalarda muzli devor hosil qilish yo‘li bilan quriladi. Muzli devor ustidan mahalliy arzon izolyasion materiallar: somon, poxol, torf, mox, shlak, yog‘och qirindisidan foydalanib tom hosil qilinadi. M.M. Krilov loyihalagan omborda foydalaniladigan muz nafaqat sovuqlik manbai bo‘lib xizmat qilmasdan, balqi qurilish materiali ham hisoblanadi.
    Tuzli aralashmali muzdan foydalanib sovutishda toza muzdan foydalanishga nisbatan ancha past haroratlarni olish imkonini beradi. Sovutishda muz va tuzli aralashmadan foydalaniladigan sovutgichlar kamerasida haroratni –16°C gacha yetkazish mumkin. Osh tuzining muzdagi konsentratsiyasidan kelib chiqib muzning harorati to‘g‘risidagi ma’lumotlar quyida keltirilgan:



    Muz massasiga nisbatan tuz
    miqdori, %

    8

    12

    14

    16

    18

    22

    24

    33

    Muz va tuz aralashmasining
    harorati, °C

    –4,9

    –7,5

    –9,0

    –10,5

    –12,1

    –15,2

    –16,9

    –20,0

    Sovutish uchun muz va tuz aralashmasidan foydalanganda quyidagi variantlarni tanlash mumkin: kamera havosini muz-tuz aralashmasi bilan to‘g‘ridan – to‘g‘ri sovutish; nasoslar vostasida yoki ularsiz muz-tuzli eritmani si’iralsimon quvurlar orqalidan aylantirish orqali kamerani sovutish.


    Muzga kalsiy xlorid aralashtirilganda uning erish harorati yanada sezilarli pasayishi kuzatiladi (tuzning konsentratsiyasi 33% bo‘lganda), ya’ni muzning erish harorati –32°C gacha etadi.
    Muz va tuzli aralashma bilan sovutiladigan muzxonalarning sovutish asboblari sifatida muz solib qo‘yiladigan yog‘ochdan tayyorlangan “panjarali cho‘ntaklar” yoki metall bak – tanklardan foydalaniladi (2-rasm). Cho‘ntaklar kamera devorlari bo‘ylabdan 100...150 mm oraliq masofa qoldirilib joylashtiriladi. Cho‘ntaklar muz-tuzli aralashma bilan tepadagi lyuk orqali to‘ldiriladi. pastida esa erishda hosil bo‘lgan suvni kanalizatsiyaga oqizish uchun nov o‘rnatiladi.
    Ushbu muzxonalarning kamchiliklari quyidagilardir: zaif havo aylanishi; saqlash kameralarning foydali maydonini kamayishi; sovutish aralashmasi bilan cho‘ntaklarni kundalik yuklanishiga bo‘lgan ehtiyoj; muzning erishi natijasida sovutish sirtining pasayishini kuzatilishi.
    Tabiiy muzdan foydalanib muzli va muz-tuzli sovutish kichik va o‘rta hajmli qurilmalarda, hamda sovutishda etarli muzni tayyorlash imkoniyati bo‘lgan joylarda qo‘llaniladi. Muzli va muz- tuzli sovutishning ayrim usullari transportda keng tarqalgan.


    2-rasm. panjarali cho‘ntak:

    1 – to‘siq; 2 – ventilyator; 3 – panjarali cho‘ntak; 4 – muz-tuzli aralashmani solish uchun lyuk; 5 – muz; 6 – nov; 7 – oqizish quvuri.


      1. Havoli tez muzlatish apparatlari

    Havo mahsulotni muzlatishda undagi haroratni olish uchun eng maqbul bo‘lgan oraliq muhit hisoblanadi. Havo yordamida muzlatishda muzlatish tezligi mahsulot o‘lchami, havo harorati va uni aylanish tezligiga bog‘liq. Shunday qilib muzlatish jarayonini havo haroratini pasaytirish, aylanish tezligini oshirish va muzlatilayotgan mahsulot o‘lchamini kichraytirish orqali jadallashtirish mumkin. Ba’zi bir tez muzlatish apparatlarida mahsulotdagi haroratni olish muhit sifatida karbonad angidriddan foydalaniladi.
    Havoli tez muzlatish apparatlari mahsulot haroratini olishda gazdan foydalanadigan muzlatish apparatlari rasida keng tarqalgan apparatlar sirasiga kiradi. Ular muzlatiladigan mahsulot uchun yuk bo‘lmasi va havo sovutgichlar bo‘lmasidan iborat bo‘lib, apparat konstruksiyasidan kelib chiqib havo sovutgichlar bo‘lmasi yuk bo‘lmasi yonida, ostida yoki ustida joylashishi mumkin.
    Havo sovutgich seksiyasi ichida sovutish agenti harakatlanadigan silliq yoki qovurg‘ali quvurdan yasaladi; sovutish agentining harakatlanishi nasos yordamida yoki kondensatsiyalanish va qaynashdagi bosim farqi hisobiga amalga oshiriladi.
    Mahsulotni muzlatish usuli yoki uni tashish vositalari turiga ko‘ra havoli tez muzlatish apparatlari aravachali, Konveyerli va gravitatsion bo‘lishi mumkin.
    Aravachali tez muzlatish apparatining tunnelli turi hisoblanuvchi ASMT apparati (3-rasm) muzlatish kamerasi, bug‘latgich, havo sovutgich – ventilyator va aravachalardan iboratdir.
    Muzlatishga mo‘ljallangan mahsulotlar aravachaga joylashtirilgan idishlarga solinadi, va muzlatish kamerasiga sovuq havo oqimiga ‘er’endikulyar yo‘naltiriladi.
    Havo qovurg‘ali – quvurli bug‘latgich orasidan o‘tishda –35°S gacha soviydi. Havoning aylanishi ventilyatorlar yordamida ta’minlanadi. Bunday apparatning konstruksiyasida modulli uch qatlamli issiqlik izolyasion panellar qo‘llanilgan bo‘lib, ular bir biri bilan “shi’-’az” usuli bilan biriktirilgan. Muzlatishga yo‘naltirilgan mahsulotning boshlang‘ich harorati 20°S bo‘lganda uni – 18°C gacha muzlatish davomiyligi 3,5...4 soatni tashkil etadi. Kameradagi aravachalar soni uning uzunligidan kelib chiqib (2600, 3800, 4400 va 5600 mm) 3 tadan 6 tagacha bo‘lishi mumkin. Ushbu apparatlar davriy ishlaydi, ya’ni ishlashssikli mahsulotni muzlatishga tayyorlash (bug‘latgichda hosil bo‘lgan muzni tushirish uchun unga issiq suv berishga sarflangan vaqt) va muzlatish jarayonidan iboratdir.
    3-rasm. ASMT markali tunnelli turdagi aravachali tez muzlatish apparati:

    a – umumiy ko‘rinish; b – sxemsi: 1 – muzlatish kamerasi; 2 – ventilyator; 3 – bug‘latgich; 4 – aravacha
    Konstruktiv tuzilishiga ko‘ra tez muzlatish apparatlari yig‘ma past haroratli kameralardan farq qilmaydi. Ahamiyatli farqi tez muzlatish uchun faqatgina ammiakda ishlovchi mustaqil sovutish agregatiga ega bo‘lgan o‘ta kuchli sovutish tizimlaridan foydalanishidir.
    Aravachali apparatlarning kamchiligi: apparat uzunligidan qoniqarsiz foydalanish, yuklash – tushirish ishlarida qo‘l mehnatidan ko‘p foydalanish.
    Konveyer turidagi tez muzlatish apparati, masalan YA10-FAU, muzlatish kamerasi, havo sovutgich, Konveyer, transportyor, uzatma va kovshdan iborat. Zanjirli Konveyer va transportyoning harakati bitta uzatma orqali amalga oshiriladi. Mahsulot Konveyer ishchi organi hisoblangan ikki yuzadan biriga joylashtiriladi. Ishchi yuzalar apparat bo‘ylab harakatlanish vaqtida o‘z joyini o‘zgartirib turadi. Havo ventilyator yordamida quvurli bug‘latgichga beriladi, va –30…–35°S haroratgacha sovutilib harakatlanayotgan mahsulotni qamrab oladi. Muzlatish jarayoni yakunida muzlatilgan mahsulot pastgi Konveyerga tushadi va tushirib olish tarnovi orqali apparatdan chiqariladi. Mahsulotni apparatda bo‘lish davomiyligini boshqarish ko‘zda tutilgan bo‘lib, bu Konveyerning harakatlanish tezligini o‘zgartirish orqali amalga oshiriladi va bu vaqt 0,8...3,5 soatgacha bo‘lishi mumkin. Ushbu apparatda sovuqlik tashuvchi sifatida ammiakdan foydalaniladi. YA10-FAU apparatining ish unumdorligi go‘shtni sovutishda 500...1000 kg/soat, muzlatishda esa – 300...500 kg/soatni tashkil etadi.
    Hozirgi kunda qo‘llanilayotgan Konveyer konstruksiyasidan kelib chiqib Konveyerli tez muzlatish apparatlari bir necha turda bo‘lishi mumkin: a) zanjirli Konveyer (zigzak shaklidagi yoki s’iral shaklidagi); b) lentali Konveyer.
    Lentali Konveyer bilan jihozlangan apparatlar qadoqlangan mahsulotni muzlatish uchun qo‘llaniladi. Zanjirli s’iralli Konveyerlar esa go‘sht va baliq mahsulotlarini muzlatishda ken foydalaniladi. Xorijda odatda s’iralli Konveyerli tez muzlatish apparatlaridan foydalaniladi, chunki ular o‘zining murakkam konstruksiyasiga qaramay o‘lchami bo‘yicha kichik va boshqa apparatlarga nisbatan yuqori ish unumdorligiga ega.
    Gravitatsion Konveyerli tez muzlatish apparatlari chorva va o‘simlikga oid mahsulotlarni blok
    – qoliblarda yoki qutilarda muzlatish uchun mo‘ljallangan. 4-rasmda graviatatsion Konveyerli GKA- 4 tez muzlatish apparatining sxemasi keltirilgan.
    4-rasm.Tez muzlatish GKA-4 apparati:

    1 – elektrodvigatel; 2 – termoizolyasiyali kamera; 3 – ventilyator; 4 – orqa qirra; 5 – yo‘naltiruvchi polkalar; 6 – karetkalar; 7 – tunuka tovalar; 8 – old qirra; 9 – zaslonka; 10 – stol; 11 – ko‘taruvchi vint; 12 – richagli uzel;
    13 – tambur; 14 – qabul qilish moslamasi; 15 – harakatlanuvchi ‘yu’itr; 16 – zaslonka; 17 – richag; 18 – sovutish batareyasi
    Apparat termoizolyasiyalangan kamera 2 shaklida tuzilgan bo‘lib, uning yuqori qismida Yuklash bo‘lmasi bilan ventilyator 3, pastgi qismida esa sovutish batareyasi 18 joylashtirilgan. Yuklash bo‘lmasining har ikkala tomonida yo‘naltiruvchi polkalar 5 joylashgan bo‘lib, ular bo‘ylab mahsulotli tunuka tovalar 7 joylashtirilgan karetkalar 6 harakatlanadi. Apparat ichida karetkalar gorizontal joylashtirilgan yo‘naltiruvchi (relslar) bo‘ylab suriladi. Har bir qator oxirida blok – qolibli yo‘naltiruvchi karetka qirraga 4 minadi va o‘zining og‘irlik kuchi ta’sirida keyingi yo‘naltiruvchi darajasiga tushadi.
    Apparatning ish unumdorligi apparat balanligi bo‘yicha yo‘naltiruvchilar qatori soni va uzunligiga bog‘liq. Yo‘naltiruvchilar soni 8, 10, 12 ta bo‘lgan GKA-4 apparatining sutkalik ish unumdorligi 14,0, 18,2 va 21,5 tonnani tashkil etadi. Bunda boshlang‘ich harorati 18°S bo‘lgan go‘sht –18°S gacha sovutiladi.
    Gravtatsion tez muzlatish apparatlari Konveyerli apparatlarga nisbatan metall va elektr energiya sarfi nuqtai nazaridan tejamlidir, chunki ularda tortuvchi zanjirlar, yo‘naltiruvchi yulduzchalar va tortish mexanizmlari mavjud emas.


    Nazorat savollari

    1. Qishlok xo‘jlik mahsulotlarining harorati va sovuklik ishlov berishning mohiyati nimada?

    2. Sovutish va muzlatish tugrisida tushunchalar berib o‘ting?

    3. Mikroorganizmlarga sovuklik ishlovining ta’siri izohlang?

    4. Sovutish tezligining sovutilayotgan mahsulot sifatiga ta’siri ayting?

    5. Sovutish jarayonida tukimalarda buladigan asosiy uzgarishlarni ayting?
    24-ma’ruza: Saqlashga mo'ljallangan mahsulotlarga qo'yiladigan talablar Reja:

      1. Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini baholash

      2. Meva va uzumlarning sifat ko‘rsatkichlari.

      3. Sabzavot va poliz mahsulotlarining sifatiga qo‘yiladigan asosiy talablar



    Adabiyotlar: 2, 3, 5, 6, 7, 8, 9




    Download 11,87 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   206




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling

    kiriting | ro'yxatdan o'tish
        Bosh sahifa
    юртда тантана
    Боғда битган
    Бугун юртда
    Эшитганлар жилманглар
    Эшитмадим деманглар
    битган бодомлар
    Yangiariq tumani
    qitish marakazi
    Raqamli texnologiyalar
    ilishida muhokamadan
    tasdiqqa tavsiya
    tavsiya etilgan
    iqtisodiyot kafedrasi
    steiermarkischen landesregierung
    asarlaringizni yuboring
    o'zingizning asarlaringizni
    Iltimos faqat
    faqat o'zingizning
    steierm rkischen
    landesregierung fachabteilung
    rkischen landesregierung
    hamshira loyihasi
    loyihasi mavsum
    faolyatining oqibatlari
    asosiy adabiyotlar
    fakulteti ahborot
    ahborot havfsizligi
    havfsizligi kafedrasi
    fanidan bo’yicha
    fakulteti iqtisodiyot
    boshqaruv fakulteti
    chiqarishda boshqaruv
    ishlab chiqarishda
    iqtisodiyot fakultet
    multiservis tarmoqlari
    fanidan asosiy
    Uzbek fanidan
    mavzulari potok
    asosidagi multiservis
    'aliyyil a'ziym
    billahil 'aliyyil
    illaa billahil
    quvvata illaa
    falah' deganida
    Kompyuter savodxonligi
    bo’yicha mustaqil
    'alal falah'
    Hayya 'alal
    'alas soloh
    Hayya 'alas
    mavsum boyicha


    yuklab olish