KIRISH
Yurtimizning mustaqil taraqqiyoti davrida erishilgan eng noyob
kashfiyotlardan bin — bu O'zbekiston Respublikasining Birinchi
Prezidenti LA. Karimov tashabbusi va bevosita rahbarligi ostida
ishlab chiqilgan, bugungi kunda o‘zining
mazmundor hayotiy
aksini topib kelayotgan «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi»dir.
Aynan uShbu dastur tufayli mamlakatimiz ta’lim tizimi ko‘p
bosqichli va uzluksiz jarayonga aylandi. Lekin bugungi kunda
salohiyatni raqobatbardosh ta ’lim modeli darajasiga ko‘tarish
mahalliy va xorijiy ta ’lim tizimida to‘plangan ilg‘or tajribalar,
yetakchi davlatlar ta ’lim maktablarida ishlab chiqilayotgan,
amaliyotda o‘zining yuksak samaradorligini
berayotgan axborot-
kommunikatsion hamda innovatsion-pedagogik texnologiyalardan
foydalanish zarurligini taqazo etmoqda. Alohida ta’kidlash joizki,
ulami jadal sur’atda amalga joriy etish va progressiv natijalarga
erishish o‘sib kelayotgan kasb egasining sihat-salomatligi, bilimi
va
kasbiy m ahorati, an ’anaviy-madaniy imkoniyatlari bilan
belgilanadi. Bu borada millat genofondini shakllantirish, sog‘lom
va barkamol avlodni tarbiyalashda beqiyos vosita bo‘lmish jismoniy
tarbiya va sport ustuvor ahamiyat kasb etadi.
Shuning uchun ham Birinchi Prezidentim iz tom onidan
ushbu soha bo‘yicha qabul qilingan
barcha farmon va qarorlar
ijrosini davom ettirayotgan Yurtim izning bugungi rahbari
Sh.M. Mirziyoyevning konseptual ko‘rsatmalari tufayli jismoniy
tarbiya va sport davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari doirasida
cho‘qqi sari intilmoqda.
Bugungi kunda Respublikamizning barcha hududlarida, hatto
uzoq-uzoq qishloq manzillarida ham jismoniy mashqlar yoki sport
turlari bilan shug‘ullanishga barcha
imkoniyatlar va shart-
sharoitlar yaratilgan. Ta’kidlash joizki, yurtimiz bo‘ylab ommaviy
3
sog‘lomlashtirish ishlarini jadallashtirishda sportning voleybol turi
beqiyos ahamiyat kasb etadi. Darhaqiqat, voleybol yer kurrasida
eng ommalashgan sport turi deb tan olingan.
Respublikamizning ta’lim muassasalarida voleybol fan va
sog‘lomlashtirish vositasi sifatida o‘quv rejalariga kiritilgan. Ushbu
sport turi 2000-yildan boshlab o'tkazilib kelinayotgan uch bosqichli
«Umid nihollari», «Barkamol avlod» va «Universiada» kabi om-
maviy sport musobaqalari dasturidan joy olgan. Ammo ommaviy
voleybol miqyosini yanada kengaytirish
va yuqori malakali
voleybolchilar tayyorlash samaradorligini oshirish shu ixtisoslik
bo‘yicha kadrlar tayyorlash sifati bilan belgilanadi. Mazkur
muammoni maqsadli hal etish foydalaniladigan o'quv adabiyotlari
va birinchi navbatda keng qamrovli,
yangi ilmiy-uslubiy
ma’lumotlarga asoslangan darsliklar salohiyatiga bog‘liqdir.
Dotsent A.A. Pulatov va pedagogika fanlari nomzodi
MA. Qdirova tomonidan tayyorlangan va Jismoniy tarbiya va
sport universiteti talabalaifga mo‘ljallangan «Sport pedagogik
mahoratni oshirish (voleybol)» o‘quv qo‘llanmasi o‘z
mohiyati
hamda mazmuni jihatidan nafaqat jismoniy tarbiya va sportga
ixtisoslashgan barcha ta’lim muassalalari o‘quvchi-yoshlariga
tavsiya etiladi, balki shu soha o‘qituvchi-murabbiylari va
mutaxassis-tashkilotchilariga ham dasturulamal sifatida xizmat
qilishi mumkin.
Ushbu o‘quv qo‘llanma 0 ‘zbekiston Davlat Jismoniy tarbiya
va sport universiteti o‘quv rejasi, DTS
va fan dasturiga muvofiq
tayyorlangan.
Albatta, sport nazariyasi, uslubiyati va amaliyoti kundan-kunga
o'zgarib borishi tabiiy hol. Binobarin, o‘quv qo‘llanmada ko‘zga
tashlangan ayrim kamchiliklar haqida o‘z fikr-mulohaza-
laringizning bildirilishi navbatdagi darslik yoki o‘quv qo‘llanma-
larini ishlab chiqishda foydali manbaa boiib xizmat qiladi.