OITVning morfologiyasi. OITV virusi ribonuklein kislotadan tashkil topgan. U retroviruslar oilasiga kiradi.
Morfologiyasi, strukturasi va boshqa belgilari bo‘yicha lentiviruslar — sekin rivojlanuvchi infeksiyalar oilasiga kiradi.
Ular dumaloq shaklda bo‘lib, 100—
120 nm.ni tashkil etadi. Tashqari mem- branasi xo‘jayin hujayralarini oqsillari bilan qurilgan va orasiga virusning o‘z oqsillari o‘ralgan — bu qobiq oqsillari deb ataladi. Virus moddasini qobiq bilan o‘ralgan yadro tashkil etadi. Yadroda ikkita virusli RNK, orqa transkriptaza (reveraza), integraza va proteazalar bor. transmembranalik glikoprotein (molekular massasi 41 kd);
tashqari glikoprotein (120 kd).
Tashqi muhit omillariga chidamliligi. Tabiiy sharoitda OITV saqlanishi:
quritilgan biosubstratda bir necha soat davomida;
ko‘p miqdordagi virus moddachalaridan tarkib topgan qon va eyakulyat suyuqliklarida bir necha kun davomida;
muzlatilgan qon zardobida bir necha yil davomida.
30 daqiqa davomida 56°C haroratgacha isitilsa, virusning titri 100 marotaba kamayadi, 70—80°C haroratida esa 10 daqiqa davomida o‘ladi . 70° etil spirti, 0,5 gipoxlorit Na, 1 % glutaraldegid, 6 % perekis vodorodi bilan 1 daqiqa davomida inaktivatsiya bo‘ladi.
UF nurlariga OITVning sezuvchanligi past.
OITV inson organizmiga, asosan, uch yo‘l orqali kirishi mumkin:
jinsiy (seksual) yo‘l;
qon orqali (parenteral);
onadan bolaga (vertikal).
Jinsiy yuqish yo‘li:
OIVni jinsiy yo‘l bilan yuqishi vaginal, anal yoki oral himoya- lanmagan seks bilan shug‘ullanganda kuzatiladi. Shilliq qavatdagi jarohatlar, ochiq yaralar va yallig‘lanishlar zararlanish xavfini oshiradi.
Venerik kasalliklar (jinsiy yo‘l bilan yuquvchi kasalliklar), jinsiy a’zolar shilliq qavatidagi yallig‘lanishlar yoki yaralar kasallik rivojla- nishiga omil bo‘lishi mumkin.
Parenteral yuqish yo‘li:
OIV bilan zararlanish qon orqali muloqotda kuzatiladi;
inyeksion giyohvand moddalar qabul qilganda, umumiy shpris yoki idishni ishlatish;
turli teri qoplam butunligi buzilib, qon chiqishi bilan bog‘liq muolajalarda (masalan, tatuirovkalar uchun steril bo‘lmagan mashinka- larni qo‘llash);
infeksiyalangan qon quyish (tekshirilmagan donor qoni, donor- ning seronegativ davri);
sterillanmagan tibbiy anjomlarni ishlatish;
qon orqali virusning o‘tishi hamda OIV infeksiyasini parenteral yo‘l bilan yuqishi.
Vertikal yuqish yo‘li:
OIV infeksiyasi homiladorlik vaqtida zararlangan onadan bolaga o‘tishidir;
bu platsentar baryer butunligining buzilishi, tug‘uruq vaqtida (tug‘uruq yo‘llaridan o‘tayotganda, ona qoni bilan muloqotda bo‘lishi) yoki ko‘krak suti bilan boqilganda (ona suti orqali) yuqishidir.
OITVni yuqtirgan yoki OITS bilan kasallangan bemor bilan himoyalanmagan tarzda jinsiy aloqada bo‘lganda yuqadi. Infeksiya yuqishi virusning yetarli miqdoriga ega bo‘lgan organizm suyuqliklarining sog‘lom odam shilliq qavatidagi mikrojarohatlar va yoriqlari bilan aloqasi hisobiga yuz beradi.
Sog‘lom odam organizmiga OITV yuqtirgan yoki OITS bilan kasallangan bemor qoni tushganda yuqadi. Sterillanmagan tibbiyot yoki kosmetologik asboblar qo‘llanilganda sodir bo‘lishi mumkin. OITV ushbu yuqish yo‘li giyohvand moddalarni tomir ichiga qabul qiluvchi shaxslar o‘rtasida ko‘p tarqalgan, chunki giyohvandlar guruhida ko‘pincha sterillanmagan umumiy shpris va ignalardan foydalanadi.
OITV yuqtirgan yoki OITS bilan kasallangan ona orqali bolaga yuqadi. Bu homiladorlik, tug‘ish va go‘dakni emizish vaqtida yuz berishi mumkin.
Odamlar oddiy turmushdagi muloqotda OITVni yuqtirishdan qo‘rqadi. Aslida, bu qo‘rquv asossiz. OITV yuqishning barcha yo‘llari yaxshi o‘rganilgan va ilmiy asoslangan.
OITV quyidagi hollarda yuqmaydi:
o‘pishganda;
teriga tekkanda yoki quchoqlaganda, qo‘l berganda, silash va erkalashda;
ichki kiyim va ko‘ylaklar orqali;
yo‘talganda va aksirganda;
ter va ko‘z yoshlari orqali;
hasharotlar orqali;
umumiy cho‘milish havzasi va hojatxonadan foydalanilganda;
umumiy idish-tovoqdan foydalanganda.
Do'stlaringiz bilan baham: |