Efferent nerv tizimiga ta’sir ko‘rsatuvchi moddalar.
Periferik nerv tizimi ikki turdagi asab o‘tkazuvchanligini boshqaradi.
1. Efferentli (ichki organlar va sklet mushaklarini boshqaruvchi nervlar).
2. Afferentli (sezuvchi nervlar).
Efferent nerv tolalari (lotincha effera-uzatish, yetkazish) asosan markaziy asab tizimidagi qo‘zg‘alishlarni, organ va to‘qimalarga uzatib beradi. Barcha efferent nerv tolalari orqa miya, uzunchoq miya va o‘rta miya bo‘limlaridan chiqadi.
Efferent (vegetativ) nerv tizimi organizmda ichki organlarni, kon va limfa tomirlarni, ichki va tashki sekresiya bezlarini, sillik va kundalang-targil mushaklarni boshkaradi va xayvonlar organizmidagi biokimyoviy jarayonlariga murakkab ta’sir ko‘rsatadi. Bu tizim xam ikki bo‘limdan iborat: parasimpatik va simpatik. Ushbu bulimlar faoliyati bosh miya po‘stlog‘i boshqaruvida bo‘ladi. Vegetativ nervlar markaziy nerv tizimidan chiqib, gangliyalar xosil kiladi. Bular gangliyalar oldi va gangliyalar orqa tolalariga bo‘linadi. Impulslar gangliya oldi tolalaridan gangliya orqa tolalariga, so‘ngra ichki organlar retseptorlariga kimyoviy moddalar – mediatorlar orkali o‘tkaziladi.
Vegetativ nervlar uchlaridan ajraladigan mediatorlarni xisobga olib, xolinergetiklar – mediator – asetilxolin – va adrenergetiklar – mediator – adrenalin qabul kilingan.
Xolinergetik nervlarga gangliya orqa parasimpatik tolalari va skelet mushaklarini xarakatlantiruvchi tolalar hamda gangliya oldi parasimpatik va simpatik tolalari kiradi.
Xolinergitik nervlardan impulslarni kabul kiluvchi to‘qimalar – xolinoretseptorlar, adrenergetik nervlardan – adrenoretseptorlar deyiladi.
Efferent nerv tizimiga ta’sir etuvchi moddalar 2 ta guruhga bo‘linadi.
1. Xolinoretseptorlarga ta’sir etuvchi moddalar.
2. Adrenoretseptorlarga ta’sir etuvchi moddalar.
Xolinoretseptorlar simpatik va parasimpatik tugunchalarda, parasimpatik nervlar sinapslari orqa tolalari oxirida, harakalantiruvchi asablar oxirida, mionevral plastinkalarda, buyrak usti bezida, markaziy nerv tizimida joylashgan. Impulslarni ushbu sinapslardan mediator asetilxolin o‘tkazadi.
Xolinoretseptorlarning farmakologik moddalarga nisbatan sezuvchanligi har xil bo‘ladi. Ular muskaringa sezuvchan—M—xolinoretseptorlarga va nikotinga sezuvchan— N — xolinoretseptorlarga bo‘linadi. M — xolinoretseptorlarni muskarin qo‘zg‘atadi, atropin falajlaydi, N — xolinoretseptorlarni nikotinning kichik miqdorlari qo‘zg‘atadi, katta miqdorlari falajlaydi.
M — xolinoretseptorlar sinapslarning orqa, parasimpatik asablarning ohiridagi — a’zolarda, bezlarda, qon tomirlarda xamda markaziy asab tizimining po‘stlog‘i va retikulyar formatsiyasida joylashgan.
N — xolinoretseptorlar simpatik va parasimpatik nervlar tugunchalarida, gangliylarda, buyrak usti bezining xromaffin to‘qimalarida, karotid sinusda, skelet mushaklarida, neyrogipofiz va markaziy nerv tizimining bosh miya po‘stlog‘ida, piramidal tizim va orqa miyada joylashgan
Bundan tashqari, M- va N- xolinoretseptorlar parasimpatik va simpatik nervlar sinapslarining oldi tolalari oxirida ham joylashgan. Sinapslar oldi tolalarida joylashgan M- xolinoretseptorlarning qo‘zg‘alishi, asetilxolin ajralishini kamaytiradi, sinapslarning oldi tolalarida joylashgan N- xolinoretseptorlarning qo‘zg‘alishi esa asetilxolin ajralishini oshiradi.
Xolinoretseptorlarni qo‘zg‘atuvchi moddalar xolinomimetiklar, ularni falajlovchilari esa xolinolitik-xolinoblokatorlar deb ataladi. Xolinergik moddalar qo‘yidagi guruhlarga bo‘linadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |