Maxsus ko‘rsatmalar
Markaziy nerv tizimiga ta’siri nerv tizimining tipiga bog‘liq va oliy nerv faoliyatini ham qo‘zg‘alishi, ham tormozlanishi bilan namoyon bo‘lishi mumkin.
Kofeinning arterial bosimga ta’siri qon tomir va kardial komponentlardan iborat ekanligi tufayli, yurakni rag‘batlantirish samarasi ham, uning faoliyatini kuchsiz susayishi ham rivojlanishi mumkin.
Dozasini oshirib yuborilishi
Simptomlari: qo‘zg‘alish, harakat bezovtaligi, mushak tortishishlari, tutqanoq xurujlari (dozani o‘tkir oshirib yuborilganda – toniko-klonik tirishishlar), quloqlarda shangillash, bosh og‘rig‘i, uyqusizlik, ongni chalkashishi, alahsirash, taxikardiya, aritmiya, gipertermiya, siyishni tezlashishi, suvsizlanish, ko‘ngil aynishi, qusish, ayrim hollarda qon aralash qusish.
EUFILLIN-N 200
Farmakodinamikasi
Bronxolitik, spazmolitik, tomirlarni kengaytiruvchi vosita. Preparatning ta’sir mexanizmi faol ta’sir etuvchi modda – teofillin bilan bog‘liq bo‘lib, u fosfodiesterazani susayishi va sAMF ni to‘planishi, adenozin (purin) retseptorlarini susaytirishi; xujayra ichida kalsiyning konsentratsiyasini kamaytirishi bilan bog‘liq bo‘lgan asosiy spazmolitik ta’sirini ko‘rsatadi.
Eufillin-N 200 ichki a’zolarning (bronxlar, me’da-ichak yo‘llari, safro chiqarish yo‘llari, bachadonning) va periferik qon tomirlarining silliq mushaklarini bo‘shashtiradi. Preparat bronxospazmni bartaraf qiladi, koronar, serebral va o‘pka tomirlarini kengaytiradi, periferik qon tomirlarining qarshiligini kamaytiradi, o‘pka arteriyasi tizimida bosimni pasaytiradi va qon oksigenatsiyasini yaxshilaydi, buyrakda qon oqimini oshiradi. Natriy va xlor ionlarining naychalardan reabsorbsiyasini pasaytirishi, kalavalar filtratsiyasini oshirishi tufayli o‘rtacha diuretik ta’sir ko‘rsatadi. Trombotsitlar agregatsiyasini susaytiradi, trombotsitlarning faollashuv omili va G‘2alfa protaglandinini susaytirib, qonning reologik xususiyatlarini yaxshilaydi va mikrosirkulyatsiyani normallashtiradi. Angiospazmni bartaraf qiladi, kollateral qon oqimi va qonni kislorod bilan to‘yinishini kuchaytiradi, miyaning perifokal va umumiy shishini kamaytiradi, likvorli va muvofiq bosh miya ichki bosimini pasaytiradi. Semiz xujayralarning degranulyatsiyasini va allergiyaning mediatorlarini (gistamin, serotonin va boshq.) ajralib chiqishini susaytirishi tufayli, antiallergik ta’sir ko‘rsatadi. Nafas markaziga rag‘batlantiruvchi ta’sir ko‘rsatadi, uning karbonat angidritiga sezgirligini oshiradi. Yurak qisqarishlari soni va kuchini oshiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |