Nur yordamida sterillash. Sanoatda don massasini rentgen, infraqizil, ultrabinafsha nurlar yordamida butunlay sterillash mumkin.
Masalan, 1 mln. rentgen doza bilan nurlangan namligi 16 % dan kam bo‘lgan don massasini 3 oy saqlash mumkin. SHu dozalar bilan nurlangan namligi 20-25 % ni tashkil kilgan don massasini esa bir necha kungina saqlash mumkin. SHundan so‘ng esa zamburug‘larning yo‘’asiga rivojlanib ketishi kuzatiladi. 2,5 mln. rentgen doza bilan nurlangan makkajo‘xori (quruq) donining nafas olish jadalligi 2,9 marta kamaygan.
Don massasini saqlash usullarining turkumlanishi va texnologik tavsifi. Yig‘im-terim paytida kolxoz va sovxozlarda yig‘ib olingan don massasining elevator va omborlarga yuborishga ulgurmagan holda ularni ochiq maydonda saqlashga majbur bo‘ladilar yoki maxsus buntlarda saqlaydilar. Buntda saqlangan don massasining ichki holatlarini kuzatish kiyin. SHu sababli aktiv shamollatish yordamida don massasining haroratini 8-10oS dan oshirmaslik kerak.
Ko‘larda saqlaniladigan donlar: koriandr, kuknor, eryongok maxsus ko‘larda saqlaniladi.
Nazorat savollari
Elevator – omborxona sanoatining asosiy vazifalari nimalardan iborat?
Elevator sanoatining oraliq korxonalariga qaysi elevatorlar kiradi?
Tayyorlov korxonalarining vazifalari nimalardan iborat?
Don omborxonalariga qanday talablar qo‘yiladi?
Donni saqlash korxonalarida qanday texnologik jarayonlar bajariladi? 6.Saqlash rejimlari asoslariga izox bering.
7.Donni quruq holatda saqlash rejimini tavsiflang. 8.Donni havo ta’sirisiz saqlash rejimiga baho bering. 9.Sovuq holatda saqlash rejimi mohiyatini ochib bering. 10.Don massasini sovutishning qanday usullari mavjud?
Don massasini aktiv shamollatish deganda nimani tushunasiz?
Ombor va maydonlarda donni aktiv shamollatish qanday ventilyatsion qurilmalarni bilasiz? 13.Elevatorlarda donni shamollatish. Ventilyatsion qurilmalarning sxemasi nimadan iborat?
14.Don massasini kimyoviy konservalash deganda nimani tushunasiz? 15.Saqlagichlarda don uyumi balandligiga ta’sir qiladigan qanday omillarni bilasiz?
13-ma’ruza: Donni qayta ishlab olinadigani mahsulotlarni saqlash omborlari
Reja: Un va yorma ishlab chiqarish haqida umumiy mahlumot
Un va yorma ishlab chiqarishda xom ashyo sifatida don va boshqa mahsulotlarning xossalari
Donni qayta ishlash mahsulotlarini tarasiz saqlash omborxonalari