Nojo‘ya ta’sirlari
Eufillin-N 200 vena ichiga tez yuborilganida: bosh aylanishi, qo‘zg‘alish, ba’zida ongni buzilishi, yuzga oqib kelishlar, bosh og‘rig‘i, ko‘rishni buzilishi, tirishishlar, ba’zida yurak ritmini buzilishi bilan taxikardiya, arterial bosimni keskin pasayishi, yuborilgan joyda allergik reaksiyalar (og‘riq, giperemiya va boshq.) kuzatilishi mumkin. Kam hollarda me’da-ichak yo‘llari tomonidan me’da va o‘n ikki barmoq ichakning kasalligini zo‘rayishi, jig‘ildon qaynashi, ko‘ngil aynishi, qusish, diareya, jigar faoliyatini buzilishi, qonda jigar fermentlarining oshishi kuzatilishi mumkin
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Eufillin-N 200 (ayniqsa vena ichiga) qo‘llash paroksizmal taxikardiyada, ekstrasistoliya-
da, keskin gipotoniyada, o‘tkir miokard infarktida, tutqanoqda, gemorragik insultda, ko‘zning to‘r pardasiga qon quyilishlarida, qon ketishi yoki uning yuqori ehtimolida mumkin emas. Preparatni eng avvalo miokard infarkti (yurak ritmini buzilishi, koronar yetishmovchilik) bilan bog‘liq yurak yetishmovchiligida buyurish mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta’siri
Simpatomimetiklarning samarasini va siydik haydovchi preparatlarning diuretik ta’sirini kuchaytiradi, beta-adrenoblokatorlar va litiy preparatlarining samaradorligini pasaytiradi. Mikrosomal oksidlanishning rag‘batlantiruvchilari fonida tezroq metabollanadi, mikrosomal oksidlanishning ingibitorlarini buyurilishi chiqarilishni sekinlashishiga olib keladi. Quyidagi preparatlar: allopurinol, estrogen saqlovchi kontraseptivlar, linkomitsin, makrolidlar, oleandomitsin, grippga qarshi zardoblar, simetidin, eritromitsinlar bilan bir vaqtda qo‘llanganida – teofillinni chiqarilishini pasayishi va uning nojo‘ya ta’sirlarini rivojlanish xavfini kuchayishi paydo bo‘ladi. Monoaminlar neyronal qayta qamrab olishining noselektiv ingibitorlari bilan qo‘llanganida xavfli tormozlanish bo‘lishi mumkin.
Maxsus ko‘rsatmalar
Preparat jigar faoliyatini buzilishi, me’da va o‘nikki barmoq ichakning yara kasalligi bo‘lgan patsientlarga ehtiyotkorlik bilan buyuriladi. Keksa odamlarga uni organizmdan sekinlashgan chiqarilishi tufayli preparatning dozasini pasaytirish tavsiya qilinadi. Preparat homiladorlik davrida buyurilganida kutilayotgan terapevtik samara va homilaga preparatning ta’sirini potensial xavfini qiyoslash kerak; preparatni qabul qilish vaqtida emizishni to‘xtatish kerak.
Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Do'stlaringiz bilan baham: |