O‘zbekiston respublikasi qishloq xo‘jalik vazirligi



Download 11,87 Mb.
bet50/206
Sana16.04.2022
Hajmi11,87 Mb.
#556846
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   206
Bog'liq
2 5345798815255368373

Sabzavot va kartoshkani saqlash uchun vaqtinchalik burt va Handaklar. Burtlar yer ustida yoki bir oz chuqurlashtirilgan holda kartoshka va sabzavotlarni uyum holida joylashtirib yomg‘ir va muzlab qolishdan issiq tutuvchi materiallar (somon, hashak, qiyoq o‘t, qamish va h.k.) va tuproq bilan qo‘langan holdagi qurilmani nomoyon etadi. Burtlarning eni 1,5...2,5 metr, balandligi 1,0...1,5 metr, saqlanadigan mahsulot turidan kelib chiqib uzunligi 10...25 metrni tashkil etishi mumkin (31- rasm).






31-rasm: Burt sxemasi.

1-suv chiqib ketadigan ariqcha; 2-havo tortish kanali; 3-’anjara; 4,5-havo tortish quvuri; I - kartoshka (sabzavot); II - somon; III – birinchi
tuproqli qatlam; IV- oxirgi tuproqli qatlam

1- havo tortish kanali; 2- kartoshka (sabzavot); 3-termometr uchun yog‘och quvur; 4-somon; 5- birinchi tuproqli qatlam; 6- oxirgi tuproqli
qatlam; 7- suv chiqib ketadigan ariqcha.

Handaklar – burtlarning o‘zi bo‘lib, ular chuqurligi 0,8 va undan ortiq bo‘ladi. Handaklarning chuqurlik devorlari tik yoki qiya bo‘lib, eni 1,0...1,2 metr, uzunligi 10...25 metrni tashkil etishi mumkin.
Burt va Handaklarni joylashtirishda bahorgi va yomg‘irli suvlar bosmaydigan baland, sizot suvlari yaqin bo‘lmagan, hamda imkoni bo‘lganda sovuq shamollardan himoyalangan yer uchastkalari tanlanadi.
Burt va Handaklarda kartoshka, karam va ildizmevalilarning barcha turini saqlash mumkin. Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini saqlashning bunday usuli jiddiy kamchiliklar bilan cheklangan, chunki saqlanayotgan mahsulotni saralash, ko‘zdan kechirish va qismlarga bo‘lib jo‘natish imkoniyati mavjud emas.
Jihozlangan saqlash (doimiy) omborlarda saqlanayotgan kartoshka va sabzavotlarning sifatini muntazam nazorat qilib borish, saralash, saqlash rejimini boshqarish imkoniyati mavjud.
Aniq bir xo‘jalik uchun loyihanadigan omborning sig‘imi uzoq muddat saqlanadigan mahsulotning umumiy miqdoridan, sabzavot turlarining o‘zaro nisbatidan, tashish masofasidan kelib chiqib tanlanadi.
Kartoshka va sabzavotlarni saqlash uchun turli haroratli – namli rejimlar talab etilishi bilan birga, turli xo‘jalik – biologik navlari ham alohida saqlanadi.
Ko‘pgina xollarda sabzavot omborlari to‘g‘ri burchakli bino ko‘rinishida, mahsulot saqlash joylari jhampalar, stellajlar va ikki yoki to‘rt qatorli shtabellar ko‘rinishida loyihanadi (32-rasm).
1000 tonna sig‘imli namunali omborlarning rejalashtirish qarori 3-rasmda ko‘rsatilgan.

32-rasm: Sig‘imi 3000 tonna bo‘lgan faol shamollatiladigan urug‘lik kartoshkani saqlashga mo‘ljallangan sektsiyali ombor.

1 – saqlash binosi; 2 – kartoshkani undirib olish uchun bino; 3 – elektshit xonasi; 4- ventilyatsiya kameralari; 5 – xizmat xonasi.






33-rasm: Sig‘imi 1000 tonna bo‘lgan namunali omborlarning rejalashtirish qarorlari

a – oziq – ovqat uchun mo‘ljallangan kartoshkani saqlash uchun T’-813-2-70.92 namunali ombor; b – urug‘lik uchun mo‘ljallangan kartoshkani saqlash uchun T’-813-2-63.91 namunali ombor; v – karamni saqlash uchun T’-813-2-67.91 namunali ombor; g – piyozni saqlash uchun T’-813-2-62.90 namunali ombor; d – sabzini saqlash uchun T’-813-2-49.88 namunali ombor; ye – kombinatsiyalangan T’-813-2-25.86 namunali ombor; 1 – saqlash tsektsiyasi; 2 – tambur, yuklash yo‘lagi; 3 – tovar ishlov berish sexi; 4 – elektshit xonasi; 5 – ventilyatsion kamera; 6 – maishiy xonalar; 7 – issiqlik punkti; 8 – qabul qilish bo‘limi; 9 – mashina bo‘limi; 10 – undirish bo‘limi; 11 – bostirma; 12 – quritish hamdasi; 13 – ekspeditsiya; 14 – zaryadlash xonasi.


Nazorat savollari

  1. Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini saqlash omborlari qanday tavsiflanadi?

  2. Yer ustida, yarim chuqurlashtirilgan, chuqurlashtirilgan va yer ostida joylashtirilgan omborxonalarni tavsiflang?

  3. Burtlar Handaklardan qanday farqlanadi?

  4. Vaqtinchalik omborlar qanday izolyatsiyalanadi?

  5. Vaqtinchalik omborlarda shamollatish tizimi qanday tashkil etiladi?

  6. Vaqtinchalik omborlarning o‘lchamlarini ayting?

  7. Saqlash omborlari uskunalariga qanday talablar qo‘yiladi?

  8. Sabzavotlarni saqlash omborlari tarkibiga qanday inshootlar qiradi?

  9. Doimiy omborlarda yuklash – tushirish qanday uskunalar foydalaniladi?

  10. Faol shamollatish uchun qanday uskunalar foydalaniladi?
16-ma’ruza: Yig'ishtirib olingan qishloq xo'jaligi mahsulotlarini saqlash omborlariga tayyorlash va ularni sifat ko'rsatkichlari


Download 11,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   206




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish