O‘zbekiston respublikasi qishloq xo‘jalik vazirligi


paxta tolasining texnologik xususiyatlari



Download 11,87 Mb.
bet45/206
Sana16.04.2022
Hajmi11,87 Mb.
#556846
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   206
Bog'liq
2 5345798815255368373

paxta tolasining texnologik xususiyatlari. paxta tolasini qayta ishlashda va to‘qimachilik sanoatida foydalanishda uning texnologik xususiyatlari muhim o‘rinni egallaydi.
Tolaning texnologik qimmati uning bir qator xususiyatlarining majmuasi bo‘lib, ulardan asosiylari geometirik, mexanik va fizik xossalari hisoblanadi.
Tolaning uzunligi va ko‘ndalang kesim o‘lchamlari uning geometirik xossalarini, pishiqligi, elastikligi va boshqa ko‘rsatkichlari mexanik xossalarini, issiqlika chidamliligi, nam o‘tkazish va bir qator kimyoviy moddalarga munosabati uning fizik-kimyoviy xossalarini bildiradi.
paxta tolasining texnologik xususiyatlaridan uning uzunligi, ingichkaligi, pishiqligi, buraluvchanligi, elastikligi, uzilish uzunligi, tola chiqishi va tolaning pishib etilishi sanoat hamda ishlab chiqarishda katta ahamiyatga ega. paxta tolasining asosiy xossalari undan olinadigan i’ning xossalariga bevosita ta’sir qiladi.
Tolaning uzunligi-tolaning o‘rtacha uzunligi uning texnologik ko‘rsatkichlari orasida sifatini belgilovchi asosiy ko‘rsatkich hisoblanadi. paxta tolasining uzunligi to‘qimachilik sanoatida yigirish sistemasini aniqlashda muhim omil sanaladi. Uzunroq tolalardan ingchika va pishiq i’ ishlab chiqariladi.
Tolaning uzunligi deb, to‘g‘rilangan tolaning ikki uchi orasidagi masofani tushuniladi va u millimetrda o‘lchanadi. Bir namunada turli xil uzunlikdagi tola bo‘lishi mumkin. Shuning uchun tolaning uzunligi tushunchasi bir tola uchun emas, balki umumiy namunadagi tolalarning o‘rtacha uzunligi bilan ifodalanadi. Ekiladigan g‘o‘zalarda tolaning uzunligi 18-22 mm dan 45-50, hatto 55-60 mm gacha bo‘lishi mumkin.
Mamlakatimizda ko‘p miqdorda ekilayotgan o‘rta tolali g‘o‘zaning ko‘pgina navlarida paxta tolasining uzunligi 30-33 mm, ayrimlarida 35-37 mm ga etadi, ingichka tolali navlarda 38-42 mm gacha va undan ham oshiq bo‘lishi mumkin.
Tolaning uzunligini qo‘lda ham aniqlasa bo‘ladi. Bunda namunadan bir tutam tola olinib, lineykada ularning uzunligi o‘lchanadi. Odatda tolaning uzunligini «Velvet» taxtachasida aniqlanadi.
Har bir namuna paxtada ayrim tolalarning uzunligi turlicha bo‘lganligi sababli yigirish sistemasini tanlash uchun kerakli tola uzunliklarining o‘rtacha ko‘rsatkichlarini aniqlash kerak bo‘ladi. SHuning uchun tola uzunligini aniqlovchi o‘rtacha massa uzunligi, modal va shta’el uzunligi, tola bazasi va uzunligi jihatidan tekisligi kabi tushunchalar kiritilgan.

Download 11,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   206




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish