«veterinariya farmatsevtikasi» kafedrasi



Download 302,98 Kb.
bet45/120
Sana13.06.2022
Hajmi302,98 Kb.
#666319
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   120
Bog'liq
Dorilarni o\'zaro ta\'sir xususiyatlari Majmua 2021

Farmakokinetikasi
Organizmga parenteral yuborilganidan keyin, kattalarda plazma oqsillari bilan bog‘lanishi taxminan 60% ni, yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda – 36% ni tashkil qiladi. Terapevtik samara vena ichiga in’eksiyadan keyin 5-15 minut o‘tgach rivojlanadi. Asosan qonda, xujayra tashqarisidagi suyuqlik va mushak to‘qimasida taqsimlanadi. Faol modda gematoplasentar to‘siq orqali o‘tadi.
Jigarda sitoxrom R 450 ishtirokida taxminan 90% preparat nofaol birikmalargacha metabolizmga uchraydi. Yarim parchalanish davri keng chegaralarda: 6 soatdan 24 soatgacha tebranadi. Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda va 6 oylikkacha bo‘lgan bolalarda u biroz uzayadi, 6 oylikdan oshgan bolalarda, ko‘p chekuvchi (kuniga 1-2 pachka sigaret) shaxslarda keskin qisqaradi va o‘rtacha 4-5 soatni tashkil qiladi, bu preparatni yuborishlar orasidagi intervallarni tegishli to‘g‘rilashni talab qiladi.
Preparatning taxminan 10% siydik bilan o‘zgarmagan holda, qolgan qismi – parchalanish mahsulotlari ko‘rinishida chiqariladi. Eufillinni chiqarilishi yaqqol nafas yetishmovchiligida, jigar va yurak yetishmovchiligida, yuqori haroratda va og‘ir virusli infeksiyalarda biroz sekinlashadi.
Qo‘llanilishi
Eufillin-N 200 bronxial astmada va turli genezli bronxospazmlarda (xurujlarni olish uchun), bronxitlarda, o‘pka emfizemasida, kichik qon aylanish doirasidagi gipertenziyada, yurak astmasida (ayniqsa xurujlar bronxospazm va Cheyn-Stoks nafas bilan kechganida), “o‘pka-yurak” (legochnoe serdse) da qo‘llanadi.
Shuningdek kelib chiqishi aterosklerotik bo‘lgan serebral tomir krizlarini bartaraf qilish va miyada qon aylanishini yaxshilash, ishemik insultlarda bosh miya ichki bosimini va miya shishini kamaytirish uchun, shuningdek miya qon oqimining surunkali yetishmovchiligida tavsiya qilinadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Kattalarga Eufillin-N 200 tana vaznining 1 kg ga 10 mg dan, o‘rtacha sutkada 600-800 mg dan, 1-3 yuborishga bo‘lib dozalanadi. Preparat vena ichiga sekin oqim bilan (oldindan 10-20 ml 0,9% natriy xloridi eritmasida suyultirib) yotgan holatda, kamida 5 minut davomida, juda katta ehtiyotkorlik bilan yuboriladi. Kaxeksiyada va dastlabki tana vazni kichik bo‘lgan shaxslarda preparatning sutkali dozasi 400-500 mg gacha kamaytiriladi.
Yurak urishi, bosh aylanishi, ko‘ngil aynishi paydo bo‘lganida yuborish sekinlashtiriladi yoki preparatni tomchilab yuborishga o‘tiladi. Buning uchun 10-20 ml 2% Eufillin-N 200 eritmasi (0,2-0,4 g) 100-150 ml natriy xloridining izotonik eritmasida suyultiriladi va minutiga 30-50 tomchi tezlikda yuboriladi. Preparat ko‘pi bilan 14 kun, sutkada 3 martagacha buyuriladi.
Vena ichiga preparat arterial bosim, yurak qisqarishlari soni, nafas olishlar soni va umumiy holatning nazorati ostida yuboriladi. Davolashning davomiyligi kasallikning og‘irligi va kechishiga, preparatni o‘zlashtirilishiga bog‘liq bo‘ladi va bir necha kundan bir necha oygachani tashkil qilishi mumkin.
Eufillin-N 200 ni venaga yuborish uchun kattalar uchun yuqori dozalari: bir martalik – 0,25 g, sutkalik – 0,5 g. Juda og‘ir hollarda, ayniqsa reanimatsiya sharoitlarida, dozalari oshirilishi mumkin. Bolalar uchun venaga yuqori bir martalik doza – 3 mg/kg tana vazniga.

Download 302,98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   120




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish