5-ilova
6-ilova
Vaziyatli masala № 1
Bemor bola 6 yoshda.
2 kundan beri kasal.
Onasini shikoyatlari: yuqori harorat, umumiy holsizlik, bosh og’rishi, ishtahaning yo’qolishi, uyqusizlik, yutinganda tomog’ida og’riq.
Anamnezidan: onasining so’ziga qaraganda kasallik o’tkir boshlangan.Tana harorati 39 – 40ºC gacha ko’tarilgan, kuchli bosh og’rishi, rangi oqarishi, ovozi biroz bo’g’iqlashib, yutinganda og’riq kuzatilishi, ishtahasizlik, bo’ynida shish paydo bo’lib, nafas olishga qiynalgan.
Ob’ektiv ko’rikda: umumiy ahvoli og’ir, bezovta.Terisi oqargan, bo’yinning yarmigacha teri osti yog’ qavati shishgan. Paypaslaganda jag’ osti limfa tugunlari kattalashgan. Nafas olishi yuzaki, og’iz-burun orqali, nafas soni 1 daqiqada 30 ta. Tomir urishi tezlashgan, bir daqiqada 110 marta. Yurak tonlari bo’g’iqlashgan. Og’zi yarim ochiq, lablari quruq, yorilgan. Ogiz bo’shlig’i ko’zdan kechirilganda bodomcha bezlari, tanglay ravoqlari, tilcha, halqumning orqa, yon devorlari, yumshoq va qattiq tanglay shilliq qavatlariga zich yopishgan qalin oqish-kulrang fibrin parda ko’zga tashlanadi.
Eslatma: Quyidagi savollar asosida vaziyatli masalani tahlil qiling.
Savollar:
1. Qaysi kasallik to’g’risida taxmin qilasiz?
2. Fikringizni tasdiqlash uchun bemor bolani onasidan nimalarni so’rab – surishtirish va qanday laborator tekshiruvlar o’tkazish kerak?
3. Bemorni parvarishlash va davolash to’g’risidagi fikringiz?
Vaziyatli masala № 2
Bemor bola 3 yoshda.
Onasining shikoyatlari: tana harorati ko’tarilishi, bezovtalanishi, ishtahasi pasayishi, yo’tal, uyqusizlik, tovushi xirillashiga.
Anamnezidan: onasining gapiga qaraganda kasallik ertalab tana harorati 38ºC ga ko’tarilishi, bezovtalik, ishtahasining pasayishi, oldiniga quruq, keyin xurujsimon, qo’pol, it akkillashiga o’xshash yo’tal, ovozining xirillashi bilan boshlangan. Ob’ektiv ko’rikda: umumiy ahvoli og’ir, tana harorati 38,4ºC. Bemor bezovta, atrofga qiziqishi yo’q. Yuzi azoblangan, ko’zlarida qo’rquv alomati kuzatiladi. Boshining sochli qismi va yuzi sovuq ter bilan qoplangan. Terisi oqargan, lablari va burun-lab uchburchagida sianoz kuzatiladi. Nafas olishi yuzaki, og’iz-burun orqali, nafas soni 1 daqiqada 35 ta, nafas olishda qo’shimcha mushaklar qatnashmoqda.Tomir urishi tezlashgan, bir daqiqada 100 marta. Yurak tonlari bo’g’iqlashgan. Nafas olishi qiyinlashib, ovoz bo’g’ilishi kuchayib, ovozsiz yo’tal kuzatilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |