Tasnifi (klassifikatsiyasi): Yallig’lanish prosessining joylashgan joyiga qarab, kasallikning quyidagi turlari tafovut qilinadi:
Tomoq difteriyasi – lokal, tarqalgan, toksik formalari bor.
Burun difteriyasi.
Hiqildoq difteriyasi (difteriya krupi – chin krup).
Kam uchraydigan turlari (teri, ko’z, jinsiy a’zolar difteriyasi).
Aralash turi.
II – matn
Klinikasi: Difteriyaning hamma turlarida inkubatsion davr 2 kundan 10 kungacha davom etadi. Ko’proq tomoq difteriyasi (75 - 80 %) ychraydi.
Tomoq difteriyasining 3 ta, ya’ni lokal (mahalliy), tarqalgan va toksik formalari mavjud.
Lokal (mahalliy) formasi – yengil kechib, kasallik holsizlanish, ishtahaning pasayishi, yutinganda tomoqda biroz og’riq bo’lishi va tana haroratining ko’tarilishi bilan boshlanadi. Yallig’lanish prosessi mahalliy xususiyatga ega bo’lib, bodomcha bezlaridan nariga o’tmaydi.
Lokal tomoq difteriyasining kataral, orolchali va pardali turlari uchraydi:
Kataral turida – bodomcha bezlari kattalashib, qizaradi, ularda fibrin parda hosil bo’lmaydi. Bak. tekshirish natijasiga qarab, diagnoz qo’yiladi.
Orolchali turida – fibrin parda bodomcha bezlarida noaniq chegarali kichik-kichik orolchalar shaklida joylashgan bo’ladi.
Pardali turida – fibrin parda bodomcha bezlarini bir qismini yoki to’liq qoplagan bo’ladi.
Difteriyadagi fibrin parda xususiyatlari:
oqish – kulrang bo’ladi;
shilliq qavatdan qiyin ko’chadi;
ko’chirgan joyi qonab turadi;
bakteriologik tekshirish natijasida Lyoffler tayoqchasi aniqlanadi.
Tarqalgan formasi – kasallik kech aniqlangan mahalda fibrin parda bodomcha bezlaridan tashqariga (tanglay ravoqlari, tilcha va halqumning orqa devori) tarqaladi. Organizmning umumiy intoksikatsiya belgilari zo’rayib boradi, jag’ osti limfa tugunlari ko’proq kattalashadi.
Toksik formasi – bola organizmining kuchli zaharlanishi, tana haroratining 39 – 400C gacha ko’tarilishi va fibrin pardaning tomoq chegaralaridan chiqib, boshqa a’zolarga tarqalishi bilan kechadi. Bodomcha bezlari va ular atrofidagi to’qimalar shishadi. Bu shish pastga – bo’yin va ko’krak qafasining teri osti yog’ qavatiga hamda yuqoriga – lunj va qovoqlarga tarqaladi. Bolaning rangi oqarib, holsizlanadi, ovozi bo’g’iladi, qayta – qayta qusadi. Ko’pincha yurak, buyrak va asab sistemasi faoliyatining buzilishi kuzatiladi.
Teri osti yog’ qavati shishishining qay darajada tarqalganligiga qarab, toksik difteriyaning 3 ta darajasi farqlanadi:
I-darajada – teri osti yog’ qavati bo’yinning yarmigacha shishadi;
II-darajada – o’mrov suyagigacha shishadi;
III-darajada – shish o’mrov suyagidan pastga tarqaladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |