Dorilarning safro (o‘t) suyuqligi bilan chiqib ketishi. Molekulalar og‘irligi 300 dan kam bo‘lmagan moyda eruvchi ko‘pgina dorilar gepatotsitlar qobig‘i orqali oddiy diffuziya yo‘li bilan organizmdan chiqarilishi mumkin. Dorilarning safrodagi miqdori qon plazmasidagi miqdoriga teng bo‘ladi. Dorilarning faol transport yo‘li bilan jigar orqali chiqishida glyutation — Stransferaza katta ahamiyat kasb etadi. Dorilarning suvda eruvchi metabolitlari (kon’yugatlari) qon plazmasidan safroga faol o‘ta oladi.
Dorilar molekular og‘irligining ortishi va ularning oqsillar bilan bog‘lanishi ularning safro (o‘t) suyuqligi bilan chiqib ketishiga monelik qiladigan omillar hisoblanmaydi, chunki ko‘p dorilar uchun bu yo‘l asosiy chiqib ketish yo‘li hisoblanmaydi. Shu bilan bir vaktda dorilarning (ampitsillin, rifampitsin) safro bilan ko‘proq chiqib ketishi bu dorilarning safro (o‘t) suyuqligida miqdorining yuqori bo‘lishi, bu dorilarni o‘t yo‘llari kasalliklarida samarali ishlatishga imkon beradi. Dorilarning fizik-kimyoviy xossalari, o‘pka ventilyatsiyasi va qon aylanishi, dorilarning qonda va to‘qimalarda eruvchanligi kabi omillar (gazsimon og‘riq qoldiruvchilar, ammoniy xlorid, yodidlar, kamfora, kumarinlar, efir moylari, etanol) dorilarning nafas yo‘llari orqali chiqib ketishini belgilaydi. Etanolning 90 foizi jigarda oksidlanadi, qisman o‘pka orqali chiqariladi. Chiqarilayotgan havo tarkibidagi etanolning miqdori uning qon plazmasidagi miqdori bilan yaxshi korrelyatsiyada bo‘ladi, bu amaliy ahamiyatga ega.
Dorilarning ona suti bilan ajralib chiqishi. Dorilarning ko‘krak suti orqali chiqib ketishi amaliy ahamiyat kasb etmasada, biroq ko‘proq sut bilan emizish Davrida buni hisobga olish kerak bo‘ladi, chunki sut tarkibidagi dori miqdori ona qoni plazmasidagi miqdoriga teng yoki yuqori bo‘lishi mumkin.
Dorilarning yosh hayvonlar organizmiga o‘tadigan qismi. Dorining fizik-kimyoviy xossalariga, uning oqsil bilan boklanishi, kiritish rejasiga (miqdori, kiritish oralig‘iga va kiritish yo‘liga) bog‘liq bo‘ladi. Oqsil bilan yaxshi bog‘lanadigan dorilar ona qon plazmasida, moyda eruvchilari esa ona suti tarkibida (masalan, barbituratlar) yaxshi to‘planadi. Ona sutida teofillin ona qon plazmasidagi miqdorning 70 foiziga yaqin, levomitsetin —50 foiz, penitsillin va sefalosporinlar esa 20 foizini tashkil qiladi. Eritromitsin, tetrasiklinlar, sulfanilamidlar, litiy, meprobamat, aspirin, terbutalin ona sutida yaxshi to‘planadi.
Ona sutidagi dorilarning oz miqdori ham yosh hayvonlarda turli allergik belgilarni chaqirishini esda tutish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |