AVTOBUS YO’NALISHLARIDA XAVFSIZ HARAKATLANISH SHAROITINING TAHLILI
Yildan-yilga yo’lovchilarni va yuklarni tashish hajmi ortib bormoqda. Yo’lovchi va yuklarni olib borish tezligining ortishi va tashish hajmining o’sib borishini ta’minlashda texnik rivojlangan transportlar talab etiladi [1].
Shu qatorda elektrlashgan temir yo’llarining o’sishida avtomobil yo’llari va elektrlashtirilgan temir yo’l izlaridan foydalanishda muxim savol turibdi, birinchi navbatda yo’lovchi va yuklarni orqali tashish ko’rinishida chet davlatlarga avtomobil yo’llari orqali tashkil etilishiga ko’ra samarali ekanligi tasdiqlangan [2].
Shaharni zamonaviy va qulay transport turlari bilan ta’minlash uchun katta mablag’lar sarflanadi. Yo’lovchilar uchun qulaylik yaratish maqsadida shahar ko’chalarida Germaniya va Janubiy Koreyadan keltirilgan zamonaviy avtobuslar, Chexiyadan keltirilganlar, Samarqandda chiqarilgan Isuzi avtobuslari harakatlanmoqda. Joriy yilning birinchi choragi davomida mamlakatimiz hududidagi xalqaro va davlat ahamiyatiga ega umumfoydalanish avtomobil yo’llarini qurish va rekonstruktsiya qilish hamda O’zbekiston milliy avtomagistrali uchastkalarini barpo etish bo’yicha 32164,3 million so’mlik ish bajarildi.
Shahardagi yo’nalishlar shahar(shaharcha)dagi turar joy va sanoat hududlarini madaniy-maishiy va sport-sog’lomlashtirish tashkilotlari, vokzallar, aeroportlar, avtovokzallar, metro stantsiyalar, temir yo’l platformalari, pristanlar va shu kabilar bilan transport aloqasini ta’minlashi kerak.
Avtobus yo’nalishlari o’tadigan avtomobil yo’llari, ko’chalar, sun’iy inshootlar, temir yo’ldan o’tish joylari, parom orqali o’tish joylarining texnik holati, ularning muhandislik jihozlanishi qurilish normalari va qoidalari, avtomobil yo’llarini tuzatish va saqlashning texnik qoidalari, boshqa normativ hujjatlar bilan belgilangan harakat xavfsizligi talablarini qanoatlantirishi kerak [4].
Hozirgi kunda Jizzax shahridagi yo’lovchi tashuvchi uyushmalarida 200 dan ortiq avtobus, 300 dan ortiq yo’lovchi tashish taksilari, 100 dan ortiq Damas rusumli mikroavtobuslar bor va ular 18 ta avtobus, 10 ta taksi va 10 ta mikroavtobus yo’nalishlarida xizmat ko’rsatadi. Yo’nalish tizimlarining umumiy uzunligi jumladan avtobus yo’nalishining uzunligi – 350,7 km, taksi yo’nalishining uzunligi - 94,8 km.
Hozirgi kunda Jizzax shahrida yo’lovchilarga xizmat ko’rsatayotgan umumfoydalanadigan jamoat transportlari, ya’ni avtobuslarning turlari va ularning vazifalari haqida aytib o’tsak. Chunki avtobusning tezligi uning turiga, ishlash sharoitiga va ko’pgina ba’zi omillarga bog’liq bo’ladi, ular qo’yidagicha o’rganildi.
Avtobuslar konstruktiv sxemasiga ko’ra ikki turga bo’linishi mumkin: yakka salonli; avtobus poezdlari, ya’ni tirkamali avtobuslar. Aksariyat hollarda amalda yakka salonli avtobuslar qo’llaniladi. Birlashtirilgan (yoki yarim tirkamali) avtobuslar yo’lovchilar oqimi katta bo’lgan yo’nalishlarda qo’llanilib, o’z manevrchanligiga ko’ra shahardagi yo’l-ko’chalarga ko’proq moslangan bo’ladi. Yo’lovchi tashuvchi tirkamali avtobuslar harakat xavfsizligi nuqtai nazaridan juda kam hollardagina qo’llaniladi.
Avtobuslar gabarit o’lchamlariga va standart talablariga ko’ra beshta sinfga bo’linadi. Avtobuslardan foydalanuvchilar nazariga asosan o’lcham me’zoni avtobus salonining sig’diruvchanligi, ya’ni uning nechta yo’lovchi sig’dira olish ko’rsatkichidir. Vazifasi o’rindiqlar miqdoriga ko’ra uzunligi bir xil bo’lgan avtobuslarning nominal sig’diruvchanligi, ya’ni uning nechta yo’lovchi sig’dira olish ko’rsatkichidir. Vazifasi o’rindiqlar miqdoriga ko’ra uzunligi bir xil bo’lgan avtobuslarning nominal sig’diruvchanligi turlicha bo’lishi mumkin (1-jadval).
Bajaradigan vazifasiga ko’ra avtobuslar qo’yidagi turlarga bo’linadi: shahar ichi, shahar atrofi, shaharlararo, sayohat maqsadida foydalaniladigan, qisqa masofaga (qishloq tumanlari o’rtasida) qatnovchi maktab o’quvchilari uchun, sayohatga mo’ljallangan va vazifasi umumiy bo’lgan avtobuslar. Davlat standartiga binoan shahar ichi va shahar atrofi avtobuslari “Shahar avtobuslari” guruhiga, shaharlararo, sayohat, qisqa masofada (qishloq tumanlari o’rtasida) ishlovchi avtobuslar uzoq masofalarga qatnovchi avtobuslar guruhiga kiritiladi.
Har bir yo’lovchi uchun amaldagi me’yorlarga ko’ra kuzovning yo’lovchilar salonining tayanch maydoni har bir o’tiruvchi yo’lovchi uchun kamida 0,315 m2, har bir turib ketuvchi yo’lovchi uchun kamida 0,2 m2 bo’lishi lozim. Bunday me’yorlarga ko’ra avtobus saloni planirovkasidagi o’rindiqlar va turib ketuvchi yo’lovchilar joyining o’zaro nisbatlari o’zgartirish orqali turlicha sig’imlarga ega bo’lishi mumkin.
Shuni aytib o’tish kerakki, avtomobillar sonining o’sishi ko’pgina oqibatlarning yuzaga kelishiga sabab bo’lmoqda. Bu o’z navbatida jamoat transporti vositalarining to’g’ri chiziqli yo’llarga xavfsiz harakatlanishi uchun imtiyoz yo’qligini keltirib chiqarmoqda. Hozirgi kunga kelib mumkin qadar xavf kamaya boshladi (yo’l-transport hodisasi aholi va avtomobillar soniga nisbatan olindi). Qator mamlakatlar kabi bizning respublikamizda ham yo’l-transport hodisalarining absolyut soni kamaya boshladi. Bunga yo’l-ko’chalarni yaxshilash, transport tizimi, harakatni boshqarish kabilar sabab bo’ldi. Har xil vazifali va uzunlikdagi avtobuslarning sig’diruvchanligi.
1-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |