Virusologik diagnostikasi



Download 97,28 Kb.
bet4/7
Sana13.06.2022
Hajmi97,28 Kb.
#661615
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
18-Mavzu

Maxsus profilaktikasi. Paster tomonidan taklif etilgan antirabik vaksinasini yuborish lozim. Vaksina fiksatsiyalangan quturish virusi bilan zararlangan hayvon (quyon, sichqon va b.) miya to‘qima aralashmasidan tashkil topgan ikki xil vaksina mavjud — Fermi va Fillips vaksinalari. Ular konservantlarning miqdori va sifatiga ko‘ra, bir-biridan farqlanadi. Fermi vaksinasi 1 % li fenol, Fillips vaksinasi esa glitserinni saqlaydi.
Keyingi yillarda amaliyotda Flori vaksinasi ham qo‘llanilmoqda. Bu tirik antirabik vaksinadir. Qush embrionida undirilgan viruslardan tayyorlangan bo‘lib, ularning ta’sir mexanizmi hali o‘rganilmagan. Tishlangan yoki kasal hayvon so‘lagi tushgan bemorlarning barchasi emlanishi shart. Vaksinatsiyaga qarshilik yo‘q, lekin yetarli ko‘rsatmalar bo‘lmagan odamlarga vaksina yuborib bo‘lmaydi, chunki fiksatsiya- langan virus turli asoratlar keltirib chiqarishi mumkin. Bemorlarga vaksina o‘z vaqtida va ko‘p miqdorda qilinishi lozim. Vaksina tananing qorin qismi teri ostiga qilinadi. Qancha miqdorda yuborilishini shifokor belgilaydi.
Xavfli hollarda, yuqori natijaga erishish uchun, bemorga vaksi- nadan tashqari antirabik immunoglobulin ham yuboriladi. Immu­noglobulin fiksatsiyalangan virus bilan otlarni giperimmunizatsiya qilib, ularning ham zardobidan olinadi. Immunoglobulin viruslar ta’sirini neytrallash xossasiga ega. Bundan tashqari, u emlangandan so‘ng yuzaga keladigan asoratlarning (allergik ensefalomiyelit va b.) oldini oladi.
Butun dunyoda antirabik vaksinalar asoratlar qoldirmasligiga doimo tekshirilib turiladi.
Davosi. Ishlab chiqilmagan.
GEPATIT VIRUSI-infeksion gepatit uzoq yillardan beri ma’lum bo‘lib, Gippokrat bu jigarning yuqumli kasalligini sariq shakli ekanligini aytib o‘tgan. 1883-yilda rus shifokori S.P. Botkin uzoq vaqt kuzatishlar va izlanishlar natijasida bu yuqumli kasallik ekanligini isbotlab berdi. Shundan boshlab bu kasallik Botkin nomi bilan ataldi va «Botkin kasalligi», deb yuritila boshlandi.
Gepatit epidemiyasi vaqtida kasallik etiologiyasi yetarlicha o‘rganildi. Ayniqsa, 1939-yilda harbiy askarlarni emlash natijasida vujudga kelgan kasallik epidemiyasi vaqtida uning etiologiyasi atroflicha o‘rganildi. Hozirgi vaqtda virusli gepatitning 7 ta qo‘zg‘atuvchisi va ularning mustaqil kasalliklari — A gepatiti, B gepatiti, C gepatiti va

  1. E, F, G turlari mavjud. Shulardan A, B, C, D, E viruslari hozirgi davrda yaxshi o‘rganilgan.

Virusli A gepatiti
Bemor najasidan elektron mikroskop yordamida kasallik virusi 1973-yilda Feyston va boshqa olimlar tomonidan ajratib olingan.
Morfologiyasi. Mayda (20—25 nm) bo‘lib, virus tarkibidagi nuklein kislotasi to‘liq o‘rganilmagan. Lekin u RNK saqlaydi, deb taxmin qilinadi. Virus kubsimon shaklda, u nuklein kislotasi va tashqi qobiqdan iborat. Virusning A turini HAV (hepatitis A virus) deyiladi.
Kultural xossasi. A gepatiti virusi to‘qima kulturalarida yaxshi o‘smaydi, lekin ularni Amerika maymunlarida o‘stirish mumkin.
Antigenligi. A gepatiti virusining serotiplari aniqlanmagan. U faqat HAV antitelosi bilan o‘zaro ta’sir qiladi.
Chidamliligi. A gepatiti virusi ancha chidamli. 30—40 daqiqa davomida qaynatilganda ularning to‘liq inaktivatsiyasi sodir bo‘ladi. U past haroratda quritishga, kislota, efir ta’siriga chidamli, ultra- binafsha nurlar ta’sirida parchalanmaydi. Dezinfeksiyalovchi moddalar ta’sirida 40—60 daqiqadan so‘ng nobud bo‘ladi.
Patogenligi. A gepatiti virusiga maymunlar (shimpanze) sezuvchan.
Infeksiya manbai. Kasallikning sariqlik va sariqsiz shaklidagi bemor odamlar infeksiya manbai bo‘lib hisoblanadi.
Tarqalish yo‘li. HAV turi alimentar, ya’ni oziq-ovqat, suv, mexa- nik (pashsha tashuvchisi orqali), maishiy kontakt, ya’ni iflos qo‘l, idish-tovoq va boshqalar orqali tarqaladi.
Patogenezi. Kirish darvozasi bo‘lib og‘iz shilliq qavati hisob­lanadi. Oshqozon-ichak yo‘liga tushgan HAV ichak shilliq qavati epiteliysiga o‘tadi va undan qonga so‘riladi. Natijada virusemiya yuzaga keladi. Qon bilan virus butun organizmga, parenximatoz a’zolarga tushadi. HAV jigar hujayralari sitoplazmasida oqsil va uglevod almashinish jarayonlarini buzadi. Qonda o‘t kislotasi hosil bo‘ladi, aldolaza va transferaza fermentlari miqdori ortadi. HAV bilan asosan 1 yoshdan 15 yoshgacha bo‘lgan bolalar kasallanadi. Kasallikning 2—3-kunlarida tana harorati qisqa vaqtga ko‘tariladi, bemorning tinkasi quriydi, ayrim hollarda boshi og‘riydi, ko‘ngli aynib qusadi, o‘ng qovurg‘a ostida yoqimsiz holat yuzaga keladi. So‘ng tana harorati normaga tushgani bilan tinkasining qurishi, ko‘ngil aynishi, ishtahaning yo‘qligi saqlanib qoladi. Sekin-asta siydikning rangi to‘q rangga o‘tadi, najas oqaradi, jigar kattala- shadi. 5—7 kundan keyin shilliq qavatlarda va terida sarg‘ayish yuzaga keladi. Bir necha kundan keyin sarg‘ayish to‘qroq bo‘ladi. Jigar kattalashadi, siydik to‘q rangga o‘tadi, najas loyga o‘xshab qoladi. Bemorlar o‘jar, barcha narsalarga qoniqishsiz, asablangan holatga o‘tadi. Sariqlik 2—3 haftagacha saqlanib qoladi. Bir necha haftadan so‘ng sog‘ayish yuzaga keladi.
Immuniteti. Kasallikdan so‘ng mustahkam immunitet hosil bo‘ladi.
Profilaktikasi. Bemorlarni ajratib qo‘yish, kasalxonaga kamida

  1. haftaga yotqizish lozim. Bemor bilan aloqada bo‘lganlarni nazorat qilish zarur. Aholi orasida sanitariya maorifi, dezinfeksiya ishlarini olib borish, xona, buyumlar, bemorning idish-tovoqlarini 3 % li xloramin (1 chelak suvga 300 g quruq kukundan) yoki 3 % li xlor aralashmasining eritmasi bilan zararsizlantirish muhim ahamiyatga ega.

Maxsus profilaktikasi. 3 yoshdan 15 yoshgacha bo‘lgan bolalarga va bemorlar bilan aloqada bo‘lgan odamlarga immunoglobulin yuboriladi. Bu kasallikning kamayishiga va yengilroq o‘tishiga yordam beradi.
Davosi. Maxsus davosi yo‘q. Kasallik belgilariga qarab, davolash ishlari o‘tkaziladi.
Virusli B gepatiti
Zardob gepatitini virusning B turi keltirib chiqaradi. U HBV (hepa­titis B virus), deb ataladi.
1961-yilda Blumberg bemor qon zardobida uning antigenini aniqladi va uni Avstraliya antigeni, deb nomladi. 1970-yili Deyn bemor qon zardobida yirik qo‘shimcha bo‘lakchalarni topdi.
Morfologiyasi. HBVuch shaklda uchraydi:

  1. Mayda sferik shaklda — 22 nm.

  2. Turli xil uzunlikdagi silindr shaklida.

  3. Virusga o‘xshash — 30 nm kattalikdagi Deyn bo‘lakchalari.

Ularda ikki ipchali DNK mavjud. Ularda yog‘lar, uglevodlar, oqsillar va 2 qavat qobig‘i aniqlangan.
Kultural xossasi. HB V odam embrioni, gepatotsit kulturalarida, odam jigari hujayralarida, shuningdek, maymun (shimpanze) a’zo va to‘qimalarida o‘sadi. HBVni o‘stirish juda qiyin, shuning uchun diagnostikada biroz qiyinchiliklar yuzaga keladi.
Antigenligi. Deyn bo‘lakchalarida HBV — antigeni aniqlangan. Bu antigen juda murakkab bo‘lib, uning tarkibiga yog‘, uglevod va oqsillar kiradi. Bu antigenga qarshi antitelo — anti — HB3 hosil bo‘ladi. Deyn bo‘lakchasining markazida soch antigeni mavjud, unga qarshi hosil bo‘lgan antiteloni anti — HBs, deb yuritiladi.
Chidamliligi. 60°C da virus 3—4 soatgacha saqlanadi. Past harorat ularga ta’sir ko‘rsatmaydi. Muzlatilgan qon preparatlarida 20 yilgacha
tirik qoladi. HB V efirga chidamli, 4 % li formalin eritmasi ularni 12 soat­dan keyin, 3 % li xloramin eritmasi tezda ularni inaktivatsiyalaydi.
Infeksiya manbai. Bemor va antigen tashuvchining qoni infeksiya manbai hisoblanadi.
Tarqalish yo‘li. Virus bilan ifloslangan shpris, igna va asboblar orqali, jinsiy aloqa orqali boshqalarga yuqadi.
DG — delta gepatiti virusi mustaqil ravishda kasallik qo‘zg‘atmaydi. U faqat HBs antigeni bor qon zardobida rivojlana oladi. Delta gepatiti virusi bemor organizmiga B gepatiti virusi bilan bir vaqtda yoki B gepa­titi kasalligi boshlanganidan so‘ng tushishi mumkin. Shuningdek, delta gepatiti virusi HBs antigen tashuvchilarga ham yuqishi mumkin.

Download 97,28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish