Virusologik diagnostikasi



Download 97,28 Kb.
bet5/7
Sana13.06.2022
Hajmi97,28 Kb.
#661615
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
18-Mavzu

CG — C gepatitini ilgari «parenteral» yo‘l bilan yuqadigan, «A ham, B ham bo‘lmagan gepatit», deb atalar edi. Keyingi yillardagi tekshirishlar asosida u mustaqil C gepatiti, deb ataladigan bo‘ldi. Bu virus odamga faqat parenteral yo‘l bilan, asosan, virus tutgan qon va qon zardoblarini quyish natijasida yuqadi. EG — E gepatiti virusi kontakt, ya’ni iflos qo‘l, idish-tovoq, sochiq va boshqalar orqali tarqalsa ham, A gepatiti virusidan farq qiladi.
Patogenezi. Yashirin davri 2—6 oy (A gepatiti 3—6 hafta)ni tashkil qiladi. Qo‘zg‘atuvchi organizmga kirib gemotogen, limfogen yo‘llari orqali o‘tib jigarga tushadi. Kasallikning qolgan kechinmalari HAV gepatitiga o‘xshash kechadi. Kasallik belgilariga qarab A va B gepatitini farqlash juda qiyin.
C gepatitida yashirin davri 35—45 kunni tashkil etadi. U ko‘pincha yengil va o‘rta og‘irlikda kechayotgan A virusli epatitdan farq qilmaydi. Bu gepatit virusini «muloyim o‘lim», deb ham atashadi. Chunki u kasallik belgilarisiz, ya’ni yashirin holda o‘tadi. 15 % gacha hollarda surunkali turga o‘tadi yoki o‘lim bilan tugaydi. Surunkali C gepatitining jigar sirroziga aylanishi ko‘p uchrab turadi. Jigar raki ham C virusli gepatiti bilan uzviy bog‘liqligi keyingi yillarda aniqlandi.
Profilaktikasi. Umumiy profilaktikasida tibbiyot asboblari, shpris va ignalarni to‘liq sterilizatsiya qilish lozim. Qon beradigan donorlarni to‘g‘ri tanlash va gepatitga, antigen HBsga tekshirish, bemorlar bilan ishlaydigan tibbiyot xodimlarini shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilishi muhim omildir. Bemor qoni bilan ishlaganda ehtiyot bo‘lish (qo‘lni

  1. % li vodorod peroksidi bilan zararsizlantirish) lozim.

Maxsus profilaktikasi. Zararlanish xavfi bo‘lgan odamlarga immu­noglobulin yuboriladi. Hozirgi vaqtda HBs—antigenidan tayyorlangan vaksina ishlab chiqilgan.
Davosi. Kasallik belgilariga qarab davolanadi. Maxsus davosi yo‘q. Bemorga yog‘siz oziq-ovqatlar, vitaminlar beriladi. Parhez saqlash lozim. Ko‘p suyuqlik beriladi. Dorilar kamroq berilishi lozim, chunki dorilarni jigar orqali chiqarilishi organizmda susaygan bo‘ladi.
A va B gepatitlari diagnostikasida bemor qon zardobini biokimyoviy tekshirish keng qo‘llaniladi. Jigar funksiyasining pig­ment almashinuvini buzilishi qondagi erkin va bog‘langan bilirubinga qarab baholanadi. Oqsil sintezining buzilishini esa timol sinamasi qo‘yib o‘rganiladi va bularning barchasi klinik laboratoriyalarda olib boriladi.
OITV — bu odam immunitet tanqisligi virusi (VICH) bo‘lib, u ma’lum yo‘llar orqali yuqadi va boshqa viruslardan farqli ravishda, OITV inson organizmi immun tizimini jarohatlashi bois organizmni kasallik va infeksiyalar oldida himoyasiz qilib qo‘yadi. Hozircha OITVning oldini oluvchi yoki davolashi mumkin bo‘lgan vaksina yoki dori topilmagan.
OITS — bu orttirilgan immunitet tanqisligi sindromi bo‘lib, u OITVning so‘nggi va o‘lim bilan yakunlanuvchi bosqichi. Hozirda tibbiyot OITSning rivojlanishini faqat sekinlashtirishi mumkin, xolos. Inson kasallikning biron-bir simptomini sezgunga qadar, virus organizmda o‘n yil va undan ortiq bo‘lishi mumkin. Bu davr ichida odam o‘zini mutlaq bardam his qilishi va sog‘lom ko‘rinsa-da, ammo virusni o‘zgalarga yuqtirishi mumkin.
Tarixga nazar tashlasak, OITS virusi Afrikada ayrim donorlarning qonida 1970-yilning boshlanishida qayd etilib, 1976-yilda donor — qora tanli ayolda topilgan. AQSH va Yevropada 10 yildan so‘ng qayd etilgan. Avvalo, shuni aytish kerakki, VICH virusi aniqlanib, kasallik tashxisi qo‘yilgunga qadar, AQSHning Los-Anjeles, Nyu-York, Kaliforniya kabi shaharlarda noma’lum virus keltirib chiqargan kasalliklarga — pnevmotsistoz, sarkoma kaloshi (rak), surunkali limfodenoatiya kabi tashxislar bilan og‘rigan bemorlar aniqlangan.
OITS sindromi birinchi bor 1981-yilda Amerikada qayd etildi. Xabar berilishicha, immuniteti pasaygan bemorlarda sarkoma kaloshi va pnevmoniya tashxisi bilan kasallik qayd etilib, ularning gomoseksualist ekanligi ham aniqlangan. Ularda «immun yetishmaslik sindromi» ham mavjud bo‘lgan. Ilgari bunday kasallik boshqacharoq nomlarda bo‘lgan. OITS kasalligini keltirib chiqaruvchi virus 1983-yilda kashf etildi va uni hozirda «VICH virusi», deb ataladi. Keyinchalik afrikalik bemorda uning boshqacha xili — VICH-2 ham qayd etildi.
1987-yilning iyul oyida AQSHda 37785 kishida va 527 bolada OITS ro‘yxatga olingan. Ko‘pchilik kasallanganlarning (78 %) orasidan birining onasi OITS bilan og‘rigan, 12 % i qon quyishi orqali yuqqan bo‘lib, 6 % i gemofilik hisoblangan, 4 % ida oilasi haqidagi ma’lumot aniq bo‘lmagan. Hisoblarga qaraganda, AQSHda 1987-yilda qayd etilgan OITS bilan og‘rigan 1000000 bemorlar turli joylarda har xil bo‘lgan. Masalan, Nyu-Yorkda 991 nafar bo‘lsa, San-Fransiskoda 996 nafar, Mayamida 584, Nyu-Yorkda 393, Los-Anjelesda 363 nafar bemor qayd etilgan. San-Fransisko va Nyu-Yorkda OITS yosh yigitlarning barvaqt o‘lishiga sababchi bo‘lgan.


1—virus membranasi — bu odam hujayrasining membra­nasi; 2—oqsilli qobiq; 3—oqsilli qobiqning trans membranali komponenti;
4—matreksli oqsil; 5—nukleoidli qobiq; 6—VICH genomi — bir zanjirli ikki molekulali RNK. VICH fermentlari: 7—qaytuvchi transkriptaza; 8—integraza va RNKaza; 9—proteaza.
Yevropada 4549 nafar katta yoshdagilarning OITS bilan og‘riganligi qayd etilgan. Buyuk Britaniyada 926 kishi (1987, iyul) bemor bo‘lsa, VICH virusi bilan zararlanganlarning soni 25 marta ortiq bo‘lgan. Ular ichida gomoseksualistlar AQSHda 73 % bo‘lsa, Buyuk Brita­niyada 89 % ni tashkil qilgan. JSST ma’lumotiga ko‘ra, 1989-yilning mart oyida dunyo bo‘yicha 146569 nafar OITS kasalligi aniqlangan bo‘lib, ular qit’alar bo‘yicha:
Shimoliy va Janubiy Amerikada — 101831 bemor;
Afrikada — 23201 bemor;
Yevropada — 19817 bemor;
Okeaniyada — 1300 bemor;
Osiyoda — 360 bemor bo‘lgan. 1990-yilning fevral oyiga kelib (1 yildan kam vaqt ichida), 21544 nafarga ko‘paygan, ya’ni 113613 nafar (2 baravardan ko‘p)ga oshgan. AQSH va Buyuk Britaniyada epidemiya (tarqalishi)ning birinchi to‘lqini gomoseksualistlar ichida, ikkinchisi giyohvandlar, fohishalar (asosan, inyeksiya yo‘li bilan) ichida bo‘ladi va so‘ngra u geteroseksualistlar orqali, jinsiy aloqa orqali, erkaklardan ayollarga yoki ayollardan erkaklarga (65 %) tarqaladi.
Afrikada VICH infeksiya, asosan, geteroseksualistlar ichida jinsiy aloqalar orqali tarqalganligi aniqlangan va ularning nisbati 1:1 ga teng bo‘lgan. VICH virusining tarqalishida jinsiy aloqa yo‘lidan boshqa, zararlangan qon quyish, ignaning zararlanishi hamda vertikal bo‘yi- cha — onadan bolaga yuqish yo‘llarining ahamiyati ham katta, deb qaraladi.
Qator Afrika mamlakatlarida olib borilgan epidemiologik izlanishlar shuni ko‘rsatdiki, VICH virusining tarqalishi fohishalar orasida yuqori (80—90 %) ekanligi aniqlangan; ularning mijozlari 30 % venerologik bo‘limlarga qatnaydiganlarga, 10 % o‘zida virus tutuvchi homiladorlar orqali o‘tishligi aniqlangan. Shunday qilib, VICH virusi, asosan, Markaziy Afrikadan butun qit’aga tarqala boshlagan va bemorlar ichida o‘lim sodir bo‘lish hollari ham borgan sari ko‘paya borgan, aniqrog‘i, tezlash- gan. Shuning uchun ham OITS tarqa- lishining oldini olish Jahon Sog‘liqni Saqlash Tashkilotining muhim va dol- zarb masalalaridan biri bo‘lib qol- moqda.

Download 97,28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish