Reja:
Saralash va ins’ektsion konveyrlar turlari va ishlash ‘rints’lari xaqida tushuncha
Kolibrlash uskunalarining vazifalari
Adabiyotlar: 2, 3, 4, 6, 8, 9, 11
Tayanch iboralar: Saralash jarayoni, Ins’ektsiya jarayoni, Kolibrlash jarayoni, Kolibrlash uskunalari, Gidravlik usul, Lentali saralash konveyri
Sabzavotlarni tashish uchun tayyorlash
Mahlumki, qishloq xo‘jalik mahsulotlari yilning muayyan mavsumida yetishtiriladi, shu sababli ularni uzoq vaqt saqlash va qayta ishlashni tashkil qilmagan xolda aholini yil bo‘yi turli mahsulotlar bilan tahminlash masalasini xal qilib bo‘lmaydi. Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini ishlab chiqarish ko‘paygani sari ularni saqlash va qayta ishlash ham takomillashtirilmoqda, yangi zamonaviy omborxonalar qurilmoqda.
Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini yigpish, tashish, saqlash va qayta ishlashni ilmiy tashkil qilinsa, bu borada fan-texnika yutuqlari hamda ilg‘or tajribaga tayanib ish ko‘rilsa, mahsulotning isrof bo‘lishi ancha kamayadi. SHu hisobdan aholini 20% va undan ham ko‘proq qo‘shimcha qishloq xo‘jalik mahsulotlari bilan tahminlash, hamda tashish, saqlash va qayta ishlash texnologiyasini rivojlantirishda malakali mutaxasislar tayyorlash ham muhim ish hisoblanadi.
Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini istehmol qilish boshlangandan buyon uni saqlash va qayta ishlash bilan shug‘ullanib kelingan. Yetishtirilgan mahsulotni nes-nobud qilmasdan hamda uning sifatini pasaytirmasdan saqlash, undan unumli foydalanish qadimdan inson extiyojlaridan biri bo‘lgan. Ko‘chmanchi xalqlar ham yig‘ilgan meva va urug‘larni saqlash uchun maxsus yerto‘lalar qurishgan. Ayniqsa, xalqlar o‘troq bo‘lib yashagan paytda ortiqcha mahsulotlarni saqlash bo‘yicha o‘ylay boshlashgan. SHu bilan birga shu mahsulotlarni turli xil zararkunandalardan ham asrashni o‘rgana boshlashgan.
Tashish uchun tayyorlanadigan sabzavotlar GOST talablariga binoan: yangi toza, mexanik jaroxatlanmagan, kasallik va zararkunandalar bilan zararlanmagan, pishib yetilishi jihatidan bir xil bo‘lib, vagonlarga joylashganda har qaysi mahsulotni tashish uchun belgilangan raqamli qutilarga joylab, tashishni talab etadi. yuk jo‘natuvchi tomonidan sifat varaqasiga qo‘shimcha qilib, mahsulot navining nomi, uzilgan va idishlarga joylangan kuni yozilishi kerak.
Sabzavot va kartoshka mahsulotlari sunhiy sovutiladigan yoki isitiladigan vagonlarda faqat idishlarga joylangan xolda tashishga ruxsat etiladi. Mahsulot qo‘qoqlangan qutilarga joylanganda zichlashtirilib, chekkasi bilan tekis qilib to‘ldiriladi, chunki ular urinmaydigan va ishqalanmaydigan bo‘lishi kerak. Sovutiladigan va yo‘iq vagonlarda sabzavot solingan qutilar ustma-ust yoki bir-biri bilan kesishgan xolda zich joylashtiriladi. Vagonlarga sabzavotli quti-lotoklar va usti yopilgan pomidorli, bodringli qutilar joylanganda, balandligi 160-180 sm dan oshmasligi kerak.
Ertangi karamni sovitiladigan vagonlarda tashishda qutilar 2,2 – 2,4 m balandlikkacha joylashtiriladi. Sabzavot va kartoshkani yo‘iq vagonlarda to‘kma xolda tashilganda uning balandligi quyidagicha bo‘lishi kerak:
Karam (metr hisobida): O‘rta’ishar- 1,3, kech’ishar – 1,7 Kart. Kechki- 1,6, aprel,may oylarida – 1,5 oshmagan Iyun oyida tashilsa 1,1
Xo‘raki lavlagi - 1,6 Tarvuz - 1,3
Kovoq - 1,6
Xo‘raki lavlagi, tarvuz va qovoq mahsulotlarini tashishda vagon poli va chekkalari 10 sm balandlikda quruq xashak bilan to‘shalishi kerak. Tashishga chidamli qovun navlarini vagonga 2-3 qator qilib, qator oralig‘i va qovun navlari o‘rtalariga xashak solingan xolda jo‘natiladi.
Tashish uchun qabul qilinayotgan va tez buziladigan mahsulot sifati, qutilarga joylanishi, harorati va uni dastlabki tayyorlashda davlat standartlari hamda texnik shartlar yuk tashish qoidalari talabiga to‘la javob beradigan bo‘lishi kerak.
Masalan, qutilar toza, butun, tashish va ortish tushirish davrida yukni ushlab turishni tahminlaydigan, orasidan havo o‘tib turishi kerak. Har qaysi to‘shiriladigan yukning o‘ziga taalluqli yozma raqamlari bo‘lishi lozim. Yuk jo‘natish xodimlari temiryo‘l bekatlarida jo‘natilayotgan mahsulotdan nahmuna olib, uning talablarga javob berish bermasligini tekshirib ko‘rishlari mumkin. Bu xujjat mahsulot vagonlarga yuklanish kuni, belgilangan formada tuziladi. Unda mahsulot turi, belgilari va holati toifasi, navi, sifati, uni qaerda ishlatilishga oid tavsiya savdo shaxobchasiga beriladi.
Yukning og‘irligini tekshirishda va uni oluvchiga to‘shirishda, saqlash va tashishda, vazn kamayishini hisobga olish kerak. O‘rtadagi tafovut belgilangan vazn kamayishi, tarozi tafovuti ko‘rsatkichi (0,1 foiz) va aniq tortilishi mehyoridan oshmasligi kerak. Tez buziladigan mahsulotlardagi vazn kamayishi yukning tashilish muddatiga bog‘liq.
Tez buziladigan yuklar sovutish va isitish usuliga qarab tashilishi mumkin. Tashish usulini belgilash yuk jo‘natish vaqtidagi kunning haroratiga ham bog‘liq bo‘ladi. Tez buziladigan yuklarni yuqori tezlik bilan tashish izotermik vagonlarda temir yo‘lning hamma tarmoqlarida, yo‘iq vagonlarda esa, faqat qoidada belgilab qo‘yilgan tartibda amalga oshiriladi. Yuk tashish qoidalariga rioya qilinsa, mahsulot o‘z sifatini yo‘qotmaydi. Yukni tashish bir necha kunlik muxlat, uning turi va sifatiga bog‘liq. Uni jo‘natuvchi tashish xujjatlarida oldindan belgilab qo‘yadi. Tez buziladigan yuklar tashish qoidalarida ko‘rsatilgan muddatlarga rioya qilinsa qabul qilinadi. Tez buziladigan yuklar tashish va saqlash mobaynida tashqi muhit tahsiri va mexanik jaroxatlardan saqlab turishishi kerak. Sabzavot mahsulotlarini tashishga mo‘ljallangan qutilar o‘lchamlari davlat standart talablariga javob beradigan qilib ishlab chiqiladi.
Odatda qutining sifatiga javobgarlik yuk jo‘natuvchining zimmasiga yuklanadi. Agar idish standart talablariga javob bermasa, temir yo‘l mahmuriyati yukni qabul qilmasligi mumkin. Idishlarning ahamiyati juda katta, chunki ko‘pgina jamoa, birlashma, koo‘erativ xo‘jaliklari sifatli idishlarga ega emas. Nostandart hisoblangan quti va savatlarga mahsulot bir necha qavat qilib taxlanganda, uning qutidagi qavati qiyshayib, sifatga salbiy tahsir qilmasa, yuklarni qabul qilishga yo‘l qo‘yiladi.
Yuk qabul qiluvchi o‘z kuchi bilan yukni tushirib, vagonni tozalab qo‘yishi kerak. Tozalash vaqtida vagon ichidagi yuk qoldiqlari, mustaxkamlash uskunalari, to‘shamalar chiqarib tashlanadi.
Kishda ham yangi sabzavot, kartoshka, tuzlama va marinadlar, sabzavot konservalari tashish mumkin. Yuklarni bekatga olib kelib, vagonlarga yuklashda, ularni muzlashdan saqlash vositalaridan foydalaniladi. Sertifikat va sifat varaqasida mashina turi, yuk tashiladigan masofa va tashqaridagi harorat qayd etilishi lozim.
Tez buziladigan yuklarni tashish uchun temir yo‘l vagonlari ‘echka va quvurlar bilan jihozlanadi. Tez buziladigan mahsulotlar tashish va saqlash mobaynida tashqi muhit tahsiri va mexanik jaroxatlardan saqlab turilishi kerak. Sabzavot mahsulotlarini tashishga mo‘ljallangan qutilar o‘lchamlari davlat standartiga javob beradigan qilib ishlab chiqariladi.
Yukni vagonga joylash usuli, mahsulotning turi, tayyorlanishi, idishi tashish muddatlariga bog‘liq bo‘ladi. Sovutishni talab qiladigan rezavor va uzoq saqlashga chidamsizroq mahsulot, vagonlarga idishlarda taxlanib, ayrim joylari tirqishli qilib o‘rnatiladi. Kechki kartoshka, tarvuz, karam va boshqa shunga o‘xshash chidamli mahsulotlarni yo‘iq vagonlarda to‘kma xolda joylashtirib jo‘natish ham mumkin.
Sabzavot va mevalarni tashish hamda saqlash uchun asosan quyidagi idishlardan foydalaniladi: ko‘p bor ishlatishga mo‘ljallangan yog‘och qutilar GOST 17812-72, sabzavot, meva va rezavorlar uchun bir marta foydalaniladigan yog‘och qutilar – GOST 13319-84, sabzavot va mevalar uchun sim bilan o‘ralgan yog‘och qutilar – GOST 20463-73.
1-rasm. Olxo‘rining yigpish va tashishning mexanizatsiyalashgan texnologik sxemasi
1- olxo‘ri terish mashinasi; 2-ortuvchi mashinada olxo‘rini bunkerga ortish; 3-mashinaga joylashtirish; 4-tushirish va yuvish; 5-olxo‘rini terish va vagonlarga joylashtirish; 6-vagonlarni mashinaga ortish; 7-vagonlarni tushirib olish va ularni yuvish bo‘limlariga yuborish.
Mevalarni saralash va joylashtirish ishlari maxsus binolarda olib boriladi. Bunday binolar yorug‘, toza va asosiy yo‘ldan chetroqda qurilgani mahqul.
Odatda urug‘li mevalar terilgandan keyin 36 soatdan kechiktirilmay, danakli mevalar ikkinchi kuniyoq saralanib jo‘natilishi lozim.
Mevalar saralangandan keyin jo‘natish uchun yashiklarga joylanadi. Joylanadigan yashiklarni mevalarning biologik xususiyatiga va saqlanuvchanliligiga, shu bilan birga ularning turi, navi, tovar sorti, yetilish darajasi, ishlatilish maqsadi va tashiladigan joyning masofasiga qarab tanlanadi. SHu sababli mevalarni joylashda turli o‘lchamli yashiklardan foydalaniladi.
quti.
2-rasm. Olma saqlanadigan konteyner va karton quti
1-S’ -5-0,45-1; 2- S’-5-0,42-2 (GOST 21133-75 bo‘yicha), 3- yog‘och konteyner; 4-karton
Omborxona xo‘jaligi, yuklash-tushirish jarayoni, yuk jo‘natuvchi va qabul qiluvchilarni qo‘l ostidagi mexanizatsiya vositalari tobora hajmi ortib borayotgan mahsulotlarni tashish uchun talabga javob bermaya’ti. Natijada yuklash-tushirish ishlari deyarli hamma joyda qo‘lda bajarilib, vagonlar ko‘p vaqt turib qolmoqda.
Qishloq xo‘jalik mahsulotlari standart talabiga qo‘yilgan sifat ko‘rsatkichlari, ilmiy asoslangan o‘lchamlaridan tashkil to‘gan bo‘lishi kerak. Mahsulotning sifat ko‘rsatkichlari yuqori yoki past bo‘lsa, un ko‘tarishga standart yordam bermaydi. Sifatini aniqlashda ishonchli usullar
qo‘llanilmasa, uning xaqiqiy holatini aniqlab bo‘lmaydi. SHuning uchun mahsulotning o‘ziga xos belgi va xususiyatlari hisobga olinadi.
Qishloq xo‘jalik mahsulotlarining sifati har-xil bo‘lganligi tufayli ularni sifat belgilari yagona va bir xil ko‘rsatkich bilan chegaralab qo‘yish yaramaydi. Yetishtirilgan xosilning hammasi hisobga olingan xolda sifat o‘lchamlar aloxida –aloxida aniqlanishi lozim. SHuning uchun qishloq xo‘jalik mahsulotlari uchun ishlab chiqilgan standartlarda navi, sinfi, toifasiga qarab, sifat talablari qo‘yiladi. Meva, sabzavot va kartoshka mahsulotlarining standartlari o‘z ichiga quyidagi talab va shartlarni mujassamlashtirgan: kirish qismi, texnik talablar, qabul qilish qoidalari, saqlash va tashish uchun joylashtirishdagi sifatini aniqlash uslublari, tamg‘alash va nixoyat saqlash va tashish shartlari. Kirish qismida standartni qaysi mintaqalar va qanday mahsulotlar uchun qaerda mazkur standartlar ishlatilishi ko‘rsatiladi. Standartning texnik talablar belgilangan qismida mahsulotni ishtemol qilinishidagi asosiy xossalarini aniqlovchi o‘lcham belgilari keltiriladi. Sabzavot va mevalar sifatiga qo‘yiladigan talablar mahsulotning qanday xolda ishlatilishiga bog‘liqdir.
Meva-sabzavot mahsulotlari standarti boshqa mahsulotlar standartidan farq qiladi. Bu farq shundaki ularga qo‘yilgan shartlt belgi – mehyorlariga nisbatan o‘lcham va sifatdagi belgilaridan biroz og‘ib, yuqori va kam bo‘lgani xolda ham mahlum miqdorga ruxsat etiladi. Buning sababi shundaki, meva-sabzavot mahsulotlarini har-xil yetishtirish sharoitlaridagi farqi xosilni yigpish muddatlari va xo‘jaliklaridagi ishlarni tashkilotchilik va uyushqoqlik darajasi, tashish hamda saqlash sharoitlari har-xil saralash usullarini qo‘llash tufayli mahsulotning mayda yoki yirikligini mehyor qilib bo‘lmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |