Tayanch iboralar: Saqlash va omborga joylashtirish usullari, Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini saqlash omborlarining tasnifi, Handaklar
Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini saqlash va omborga joylashtirish usullari
Mahsulotni saqlashning quyidagi usullari mavjud:
sovutiladigan;
boshqariladigan gaz muhitida (RGS) sovutib;
faol shamollatish bilan, shu bilan birgalikda biologik va kimyoviy himoya vositalarini qo‘llab;
faol shamollatish bilan, shu bilan birgalikda sun’iy yaratiladigan sovuqlikdan foydalanib;
umumiy havo almashinish bilan shamollatish, ya’ni ham tabiiy yoki sun’iy sovuqlikni qo‘llab, shu bilan birgalikda gazli membranali polietilen qadoqlardan foydalanib;
Mahsulotni uyum holida joylashtirishda uyumdani haroratli – namli rejim tashqi, ichki havo yoki uning aralashmasi bilan faol shamollatish orqali boshqariladi. Faol shamollatish uchun havo sarfi qishgi davrda harorat – 20 va – 30°S bo‘lganda davolash va sovutish davrida urug‘lik kartoshka uchun 100 va 70 m3/soatdan, oziq – ovqat uchun mo‘ljallangan kartoshka va ildizmevalarda 70 va 50 m3/soat, karam va piyozda 150 va 100 m3/soatdan kam bo‘lmasligi lozim.
Saqlashning asosiy davrida havoni sarfi 2 baravar kamaytiriladi.
Mahsulotni realizatsiya qilgungacha saqlashning asosiy davrida mahsulot turlariga tegishli haroratli – namli rejim ‘arametrlariga va saqlashning optimal davomiyligiga rioya etish lozimdir. Masalan asosiy saqlashgacha kartoshka tinim (davolanish) davrini, piyoz esa quritish davrini o‘tishi kerak.
Barcha geratsiyaga ta’luqli bandsiz piyozni asosiy saqlash davridan tashqari, ya’ni quritish va sovutishda haroratni bir maromda saqlash talab etiladi.
piyozning tashqi po‘stlog‘ini 14...16% namlikgacha quritish saqlash sektsiyalarida, piyoz uyumiga 25...30°S gacha qizdirilgan havo yuborilib amalga oshiriladi. Quritish davomiyligi 72 soatdan oshmasligi lozim. SHundan so‘ng yetilib pishgan piyozni tashqi havo bilan, uni 6...8 sutka vaqt davomida havoni 3...5°S gacha qizdirib, 250 m3/soat·tonna havo miqdorida faol shamollatish bilan quritishni yakunlash mumkin. Faol shamollatilayotgan piyoz uyumiga kirayotgan havoning maksimal harorati 35°S. Bargli piyozni harorati 30...35°S bo‘lgan havo va faol shamollatish miqdori 350 m3/soat-tonnadan kam bo‘lmagan rejimda quritiladi.
piyozni sovutishning boshida tashqi havo bilan minimal haroratgacha sovutiladi, so‘ngra saqlashning asosiy haroratigacha sovutiladi. Asosiy saqlash haroratigacha sovutishda imkoniyat bo‘lganda tashqi havodan foydalaniladi, imkoniyat bo‘lmaganda sun’iy sovuqlikdan foydalaniladi.
Sovutish ikki bosqichda: boshlanishida 18...25°S gacha, so‘ngra tashqi havo haroratlari sovuganidan keyin asosiy saqlash haroratigacha sovutiladi. Sovutishda sun’iy sovuqlikdan foydalanilganda esa sovutish birdaniga asosiy saqlash haroratigacha sovutiladi.
Iliq havoli qish kunlarida va bahorda sun’iy sovuqli sovutish tizimi bo‘lmagan omborda saqlanayotgan piyoz harorati asosiy saqlash haroratidan 18...25°S gacha ko‘tariladi.
Saqlashning bir rejimidan ikkinchisida o‘tish vaqti piyozning o‘sib ketishini oldini olish maqsadida minimal bo‘lishi lozim. piyozning 0...17°S haroratda saqlanish muddati 15 kundan oshmasligi kerak deb hisoblanadi. Ekish uchun mo‘ljallangan piyozni saqlashda uni ekishdan oldin ikki xafta 18...20°S da qizdiriladi.
Sabzavotlarni saqlashga joylashtirishda sovutish usullaridan kelib chiqib qisqa muddatlarda (15 sutkadan ko‘p emas) sovutiladi.
Kartoshka va sabzavotlarning saqlashuvchanligini oshirish uchun ularning sirtini konservantlar va antise’tiklar bilan ishlov berish mumkin.
Kartoshka va sabzavotlar saqlash omborlariga uyum holida yoki idishlarga solib joylashtirish mumkin. Uyum holida asosan oziq – ovqat va qayta ishlash uchun mo‘ljallangan kartoshka va sabzavotlar saqlanadi.
Uyum holida saqlashning boshqa usullardan afzalligi hammabo‘ligi, saqlash omborining past qiymatga egaligi; kamchiliklari esa kichik partiyadagi mahsulotlarni saqlashga joylashtirish qiyinchiligi.
Idishda asosan urug‘likga mo‘ljallangan kartoshka, sabzavot va mevalar saqlanib, saqlash uchun kichik hajmli (1000 tonnadan ko‘p emas) kombinatsiyalangan omborlar qo‘llaniladi. Konteynerli saqlash usulining afzalligi shundaki mahsulotni saqlashga naviga, re’roduktsiyasi va fraktsiyalarga ajratib joylashtirish mumkin. SHu bilan bunday saqlashda saqlanayotgan mahsulotning kasallanish muhiti chegaralanadi, yuqori mehnat samaradorligini ta’minlaydi. Saqlashning ushbu usulining asosiy kamchiligiga idish uchun katta kapital xarajatlarning (sotib olish va saqlash mavsumidan boshqa vaqtlarda inga xizmat ko‘rsatish) sarflanishi hisoblanadi. Bunday xarajatlar o‘z navbatida omborning qiymatining ortishiga olib keladi.
Uyumda yoki idishda saqlashning ikki usulini bir omborda birdaniga qo‘llash ham mumkin. Bu faqatgina yirik saqlash omborlarida amalga oshiriladi, chunki bir vaqtda saqlashning ikki usulini qo‘llash texnologik jarayonlarni mexanizatsiyalash uchun maxsus uskunalardan foydalanishni taqozo etadi.
Saqlashga joylashtirish usulini tanlashda barcha faktorlarni inobatga olish lozim, ya’ni saqlash omborining bahosini, saqlashga joylashtiriladigan mahsulot sifatini, hosildorlikni (urug‘lik mahsulot uchun), yetkazib kelish va joylashtirishga ketadigan mehnat xarajatlarini, mehnat unumdorligini, energiya sarfini (shamollatishga, sun’iy sovuqlik yaratishga va boshqalar) va h.k.
Turli xo‘jalik – biologik navdagi, re’roduktsiyadagi kartoshka va sabzavotlarni, hamda turli haroratli – namli rejimlarni talab etuvchilar odatda bir biridan alohida saqlanadi. Bir binoda sabzavotning quyidagi turlarini birga saqlashga ruxsat etiladi: piyoz va sarimsoqni; kartoshka va lavlagini; sabzi, lavlagi va sholg‘omni. Artoshka va sabzavotlarni mevalardan alohida omborlarda saqlanadi, chunki birga saqlashda ularning sifati yomonlashadi. Saqlash kartoshkdan tarqari barsa sabzavot va mevalar uchun to‘liq qorong‘ulikda amalga oshiriladi. Urug‘lik kartoshkani tarqoq nurlarda eng nomaqbul saqlash sharotida saqlashda ham kartoshka tuganagining yuqori qatlamlarida solaninning to‘’lanishi natijasida kartoshkaning saqlanuvchanligi ortishi aniqlangan. Oziq – ovqat uchun mo‘ljallangan karamning ko‘pgina navlarini sun’iy yorug‘likda saqlashda esa karam boshlarining qulrang chirish kasalligiga uchrashi kuzatilgan. Saqlashga chidamli bo‘lgan karamning barglari esa nur ta’sirida bu kasallikga chalinmaydi.
Urug‘likga mo‘ljallangan ildizmevalilarning saqlashda uyum balandligi 2,8 metrni, oziq – ovqat uchun mo‘ljallangan r\piyozning barcha generatsiyalari 3,6 metga, kartoshka 5 metrga, shtabellab taxlangani 5,5 metga yetishi mumkin. Amalda esa saqlanayotgan sabzavotning uyum balandligi uning sifatiga ko‘ra, hamda faol shamollatish tizimining texnik holatidan kelib chiqib to‘g‘rilanadi. Uyum holida saqlashda omborda o‘tish yo‘laklari ko‘zda tutilmaydi. Ombor eshigi ortida avtoyuklagichning harakatlanishini ta’minlaydigan o‘lchamdagi maydoncha qoldiriladi.
Mahsulotni saqlashga uyum holida joylashtirish uchun bir omborning maksimal sig‘imi mahsulot turidan kelib chiqib quyidagicha: piyozning barcha regeneritsiyasi uchun – 250 tonna, urug‘lik kartoshka uchun – 500 tonna, karam uchun – 700 tonna, oziq – ovqat uchun mo‘ljallangan karioshka va ildizmevalar uchun – 1000 tonna. Xashaka kartoshka va ildizmevalarni saqlash uchun ombor sig‘imlari chegaralanmagan, lekin amaliyotda bu chegara 4000 tonna qilib belgilangan.
Sovutgichlar va boshqariladigan gaz muhitli sovutgichlarning saqlash kamerasi sig‘imi sovutgichning nominal sig‘imidan kelib chiqib belgilanadi. Sig‘imi 500...2000 tonna bo‘lgan sovutgichning saqlash kamerasi sig‘imi 300 tonnadan oshmaydi, sig‘imi 5000 tonnagacha bo‘lganlariniki esa 600 tonnadan oshmaydi.
Saqlash kameralarining sig‘imini chegaralash saqlanayotgan mahsulotda kasalliklarning tarqashini oldini olish, qisqa muddatlarda bir meyordagi haroratli – namli rejimni tashkil etish va uni ta’minlash uchun amalga oshiriladi.
Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini saqlash omborlarining tasnifi
Kartoshka va sabzavotlarni saqlash omborlari bunday mahsulotlarni uzoq muddat saqlashga mo‘ljallangan inshoot hisoblanadi.
Kartoshka, sabzavot – meva, hamda donni saqlashga mo‘ljallangan binolar texnologik loyihalashtirish normalariga ko‘ra quyidagi asosiy texnologik belgilariga ko‘ra tasniflanadi: qo‘llanilishiga ko‘ra, turiga ko‘ra, saqlashga joylashtirish usuliga ko‘ra va saqlash mikroiqlimiga ko‘ra.
Rejalashtirish belgisiga ko‘ra statsionar omborlar yer ustida, yarim chuqurlashtirilgan, chuqurlashtirilgan va yer ostida joylashtirilgan bo‘lishi mumkin. Yer ustida qurilgan saqlash omborlari binosining poli yer sirtidagi rejalashtirish belgisidan 0,15...0,2 metrgacha baland bo‘ladi. Ombor devari va polining issiqlik izolyatsiyasini qulay va samarali qilib tashkil etish ‘ozitsiyasidan kelib chiqib bino polini yer sirtidagi rejalashtirish belgisidan 0,3 metrgacha baland qilib olingani maqsadga muvofiqdir. Mamlakatimiz va MDH hududida qishloq xo‘jalik mahsulotlarini saqlash omborlari yer ustida joylashtirilib quriladi va bunga sabab omborning ichki hajmini tashqi muhit bilan transport orqali bog‘lanishini osonlashtirish bilan birgalikda, yer osti suvlarining yaqinligidir.
Yarim chuqurlashtirilgan omborlar deb ombor polidan rejalashtirilgan belgigacha bo‘lgan masofa ombor devorining yarmidan ko‘p bo‘lmagan chuqurlikda qurilgan omborlarga aytiladi. Bunday omborlarning yer ustida qurilgan omborlarga nisbatan afzalligi ular ko‘proq barqaror mikroiqlimga egadirlar: bu omborlarda bahor va yoz oylarida yer ustida qurilgan omborga nisbatan pastroq, ularni qurishda kamroq issiqlik izolattsiyalash materialllari sarflanadi. Qamchiligiga bunday omborlarni sizot suvlar yaqin bo‘lgan hududlarda qurib bo‘lmasligidir.
Saqlash omborlarining asosiy binolariga saqlash kameralari, sektsiyalari, xom – ashyoni qabul qilish va ishlov berish, ya’ni yig‘im – terimdan keyingi, ekishdan oldingi va tovar ishlov berish binolari kiradi. Qo‘shimcha binolarga saqlash rejimlarini ta’minlovchi, texnologik jarayonlarni mexanizatsiyalovchi va avtomatlovchi binolar, yordamchi binolarga esa administrativ – texnik, madaniy – maishiy va laboratoriya xonalari kiradi.
Urug‘lik mahsulotni saqlashga mo‘ljallangan omborlar mahsulotning biologik turiga ko‘ra ixtisoslashtirilgan: urug‘likga mo‘ljallangan kartoshkani, qand va osh lavlagini, sabzini, karamni, sholg‘omni, piyozni saqlash uchun. Boshqacha aytganda bunday omborlar bir turdagi mahsulotni saqlash uchun mo‘ljallangan, ya’ni urug‘lik kartoshkani saqlash uchun mo‘ljallanga omborda faqatgiga urug‘lik kartoshka joylashtiriladi.
Oziq – ovqatga mo‘ljallangan mahsulotni saqlaydigan omborlar ixtisoslashgan omborlarga qaraganda ko‘p maqsadli bo‘lib ularda bir vaqtning o‘zida bir necha turdagi mahsulot aloxida xonalarda saqlanadi va bunday omborlar kombinatsiyalashgan saqlash omborlari deb nomlanadi.
Kombinatsiyalashgan saqlash omborlarida mahsulot quyidagi miqdorda taqsimlangan holda saqlanishi mumkin:
–kartoshka (46%), karam (23%), lavlagi, piyoz, sabzi (5% dan), olma (16%);
–sabzi (33%), karam (67%);
–kartoshka (46%), karam (23%), sabzi (15%), lavlagi (16%) yoki
–sovutiladigan binolarda mavsum oraligi davrida ertachi kartoshka (35%), karam (44%), olma (21 %).
Mahsulotni saqlashga joylashtirish usuliga ko‘ra omborlar uyub saqlaydigan va konteyrda saqlaydigan bo‘ladi. Birinchi turdagi omborlar uyub saqlash mumkin bo‘lgan mahsulotlarni, ya’ni urug‘lik, oziq – ovqat va hashaki kartoshkani, urug‘likga mo‘ljallangan sabzi, karam, sholg‘om, piyoz, sarimsoqni saqlaydi.
Mahsulotni uyub saqlashga mo‘ljallangan omborlarni o‘z navbatida sig‘imiga ko‘ra quyidagi turlarga ajratamiz: hampali (har bir sektsiyasining sig‘imi 100 tonna va undan ortiq); sektsiyali (har bir sektsiyasining sig‘imi 250 tonna); zalga oid (mahsulot bir massa holida saqlanadi).
Hampali omborlar 1978 – 1980 yillar keng tarqagan bo‘lib bo‘lib, mahsulot ularda umumiy bino konturi bo‘yicha joylashtirilgan sig‘imi 60...100 tonna bo‘lgan alohida bo‘lmalarda saqlanadi. Bo‘lmalar usti ochiq va unda saqlanayotgan mahsulotning usti izolyatsiyalanmagan bo‘ladi. Bunday omborning afzalligi bo‘lmalar sonining ko‘pligi va unda kichik partiyadagi mahsulotni boshqalardan aloxida saqlash, yuklash va bo‘shatish imkoniyatining mavjudligidir. Kamchiligiga saqlash maydonlaridan ratsional foydalanilmasligi, qurishda material sarflanish hajmining va ko‘p mehnat talab qilishi va o‘z navbatida qurilish tannarxini yuqoriligi, har bir bo‘lmada o‘z mikroiqlimini ta’minlay olmaslik.
Mikroiqlimni yaratish usuliga ko‘ra omborlar quyidagi turlarga ajratiladi:
–tabiiy yoki majburiy shamollatiladigan, shu bilan birgalikda ikkala holda ham tabiiy sovuqdan foydalanib;
–majburiy shamollatiladigan, shu bilan birgalikda ham tabiiy va sun’iy sovuqlikdan foydalanib;
sovutgichli, 00S dan past haroratli havo yoki sovutish qurilmalaridan foydalanib;
–boshqariladigan gaz muhitli sovutgichlar.
30-rasm: Ildizmevalilarni saqlash uchun hampali ombor sxemasi
1 – havo so‘rish shaxtasi; 2 – ichki va tashqi havoni aralashtirish kamerasi; 3 – ventilyator;
4 – magistralli havo quvuri; 5 – havoni taqsimlash quvuri; 6 – havoni taqsimlash quvuri kla’ani; 7 – chorqirrali havo taqsimlagichlar; 8 – havoni tortish shaxtasi.
Tabiiy shamollatishli omborlarda uyum holida saqlanayotgan mahsulotga havo oqimi haroratlardagi farqlar ta’siri hisobida aylantiriladi, shuning uchun uyumda saqlanayotgan kartoshka va sabzavotlar 1,5...2,0 metrdan baland qilmasdan saqlanadi. Bunday mikroiqlimli omborlardan foydalanish chegaralangan, chunki uyum holida saqlash jarayoniga faol ta’sir ko‘rsatish, birinchi o‘rinda saqlash haroratini o‘zgartirish amalda mumkin emas.
Majburiy shamollatiladigan omborlar (amaliyotda “faol shamollatiladigan” termini qo‘llaniladi) ‘rogressiv omborlar turiga kiradi. Faol shamollatishda tabiiy sovuqlikdan foydalanish mahsulotni oziqaviy miqdorini minimal darajada yo‘qotish bilan uzoq muddat saqlashni ta’minlaydi. SHuning uchun bunday omborlar ommaviy tarqagan. Faol shamollatishda sun’iy sovuqlikdan foydalanish saqlash jarayonini tashqi iqlimiy faktorlarga bog‘liq bo‘lgan qaramlikdan xolos etadi.
Tabiiy shamollatishli omborlar boshqalaridan kam sonli muhandislik uskunalari yoki ularning yo‘qligi bilan farq qiladi. SHamollatish ombor devorlarida va shiftida o‘rnatilgan tuynuklar yordamida rostlanadi. Saqlanadigan mahsulot ko‘pincha idishlarda saqlanadi. Havo almashinish erkin konvektiv issiqlik almashinish hisobiga amalga oshiriladi.
SHamollatishda ham tabiiy va sun’iy sovuqlikdan foydalaniladigan omborlarda ko‘pincha kartoshka va ildizmevalilarni idishda saqlashda foydalaniladi.
Sovutgichlar saqlash omborlaridan farqli ravishda sun’iy sovuqlikni yaratuvchi texnik uskunalar bilan, boshqariladigan gaz muhitli sovutgichlar esa germetik kameralar va gaz muhitini bir meyorda ta’minlovchi maxsus uskunalar bilan jihozlanadi.
Saqlanayotgan mahsulotni sig‘imlardan bo‘shatishda o‘zining energetik resurslaridan foydalanish usuliga ko‘ra omborlar quyidagi turlarga ajratiladi:
–gravitatsion kuch ta’sirida mahsulotni bo‘shatadigan omborlar (don elevatorlari);
–mahsulotni bo‘shatishda tashqi kuchlar manbaidan foydalaniladigan omborlar –mahsulotni uyum holida saqlashda gidrooqizish (suv yordamida oqizish) va ‘odborshchiklardan foydalanish, hamda kanteynerlarda saqlashda avtoyuklagichlardan foydalanish;
–kombinatsiyalangan omborlar, ya’ni mahsulotni bo‘shatishda yuqorida bayon etilgan barcha bo‘shatish usullaridan foydalaniladigan omborlar.
Gravitatsion kuch ta’sirida mahsulotni bo‘shatadigan omborlar – asosan bunkerli, qiya polli omborlar hisoblanib aksariyat hollarda don mahsulotlarini saqlashda foydalaniladi. Bunday omborlarning boshqalardan afzalligi mahsulotni bo‘shatishda juda kam mehnat sarflanishi va bo‘shatishni to‘liq avtomatlashtirish imkoniyatidir. Kamchiliklariga esa omborning arxitektura – qurilish qismining, shamollatish tizimining, hamda gorizontal polli omborlarga nisbatan mahsulotni yuklash ishlarining murakkabligidir.
Saqlash omborlarini tiklashda foydalaniladigan asosiy qurilish materiallari sifatida yig‘ma temir – betonlar, yengil metall konstruktsiyalar, yog‘och konstruktsiyalar, mahalliy qurilish materiallaridan (gpisht, yog‘och va h.k.) foydalaniladi.
Yetkazilib berilish usullariga ko‘ra ombor va sovutgichlar to‘liq zavodda tayyorlangan, yig‘ma elementlardan tashkil to‘gan va o‘z joyida qurilganlarga ajratiladi.
To‘liq zavodda tayyorlangan omborlarga kichik sig‘imli sovutish kamerali sektsiyalardan iborat to‘gan sovutgichlardan tashqari yengil metall konstruktsiyadan tayyorlangan omborlar ham kiradi.
Yig‘ma elementlardan tashkil to‘gan omborlar temir – beton konstruktsiyalardan tashkil to‘gan omborlar misol bo‘la oladi.
O‘z joyida qurilgan omborlar asosan mahalliy qurilish materiallaridan tiklanadi.
Kartoshka, sabzavot va mevalarni saqlash omborlari qurilishining mustaxkamligiga ko‘ra mustaxkam va vaqtinchalik binolarga ajratiladi. Ombor binosining mustaxkamlik darajasi (sinfi) deganda mustaxkamligini va fizik eskirishga bardoshliligini tavsiflovchi sifat kategoriyasi tushuniladi. Har bir omborning shartli ravishda normativ foydalanish muddati mavjuddir. Binodan
foydalanish muddati deganda uni ishga tushirish kunidan tugatishgacha (foydalanishni to‘xtatish, buzib tashlash) bo‘lgan vaqt tushuniladi.
To‘liq temir – betonli karkasdan va temir – beton balkalardan stro‘illi konstruktsiyali omborlarning foydalanish muddati agressiv bo‘lmagan mahsulotni saqlashda (piyoz, sarimsoq) 60...70 yilni, agressiv mahsulotlarni saqlashda 50...60 yilni tashkil etishi mumkin. Metall karkasli omborlarning foydalanish muddati agressiv bo‘lmagan mahsulotni saqlashda 40 yil, agressiv mahsulotlarni saqlashda 30 yil qilib belgilash mumkin.
Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini saqlash omborlarining konstruktsiyasi
Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini saqlash omborlari quyidagi talablarga javob berishi lozim:
– saqlash, tovar ishlov berish, birlamchi ishlov berish, mahsulotni realizatsiyaga tayyorlash va ishlab chiqarish chiqindilarini utilizatsiyalash jarayonlarini ratsional tashkil etish imkoni berishi;
–moslashuvchan bo‘lishi (istiqbolli saqlash texnologiyasini va uning muhandislik ta’minotini kiritish ma’nosida) va omborning saqlash quvvatini oshirish imkoniyatini nazarda tutish;
–yuqori ekspluatatsiya tavsiflariga ega bo‘lish, shu bilan birgalikda ta’mirga yaroqli, estetik xususiyatlarga ega bo‘lish;
–qurilishda industrializatsiya talablarini qondirish, mustaxkamlik, uzoq muddatga chidaydigan, tejamli, yong‘inga xavfsiz bo‘lishi;
Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini saqlash omborlariga qo‘yiladigan yana bir talab murakkab geometrik shaklda bo‘lmasligi, ya’ni omborning arxitekturali qiyofasi atrof muhit bilan ratsional mos tushishi lozimdir.
Ombor devorlari uchun qurilish materiallarini tanlashda ularni yuqori namlikda ekspluatatsiya qilinishini va himoya tadbirlarini amalga oshirish imkoniyatlari inobatga olish lozimdir.
Sovutiladigan omborlarning sektsiya oralig‘idagi devorlar sirti tekis, sovuq o‘tmaydigan bo‘lishi lozim. Sovutilmaydigan omborlarda haroratlar farqi 5...8°S bo‘lgan sektsiyalar oralig‘ida sovuqli g‘ovlar tashkil etishga ruxsat etiladi, masalan saqlash sektsiyasi bilan ventilyatsion kamerasi va transport yo‘laklari oralig‘ida.
Mahsulotni idishga joylab saqlanadigan omborning ikki tomoni transport yo‘lagiga yondosh bo‘lgan devorlarda bir biriga qarama qarshi joylashgan eshiklar joylashtirilmasligi lozim. Bunday eshiklarning o‘lchami 2,4x2,3 metrdan kichik bo‘lmasligi kerak. Mahsulotni uyum holida joylashtiriladigan omborning transport devoriga yondosh bo‘lgan devoridagi eshikning o‘lchami karam omborlarida 3,6x3,6 metr, boshqa turdagi omborlarda esa 4,2x4,2 metr bo‘lishi tavsiya etiladi. SHu bilan birgalikda eshiklar ikki yonga suriladigan darvoza shaklida bo‘lishi kerak.
SHamollatish uchun magistral quvurlarni yer usti, yer osti yoki chuqurlashtirilgan holda joylashtiriladi. CHekkadagi sektsiyalarda magistral quvurlarni tashqari tomondan kiritish maqsadga muvofiq. Yer ustida joylashtiriladigan magistral quvurlar ombor sig‘imini keskin kamayishiga sababchi bo‘lmasligi kerak. Magistral quvurlardan tashqi devorlarning mustaxkamligini ta’minlaydigan konstruktsion elementlar sifatida foydalanish afzalroqdir.
Konstruktsion nuqtai nazardan magistral quvurlar metall listlardan, tilingan yog‘och materiallaridan, yog‘och – ‘araxali plitalardan, hamda yig‘ma temir – beton elementlardan, monolitli betondan, keramzit - betondan tayyorlangan karkasli qilib bajarilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |