Haykaltaroshlik



Download 9.24 Kb.
Sana08.02.2017
Hajmi9.24 Kb.

Aim.uz

Haykaltaroshlik

Haykaltaroshlik - tasviriy san’atning turi bo‘lib, tasvirlanadigan narsani hajmli, uch o‘lchovli uzunlik, kenglik, balandlikka ega qilib aks ettirish tamoyiliga asoslangan san’at turi. Asosan, inson, qisman hayvon va qushlar, tabiat (manzara), narsalar (natyurmort) ifodalanadi. Haykaltaroshlik asarlari, asosan ikki turga: hamma tomonidan ko‘rish imkoni bo‘lgani, mukammal shaklli haykalga va bir tomondangina ko‘riladigan relefga bo‘linadi. Haykalda kishining boshi, beligacha (byus), tizzasigacha, butun gavdasi (bularda muayyan shaxs aks ettirilgan bo‘lsa - portret), ikki yoki bir necha kishi (muayyan shaxslar aks ettirilgan bo‘lsa - guruh portret) ishlanishi mumkin. Relefning hajmi va shakli uning o‘rnatiladigan joyiga, qanday maqsadda xizmat qilishiga qarab tanlanadi, undan ko‘pincha me’morchilik (friz, fronton, plafon va boshqalar)da foydalaniladi. Relefning pas (barelef), baland tasvir (gorelef)," fonda o‘yib ishlanadigan xillari bor.

Mazmuni va vazifasiga ko‘ra haykaltaroshlik monumental haykaltaroshlik (yirik haykal, yodgorlik, memorial inshootlar - jamoat joylariga o‘rnatiladi, yirik hajmda ishlanadi, muhim g‘oyalar targ‘ibotiga xizmat qiladi) va monumental bezak haykaltaroshlikka (binolar, turli inshootlarga, bog‘, park, maydon, yo’l va boshqa joylarda muhitga moslab, bezak tarzida o‘rnatiladi, hajmi har xil badiiy favvoralar ham unga kiradi) bo‘linadi.

Datsgohli haykaltaroshlik (muzey, ko‘rgazma zallariga, binolarning intererlariga qo‘yiladi, hajmi asliga yaqin yoki sal yirik; yaqindan ko‘rinadi) va juda kichik haykaltaroshlik asarlari (sopol va chinni haykalchalar, shuningdek, plaketka (relef, tasvirli platsinka) o‘yib ishlangan shakllar, (uy-ro‘zg‘or buyumlari, jihozlar, qurol va idishlardagi shakl-tasvirlar, zargarlikda relef hosil qilib tayyorlangan bezaklar va shu kabilar) ga bo‘linadi.

Monumental, monumental bezak, qisman datsgohli haykaltaroshlik asarlari aralash san’at turiga kiradi. Kichik haykaltaroshlik asarlari ko‘pincha uy ichini bezaydi, jihoz, qurol, idish va boshqa buyumlarni badiiy buyumga aylantiradi. Haykaltaroshlikning bu turi juda qadim zamonlardan rivoj topgan. Metall (bronza, mis, qalay, cho‘yan, po‘lat, alumin), gips, beton, shisha, platsmassa kabi materiallardan asar quyib, qotiriladi (boshqa materialdan tayyorlangan modeldan shakl-qolip tayyorlab quyiladi). Tayyor metallgazarb berib, ishlov berib, bog‘lab ham haykaltaroshlik asari ishlanadi.

Tosh (marmar, granit, ohaktosh, qumtosh, bazalt, diorit va boshqalar), suyak, yog‘ochni kesib, yo’nib, o‘yib tasvir ishlanadi. Tosh shakl tayyor bo‘lganda sayqal beriladi. Yog‘och, odatda, nim rangga bo‘yaladi.

Haykaltaroshlik tarixi qadimiy paleolit va neolit davrlardayoq sopol, suyak, shox, toshning yumshoq xillaridan hayvon, qush, kishilarning tasvirlari tayyorlangani ma’lum. Qadimgi Misrda toshdan ulkan sfinkslar ishlandi, fir’avnlarning katta haykal va releflari yaratildi. Ularda fir’avnning qudrati ifodalandi, ko‘pincha ilohiylashtirib aks ettirildi. O‘tmishda ham, bugungi kunda ham haykaltaroshlik insonparvarlik g‘oyalariga xizmat qilmoqda.

Mazkur risolada islom dini nima sababdan soyasi bor narsalarni tasvirlashni taqiq-lagani, bu taqiqning nisbiy darajalari ham ko‘rsatib o‘til-gan. Demak, islomda tasviriy san’at turlari va ko‘rinishlariga ko‘proq soyasiz narsalarni chizishga, ayrim hollardagina jonzotlarni, jumladan, odam siymosini tasvirlashga e’tibor berilgan. Alisher Navoiy siymosini kichik zamondoshi -buyuk musavvir Kamoliddin Behzod chizib qoldirgani hozir ko‘pchilikka ma’lum.

Mashhur haykaltarosh va rassom A. Verrokodan ta’lim olgan, matematika, anatomiya va boshqa fanlarga qiziqqan. Tasviriy san’at Leonardo da Vinchi ijodining muhim qismini tashkil etadi. Leonardo da Vinchi XV asrning 70-80-yillarida mavjud borliq go‘zalligi, boyligini madh etuv-chi («Gul tutgan Madonna» (Yermitaj), «Vahiy»-(Uffitsi) ajoyib asarlar yaratgan. Asrlar o‘tadi, bir ijtimoiy tuzum o‘rnida ikkinchisi m paydo bo‘ladi, ammo xalq moddiy va ma’naviy boyliklar yaratishda davom etaveradi.

Bezakli amaliy san’at turi tasviriy san’atga yaqinroq turadi. U amaliy maqsadlarga mo‘ljallangan bo‘ladi. Bezakli amaliy san’at asosan maishiy turmush ehtiyojlariga xizmat qiladigan narsalar, buyumlar yaratadi.



O‘zbekitson amaliy bezakli san’ati datsgohli tasvir shakllaridan farq qilib, xalq tarixi bilan bog‘liq holda, murakkab va ko‘p asrli rivojlanish yo’lini bosib o‘tdi. Bu san’at turi voqelikni estetik idrok etib, yangiliklar yaratishga qaratilgan san’atdir. Hozir nafis gazlamalar, gilamlar to‘qish, sopol idishlarga gul solish, do‘ppi tikish, zardo‘zlik, kashtachilik, so‘zanaga gul tikish, misgarlik, kulolchilik, zargarlik, musiqa asboblari yasash kabi san’at turlari keng tarqalgan. Zardo‘zlik san’ati utsalari turmush buyumlari, bejirim do‘ppilar, milliy kiyimlar, ajoyib pannolar yaratmoqdalar.

Do'stlaringiz bilan baham:


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa