O‘zbekiston respublikasi qishloq xo‘jalik vazirligi



Download 11,87 Mb.
bet42/206
Sana16.04.2022
Hajmi11,87 Mb.
#556846
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   206
Bog'liq
2 5345798815255368373

paxta tayyorlash punktlari - paxta zavodi qoshida yoki undan tashqarida alohida joylashgan bo‘ladi.
paxta zavodi qoshidagi tayyorlov punkti paxtani zavodga yaqin xo‘jaliklardan qabul qiladi va to‘g‘ridan-to‘g‘ri asosiy ishlab chiqarish sexlariga yuboradi. Zavoddan tashqarida joylashgan tayyorlash punktlaridan esa reja bo‘yicha belgilangan vaqtda tashiladi. Zavodga keltirilgan paxta ham sifatiga qarab alohida turkamlanadi.
6-8 ming tonna paxta tayyorlaydigan paxta punktlari o‘rtacha hajmdagi punktlar hisoblanib, ular paxtachilik sanoatida ko‘proq uchraydi. Ammo 12-13 ming tonna tayyorlaydigan, hajmi katta bo‘lgan punktlar ham uchraydi. paxta tayyorlash hajmi 6 ming tonnadan kam bo‘lgan mayda paxta tayyorlash punktlarini tashkil qilish iqtisodiy hihatdan foydasiz bo‘lganligi uchun ular tavsiya etilmaydi.
Yangi paxta tayyorlash punktlari paxtani qabul qilish va uni saqlashga qo‘yiladigan zamonaviy talablarni qondiradigan takomillashgan loyiha bo‘yicha quriladi.
Qabul qilingan paxtani saqlash uchun omborlarga joylash yoki maydonchalarga g‘aramlash (buntlash) va ularni paxta zavodiga jo‘natish uchun transport vositalariga yuklash ishlari lentali qo‘zg‘aluvchan transportyorlar yordamida bajariladi. SHuning uchun har bir tayyorlash punktida uzunligi 10-15-20 metrlik 5-6 dona lentali transportyorlar va paxtani tashiydigan maxsus transport vositalaridan paxtani qabul qiladigan 2-3 dona ‘TX-20 yoki ‘TX-20D rusumli moslamalar bo‘lishi kerak. Nam va iflos paxtalar esa tozalash uchun quritish sexiga havo transporti (quvurlar) vositasida jo‘natiladi.
Xo‘jaliklardan qabul qilinayotgan va paxta zavodlariga jo‘natilayotgan paxtalarning sifatini aniqlash, quritish-tozalash sexlarining ishini nazorat qilish, saqlanayotgan paxtaning holatini tekshirib turish punkt qoshidagi laboratoriyaning asosiy vazifasi hisoblanadi.
Qabul qilingan paxtaning navi, namligi va ifloslanganligini aniqlash uchun namunalar tanlash va tahlillar O‘zRST 643-95, O‘zRST 592-92, O‘zRST 593-92, O‘zRST 644-95 raqamli Respublika standartlari bo‘yicha standart namunalari tekshirilgan yoki «O‘zdavstandart» ning metrologik xizmati attestatsiyasidan o‘tkazilgan asboblarda olib boriladi. Namunalar tanlash, laborantlar ishi, laboratoriya asbob-uskunalarini paxta zavodining TNB (texnik nazorat bo‘limi) boshlig‘i nazorat qiladi.
Tayyorlov punktining laboratoriyasi quyidagi asboblarga ega bo‘lishi kerak: O‘z-7 M shkafi, USX-1 va VSX yoki VSX-M1 namlikni aniqlash asbobi, paxta ifloslanganligi aniqlash uchun LKM
qurilmasi, L’S-4 tola navini aniqlash asbobi, ‘‘V jin tola tozalagich, paxta uchun SXL-3 laboratoriya quritgichi, mayda qadoq toshli I va II sinfga oid aniqligi yuqori bo‘lgan texnik tarozilar, elektron tarozilar, mikrosko‘, mikrosko‘ga ‘-2 nurni qutblantiruvchi moslama eksikator, namunalar olish uchun bankalar - 10-20 ta (turli hajmdagi) bo‘lishi lozim. SHuningdek tayyorlash mavsumi paytida umumiy tayyorlanadigan paxtaning taxminan 20-25 % i paxta zavodlariga jo‘natiladi. qolgan 75 % i esa paxta tayyorlash punktlarida saqlanishi kerak. Bu saqlanadigan paxtalarning harorati doimo tekshirib turilishi uchun laboratoriyada 5-10 dona maxsus termoshchu’lar bo‘lishi kerak.
Uzoq saqlanadigan past navli paxta, odatda, yo‘iq omborlarda, yarim ochiq yoki to‘rt tomoni ochiq binolarda (naves) saqlanadi.
Yo‘iq omborlarning bir kubometr hajmiga I-nav paxtadan 170-180 kg va past navli paxtadan 130-140 kg joylanadi. Yo‘iq omborlarda paxta tomning bug‘oti baravar balandlikda bosilgandan keyin o‘z og‘irligi bilan cho‘kadi va bo‘shagan hajmi sifati bir xil bo‘lgan paxta bilan to‘ldirib turiladi.
polning holati (g‘aramning tag qismi) paxta saqlashda katta ahamiyatga ega. SHuning uchun tag qism bir necha usullar Bilan tayyorlanadi. Avvalo, yerning o‘simlik o‘sadigan qatlamini 20-30 sm chuqurlikda olib tashlanadi, so‘ngra o‘yilgan yerga shag‘al, tosh, qum, tuproq va boshqa narsalar to‘shalib zichlanadi. SHundan so‘ng ustiga asfalg‘t yoki tosh yotqiziladi.
paxta tayorlash punktlarida paxtani uzoq vaqt ochiq maydonlarda ham saqlash usuli keng tarqalgan. Buning uchun o‘lchamlari 25x14 m va 22x11 m bo‘lgan maxsus maydonchalar tayyorlanadi.
Bu maydonchalarga asosan yuqori nav paxtalar 8-10 m balandlikda g‘aramlanib usti brezent bilan yo‘ib qo‘yiladi.
O‘lchamlari 25x14 m lik maydonchalarda 550-600 tonna va o‘lchamlari 22x11 m lik maydonchalarda 350-400 tonnadan oshiq paxta saqlanadi.
paxta saqlanadigan maydonchalar yer yuzasidan 0,4 metr balandroq qilinib zichlangan tuproq bilan ko‘tarilib ustiga asfalg‘t yoki tosh yotqiziladi.
paxtani yo‘iq omborlarda saqlashning ochiq maydonchalarda saqlashga qaraganda bir qancha afzalliklari bor:

  1. ’axtani yo‘iq omborda saqlash uchun qilinadigan xarajat ochiq maydonlarda saqlashda qilinadigan xarajatga qaraganda kamroq bo‘ladi.

  2. Yo‘iq omborga paxtani joylashda kam mehnat sarflanadi va ochiq maydonchalarda paxta saqlash uchun ishlatiladigan qimmatbaho brezent va arqonlar ishlatilmaydi.

  3. ’axtani omborga joylash va ularni bo‘shatish ishlari ob-havo sharoitiga qaramasdan bajarilishi mumkin.

  4. Yo‘iq omborlarni mexanizatsiyalashtirish ishlari yengillashadi. 5.Yong‘in bo‘lish xavfi birmuncha kamayadi.



    1. CHigitli paxtani saqlash

paxta asosan sentyabr, oktyabr va noyabr oylarida tayyorlanadi. paxta tozalash zavodlari shu uch oy davomida bir mavsumda tayyorlangan paxtaning taxminan 20% ini ishlay oladi. paxtaning qolgan ko‘p qismini uzoq vaqt saqlashga to‘g‘ri keladi.
paxtani uzoq vaqt saqlaganda tola va chigitning tabiiy xususiyatlarining buzulmasligiga yaxshi e’tibor berish kerak. paxtani yaxshi saqlash uchun kerakli shartlarning asosiysi uni omborlarga joylash vaqtidagi namligi GOSTga muvofiq I sort uchun 9,0; II sort uchun 10,0; III sort uchun 11,0 va IV sort uchun 13,0 % dan oshmasligi kerak.(1,2,3)
Mashinalar bilan terilgan va namligi ruxsat etilgan normadan yuqori bo‘lgan chigitli paxta vaqtincha (5 kungacha) saqlash uchun qabul qilinadi. Bunday paxtani joylashda uning balandligi I va II sortlar uchun 4 m dan va qolgan sortlarniki 3 m dan ortiq bo‘lmasligi kerak.
CHigitli paxtani saqlash uchun sig‘imi 750, 1500, 3000, 4500 va 6000 t va temir-beton detallardan yig‘ilgan, pishiq yoki xom gpishtdan qurilgan yo‘iq ombor, to‘rt tomoni ochiq shiy’onlar yoki butunlay ochiq maydonchalardan foydalaniladi.
Saqlanayotgan paxta yer osti suvlarining ta’siri bo‘lmasligi uchun omborlarning pollari 50 mm qalinlikda asfalg‘tlanadi yoki 150 mm qalinlikda yirik tosh terib orasi mayda shag‘al bilan to‘ldiriladi, yoki 25 mm qalinlikda somonli loy bilan suvaladi, agar yer osti suvlari ancha chuqur joylashgan bo‘lsa, tuproq yaxshilash tekislanib suvab qo‘yiladi. CHigitli paxtani yo‘iq omborlarda saqlash vaqtidagi zichligi, namligi 10-11% gacha bo‘lgan I va II sort paxta uchun 150-190 kg/m3 va namligi 12-14% bo‘lgan III va IV va paxta uchun 130-160 kg/m3 bo‘lishi kerak.
CHigitli paxtani ochiq maydonchalarda saqlash uchun paxta tayyorlash g‘aramlash maydonchalari tartibli ravishda quriladi.



26 – rasm. 700 t paxta saqlash uchun mexanizatsiyalashtirilgan yo‘iq ombor sxemasi:

1-N-15210 Elevatori; 2-bunker: 3-elevator galovkasi o‘rnatilgan rama; 4-’axta trale’orteri; 5- elektrtalg‘.


27 – rasm. paxtani usti yo‘iq omborlarda saqlash tartibi.



Download 11,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   206




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish