Patogenligi. Quturish bilan uy va yovvoyi hayvonlar, qushlar kasallanadi. Ko‘pincha it, bo‘ri, tulki, ko‘rshapalaklar va boshqalar kasallanadi. Ko‘rshapalaklarda kasallik belgisiz o‘tadi. Ular quturish virusini saqlovchi manba bo‘lib hisoblanishi mumkin.
Infeksia manbayi. Kasal hayvon, odam.
Tarqalish yo‘li. Quturish virusi bevosita kontakt yo‘li orqali, ya’ni quturgan hayvon tishlaganda yoki kasal hayvonning so‘lagi shikastlangan teri va shilliq pardalarga tushishi natijasida tarqaladi.
Patogenezi. Quturgan hayvon tishlaganda yoki so‘lagi tushgan vaqtdan kasallik yuzaga kelguncha bo‘lgan davr 15—45 kundan 3—6 oygacha davom etadi (hatto yashirin davr 1 yildan ortiq bo‘lganligi ham aniqlangan). Yashirin davrning uzoqligi infeksiyaning kirish darvozasiga va jarohatlangan to‘qimaning tabiatiga hamda joylanishiga bog‘liqdir. Bosh va yuz qismini tishlaganda, yashirin davr qisqa bo‘ladi.
Viruslar organizmga kirgan joydan nerv to‘qimalari orqali tarqaladi va markaziy nerv sistemasi hujayralariga tushadi. Viruslar gippokampda, cho‘zinchoq miya, bosh suyak nerv yadrolari va orqa miyaning bel qismida ko‘p miqdorda to‘planadi. Nerv hujayralarida viruslar bo‘linib ko‘payadi. Natijada nerv sistemasi shikastlanib, yurak reflektor qo‘zg‘alishi—tomir tortishishi, nafas va yutqin muskullarining changak bo‘lishi kuzatiladi. Hansirash, havodan cho‘chish (aerofobiya) va suvdan qo‘rqish (gidrofobiya) yuzaga keladi. Suv haqidagi birgina xabar bemorda kuchli og‘riqli changak keltirib chiqaradi. Havo harakati, shamol, ba’zan har qanday, shovqin, ravshan yorug‘lik va shu kabilar bemorda talvasa tutishiga sabab bo‘ladi, bemor bezovta bo‘lib, ko‘pincha atrofdagi kishilardan birontasini urish, timdalash, hatto, tishlashga payt poylaydi. 4—5 kundan so‘ng kasallik o‘lim bilan tugaydi. Davolanmagan bemorlarda o‘lim 100 % ni tashkil qiladi.
Itlarda quturish belgilari quyidagicha namoyon bo‘ladi: itlarning qovog‘i solingan, xo‘mraygan, so‘lagi oqib turgan bo‘ladi. Itlar yeb bo‘lmaydigan narsalar (toshlarni, qisqich, otashkurak va b.)ni yemoqchi bo‘ladilar va keyin ularda o‘ta qo‘zg‘alish davri boshlanadi. Itlar boshlarini past qilib to‘g‘ri chiziq bo‘yicha chopadilar. Yo‘lda uchragan odamga hurmasdan birdaniga tashlanadilar va tishlaydilar. Qo‘zg‘alish davri falajlanish bilan almashinadi va o‘lim bilan tugaydi.
Immuniteti. Infeksiyadan keyingi immunitet to‘liq o‘rganilmagan. Emlangandan keyin immunitet 2 haftadan so‘ng hosil bo‘ladi. Bu vaziyat virusni neytrallovchi antitelolarga bog‘liq. Shuningdek, u ko‘cha va fiksatsiya viruslarining interferensiyasiga ham bog‘liq. Interferen- siyaning ajoyib xususiyati shundan iboratki, bunda fiksatsiyalangan virus asab hujayralariga tez yetib boradi va ularda bo‘linib ko‘payadi hamda ko‘cha virusini hujayralarga kirishiga to‘sqinlik qiladi. Immunitet
oygacha saqlanadi.
Profilaktikasi. Quturgan itlarni, hayvonlarni, daydi itlarni yo‘qo- tish, itlarni ro‘yxatga olish va albatta, quturishga qarshi emlash. Tishlagan hollarda jarohatni sovunlab yuvish, tibbiy ko‘rikdan o‘tkazib jarohatni tozalash.
Do'stlaringiz bilan baham: |