V – matn
Davosi: Difteriya bilan og’rigan bemor bolalar albatta yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yotqiziladi.
Kun tartibini to’g’ri tashkil qilish, ya’ni 2 - 4 hafta davomida qat’iy yotoq rejimi, maksimal tinchlik saqlash, fiziologik uyquni uzaytirish, Jismoniy va emotsional zo’riqishlarni cheklash (bemorni ko’tarish yoki o’tqizish man qilinadi, ovqatlanish va davo muolajalari yotoq holatida olib boriladi).
Parhez - bemorga suyuq, yarim suyuq va oson hazm bo’ladigan, vitaminlarga boy, yuqori kalloriyali, to’yimli ovqatlar beriladi, tuz va suyuqlik miqdori cheklanadi. Ahvoli og’ir, yitush faoliyati buzilgan bemorlar zond orqali ovqatlantiriladi.
Spetsifik davo (seroterapiya) – difteriyaga qarshi antitoksik zardob qo’llashdir. Bu zardob mikrob toksinini neytrallash xususiyatiga ega. Zardob bilan davolashni kasallikning dastlabki kunlarida (2-3 kuni) boshlasa, yaxshi naf beradi (1-4 kun davomida).
Zardob tarkibida inson organizmi uchun begona oqsil bor. Shu sababli uni birdaniga bemorga qilish natijasida allergik reaksiya yoki anafilaktik shokka olib kelishi mumkin. Shuning uchun ham uni yuborishdan oldin bemor organizmining zardobga sezuvchanligini aniqlash zarur, ya’ni zardob Bezredko usulida bo’lib-bo’lib yuboriladi: zardobning 1:100 nisbatda suyultirilganidan 0,1 ml olib, bilakning bukuvchi yuzasiga teri orasiga yuboriladi va 20 minut kuzatiladi. Agar papula diametri 0,9 smdan kam bo’lib, terining biroz qizarishi kuzatilsa, sinama manfiy hisoblanadi; keyin suyultirilmagan zardobdan 0,1 ml olib, teri ostiga yuboriladi va 30-60 minutdan keyin natija manfiy bo’lsa, zardobning qolgan kerakli dozasi m/orasiga qilinadi.
Kasallikning lokal formalarida zardobni bir kunda 1 marta, toksik formalarida 2-4 kun davomida yuborish kifoya.
Antibiotiklar-penissillin, eritromitsin, tetratsiklin buyuriladi.
Bemorda zaharlanish belgilari kuchli bo’lganda, dezintoksikatsion terapiya o’tkaziladi, ya’ni vena ichiga gemodez, reopoliglyukin, plazma, neokompensan, 20-40 %li glyukoza eritmalari (5-1 ml\kg) yuboriladi.
Yurak-tomir faoliyatini yaxshilash uchun yurak glikozidlari, C va B guruh vitaminlari qo’llanadi.
Hiqildoq difteriyasida nafas qiyinlashib, krup belgilari paydo bo’lganda bemorga kislorod beriladi, issiq oyoq vannalari, bug’li ingalyatsiyalar qilish, bolani tinchlantiruvchi dorilar (brom, belladona, lyuminal) buyuriladi. Bu usullar foyda bermaganda traxeostomiya (naycha qo’yish) qilinadi.
Bemor kasalxonadan chiqib ketishidan oldin tomoq va burnidan 2 marta bakteriologik tekshirish uchun olingan tahlilda difteriya tayoqchalari topilmasa, bemorga kasalxonadan ketishga ruxsat beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |