Asosan orqa miyaga ta’sir kursatuvchi moddalar. Ushbu guruhning asosiy vakili strixnin preparatidir. U mediator glitsin bo‘lgan sinapslar orqa tolasi tormozlanish holatini holsizlantiradi. Strixnin hozirgi vaqtda juda kam qo‘llaniladi. Chunki unda terapevtik ta’sir xususiyati past bo‘lib, kuchli zaharli xususiyati mavjud. Organizmdan juda sekin ajralib chiqadi.
Veterinariya amaliyotida, markaziy asab tizimini qo‘zg‘atuvchi boshqa preparatlar ham mavjud. Ular qatoriga umumiy tonusni ushlab turuvchi, o‘simlik va hayvonlardan olinadigan preparatlar ham kiradi.
Asab stimulyatorlari:
Kofein
Kofein natriy benzoat
Fenamin
Meridil
Sidnokarb
Kamforaning 20% moyli eritmasi tashqi tomonga qo‘llash uchun kamfora moyi, kamfora spirti .
Kardiamin
Bemegrid
Lobelen gidroxlorid
Sititon
Orqa miyaga ta’sir kursatuvchi moddalar
Strixnin
Chilibuxaning quruq ekstrakti
Chilibuxa nastoykasi
Sekurinin
O‘simliklardan olinadigan organizm umumiy tonusini oshiruvchi moddalar.
Jenshen ildizi
Limonnik mevasi
Eleuterokok suyuq ekstrakti
Rodiol suyuq ekstrakti
Levzey suyuq ekstrakti
Aramin nastoykasi
Markaziy asab tizim faoliyatini qo‘zg‘atuvchi moddalarni, shartli bo‘lgan ikkita katta guruhga bo‘lish mumkin.
Yoppasiga ta’sir ko‘rsatuvchi
Tanlab ta’sir ko‘rsatuvchi
Birinchi guruh preparatlarida neyronlar almashinuvi va glianli tuqimalar holatiga har tomonlama ta’sir kursatish xususiyati mavjud bo‘lib, yakunda ular miya faoliyatining katta qismida o‘zgarishlar yuzaga kelishiga sabab bo‘ladi:
Ikkinchisida esa preparatlarning aniq bir reflektor markazlarida,(tomirlarni harakatga keltiruvchi, nafas olish va haroratni boshqaruvchi va bosh) ularni chegaralangan darajadagi ishtiroki namoyon bo‘ladi. Ular ta’siri esa neyronlar aro sinapslar joylashgan muhitga qaratiladi. Bu joyda membranadagi sinapslar orqa tolalari joylashgan mediatorning tabiati va retseptorlar tuzilishi farqlanadi.
Yoppasiga ta’sir kursatuvchi moddalar qo‘llanganda organizmdagi o‘zgarishlar, bosqichma – bosqich yuzaga kela boshlaydi.
Bunday o‘zgarishlar, dorivor moddalar bilan aloqaga kiruvchi miya to‘qimalarini kimyoviy tarkibi, gistogematik tusiqlardan o‘tishi, to‘qimalardagi qon aylanishning tezligi, moddalar almashish faoliyatidagi kerakli fermenlar tizimi yoki retseptorlarning oqsil hosil bo‘lishidagi roli va ahamiyati hamda bir – biridan farq qiluvchi boshqa holatlar hisobga olinib aniqlanadi. Farmakologik moddalarni gistogematik tusiqdan o‘tishi, ularning miya tuzilmasi tarkibida qanday joylashganligiga bog‘liq bo‘ladi.
Tanlab ta’sir ko‘rsatuvchi moddalarning ketma – ket ta’siri, tashqi tomondan aniq namoyon bo‘lmaydi.
Markaziy asab tizimiga ta’sirotlar, sinapslar orqali uzatilib, quzg‘alishlarni yuzaga keltiruvchi ushbu guruh vositalari, qo‘yidagi ta’sir mexanizmiga ega.
Sintezlanish holatini o‘zgartirish orqali, sinapslar orqa tola tuzilmasidagi mediatorni yig‘ish.
Mediatorni sinapsli bo‘shliqdan chiqishini faollashtirish
Sinapsli bo‘shliqda fermentlar bilan va qaytadan egallab olingan sinapslar oldi tolalaridagi metiator o‘zini yoki uning gidrolizga uchragan mahsulotini biriktirish
Sinapslar orqa tola membranasi bilan oqsil retseptorlari orasida, ta’sirotlarga javob berish holatni yuzaga keltirish.
Bu guruxga kimyoviy tuzilishi, olinishi, ta’siri va ishlatilishi jixatidan turli xil bo‘lgan dori preparatlari uchun o‘ziga xos bo‘lgan umumiy bir farmakologik xususiyat, ulardagi markaziy asab tizimining turli markazlariga ta’sirining mavjud ekanligidadir. Bunday ta’sir, markaziy asab tizimi faoliyatini rag‘batlantiradi, qo‘zg‘atadi, susaygan markazlarni faollashtiradi va stimullaydi. Bundan tashkari, bunday stimulyatorlar markaziy asab tizimi faoliyatini tez tiklash qobiliyatiga ham ega bo‘lib, hatto hayoti so‘nib borayotgan organizmni ham qayta tiklashi mumkin. Shuning uchun ham ushbu dori vositalari analeptiklar ham deb ataladi.
Lekin bu moddalar faqat kichik va o‘rta dozalarda asab tizimi faoliyatini qo‘zg‘atadi, ammo katta dozalarda teskari ta’sir ko‘rsatib, uni susaytiradi va tormozlaydi.
Farmakalogiya amaliyotida ushbu dori vositalarining qo‘yidagi guruhlari qo‘llaniladi:
Kofein guruhi
Kamfora guruhi
Karazol va kordiamin
Strixnin guruhi
Nafas markazi stimulyatorlari
Organizm umumiy tonusini oshiruvchi moddalar
Ushbu guruh dori vositalari o‘ziga xos ta’sirlari bilan bir-biridan ajralib turadi. Masalan: kofein nisbatan bosh miya po‘stlog‘i markazlarini, kamfora guruxi va karazol – uzunchoq miya markazlarini, strixnin guruhi esa orqa miya markazlarini u yoki bu darajada faollashtiradi.
Preparatlari markaziy asab tizimini stimullab, organizmda moddalar almashinuvini kuchaytiradi, qon aylanishi, nafas va yurak ishini yaxshilaydi. Siydik ajratish va organizmdan zararli moddalarni chiqarish faoliyatini kuchaytiradi. Shuning uchun bu dorilar veterinariya amaliyotida davolovchi va profilaktik vositasi sifatida hamda patogenetik va etiotrop ta’sir ko‘rsatuvchi moddalar sifatida ham keng qo‘llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |