Voleybol, basketbol nazariyasi va uslubiyati kafedrasi a. A. Pulatov, m a qdirova sport pedagogie



Download 4,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/64
Sana27.06.2022
Hajmi4,93 Mb.
#711349
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   64
Bog'liq
SPORT-PEDAGOGIK-MAHORATINI-OSHIRISH-VALEYBOL

(38, 39, 40, 41-rasmlar).
Izoh: Jismoniy sifatlami rivojlantirish bo'yicha ilova qilingan
m ashqlar nusxalari (rasm lari) italiyalik m utaxassis-m ualliflar
S. Pitera, P. Pedata, P. Pasqualonilar qoellanmasidan olingan.
38-rasm
166


40-rasm
41-rasm
167


7.4.2. Kuch sifatini tarbiyalash
Tashqi qaishiliklami mushak kuchi yordamida yengish yoki 
unga qarshi turish kuch sifatini ta’riflaydi. Mushaklar kuchi 
quyidagicha namoyon boiadi:
1) o‘z uzunliklarini o'zgartirmay (statik, izometrik);
2) o‘z uzunliklarini qisqartirib (qarshiliklarni yenguvchi, mio- 
metrik);
3) uzayib (yon beruvchi, pliometrik).
Qarshiliklarni yenguvchi va ularga yon beruvchi mushak 
kuchlari biigalikda «dinamik rejim» deb ham yuritiladi. Kuch 
sifatini taqqoslashda quyidagi kuch turlari farqlanadi:
L Nisbiy kuch. Nisbiy kuch deganda o‘z vaznining bir 
kilogrammiga to‘g‘ri keladigan kuch miqdori tushuniladi.
2. Absolut kuch. Biror-bir harakatda o‘z og'irligidan qat’iy 
nazar, namoyon qilingan kuch tushuniladi.
3. Tezkor kuch (portftvchi kuch). Qisqa vaqt ichida katta 
miqdordagi kuchning namoyon qilinishi tushuniladi.
Qarshiligi oshirilgan mashqlar kuchni rivojlantirishda asosiy 
vosita hisoblanadi. Bu vositalar ikki guruhga boiinadi.
L Tashqi qarshiliklarni yengish bilan bajariladigan mashqlar. 
Odatda, tashqi qarshilik sifatida quyidagilardan foydalaniladi: 
buyumlaming og'iriigi; sherikning qarshiligi; elastik buyumlaming 
qarshiligi; tashqi muhit qarshiligi;
2. 0 ‘z vazni og‘irligini yengib bajariladigan mashqlar.
Og‘irlik ko‘tarib bajariladigan mashqlar juda qulay boiib, 
ular yordamida ham kichik, ham katta mushak guruhlariga ta’sir 
ko‘rsatish mumkin. Bu mashqlarni me’yorlash ham oson. 
Og'irlik ko‘tarib bajariladigan mashqlarda dastlabki holat yetakchi 
rolni o'ynaganligi sababli, bunga alohida e’tibor qaratish zarur 
boiadi.
Cho‘ziluvchan va elastik buyumlar (prujinali espanderlar, 
rezinka) bilan bajariladigan mashqlarda harakatning oxiriga borib 
zo'riqishning ortib borishi xarakterlidir.
0 ‘z gavda ogirligini yengish mashqlari, odatda, osilish va 
tayanish holatlarida amalga oshiriladi.
168


Kuch mashqlarining yuqorida keltirilgan tasnifi bilan bir 
qatorda, ulaming saralab ta’sir etish darajasiga (umumiy va 
nisbatan ma’lum bir joyga ta’sir etishiga) ko‘ra, shuningdek, 
mushaklaming ishlash rejimiga ko‘ra, Statik va dinamik, kuchlilik 
va tezkorlik-kuch, qarshlliklarni yenguvchi va yon beruvchi 
mashqlaiga bo‘linishini ham e’tiborga olish kerak.
Agar shug‘uUanuvchining kuchiga muntazam ravishda zo‘r 
berilmasa, mushak kuchi o'smay qolishi, hatto kamayib ketishi 
ham mumkin. Maksimal darajada zo‘r berishni turli yo’llar bilan 
hosil qilish mumkin:
1. Chegaraga yaqin boimagan og‘irliklami (qarshiliklami) 
yengishni chegara darajasida ko‘p marotaba takrorlash;
2. Tashqi qarshilikni chegara daiajagacha oshirish (dinamik 
va Statik faoliyatlarda);
3. Qarshiliklami chegara darajadagi tezlik bilan yengish.
Kuch sifatini rivojlantirishda foydalaniladigan 
namunaviy mashqlar
1. Kaft va panjalami sherikning qarshiligini yengib (yoki 
gantellar bilan) bukib-yozish mashqlari.
2. Turli og'irlikdagi to'ldirma to'plami irg‘itish. Asosiy e’tibor 
qo‘l harakatlariga qaratiladi.
3. Qo‘llaiga tayanib yotgan holda ulami bukib-yozish, yerdan 
uzib chapak challsh mashqlari.
4. Amortizatorli jihozlami cho‘zish bilan boradigan, tuzilishi 
bo'yicha texnik usullarga o'xshash mashqlami bajarish.
5. Og'irliklar (shtanga lappagi, gantellar, qum to'ldirilgan 
qopchalar) bilan gavdaning aylanma harakatli mashqlari.
6. Shtangani ko‘krakka ko'tarib o'tirib-turish mashqlari.
7. Shtangani yelkaga olib sakrashlar, Og‘irlik maksimalning 
50% hajmida.
8. Arg'amchi bilan sakrashlar.
9. Joydan va yugurib kelib yuqoriga ilib qo‘yilgan predmetga 
qo‘l tekkizish yoki olish.
10. Bir va ikki oyoqda uzunlikka sakrashlar.
169


11. To'siqlar ustidan ko‘p sakraslüar.
12. Chuqurlikka sakraslüar 
(42, 43, 44, 45, 46, 47-rasmlar).


171


7.4.3. Chaqqonlikni tarbiyalash
Chaqqonlik bir qancha ko‘rsatkichlar bilan aniqlanishi sababli 
yagona ta’rifga ega emas.
Har qanday harakat biror-bir aniq vazifani hal qilishga qara- 
tilgan boiadi: mumkin qadar balandroq sakrash; to‘pga zarba 
berish; to‘pni uzatish va boshqalar. Harakat vazifasining murak- 
kabligi ketma-ket bajariladigan harakatlarning uyg‘unligi bilan 
belgilanadi. Harakatlarning koordinatsion murakkabligi chaq- 
qonlikning birinchi mezoni hisoblanadi. Agar harakat yetarli dara- 
jada aniq boisa, harakat vazifasi bajariladi. Harakatning aniqligi 
chaqqonlikning ikkinchi oichovi hisoblanadi.
Agar shug‘ullanuvchi o‘zi uchun yangi harakatlami tezda 
bajara olsa, ushbu harakatlami o‘zlashtirib olishga ko‘proq vaqt 
ketkazgan shugcullanuvchiga nisbatan chaqqonroq hisoblanadi. 
Shuning uchun harakatlami o‘zlashtirib olishga sarflanadigan vaqt 
chaqqonlik ko ‘ rsatkichlari^an biri boiishi mumkin. Yuqoridagilami 
hisobga olib, chaqqonlikni yangi harakatlami tezda o‘zlashtirib 
olish, harakat faoliyatini to'satdan o‘zgarayotgan sharoit talablariga 
muvofiq ravishda tezda qayta qurish qobiliyati deb atash mumkin 
boiadi.
Chaqqonlikni tarbiyalash koordinatsion jihatdan murakkab 
harakatlami o‘zlashtirib olish, harakat faoliyatini to‘satdan o‘zgar- 
gan sharoit talablariga muvofiq ravishda qayta qurish qobiliyatini 
tarbiyalashdan iborat. Bunda muvozanat saqlash, galma-gal zo‘r 
berish va bo‘shashtirish harakatlarini tanlab takomillashtirish 
muhim ahamiyatga ega.
Chaqqonlikni tarbiyalashning asosiy yo‘li yangi xilma-xil 
harakat ko'nikma va malakalarini o‘rganib olishdir. Bu harakat 
zaxiralarining ortib borishi va harakat analizatorining funksional 
imkoniyatlariga samarali ta’sir etadi. Yangi harakatlarga o‘rga- 
tishning uzluksiz boiishi tavsiya etiladi. Chunki shug‘ullanuvchilar 
yangi harakatlarga muntazam o'rgatib borilmasa, harakatlarga 
o‘rganish qobiliyati pasayib ketadi.
Harakat faoliyatini tez va maqsadga muvofiq ravishda qayta 
qurish qobiliyati sifatidagi chaqqonlikni tarbiyalash uchun to‘sat-
172


dan o‘zgargan sharoitdagi ta’sirlarga darhol javob berish bilan 
bogliq bolgan mashqlar qo‘llaniladi. Chaqqonlikni rivojlantirishga 
qaratilgan mashqlar nisbatan tez charchashga olib keladi. Ayni 
paytda esa bu mashqlaming bajarilishi mushaklaming nihoyatda 
aniq sezib turishini talab etadi va charchash sodir bo‘lganda kam 
samara beradi. Shuning uchun chaqqonlikni tarbiyalashda dam 
olish oraliqlari to iiq tiklanish uchun yetarli bo‘lishi lozim.
Voleybolda muvozanat saqlash va uni taibiyalashga alohida 
e’tibor qaratiladi.
Muvozanat deganda gavdani turg‘un bir holatda saqlash 
qobiliyati tushuniladi. Voleybolda muvozanatni saqlash statik 
(deyarli harakatsiz muvozanat) va dinamik (harakat vaqtidagi 
muvozanat) bo‘lishi mumkin. Muvozanat funksiyasi qanchalik 
takomillashgan boisa, u muvozanatni shunchalik tez tiklab oladi
unda tebranish amplitudasi shunchalik kichik boiadi.
Muvozanat saqlashni ikkita asosiy y o i bilan tarbiyalash 
mumkin. Birinchisi muvozanat saqlash mashqlarini qo‘llash, ya’ni 
muvozanat saqlashni qiyinlashtiradigan sharoitlardagi mashqlar 
va holatlar. Ikkinchi yo‘l muvozanat (vestibular va harakat 
muavozanati) yo^olmasligini ta’minlovchi analizatorlami tanlab 
takomillashtirishga asoslangan. Vestibular funksiyani takomillash- 
tirish uchun to‘g‘ri chiziqli va burchakli tezlanishlar bilan bajari- 
ladigan mashqlardan foydalaniladi.
Chaqqonlik sifatmi rivojlantirishda foydalaniladigan 
namunaviy mashqlar
1. Bir va ko‘p marotaba oldinga va orqaga umbaloq osliishlar. 
Xuddi shu mashq ayrim texnik usullarni bajargandan so‘ng.
2. Turgan joydan va yugurib kelib 180°, 270°, 380° ga burilib 
bir va ko‘p marotaba sakrashlar. Burilishlar bilan turli texnik 
harakatlami bajarish.
3. Turli buyumlar orasidan va ustidan o‘tib harakatlanishlar.
4. Gimnastika ko‘prikchasidan depsinib havoda turli harakat­
lami bajarib sakrashlar.
5. To‘siqlar osha estafetalar.
173


6. 
Turli signal va ta’sirlarga belgilangan harakatlar bilan javob 
berish. Signallar va ta’sirlar sekin-asta ko‘paytirib boriladi 
(48,
49-rasmlar).
W
тД
■9
-

Download 4,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish